Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov



Download 32,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/111
Sana30.01.2023
Hajmi32,89 Kb.
#905485
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   111
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

1.3.
 
Yuksak o‘simliklar 
Tuproq paydo bo‗lish jarayoniga ta‘sir etuvchi omillar ichida eng 
muhimi bu tirik organizmlardir. Tuproq paydo bo‗lishining dastlabki 
etaplaridan biri, mineral substratlar yuzasida tirik organizmlarning paydo 
bo‗lishidir. Tuproqda tirik tabiatning to‗rtta shoxliklarning vakillari Ya‘ni 
o‗simliklar, hayvonlar, zambrug‗lar va prokariot organizmlar yashaydi. 
Minerallardan tashqil topgan tog‗ jinslarning tuproqqa aylantiruvchilardan 
dastlabkilar 
bo‗lib 
mikroorganizmlar, 
lishayniklar 
va 
suvo‗tlari 
hisoblanadi. Bu tirik organizmlar tuproq hosil qilmaydi, balki yuksak 
o‗simliklar, dastlabki produsentlar uchun biogen minerallardan tashqil 
topgan zamin yaratadi. 
Quruqlik yuzasi o‗simliklar olami xilma-xil bo‗lib, u juda boydir. Yer 
yuzida o‗simlik formasiyalarning xilma-xilligi va tarqalishi qonuniyatlari 
tabiiy iqlim sharoitiga bog‗liq. Shimoliy Arktika mintaqasi Ya‘ni Tundra 
asosan lishaynik va moxlar bilan qoplangan bo‗lib, o‗tchil o‗simliklar va 
butalar onda-sonda uchraydi. Shimoldan, janubga qarab dastlab o‗rmon 
tundrasi, daraxt o‗simliklar uchrashi, undan quyiroqda keng maydonda 
nina bargli o‗rmonlar bo‗lsa, ularni aralash bargli o‗rmonlar almashtiriladi, 
undan quyida keng bargli o‗rmonlar yer yuzasi bo‗ylab yastanib yotgan 
o‗tchil o‗simliklarga boy dasht, bir muncha o‗simlik qoplami 
kambag‗allashgan chala cho‗llar va buta, chala buta va efemyer 
o‗simliklarga boy bo‗lgan cho‗l mintaqasi egallaydi. 
Sizot suvlari yaqin yerlarda o‗tloq va botqoqlikka xos bo‗lgan 
o‗simliklar tarqalgandir. Tog‗ osti, tog‗ oldi va tog‗ mintaqalarida 
o‗simliklarning tarqalishi balandlik qonuniga bo‗ysunadi. Balandlikning 
ortib borishi bilan iqlimning o‗zgarishi, o‗simlik qoplamining o‗zgarishiga 
cho‗l, dasht, tog‗ o‗rmoni va yuqori tog‗ mintaqasidagi yaylov. O‗rmon 
mintaqasi biomassasi 100 t dan 500 t/ga ni tashqil qilib, shundan 2-6 % ni 
yyer ustki qismi va 15-40 % ildiz sistemasiga to‗g‗ri kelgan holda har yili 
tuproqqa tushadigan o‗lik qoldiqlar miqdori 20-64 s /ga ni tashqil qiladi. 
Dasht mintaqasidagi biomassa miqdori 100-320 t/ga bo‗lib, bu yyerda 
o‗tchil o‗simliklar ko‗pligi uchun yyer ustki qismi 20-35 % ga, ildiz qismi 
ham 40-55 % ga 


16 
ortgan holda, yillik qoldiq 60-130s/ga ni tashqil qiladi. Demak o‗tchil 
o‗simliklar o‗sgan joyda yer yuzasida va yer ostida ko‗plab organik 
moddalar hosil qilinar ekan. 
Yuksak 
o‗simliklar yani dastlabki produsentlar yer usti 
biosennozining yadrosini tashqil qiladi. Moddalarning biologik aylanishi 
organik moddalardan boshlanadi. Bunda o‗similak tuproqdan va 
atmosferatdan elementlarni o‗zlashtirib olib, biologik usulda organik 
moddalarni sintezlaydi va o‗similiklar tomonidan hosil qilingan organik 
modda tuproqqa tushib, mikroorganizmlar tomonidan prachalanib yana 
tuproqqa va atmosferatga qaytadi. Moddalarning biologik aylanishi 
natijasida tuproqni organik moddaga, azotga va mineral oziq elementlarga 
boyitadi, qaysikim bularni o‗simlik yana o‗zlashtirib oladi. 
Yuksak o‗simliklar tomonidan hosil qilingan moddalar, yer ustiga va 
tuproqqa tushadi va tuproqda yashovchi tirik organizmlar tomonidan 
transformasiyalanadi, ba‘zilari ko‗mir kislotasi, gaz va oddiy tuzlargacha 
mineralizasiyalanadi, bir qismi esa murakkab organik modda tuproq 
gumusiga aylanadi. 
O‗rmon mintaqasi tuproq gumusining asosiy manbai yer ustiga 
tushgan o‗rmon qoldig‗i hisoblanadi. Daraxtlarning ildizi gumus hosil 
bo‗lishida kam ahamiyatga egadir. 
Nina bargli o‗rmonlarning qoldiqlari o‗ziga xos kimyoviy tarkibga 
ega bo‗lib, mexanik jihatdan juda pishiq, shuning uchun ular juda sekin 
chiriydi va tuproqda dag‗al yani «mor» tipidagi gumus hosil qiladi. 
O‗rmon qoldiqlarining chirishi va parchalanishi asosan zambrug‗lar 
ustunligida o‗tadi va gumus tarkibida fulvo kislota ko‗p bo‗ladi. O‗rmon 
mintaqasining tuproq suv rejimi yuviladigan tipda bo‗lganligi tufayli, 
podzol tuproqlar paydo bo‗ladi va rivojlanadi. Podzol tuproqlarda kislotalik 
miqdori yuqori, asoslar bilan to‗yinmagan, gumus kam, oziq elementlar 
juda kam, asosan azot kamligi tufayli unumdorligi past, organizmlarning 
biologik faolligi sust bo‗ladi. 
Keng bargli o‗rmon mintaqasida yer ustiga va tuproqqa tushadigan 
organik qoldiqlar tarkibida asoslar va azot ko‗p bo‗ladi. Organik qoldiqlar 
mavsum davomida 


17 
parchalanib, Ya‘ni mineralizassiyalanib boradi. Bu mintaqa tuproq 
gumusining hosil bo‗lishida o‗tchil o‗simlik qoldiqlari ustunlik qiladi, 
ularning parchalanishi va mineralizasiyalanishdan hosil bo‗lgan asoslar, 
tuproq paydo bo‗lishida hosil bo‗lgan kislotalarni neytrallab tarkibida 
kalsiy ko‗p bo‗lgan gumat-fulvat tipidagi gumusni hosil qiladi. Natijada sur 
tusli o‗rmon va qo‗ng‗ir tusli o‗rmon tuproqlari paydo bo‗ladi. Bu 
tuproqlarda kislotalik kamayadi, asoslar bilan to‗yinadi, gumus va azot 
miqdori ortib, tuproqning tabiiy unumdorligi yuqori bo‗ladi. 
Dasht mintaqasida o‗tchil o‗simliklar ustun bo‗lganligi tufayli chimli 
tuproq hosil bo‗lish jarayoni boradi. O‗simlik qoldiqlarining yer ustiga va 
tuproqqa ko‗plab tushishi va ularning jadal chirishi, parchalanishi va 
mineralizasiyalanishi natijasida dasht mintaqasida qora tuproq paydo 
bo‗ladi. 
O‗simlik qoplamining tipi elementlarining biologik aylanishi 
tezligini, hajmini, haraktyerini ximizimini belgilaydi. Masalan bir yillik va 
ko‗p yillik o‗tlar senozida moddalarning biologik aylanish hajmi, o‗rmon 
senoziga nisbatan kam, lekin tez va intensiv bo‗ladi. 
O‗simlik assosasiyalar qoldiqlaridan hosil bo‗lgan organik 
moddalarning kimyoviy tarkibiga qarab moddalar biologik aylanishning 
o‗ziga xos tiplari vujudga keladi, Ya‘ni qarag‗ayli ninabargli tuproqda 
kalsiyli azotli, keng bargli o‗rmonda azotli kalsiyli, boshoqli o‗simliklar 
o‗sgan joyda azotli kaliyli va golofit o‗simliklar uchun xlorli natriyli tip 
xosdir. 
Yuksak o‗simliklarning ildiz sistemasi, tuproqning fizik va kimyoviy 
xossalariga hamda tuproqning biologik faolligiga ta‘sir ko‗rsatadi. 
O‗simlik ildizlari tuproq donadorligini oshiradi, g‗ovakligini ta‘minlaydi, 
hovo almashinuvini yaxshilaydi, minerallarning parchalanishida ishtirok 
etadi va mikroorganizmlarni organik oziq moddalar bilan ta‘minlaydi. 
Tuproq 
profilida 
moddalarning 
biogen 
akkumulyasiyalanishini 
diffyerensiyasiyasini amalga oshiradi. 
Tuproq mikrobiologiyasi va biokimyosi uchun eng muhimi o‗simlik 
ildizlari tomonidan ajratiladigan moddalarning kimyoviy tarkibi va 
miqdoridir. Chunki shu 


18 
ildizlardan 
ajralib 
chiqayotgan 
modda 
ildiz 
zonasidagi 
mikroorganizmlarning faolligini va rivojlanishini va tuproqda kechayotgan 
muhim biokimyoviy jarayonlarni aniqlaydi. 
O‗simlik ildizi yuzasida va atrofida (rizosfyera va rizoplanda) 
tabiatda azot aylanishining asosiy bo‗g‗imi Ya‘ni azotafiksasiya va 
denitrifikasiya 
jarayonlarini 
amalga 
oshiruvchi 
mikroorganizmlar 
to‗plangan bo‗ladi. Bu o‗z o‗rnida o‗simliklarning azot bilan oziqlanishida 
va tuproqda umumiy azotning to‗planishida muhim ahamiyatga ega. Ba‘zi 
bir umurtqasiz hayvonlar o‗simlik ildizlari bilan oziqlanadi, ildiz yuzasida 
zambrug‗lar rivojlanib mikoriza hosil qiladi, ildiz hujayralari bakteriyalar 
bilan simbiozga kirishib, tuganaklar hosil qiladi. 

Download 32,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish