7
2. TUPROQ BIOTASI HAQIDA TUSHUNCHA
Uzoq vaqtgacha tirik olam haqidagi tushunchaning turli tumanligi,
uni ikkita shoxlikka o‗simliklar va hayvo organizmlari, Ya‘ni mos ravishda
flora va faunaga bo‗lish bilan chegaralanib kelindi. Bu tushuncha
Aristoteldan boshlanib K.Linney o‗zining «Tabiat sistemasi» asarida
mustaxkamlaydi, bu ikki olamga bo‗linishning asosiy sabablardan biri
bo‗lib organizmlarning oziqlanish usuli hayvonlarda getyerotrof va
golozoy, o‗simliklarda esa avtotrof va osmotrof, hujayra devorlarining
tuzilishi hamda harakatchan va harakasiz hayot kechirishlaridir.
Mikroskopik tuzilishga ega bo‗lgan organizmlar ikki olam o‗rtasida
quyidagicha ajratildi, suvo‗tlar, zambrug‗lar va bakteriyalar o‗simliklarga,
soddalar hayvonlarga kiritiladi.
Bir hujayrali mikroskopik tuzilishga ega bo‗lgan organizmlarni
o‗rganish natijasida ularning orasida ba‘zi bir turlarni o‗simlik va
hayvonlarga bo‗lish bir muncha qiyinchiliklarga olib keladi, chunki bu
turlarda u yoki bu olamga xos bo‗lgan uyg‗unlashgan belgilar mavjudligi
namoyon
bo‗ldi.
Masalan ba‘zi bir hujayrali xivchinlilarning
xromotoforlari bo‗lib, o‗simliklar singari fotosintezlash qobilyatiga ega
bo‗lsada lekin hujayra tuzilishi tasnifi bo‗yicha sodda hayvonlarga xosdir,
yoki miksomisetlar soddalar singari fatotrof bo‗lib hisoblanishsada, meva
tana hosil qilishi jixatidan zambrug‗larga o‗xshaydi.
Hayvonat va o‗simlik olamini sistemaga solishda yuqoridagi
qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun tirik tabiatni uchinchi bir olamga
bo‗lish taklifi (E.Gekkel) tug‗ildi, Ya‘ni soddalar olami, qaysikim bunga
suvo‗tlar, soddalar, zambrug‗lar va
8
bakteriyalar kiritildi. Natijada biologik tuzilishlari oddiy bo‗lgan aralash
olam vujudga keldi.
Evolyusion nuqtai nazardan ma‘lumki bu ikki olam avlodlarning
vakillari, hayot darajasining shajaraga Ya‘ni o‗simlik va hayvonat olamiga
bo‗linishiga qadar mavjud bo‗lgan.
Tirik
olamning
turli
tumanligi
xaqidagi
va
evolyusion
tushunchalardagi
burilish, har bir hujayraning nozik tuzilishlari
o‗rganilgandan keyin Ya‘ni eukariot va prokariot tiplaridagi hujayra
tuzilishlari kashf qilingandan keyin barxam topdi. Elektron mikroskopning
kashf qilinishi va ular yordamida hujayra yadrolaridagi sitologik
farqlarning topilishi, hujayra devoridagi biokimyoviy tuzlishlari, haqidagi
ma‘lumotlar va hujayra organiodlarining ishlash mexanizmi, sintezlangan
makromolekula axborotlarning etkazdirilishi kabilar o‗rganilgach, soddalar
olamiga barxam berildi.
Prokariot (yadrogacha tuzilishli organizmlar) va Eukariot (yadro
tuzilishiga ega organizmlar) o‗rtasidagi ajralish, o‗simlik va hayvonat
olamiga bo‗linishga nisbatan ko‗proq ahamiyatlidir. Ushbu bo‗linish
(sionabakteriyalar) prokariotlarga, sodda hayvonlar zamburug‗lar va
qolgan boshqa suvo‗tlar eukariotga kiritildi.
Oziqlanish tiplari
Fototrof
Osmotrof
Golozo
y
Eukariot
to‗qima
tuzilishi
Plantae-
o‗simliklari
---
Animalia-
hayvonlar
Makro
O‗
l
cham
i
b
o‗
y
ic
h
a
Eukariot bir
va ko‗p
hujayrali
Suvo‗tlar
Mycota
zamburug‗lar
Soddal
ar
Mezo-mikro
Prokariot
ko‗pchiligi
bi
r hujayrali
Procaryot
ae
---
Mikro
Ultr
a mikro
Siano-
bakteriyalar
Bakteriyalar,
Aktinomisetla
r
Produesentl
ar
Redusentlar
Konsument
l ar
Ekologik guruhlar
1- Rasm. Tirik tabiat shoxliklari
9
Yer yuzidagi tirik mavjudodlar, ikkita asosiy ta‘rifiga nisbatan Ya‘ni
oziqlanish va tana tuzilishi tipiga ko‗ra ettita guruhga bo‗linadi va tirik
tabiatning 4 ta olami shakllanadi.
1.
O‗simliklar
Plantae,
fotosintezlovchi eukariot organizmlarni
birlashtiradi. (bir hujayrali suvo‗tidan tortib, o‗tkazuvchi sistemasiga ega
bo‗lgan to‗qima tuzilishli yopiq urug‗lilarni o‗z ichiga oladi). Bular
organik moddani hosil qiluvchi Ya‘ni dastlabki produsentlar hisoblanadi.
2.
Hayvonlar-
Animalia
bularga bir hujayrali sodda tuzilishli golozoy
tipida oziqlanuvchi eukariot organizmlardan tortib tanasi murakkab,
to‗qima tuzilishli, mutaxassislashgan organlar sistemasidan iborat bo‗lgan
organizmlar kiradi. Bular organik moddani har xil miqdorda iste‘mol
qiluvchilar Ya‘ni konsumentlardir.
3.
Zambrug‗lar-
Mucota
bir va ko‗p hujayrali, miselial tuzilishli,
osmotrof oziqlanuvchi, eukariot organizmlarni o‗z ichiga oladi. Organik
moddalarning asosiy parchalovchisi (chirituvchi) redusentlardir.
4.
Prokariotlar
-
Procaruotae
deyarli
ko‗pchiligi
mikroskopik
tuzilishga ega bo‗lgan organizm bo‗lib, oziqlanish tipi bo‗yicha fototrof va
osmotroflarga bo‗linadi. Tirik tabiat olamining 4 ta shoxlikka bo‗linishi,
qachonkim barcha bir hujayrali eukariot organizmlar bitta protistatlarga
birlashtirilganda saqlanib qoladi. Bunga suvo‗tlar, zamburug‗lar va sodda
hayvolar birlashtiriladi.
Tuproqda yuqoridagi 4 ta shoxliklarning barcha vakillari uchraydi.
Tuproqda yuksak o‗simliklarning ildizlari rivojlanadi, suvo‗tlari tuproqning
yuzasida va uning qatlamlarida yashaydi, hayvolar tuproqda yashashga
moslashgan holda undan foydalanadilar, ba‘zi birlari tuproq g‗ovaklarida
agregatlararo bo‗shliqlarda, tuproqdagi suv shakllarida doimiy yashasa,
boshqalari hayotining bir qismini tuproqda o‗tkazadilar, uchinchi birlari
tuproqda uylar, g‗ovakliklar hosil qilib tuproq qovushmalarini o‗zgartiradi.
Tuproqda yashovchi soddalar asosan uning suyuq muhiti faol hayot
kechiradilar, mikroskopik tuzilishga ega bo‗lgan zambrug‗lar,
bakteriyalar,
10
aktinomisetlar tuproq zarrachalari ustiga yopishib olib, u yoki bu darajada
rivojlangan jamoalar hosil qiladi. Ba‘zi bir bakteriyalar tuproqning kapilyar
g‗ovakliklaridagi suvlar bo‗ylab harakatlanib hayot kechiradi.
Tuproqda yashovchi barcha tirik organizmlar to‗plami tuproq biotasi
degan nomni oladi. Bu termin taksonomik birliklarga ajralmaydi.
Biota-bu tuproqda yashovchi barcha organizmlarning umumiy bir
birlikda olib qaralishiga aytiladi va u ba‘zan Edafon deb ataladi. Quyida
biz tuproqda yashovchi barcha tirik organizmlarning taksonomik birlik
asosida, moddalarning kichik biologik aylanishidagi ekologik ahamiyatga
qarab,
dastlabki
moddani
hosil
qiluvchilardan
boshlab,
uni
parchalovchilargacha ketma-ket ko‗rib o‗tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |