Trigger shunday elektron qurilmaki, u ikkita turg‘un xolatga ega bo‘lib, uning bittasi – mantiqiy “0”, ikkinchisi esa – mantiqiy “1” bo‘ladi. Triggerning bu xolatlari uzluksiz manba va elektr xalaqitlarsiz uzoq muddat saqlanadi. Boshqaruvchi signallar ta’sirida trigger bir xolatdan ikkinchi xolatga o‘tish qobilyatiga ega. Triggerning asosiy vazifasi ikkilik ma’lumotni saqlash. Misol uchun, shaxsiy kompьyuterlarda birinchi va ikkinchi tartibli KESH – xotira triggerlardan yig‘ilgan.
Trigger raqamli qurilmalarning yangi ko‘rinishi bo‘lgan raqamli avtomatlarga avlodiga mansub. Raqamli avtomatlarning kombinatsion sxemalardan farqi unda xotira elementni mavjudligidir. Agar raqamli avtomatda chiquvchi signallar kirish signallariga va saqlash qurilmasining xolatiga bog‘liq bo‘lsa, bunday avtomatlar Mili avtomati deb nomlanadi. Agar chiquvchi signallar saqlash qurilmasining xolati bilan aniqlansa, bunday avtomatlar Mur avtomati deb nomlanadi. Trigger ushbu klassifikatsiya bo‘yicha Mur avtomatiga mansub.
Triggerlarning bir necha ko‘rinishlari mavjud: RS – trigger, D – trigger, JK – trigger va T – trigger. D – va T – triggerlar amalda kam qo‘llaniladi, shuning uchun biz bu erda ular bilan shug‘ullanmaymiz. Agar triggerning xolatini o‘zgartirish uchun sinxronizatsiyalovchi signaldan foydalanilsa, bunday triggerlar sinxronizatsiyalanuvchi triggerlar deb ataladi. Agar sinxronizatsiyalovchi signallardan foydalanilmasa, asinxron trigger deb nomlanadi.
Asinxron RS – triggerining oddiy sxemasi 1- rasmda keltirilgan. Triggerda ayrisimon teskari aloqali “YOKI-YO‘Q” sxemasi (Pirs strelkasi) qo‘llaniladi. Rasmda quyidagi belgilashlar kiritilgan: R – “0” ni o‘rnatish uchun kirish, S – “1” ni o‘rnatish uchun kirish, Q – triggerdan to‘g‘ri chiqish, - triggerdan yordamchi (inversli) chiqish, bu chiqishda signal to‘g‘ri chiqishga nisbatan invertirlangan bo‘ladi. Ushbu belgilashlardan triggerning mos kontaktlaridagi signallarni nomlash uchun ham foydalaniladi.
RS – triggerning ishini ko‘rib chiqamiz. Aytaylik vaqtning nolь momentida triggerning R va S kirishlarida nolь signal bo‘lganda, manbadan kuchlanish berilsin. Vaqtning ushbu momentida triggerning chiqishidagi ikkala chiqish signali ham nolьga teng: . CHiqish signalining qiymati bir onda o‘zgarmaydi, chunki amaldagi sxemada parazit sig‘im mavjud. Kondensatorda kuchlanish sakrab o‘zgarmasligini bilamiz.
“YOKI -YO‘Q” elementining xususiyatidan kirishda nolь signal bo‘lganda, chiqishda kuchlanish mantiqiy “1” qiymatgacha o‘sib borishligi ma’lum. Amalda esa ikkita
“YOKI -YO‘Q” elementlarning noo‘xshashligidan kuchlanish, yoki chiqishlarning bittasida tezroq o‘sadi. Aytaylik kuchlanish, chiqishda tezroq ortayotgan bo‘lsin. Ushbu kuchlanish “YOKI -YO‘Q” mantiq elementining ikkinchi kirishiga borib, uning chiqishidagi kuchlanishni nolь qiymatgacha kamaytiradi. O‘z navbatida chiqishda kamayayotgan kuchlanish“YOKI -YO‘Q” mantiq elementining birinchi kirishidagi kuchlanishni kamaytirib, chiqishdagi kuchlanishni mantiqiy “1” qiymatgacha ortiradi. SHunday qilib, teskari musbat aloqa (TMUA) tufayli, triggerda muvozanat ( va ) xolat ta’minlanadi.
“YOKI-YO‘Q” sxemaning xususiyatidan foydalanib, bo‘lganda R kirishga mantiqiy “1” berib, va xolatga ega bo‘lamiz. Triggerdagi ushbu nolь holat yuqoridagi operatsiya orqali amalga oshiriladi. Agar shundan keyin R kirishda signal “0” qilinsa, triggerning yangi ushbu xolati saqlanadi. bo‘lganda S kirishiga mantiqiy “1” berilsa, triggerda bir xolat yuzaga kelib, bo‘ladi.
Agar ikkala kirishda ham bo‘lsa, ikkala va chiqishlarda ham nolь paydo bo‘ladi. Bu triggerning vazifasiga zid. Ushbu holatda trigger ishdan chiqmasa ham bunday operatsiyani bajarish ta’qiqlanadi.
R S – triggerning chinlik jadvali 2-rasmda keltirilgan. Vaqtninng aniq bir momentida triggerning holatini saqlash uning oldingi vaqt momentidagi holati bilan aniqlanadi, ya’ni , bu erda - sanoqdagi vaqtning tartibi. RS – triggerning shartli belgilanishi 3 – rasmda keltirilgan.
K o‘rib o‘tilgan ushbu RS – trigger elektr halaqitlar bo‘lganda ishonarli ishlamaydi. Misol uchun, qisqa impulьsli elektr xalaqit R yoki S kirishga ta’sir etsa, triggerning holati o‘zgarib qolishi mumkin. Elektr halaqitlarga chidamliligini orttirish va “bahslashish” xolatini bartaraf qilish maqsadida sinxronli RS – triggerlardan foydalaniladi. Sinxronli RS – triggerning sxemasi 4, a – rasmda, shartli belgilanishi esa 4,b – rasmda keltirilgan. Sinxronli triggerning xolati S sinxronizatsiyaning kirishiga mantiqiy “1” joylashgandagina o‘zgarishi mumkin xolos. Bu holatda “VA” elementlari “ochiladi” va boshqaruvchi signallar asinxron triggerning kirishlariga etib boradi. SHuni ta’kidlash lozimki, bunday sinxronizatsiya statik sinxronizatsiya deb nomlanadi.
T eskari aloqali raqamli qurilmalarda yuqorida ko‘rilgan RS – triggerlardan, ularning ishida noaniqlik bo‘lganligi uchun foydalanish qiyinchilik tug‘diradi. Haqiqatdan ham, triggerning chiqishi R yoki S kirish bilan ulab bo‘lmaydi, chunki bu nuqtalardagi o‘zgarish bir vaqtda ro‘y beradi. Bu esa mumkin emas. Bunday noaniqlik, bir nechta triggerlar va kombinatsion sxemalar mavjud teskari aloqali raqamli qurilmalarda ham paydo bo‘ladi.
S xemasi 5- rasmda keltirilgan ikki pog‘onali RS – triggerni qo‘llansa, uning chiqishini kirishiga ulash mumkin bo‘ladi. Ikki pog‘onali trigger ikkita sinxronli RS – triggerlardan va qo‘shimcha “YO‘Q” elementidan iborat bo‘ladi. Kirishdagi boshqaruvchi signallar va sinxrosignal berilganda birinchi triggerda ma’lumotni yozish amalga oshiriladi. Bu operatsiya 6 – rasmda ko‘rsatilgan vaqt momentiga to‘g‘ri keladi. Bu paytda ikkinchi trigger o‘z holatini o‘zgartirmaydi, chunki uning sinxrokirishiga invertordan mantiqiy “0” berilmoqda. Faqat birinchi triggerda ma’lumot yozish tugashida sinxrosignal qiymati birdan nolьgacha o‘zgarganda vaqt momentida ikki pog‘onali sxemaning ikkinchi triggerida ma’lumot yozish amalga oshiriladi. 6-rasmdagi vaqt diagramma ikkipog‘onali trigger ishining R – kirishidagi signali S – kirishdagi signaliga nisbatan invertirlangan shartida olingan. Bunday sinxronizatsiya dinamik sinxronzatsiya deb nomlanadi.
Ikkipog‘onali RS – triggerning shartli belgilanishi 7- rasmda ko‘rsatilgan. Ushbu rasmda dinamik sinxronizatsiyaning mavjudligi sinxronizatsiya kirishida qiya chiziq bilan ko‘rsatilgan. SHu o‘rinda qiyalik sinxroimpulьsning orqa frontiga mos kelishi ta’kidlanmoqda. Ma’lumotnoma va o‘quv adabiyotlarida dinamik sinxronizatsiyani uch burchak, yulduzcha, krestcha va hakozo belgilar bilan ko‘rsatiladi. 7-rasmda triggerning ikkipog‘onali ekanligini ikkita T harfi bilan ko‘rsatilgan.
S ignal ushlovchi D-trigger. Ushbu trigger eng ko‘p ishlatiladigan triggerlar guruxiga kiradi. D – trigger, R- va S- kirishlarini bog‘lovchi qo‘shimcha invertor ulangan ikkipog‘onali RS – triggerlar asosida tyyorlanadi. D – triggerning ushbu sxemasi 8,a – rasmda, shartli belgilanishi esa 8,b – rasmda keltirilgan. D – triggerning afzalligi shundaki, bitta ma’lumot faqat sinxronlovchi impulьsning orqa fronti bilan yoziladi. SHuning uchun chiqishda signal - inchi sinxroimpulьs berilganda bir takt ushlanib, paydo bo‘ladi.
J K – trigger. Ushbu trigger katta funksional imkoniyatlarga ega. JK – triggerning sxemasi 9,a – rasmda, uning shartli belgilanishi esa 9,b – rasmda ko‘rsatilgan. Sxemaga ikkita ikkikirish nuqtali “VA” element ulangan. “VA” elementlarning ikkikirish nuqtalarining bittadaniga RS – triggerning chiqish signallari berilganligi uchun u kirish berk bo‘ladi. SHuning uchun JK – triggerning ikkala J va K kirish nuqtalariga bir vaqtda “1” signal berish mumkin. YUqorida ko‘rdikki, kirish signallarining bunday kombinatsiyasi RS - triggerda man qilingan.
JK – triggerning J kirishi yuqorida ko‘rilgan RS – triggerning S kirishiga o‘xshash, K kirish esa R kirishga o‘xshash. Agar bo‘lsa, “saqlash” rejimini hosil qilamiz. Agar bo‘lsa, triggerga sinxroimpulьs berilishi bilan u holatini teskarisiga almashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |