MAVZU-4
KONTAKT USULI BILAN SULFAT KISLOTA ISHLAB CHIQARISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIK TIZIMLARI.
Reja:
1.Klassik tizim qarama - qarshi jarayonlari va kamchiliklari.
2. «Kuruq tozalash» tizimi.
3.Sulfat kislotasini nam kataliz usulida ishlab chiqarish.
4.Sulfat kislotasi ishlab chikarishni «Qisqa tizim» usuli.
5.Kontakt usuli bilan sulfat kislotasi ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish.
Tayanch iboralar: Klassik tizim qarama – qarshiliklari, «Quruq tozalash-1» tizimi xom-ashyosi va mahsuloti, «Quruq tozalash-2» tizimi asosiy texnologik bo‘limlari, kondensatsiya bo‘limi asosiy vazifasi, nam kataliz tizimining asosiy bo‘limlari, nam kataliz tizimining klassik tizimdan farqi, «Qisqa tizim» usulining xom-ash’yo mahsulotlari, «Qisqa tizimni» asosiy bo‘limlari, «Qisqa tizimni» «Quruq tozalash-1» tizimidan farqi, kontakt usulining istiqbolli jarayonlari.
XV.1. KLASSIK TIZIM QARAMA - QARSHI JARAYONLARI VA KAMCHILIKLARI.
Sulfat kislotasini klassik tizim bilan kolchedan yoki metall sulfidlaridan ishlab chiqarish jarayonini taxlil qilish unda kuyidagi qarama- qarshi jarayonlar borligini kursatadi:
1. Qaynoq o‘choq gazi yuvish bo‘limida 4500Sdan 300Sgacha sovutilsa, kontakt bo‘limida, aksincha yana 4400Sgacha qaytadan isitiladi.
2.O‘choq gazi yuvish bo‘limida kuchli namlatilsa, quritish-absorbsiya bo‘limida esa, aksincha namlikdan quritiladi, garchand suv bug‘lari yuqori xaroratda vanadiy katalizatorlariga zararli ta’sir etmasa ham.
3.O‘choq gazni mish’yak va boshqa birikmalaridan tozalash uchun ular yuvuvchi minoralarda tumanli birikma xolatiga utkaziladi; bu tuman esa, keyinchalik nam elektrofiltrlarda batamom ushlanadi. Bulardan tashqari klassik tizim ayrim kamchiliklarga ham egadir:
1.Klassik tizim qurilmasi nisbatan katta sanoat maydonini egallaydi va ko‘p ishchi kuchini talab etadi.
2.Bu qurilmada, ayniqsa uning o‘choq bo‘limida ishlab chiqarish madaniyati anchagina pastdir, chunki u joylarning ko‘p qismini maydalangan temir kolchedani va zangi changlari egallab oladi.
3.Bunday qurilmalarni unumdorligi juda yuqori emas.
Bunday qarama - qarshi jarayonlar klassik texnologik tizimini murakkablashtirib yuboradi va undagi kamchiliklar ishlab chiqarilayotgan sulfat kislota tannarxini qimmatlashishiga olib keladi. Oxirgi yillarda MDX davlatlari olimlari ilmiy va amaliy ishlari natijasida sulfat kislota ishlab chiqarishining bir qator istiqbollik tizimlari yaratilgandir. SHulardan biri “quruq tozalash” tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |