3.13.
Tuproq, suv va havo mikroflorasi
Tuproq
-
tabiiy omillar va odamning ishlab chiqarish faoliyati
ta‘sirida yuzaga kelgan tabiiy-tarixiy jismdir degan tushunchani
olimlarimiz tariflab bergan. Tuproqning unumdorligi to‗satdan paydo
bo‗lib qolmasdan, nurash va tuproq hosil bo‗lishidek murakkab jarayonlar
natijasida asta-sekin rivojlanib borgan.
Mikroorganizmlar umuman tabiatda va tuproqda keng tarqalgan.
Chirituvchi bakteriyalar, moy kislota hosil qiluvchi bakteriyalar va
nitrofikasiyalovchi bakteriyalar, shuningdek aktinomisetlar bilan mog‗or
zamburug‗larning
har
xil
turlari
tuproqda
keng
tarqalgan.
Mikroorganizmlarni asosiy qismi tuproqni ustki qatlamida (10-20sm)
uchraydi. Pastki qatlamlarda ularni soni keskin kamayib boradi.
O‗zlashtirilgan bo‗z tuproqlar xaydalma qatlamida 1 gektarga 5 tonna
bakteriya massasi to‗g‗ri keladi. Tuproqda asosan kokkalar ko‗p uchraydi.
Tayoqchasimon bakteriya ham borligi aniqlangan. Bularni 10-20% turlari
spora
hosil
qiladigan
bakteriyalardir.
Bakteriyalardan
tashqari
aktinomisetlar ham tuproqda keng tarqalgan. Ularni ba‘zi tuproqlardagi
miqdori umumiy mikroorganizmlarning umumiy sonini 30% gachasini
tashqil qiladi. Aktinomisetlar tuproq bakteriyalarga nisbatan o‗ta nam sevar
bo‗ladi. Noqulay sharoitda juda ko‗p miqdorda spora hosil qiladi. Yozda
tuproq o‗ta qizib ketganda ham yaxshi rivojlanadi. Kuzda uglerod manbai
ko‗payganda (o‗simlik ildizlari, to‗kilgan barglar va xokazo) ular yanada
zo‗r berib rivojlanadi va tuproq mikroflorasini yarmini tashqil qiladi.
Zamburug‗lar ham xilma-xil tuproqlarda juda keng tarqalgan. Ularning
soni umumiy mikroblar sonining 1-3% gacha bo‗lishi mumkin. Tuproq
tipi, qatlamlarining, chuqurligi ularning o‗zlashtirilganligiga qarab son
ko‗rsatgichlari o‗zgaradi. 4-5 sm qatlamda 1g tuproqda 200 mingdan 700
minggacha 20-25 sm qatlamda esa 50 mingdan 100 minggacha zamburug‗
bo‗lishi aniqlangan. Tuproqda ko‗proq
Penicillium, Mucor, Thrichodyerma
va Cladosporium
ning har xil turlari keng tarqalgan. 1g tuproqda necha
milliardlab bakteriyalar va aktinomisetlar, yarim
86
milliondan ko‗proq zamburug‗larning bo‗lishi tuproqni
mikroorganizmlarga boy bo‗lgan biogen ekanligini ko‗rsatadi.
Bu minerallar tuproqni qattiq fazasini tashqil etadi va mexanik
skeletini hosil qiladi, bu mexanik skeletda har xil yunalishdagi kapillyar
va kapillyarmas oraliqlar bo‗ladi. Tuproqni suyuq fazasi suv va unda
yerigan moddalar, shu oraliqlarda turadi. Bundan tashqari, tuproqda doim
uchinchi faza-tuproq havosidan iborat gazsimon faza ham bo‗ladi. Bu
fazalarning hammasi o‗zgarib turadi.
Yer po‗stlog‗ini qattiq
qatlamida (Litosfera) 46, 3%, yani qariyib yarmini kislorod (SiO
2,
AI
2
O
3
va xokazo), 27, 6%ni kremniy tashqil qilarekan. Boshqa elementlar esa
arzimaydigan darajada bo‗ladi. Shundan ko‗rinib turibdiki bu qatlamda
biologik jihatdan muhim
bo‗lgan elementlar kam bo‗ladi. Yuza
qatlamlariga yaqinlashgan sari bularni salmog‗i ortib boradi,
lekin
umumiy miqdori
kam bo‗lib qolavyeradi. O‗simliklar va
mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun zarur elementlarning qariyib
hammasi tuproqda bo‗ladi. Bu organizmlar suvda yerigan moddalarni
o‗zlashtirishlari mumkin. Tuproq eritmasi tarkibida anarganiq va organik
moddalar bo‗ladi. Tuproqdagi organik moddalar nixoyatda katta
ahamiyatga ega. Ular bo‗lmaganda edi tog‗ jinslari va ularni nurashidan
hosil bo‗ladigan mahsulotlar unumdor tuproqqa aylanmagan bo‗lar edi.
Organik moddalar
to‗planishi
tufayligina biologik
jihatdan
qimmatli bo‗lgan elementlar tuproqda saqlanib qoladi va tuproq
bir qadar nam sing‗diruvchan bo‗ladi. Ona jinsining ustki qatlamida
dastlabki organik modda to‗planshi, aftidan, avtotrof
mikroorganizmlarning rivojlanishi hisobiga borgan, so‗ngra bu
jarayonga yashil o‗simliklar ham
qo‗shilgan, ular
nobud
bo‗lgandan
keyin,
tanasi getyerotrof mikriorganizmlar
ta‘siriga
uchragan va
qisman
minerallarga
aylangan.
Mikroorganizmlar uchun tuproq muhiti (pH) yani reaksiyasi ham katta
ahamiyatga ega ular tuproq eritmasi reaksisi neytralga yaqin bo‗lganda
yaxshi rivojlanadi. Mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun tuproq
eritmasi reaksiyadan tashqari,
shu eritmaning osmotik faolligi ham muhim ahamiyatga ega.
Ko‗pchilik mikroorganizmlar hujayrasining osmotik bosimi 3-6 atm.
dan oshmaydi, lekin ba‘zi
87
mikrorganizmlarni (qurg‗oqchilik bo‗ladigan tuproqlarda yashaydigan
mikrorganizmlarda) osmotik bosim 16 atm. gacha bo‗ladi.
Tuproqni gazsimon fazasida yoki tuproq havosining tarkibida
karbonat angidrid (CO
2
), azot va kislorod bo‗ladi. Shulardan kislorod
muhim ahamiyatga ega, chunki aerob mikroblar va o‗simlik ildizlari busiz
yashay olmaydi.Tuproqda mikrorganizmlar uchun hamma shart-sharoitlar
mavjud.
Yer yuzida hamma tuproqlar har xil tog‗ jinslaridan hosil bo‗lgan.
Tog‗ jinslarini tuproqqa
aylanishida, minerallarni parchalanishida
mikrorganizmlarni ishtiroki aniq. Ona jins (tog jinsi)ga birinchi
mikroskopik suv o‗tlari, asosan diotom suv o‗tlari o‗rnashadi. Suv o‗tlari
avtotrof organizmlar bo‗lib, organik modda hosil qiladi va uni to‗playdi.
Saprofit mikrorganizmlar bu organik moddalar hisobiga faol faoliyat
ko‗rsatadi. Bu senozda rivojlanadigan sionbakteriyalar (ko‗k-yashil suv
o‗tlari) azotni o‗zlashtirib tog‗ jinslarini bu element birikmalari bilan
boyitadi. Tog‗ jinslari qatlamlarida, mikrorganizmlar faoliyati natijasida
organik moddalar, to‗planadi, bu organik moddalar hisobiga bakteriyal
flora rivojlanadi (asosan spora hosil qilmaydigan bakteriyalar).
Xar xil jinslar va minerallarni yuzasida rivojlanayotgan
mikrofloralarni tarkibi bir xil bo‗lmaydi. Tog‗ jinslarini emirilishi,
tabiatda ikkita qarama-qarshi jarayonni birlashishi bo‗lib-birlamchi
jinslarni
emirilishi
va ikkilamchi jinslarni paydo
bo‗lishidir. Yangi minerallar mikroblarning metobolitlari ta‘sirlari
natijasida ham hosil bo‗lishi mumkin. Tog‗
jinslaridan tuproq
hosil
bo‗lishi
bilan birgalikda chirindi (gumus) ham hosil bo‗lib
boradi. Bu modda tuproq xususiyatiga ta‘sir ko‗rsatib, uning
unumdorligini va suvni o‗zida ushlab turish qobiliyatini kuchaytiradi.
Gumusni hosil bo‗lishida mikroorganizmlar faol qatnashadi. Tuproq
hosil bo‗lish jarayonini boshlanish davridanok tuproq qatlamlar hosil
bo‗lib boshlaydi. Gumus bu bir-biriga yaqin murakkab, yuqori malekulali
birikmalar guruhidan iborat bo‗lib xozirgacha kimyoviy tabiati to‗liq
aniqlangani yo‗q. Tuproqdagi hamma organik birikmalarning 85-
90%ni gumus tashqil qiladi. Unirng tarkibida ko‗p
88
miqdorda azot, fosfor va boshqa elementlar jamlangan. Gumus asosan
o‗simlik qoldiqlaridan hosil bo‗ladi. O‗simlik qoldiqlari tarkibini 0, 5-2%
ni oqsil va unga yaqin birikmalar, 15-35% ni gemisellyuloza va pektin
moddalaridan, 15-50% sellyulozadan iborat. Tuproqqa tushgan o‗simlik
qoldiqlarining 10-20% gumusga aylanadi.
Buning tarkibida 4-4, 5% gacha azot bo‗ladi, 30-50% mineral holdagi
fosfor birikmalari uchraydi. Gumusning kimyoviy tarkibi har xil bo‗ladi;
1) Gumin
kislotasi 2) Guminar, 3) Gemotomelan kislotasi, 4)
Fulvokislotalar. Bu birikmalar strukturasi va kimyoviy xossalari bo‗yicha
bir-biriga o‗xshashdir.
Gumus tuproqni fizikaviy xossalarini o‗zgartiradi. U tuproq
strukturasini hosil qiladi, issiqlik xususiyatlarini yaxshilaydi, katta nam
sig‗imiga ega bo‗lb tuproq namlgini saqlaydi.
Tuproq mikroorganizmlar faolligi va ular senozining hosil bo‗lishga
ko‗pgina omillar ta‘sir qiladi. Mikrobiologik jarayonlarni kechishida katta
ahamiyatga ega bo‗ladigan omillardan bu tuproq haroratidir.
Tuproq
mikroorganizmlari
haroratga
munosabatiga
qarab;
1)Psixrofillar; 2)Mezofillar, 3)Termofillarga bo‗linadi.
Psixrofillar – bu mikroorganzmlar past musbat haroratda (0°-10°C )
rivojlanadi. Mezofillar - bu mikroorganizmlar oddiy atrof muhit haroratida
(25-50°C) yashaydi. Termofillar – bu mikroorganizmlar yuqori haroratni
talab qiladi.
Tuproq mikroorganizmlarini asosiy qismi mezofillarga mansubdir.
Kuzatishlarning ko‗rsatishicha harorat 5°Cdan past bo‗lganda karbonat
angidirid gazini ajralishi Ya‘ni, organik moddalarni parchalanish jarayoni
to‗xtaydi, nitrofikasiya jarayoni sekinlashadi. Tuproq harorati 10
o
C da
nitratlarning to‗planishi 20% ni, +25°Cda esa nitratlarni to‗planishi 100%
ni tashqil qiladi.
Janubda tuproqda yashovchi mikroorganizmlarni yuqori haroratga
talabi katta bo‗ladi. Janubiy tuproqlarda issiqlikda yaxshi rivojlanadigan
zamburug‗lar Ya‘ni
89
Aspyergillus avlodi ko‗p uchrasa, SHimoliy tuproqlarda asosan past
haroratda
Do'stlaringiz bilan baham: |