95
anaerob yo‗l bilan parchalanadi.
Natijada metan, vodorod sulfid,
merkaptan, ammiak, organik kislotalar va aminokislotalar hosil bo‗ladi.
Mezasaprob zonada moddalarning parchalanishi davom etadi: H
2
S
H
2
S0
4
gacha, HN
3
HNO
3
gacha oksidlanadi.
Oligosaprob zonada ko‗proq ikki valentli temir tuzlari uch valentli
tuzlarga aylanadi. Ariq va hovuz suvlarida ko‗p patogen mikroorganizmlar
uchraydi: ular orasida bursellez, qorin tifi, dizentyeriya tayokchalari, vabo
vibrioni va boshqalar bo‗lishi mumkin.
Bir odam 10 minut cho‗milganda, uning tanasidan suvga 3 milliard
saprofit bakteriya, 100 mingdan 20 milliongacha ichak tayoqchasi tushadi.
Bakteriyalarning ko‗l suvida tarkalishi yil fasllariga qarab o‗zgaradi. May
va iyun oylarida bakteriyalvr soni ko‗proq bo‗ladi.
Dengiz va okean
suvlarida mikroorganizmlar soni ariq suvlaridagidan kam, qirg‗oqqa yaqin
joylarda esa ko‗proq bo‗ladi.
A.E.Kriss
va
B.L.Isachenko
dengiz
va
okean
suvlarida
mikroorganizmlarning spora hosil qiluvchi va spora hosil qilmaydigan
vaqillari, aktinomisetlar ham uchrashi mumkinligini ko‗rsatdi.
Tinch okeanda bakteriyalar soni va biomassa miqdori tekshirilganda
qo‗yidagi natijalar olingan: 50 m, chuqurlikkacha bo‗lgan qismda, 1 sm
3
suvda 100 minglab bakteriyalar topilgan,
biomassaning miqdori, 1 sm
3
suvga nisbatan olinganda atiga bir necha o‗n milligrammni tashqil etgan.
50m dan 200m gacha bo‗lgan chuqurlikda 1 sm
3
suvda 10 000 bakteriya
bo‗lib, biomassa 10 mg/m
3
ga, 750-3000 m chuqurlikdagi suvning 1 sm
3
da
bakteriyalar soni 10000 gacha, biomassa esa 0,1 mg/m
3
ga teng bo‗lgan.
B.S. Butkevich dengiz suvida 3% ga yaqin osh tuzi bo‗lganda ham
bakteriyalarning yaxshi o‗sishini aniqlangan. Bu xil bakteriyalarni Kriss
galofillar
deb atagan. Galofillar Tinch okeanida 56,5% dan 88% gacha,
Hind okeanida va Antarktida atrofidagi dengizlarda 53—91% gacha
uchrashi aniqlangan.
Ma‘lumki, oqava suvda uchraydigan
bakteriyalarga dengiz suvi
salbiy ta‘sir etadi. Masalan, Karpenter va shogirdlarining (1938)
aniqlashlari bo‗yicha, dengiz suvi
96
30 minut ichida oqava suv bakteriyalarining 80% ni nobud qilgan.
Roeenfeld va Sobbel (1947) dengiz suvidan antibiotiklar hosil qiluvchi 9 ta
forma topganlar, bu antibiotiklar boshqa formalarga salbiy ta‘sir etgan.
Aholisi zich joylashgan erlardagi suvda mikroblar juda ko‗p bo‗ladi,
shahardan suv 3-4km nari o‗tgach, ularning soni yana kamayadi. Buning
bir qancha sabablari bor: mikroorganizmlar mexanik yo‗l bilan suv tagiga
cho‗qadi, suvda oziq moddalar kamayadi, bevosita tushgan quyosh nuri
ularga salbiy ta‘sir etadi, mikroorganizmlarning bir qismi sodda hayvonlar
tomonidan iste‘mol qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: