Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, D. S. Normurodov, B. M. Eshonqulov sabzavot ekinlari seleksiyasi


Chatishtirish oʻtkazish tartibi quyidagicha



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/94
Sana24.06.2023
Hajmi3,45 Mb.
#953235
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94
Chatishtirish oʻtkazish tartibi quyidagicha: 
1. Gulni chatishtirishga tayyorlash. 
2. Gullarni bichish. 
3. Bichilgan gulni izolyatsiya qilish. 
4.Gulni changlash va izolyatsiya qilish. 
5.Etiketka osib qoʻyish. 
Chatishtirish uchun eng yaxshi rivojlangan oʻsimliklar olinadi. Har bir 
oʻsimlikda esa eng yaxshi rivojlangan, chatishtirish uchun yaroqli boʻlgan gullar 
shona holatida tanlanadi. Koʻpchilik oʻsimliklarning guli murakkab (toʻpgulga 
yigʻilgan) boʻladi. Bugʻdoyni gullari ham bir xil rivojlangan boʻlmaydi. Shuning 
uchun gullar bir vaqtda ochilmaydi, ulardan hosil boʻlgan urugʻlar ham sifat 
jixatidan bir-biridan farq qiladi. Bu esa chatishtirilgan oʻsimliklardan Yuqori sifatli 
duragay urugʻlar olishni ta‟minlashda zarur choralarni qoʻllashni taqozo etadi.
Ona oʻsimlik gullarini (toʻp gulini) voyaga yetmasdan ancha ilgari (1-3 kun 
oldin) chatishtirishga tayyorlanadi. Bunda toʻpgulni oʻrta qismidagi eng yaxshi 
rivojlangan, bir muddatda ochiladigan va sifatli urugʻ beradigan ma‟lum 
miqdordagi gullarni qoldirib qolganlarini oʻtkir qaychi bilan qirqib tashlanadi. 
Oʻsimliklar gulining oʻrta qismida joylashgan gullar qoldiriladi. Bundan 
tashqari, chatishtirish uchun qoldirilgan gullarni changlantirishga halaqit beradigan 
qismlari, masalan, gulkosabarglari va gultojibarglari ham qirqib tashlanadi. Bunda 
gulni tuzilishini hisobga olish va uni iloji boricha shikastlantirmaslikka harakat 
qilish zarur. 
Oʻzidan changlanib qolishini bartaraf etish uchun changdonlar 
(ochilmasdanoq ohistalik bilan birortasini yorilib ketishiga yoki gulda qolib 
ketishiga yoʻl qoʻymaslik kerak) uchini ingichka qilib charxlangan qisqich (pinset) 
bilan olib tashlanadi. Toʻpguldagi hamma gullar bichilgandan soʻng ivimaydigan, 
yorugʻlik va havoni yaxshi oʻtkazadigan yupqa qogʻozdan yasalgan xaltacha bilan 
oʻrab qoʻyiladi. Bir uyli, ayrim jinsli oʻsimliklarda, masalan, qovoq va bodringda 
onalik gullari usti paxta bilan yopib qoʻyilishi izolyatsiya vazifasini bajaradi. 
Xaltachani bir tomoniga qora qalam bilan ona oʻsimlikning raqami, chatishtirish 


85 
juftlari, gullar bichilgan kun, bu ishni bajargan shaxsning ismi sharifi va boshqalar 
yozib qoʻyiladi. Xaltacha ichiga hashoratlar kirib qolmasligi uchun poya bilan 
uning oʻrtasiga ozgina paxta tiqib qoʻyiladi. Oʻsimlikning poyasi sinib ketmasligi 
uchun uning toʻpgulini cheklagich xaltachasi bilan yogʻoch yoki sim tayoqchaga 
bogʻlab qoʻyiladi. Koʻpchilik oʻsimliklar gullarini bichish katta qiyinchiliklar 
tugʻdiradi. (Masalan piyoz va sabzida gullari murakkab va mayda boʻlgani 
sababli). Shuning uchun bu ishni takomillashtirish va uni yengillashtiradigan 
yoʻllarini topish lozim. Gulni bichishda oʻsimliklar doimo bir oz shikastlanadi. 
Masalan, odatdagi qabul qilingan usul bilan bichishda 1000 dona urugʻni ogʻirligi 
ancha kamayadi, bunday urugʻlardan unib chiqqan nihollar sust rivojlanadi, nozik 
va siyrak boʻladi. Shuning uchun oʻsimliklarni biologik xususiyatlariga qarab 
bichish yoʻllarini takomillashtirish zarur. Masalan, keyingi yillarda keng tarqalgan 
oʻsimliklarning sitoplazmatik erkak sterillik qobiliyatidan foydalanilmoqda. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish