86
2.Chetdan changlanuvchi ekinlarning oʻzidan changlana olmasligining
sabablarini ayting.
3.Oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklar ba‟zan chetdan ham changlanib q
olish
sabablari nimada?
87
SUPERELITA VA ELITA URUGʻLARINI YETISHTIRISH TARTIBI.
ELITA URUGʻ MIQDORI VA MAYDONIGA BOʻLGAN TALABNI
HISOBLASH
Darsning maqsadi:
Sabzavot ekinlari superelita va elita urugʻlarini yetishtirish
usullari bilan tanishish.
Asosiy tushunchalar.
Elita urugʻi deb, biror navdan
tanlab olingan yaxshi
oʻsimliklarning seleksiya urugʻchilikning maxsus usullarini qoʻllab yetishtirilgan,
navdorlik va ekish sifatlari talablariga toʻliq javob beradigan urugʻiga aytiladi.
Elita soʻzi fransuzcha – eng yaxshi, saralangan degan ma‟noni anglatadi. Elita
tanlab olingan navga xos eng yaxshi oʻsimliklarning koʻpaytirilgan avlodidir. Elita
urugʻlarini yetishtirishdan oldin superelita urugʻlari yetishtiriladi. Superelita soʻzi
lotincha boʻlib, elitadan oldingi degan ma‟noni bildiradi. Superelita urugʻi eng
Yuqori mahsuldorlik, navdorlik va ekish sifatlariga ega.
Elita urugʻining har yil navbatdagi koʻpaytirishdan olinadigan urugʻlar
reproduksiyalar deb yuritiladi.
Elita urugʻlari yetishtirish bilan birlamchi urugʻchilik shugʻullanadi. U
uchta pitomnikdan:
1)
Birinchi yil avlodlarni sinash pitomnigi yoki urugʻchilik pitomnigi:
2)
Ikkinchi yil avlodlarni sinash pitomnigi yoki urugʻlik pitomnigi :
3)
koʻpaytirish pitomnigidan tashkil topgan.
Elita urugʻlarini yetishtirish 3 bosqichdan iborat:
a) Dastlabki materialni tanlash
b) Eng yaxshi avlodlarni sinashga
v) Ularni koʻpaytirishga asoslanadi.
Sabzavot ekinlarida yakka tanlash usulida elita urugʻlarini yetishtirish
tartibi:
Birinchi yilgi boʻgʻinlarni sinash (tanlash pitomnigiga navning navdorligi
va tipikligi Yuqori boʻlgan ekinzorlardan yakka tanlab olingan oʻsimliklarning)
mevalaridan olingan oilalar urugʻlari ekiladi.
88
Birinchi yil boʻgʻinlarni sinash pitomnigiga eng yaxshi oilalar ekiladi.
Oilalar nav uchun tipik morfobiologik,
xususiyatlari, mahsuldorligi, va boshqa
qimmatli xoʻjalik biologik belgilari boʻyicha baholanadi.
Talabga javob
bermaganlari brak qilinadi va eng yaxshi oilalar hosili alohida yigʻishtirib olinib,
urugʻlari ajratiladi va laboratoriyada baholanadi. Dalada talabga javob bermagan
oilalar hosil yigʻish oldidan yulib tashlanadi.
Ikkinchi yilgi boʻgʻinlarni sinash pitomnigiga birinchi yil boʻgʻinlarni
sinash pitomnigidan, tanlab olingan liniyalarning urugʻlari ekiladi. Bu pitomnikda
ham oʻsimliklar oʻsuv davrida baholashlar oʻtkazilib, navga xos boʻlmagan,
kasallangan liniyalarning hosili alohida yigʻib olinadi. Ikkinchi yilgi boʻgʻinlarni
sinash pitomnigidan tanlab olingan eng yaxshi liniyalarning birlashtirilgan
urugʻlari koʻpaytirish pitomnigida ekiladi.
Koʻpaytirish pitomnigida urugʻ yetishtirish ekinlarning koʻpayish
koeffitsiyentiga va elita urugʻlariga boʻlgan talabga qarab bir -yildan toʻrt yilgacha
davom etishi mumkin. Koʻpaytirish pitomnigining
vazifasi navning genetik
sofligini, qimmatli xoʻjalik biologik belgilarini saqlagan holda imkon boricha
tezroq urugʻlarni koʻpaytirishdir. Koʻpaytirish pitomnigida yetishtirilgan hosil
yigʻib olinib, urugʻlar
tozalanadi, saralanadi va yaxshi jixozlangan omborlarda
saqlanadi. Bu urugʻlardan keyingi yili superelita, undan esa elita urugʻlari olish
uchun foydalaniladi.
Elita urugʻchilik xoʻjaliklarida yetishtiriladigan elita urugʻ miqdori va maydonini
hisoblash uchun quyidagi koʻrsatkichlarni bilish talab etiladi:
Ekin turi va navi boʻyicha zarur boʻlgan konditsion elita urugʻi miqdorini,
reja boʻyicha
hosildorlikni, ekish normasini, umumiy hosildan konditsion urugʻ
chiqimini, har bir oila (delyanka) dagi oʻsimliklar sonini, har bir oʻsimlikdan
olinadigan urugʻ miqdori va boshqa koʻrsatgichlari toʻgʻrisidagi ma‟lumotlarga
asoslangan holda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: