Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, D. S. Normurodov, B. M. Eshonqulov sabzavot ekinlari seleksiyasi


Sabzavot ekinlarida elita urugʻlari maydonini hisoblash



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/94
Sana24.06.2023
Hajmi3,45 Mb.
#953235
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94
Sabzavot ekinlarida elita urugʻlari maydonini hisoblash.
Buning uchun 
urugʻchilik xoʻjaliklarida quyidagi ma‟lumotlar boʻlishi kerak. 
1.
Rejadagi hosildorlik; 


89 
2.
Umumiy hosildan konditsion elita urugʻlari chiqimi; 
3.
Ekish me‟yori; 
4.
Zarur boʻlgan konditsion urugʻlik miqdori; 
5.
Delyankadagi oʻsimliklar soni; 
6.
Bir tup oʻsimlikda urugʻ chiqimi (soni); 
7.
1000 ta urugʻ massasi. 
13 – jadval 
Nav 
Elit 
urugʻ 
miqdori 
R
ej

b

yi
cha
hos
il
do
rl
ik
t
s/
ga
E
ki
n
m
aydoni

ga
E
ki
sh
m
e‟
yor
i, 
ts
/ga
Super elita 
urugʻga 
boʻlgan 
talab, ts 
Super
el
it

eki
ladi
gan
m
aydon,
ga
Urugʻlik 
pitomnik 
uchun zarur 
urugʻlik, ts 
U
ru

lik
pi
to
m
ni
kdag

oi
lal
a

soni

dona
Y
al
pi
K
ondi
ts
ion
Jam

K
ondi
ts
ion
Jam

K
ondi
ts
ion









10 
11 
12 
 
 
Muhokama uchun savollar. 
1.
Sabzavot ekinlarida elita urugʻlari maydonini hisoblash uchun zarur 
ma‟lumotlarni ayting. 
2.
Konditsion urugʻ tushunchasiga ta‟rif bering 
Topshiriq:
1.
Elita urugʻiga qoʻyiladigan talablar bilan tanishish. 
2.
Sabzavot ekinlari elita urugʻlarini yetishtirish tartibi bilan tanishish.


90 
3.
Superelita va elita urugʻ miqdori va maydonini hisoblash uchun zarur 
koʻrsatkichlarni keltirish. 

Venn diagrammasi” 
ni toʻldiring .
 
 
Oʻz-oʻzini nazorat qilish uchun savollar. 
1. Oilaviy tanlash usulining qanday kamchiliklari mavjud? 
2. Yakka tanlash usulida afzalliklari va kamchiliklarini sanab oʻting? 
3. Supereilita va elita urugʻlariga qoʻyiladigan talablarni bilasizmi?. 
Ommaviy 
tanlash 
Yakka 
tanlash 


91 
SABZAVOT
 
OʻSIMLIKLARINING
 
TOʻPGULLARI,
 
TUGUNCHALARI
 
VA
 
MEVALARINING
 
TUZILISHI.
 
 
Darsning maqsadi:
savbzavot ekinlarini toʻpgullari, tugunchalari va 
mevalarining tuzilishi, urugʻ va urugʻlarni yetilish belgilari bilan tanishish.
Asosiy tushunchalar:
Sabzavot ekinlarini toʻpgullari, tugunchalari va 
mevalarining tuzilishi. Sabzavot ekinlarini urugʻlarining yetilishi, yetilish belgilari 
va bir-biridan farqlari. 
Seleksiya va urugʻchilik ishlarini olib borish uchun oʻsimliklarning 
changlanish xususiyatlarini bilish kerak. Buning uchun esa ularning gulining 
tuzilishini bilish talab etiladi. Sabzavot ekinlarining ba‟zilari oʻzidan, boshqalari 
chetdan changlanadi. 
Chetdan changlanuvchi oʻsimliklar gulining tuzilishi. Koʻp sabzavot ekinlari 
chetdan changlanadi. Chetdan changlanuvchi bunday oʻsimliklarda koʻp hollarda 
bichish lozim boʻlmaydi, lekin bunday o`simliklarni yoki ularning gullarini qat‟iy 
izolyatsiya qilish kerak. Chetdan changlanuvchi oʻsimliklarda oʻzidagi bitta guldan 
(avtogomiya) va shu oʻsimlikning boshqa gulidan changlanishga (geytenogamiya) 
toʻsqinlik qiluvchi bir necha sabablari mavjud:
 
Masalan: sparja va shpinat ikki uyli oʻsimliklar boʻlgani uchun, 
makkajoʻxori va qovoqdoshlarda – gullari bir jinsli boʻlgani uchun, boshqa chetdan 
changlanuvchi oʻsimliklarda esa – gulining noto`g`ri tuzilishi sabab boʻladi. 
Bu omillardan eng koʻp tarqalgani dixogamiyadir (changdonlar va 
urugʻchining bir vaqtda yetilmasligi). 
Masalan: piyoz, lavlagi, sabzida changdonlar oldin yetiladi – proterandriya, 
turp, sholgʻom va joʻxorida birinchi boʻlib urugʻchi yetiladi – protogeniya, 
gerkogomiyada – changdonlar va urugʻchi shunday joylashadiki, chang urugʻchiga 
tusha olmaydi (sholgʻom va karam), geterostiliyada – urugʻchi changdondan 
balandda joylashgan (gulning notoʻgʻri tuzilishi). Bulardan tashqari, chetdan 
changlanuvchi oʻsimliklar uchun urugʻchiga tushgan changdonlarning oʻsish 
qobiliyati boʻlmasligi xos. Bunda changlar oʻsmaydi yoki ularning urugʻlantira 
olish qobiliyati yoʻq boʻladi. 


92 
Karam – guli ikki jinsli, oʻrtacha kattalikda shingilga toʻplangan. 
Kosabarglari va tojibarglari toʻrttadan, tojibarglari tekis yoki kuchsiz toʻlqinsimon 
oq-sariq rangli, keng yoki tor silindrsimon shaklda, oltita changchisi boʻlib 
ularning ikkitasi (chekkada joylashgani) kalta, toʻrttasi (ichki) uzunroq. Uzun 
changchilari tagida nektarniklari bor. Urugʻdon tumshuqchasi ikki uyali. Urugʻchi 
gulgʻuncha ichidayoq yetiladi. Changdonlar esa gul ochilgandan 3-4 soat keyin 
yoriladi. Ob-havo sharoitiga qarab gulning gullash davomiyligi 3 kun, shingilniki 
15-30 kun, oʻsimlikniki 25-60 kunni tashkil qildi. 
Karamdoshlar oilasiga kiruvchi sholgʻomcha, turp va sholgʻomning gullari 
ham karamnikiga oʻxshash boʻlib tojibarglarining rangi ildizmeva rangi bilan 
bogʻliq. 
Masalan: sholgʻomning sariq magʻzli turlarida gullari ochiq sariq, oq 
magʻzli turlarida yashilsimon sariq rangda boʻladi. 
Piyozning gullari oq yoki yashilsimon oq rangda bo`lib, urugʻchisi kichik, 
oltita changdoni bor, sariq yoki yashil, toʻrt qirrali, bir vaqtda yetilmaydi. 
Chekkadagi uchta changdon gul ochilgandan soʻng 10-14 soatdan keyin, oʻrtasida 
uchtasi gul ochilgandan soʻng 14-28 soatdan keyin yetiladi. Hamma changdonlar 
yetilgandan soʻng urugʻchi tayoqchasi kengayib yetiladi. Gullash davomiyligi – 
soyabonda 10-12 kun, oʻsimlikda 30-50 kunni tashkil qiladi.
Sabzi guli ikki jinsli, lekin alohida gulli shakllari ham uchraydi. Sabzi gullari 
mayda boʻlib soyabonning birlashgan shoxida birinchi boʻlib oʻrtadagi, keyin esa 
chekkadagi gullar ochiladi. Soyabonda esa birinchi boʻlib chekkadagi, keyin ichki 
gullar ochiladi. Beshta changchisi bor, ikkita urugʻchisi, tojibarglari kalta, 
gulkosalarning shakli yoʻqolgan. Changlar gullar ochilish vaqtida yetiladi. Changchi 
iplari choʻzilib osilib qoladi va quriydi, Ertasiga urugʻchi yetiladi. Gullash 4-5 kun, 
soyabonda 10-15 kun, oʻsimlikda 25-50 kun davom etadi. 
Bodring – gullari alohida (ayrim jinsli) erkak gullari tuplarga birlashgan 
changdonlari beshta, shundan ikkitasi juft, bitta alohida, urgʻochi gullari kattaroq, 
urugʻchisi tuklangan. Gulkosa sariq, boshoqsimon, beshta tojibargi bor, pastki qismi 
birlashgan va kosachalar bilan birlashgan, urugʻchi tumshuqchasi 3-5 boʻlakli. Gullar 


93 
ertalab soat 6-10 da ochiladi. Erkak gullar kun boʻyi ochiq turadi, ertasi kuni yopiladi 
va 1-2 kundan keyin quriydi. Urgʻochi gullari ertasi kuni ham ochiq turadi lekin 
tojibarglari biroz soʻliydi, changlanmagan gullarda esa bu barglar 3-4 kun oʻz holatini 
yoʻqotmaydi. Changlar oʻsimlikda 2 kun, yig`ib olingandan soʻng esa 4 soat 
changlash qobiliyatini saqlaydi. Lekin +27 
0
С dan yuqori haroratda changlar nobud 
boʻladi. 
Lavlagi – guli ikki jinsli, mayda boʻlib, changdonlar soni beshta, urugʻchi 
tumshuqchasi 2-3 ta. Changlar 4-7 kun changlash qobiliyatini, urugʻchisi esa 
urugʻlanish qobiliyatini gul ochilgandan keyin 12-17 kun saqlaydi. Oʻsimlikda 
gullash 30-50 kun davom etadi.

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish