Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, D. S. Normurodov, B. M. Eshonqulov sabzavot ekinlari seleksiyasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/94
Sana24.06.2023
Hajmi3,45 Mb.
#953235
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94
 
Material va asbob – uskunalar 
1. Karam toʻp bargidagi eng katta barglar. 
2. Sabzining urugʻlik uchun oʻstirilgan qalin oʻsimliklari. 
3. Namgarchilik ortiqcha va namgarchilik yetishmaydigan sharoitda 
oʻstirilgan tarvuz va sabzi ildizmevalari. 


81 
4. Tarozi, chizgʻichlar.
Topshiriq

1.
Ma‟lumotlardan foydalanib 12-jadvalni t
o
ʻ
ldiring.
2.
Bironta savbzavot ekini misolida undagi belgilarni “
FSMU”
metodidan foydalangan holda bayon eting. 
 
 
 
Oʻz-oʻzini nazorat qilish uchun savollar. 
1.
Sabzavot ekinlari belgilari miqdori nimada ifodalanadi? 
2.
Orgonaleptik baho berish deganda nimani tushunasiz? 
3.
Belgilarni baholash usullarini sanab oʻting. 
4.
Belgilarning oʻzgaruvchanligi va ularning korrelyatsiyasi nima? 


82 
SAVBZAVOT EKINLARINI DURAGAYLASH. GULLARNING 
TUZILISHI VA GULLASH JARAYONINI OʻRGANISH 
Darsning maqsadi:
Savbzavot ekinlarini duragaylash tartibi bilan tanishish. 
Oʻzidan va chetdan changlanuvchi oʻsimliklar gulining tuzilishi va ba‟zi chetdan 
changlanuvchi ekinlarning oʻzidan changlana olmasligining sabablari bilan 
tanishish. 
Asosiy tushunchalar:
Sintetik seleksiya amaliyotida duragaylash usuli bilan 
seleksion material yaratish uchun dastavval ota-ona juftlar tanlanadi. 
Duragaylashning muvaffaqiyati ota-ona juftlarini toʻgʻri tanlashga bogʻliq. 
Sabzavot ekinlarining ba‟zilari oʻzidan, boshqalari chetdan changlanadi. 
Changlanish deb, changdondan changning urugʻchi tumshuqchasiga tushib uni 
urugʻlantirishiga aytiladi. Seleksiya va urugʻchilik ishlarini olib borish uchun 
oʻsimliklarning changlanish xususiyatlarini bilish kerak. Buning uchun esa 
ularning gulining tuzilishini bilish talab etiladi. 
Oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklar gulining tuzilishi. Oʻzidan changlanuvchi 
oʻsimliklarda changlanish bir gulning changidan shu gulning urugʻchisi 
changlanadi. Bunday sabzavot ekinlariga koʻk noʻxat, loviya va salat kabi 
oʻsimliklar kiradi. Pomidor, qalampir va boyimjonlarda urugʻlar ham oʻzidan, ham 
chetdan changlanib hosil boʻlishi mumkin. 
Oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklar ba‟zan chetdan ham changlanib qolishi 
mumkin. Bunga gulning tuzilishidan tashqari tashqi sharoit ham ta‟sir koʻrsatishi 
mumkin. Masalan, juda yuqori havo haroratida changdonlar tez qurib qoladi va 
changlar changlash qobiliyatini yoʻqotadi. Hasharotlarning koʻpligi ham chetdan 
changlanishning sababi boʻlishi mumkin. 
Oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklarni sun‟iy changlatilganda gullarini bichib, 
ularni izolyatsiya qilish lozim boʻladi. 
Ba‟zi oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklarning gullari quyidagicha tuzilgan. 
Koʻk noʻxat – guli ikki jinsli, qilichsimon. Changdonlar 10 ta, shularni 9 tasi 
tarqalgan 1 tasi tik. Gulkosabarglari 5 ta bargchadan tashkil topgan, gultojibargi 5 
ta. Ular oq, ba‟zan pushti, qizil, binafsha, gullash davomiyligi bir gulniki 3 kun, 


83 
o`simliklarda esa o`rtacha 10-50 kunni tashkil qiladi. Koʻk noʻxatning guli 
protogenik boʻlib, yopiq oʻunchada birinchi boʻlib urugʻchi, keyin changlar 
yetiladi. Changlar 10-15 kun changlash qobiliyatini saqlaydi. Changdonlar va 
urugʻchi qayiqcha ichida boʻlib bir - biriga yaqin joylashgan. Changdon yorilib 
urugʻchini toʻliq qoplaydi. Faqat gul qayiqchasi shikastlangandagina chetdan 
changlanish mumkin. Bu changdonlar yorilguncha yuz beradi. 
Loviya – gulining tuzilishi va rangi koʻk noʻxatnikiga oʻxshash, lekin biroz 
kichikroq. Gullash toʻp gulchaning pastki tomonidan boshlanadi, oʻsimliklarning 
gullash davomiyligi gulniki 2-3 kunni, shingilniki 10-14 kunini, o`simliklarda esa 
o`rtacha 20-25 kunni tashkil qiladi. Changdonlar, urugʻining yetishi va changlanish 
ochilmagan gulda oʻtadi. 
Pomidor – oddiy gullarda tojibarg 5 qismli, boshoqsimon, sariq, oʻrtacha 
kattalikda. Konus shaklida qoʻshilib oʻsgan 5 ta changdoni orasida urugʻchi 
joylashgan. Changdonlar ichi fertil changlar bilan toʻla boʻlgan ikki uyali chang 
qopchalaridan tuzilgan. Yetilgan changdon uzunasiga yoriladi. Urugʻchi 1 ta boʻlib 
ingichka tayoqchasi bor. Urugʻchi tumshuqchasi notekis och yashil, changdonlar 
bilan bir xil balandlikda joylashgan. Urugʻchi changchilarga qaraganda 1-2 kun 
ilgari yetiladi, oʻzidan suyuqlik chiqaradi. Gullarning qisman chetdan changlanishi 
issiq vaqtda hasharotlar yordamida kechadi. Murakkab gullarda tojibarglar soni 
koʻp, urugʻchi oʻsgan boʻladi. Kam shoxlanadigan oʻsimliklarda 4-12, kuchli 
shoxlanadiganlarda esa 100-ta va koʻp gullar shakllanadi. Ob-havo sharoitiga 
qarab pomidor guli 5-6 kun ochiq boʻladi. 
Qalampir – gullar uzun va kalta guloʻrinlarda joylashgan boʻlib alohida 
joylashgan. Gulkosabarglari 5 ta, tojibarglari 5-9 ta, changdonlari 5 ta, kosabarglari 
rangi oq-sariq, binafsha. Urugʻchidan changdonlar 2-12 soat ilgari yetiladi. 
Boyimjon – gullari yakka yoki 2-10 tasi birlashgan 1-6 mm, gulkosabargi 
qoʻngʻiroqsimon, tojibarglari 5-7 ta, binafsha rangli, uchlari oʻtkir kesilgan yoki 
uchi oʻtmas notekis shaklda. Changdonlari 5 ta, changchilar uzun, sariq, 2 ta 
kamerali, urugʻchiga zich joylashgan, balandligi bir xil. Changdon va urugʻchi 
gulning ochilishi arafasida bir vaqtda yetiladi. 


84 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish