Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, D. S. Normurodov, B. M. Eshonqulov sabzavot ekinlari seleksiyasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/94
Sana24.06.2023
Hajmi3,45 Mb.
#953235
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94
Belgilarning 
oʻzgaruvchanligi 
va 
ularning 
korrelyatsiyasi. 
Oʻsimliklarning belgilari urugʻning sifati, muhit ta‟sirida ontogenezda koʻp 
oʻzgarib turadi. Bu oʻzgaruvchanlik metаmer (takrorlanib turadigan) organlar - 
barglar, gullar, mevalar, hamda nometаmer (takrorlanmaydigan) organlar-
ildizmeva, karam boshining shakliga bogʻliq. Metаmer organlarining belgilari koʻp 
marta oʻzgaradi. Bu belgilardan ba‟zilari oʻsimlik organlarining ontogenezida va 
oʻsimlik ontogenezida kuchli oʻzgaradi (bargining shakli va barg chetining 
tuzilishi), boshqa belgilar oʻsimlik organining ontogenezida kuchliroq va oʻsimlik 
ontegenezining oʻzida sust namoyon boʻlgan (oʻsimlik gullarining va mevalarining 
rangi), uchinchi xil belgilar oʻsimlik organining ontogenezida oʻzgarmaydi, 
oʻsimlikning oʻz ontogenezida oʻzgaradi (barglarining kesilganligi va 
burmadorligi, gullarining sertukligi), toʻrtinchi belgilar oʻsimlik organining 
ontogenezida ham oʻsimlik ontogenezida ham oʻzgarmaydi. Shuning uchun 
metаmer a‟zolarining bir xil belgilarini hisobga olayotganda oʻsimlik ontegenezida 
roʻy beradigan oʻzgaruvchanlikka katta ahamiyat beriladi-da, boshqa belgilarni 
hisobga olayotganda oʻsimlik organi ontogenezida oʻzgaruvchanlik esa hisobga 
olinmaydi. Shu bilan birga ana shu alomatlar ayniqsa kuchli namoyon boʻladigan 
muayyan fazalar ajratib koʻrsatiladi. 
Nometamer organlarning alomatlari faqat oʻsimlik organi ontogenezidagina 
oʻzgaruvchandir. Bularning ba‟zilarida kuchliroq oʻzgaradi (ildizmeva va karam 
boshining katta-kichikligi va vazni), ba‟zilari sust oʻzgaradi (karam boshining 
zichligi, izdizmevaning choʻzinchoq shaklida boʻlishi), uchunchi bir alomatlar juda 
kam oʻzgaradi yoki umuman oʻzgarmaydi, (sholg`omcha ildizmevasining oq 
rangda boʻlishi, sabzi ildizmevasining sariq rangda boʻlishi va h.k.). 
Sabzavot ekinlari belgilarining oʻzgaruvchanligiga urugʻlar sifatining bir 
xilda boʻlmasligi ham ta‟sir etadi. Bu esa urug`lik dalalaridagi sharoitlar va 
o`simlikdagi toʻpgullar va mevalarda urugʻlarning turli xolatda boʻlishi sabab 


74 
boʻladi. Chunki bir oʻsimlikdan yigʻib olgan urugʻlar ogʻirligi va ekish sifatlariga 
koʻra ham bir-biridan farq qiladi. Ana shu tafovutlar koʻp urugʻli tarvaqaylab 
ketgan karam, sholg`omcha, sabzi kabi sabzavotlarda ayniqsa katta boʻladi. Yirik 
urugʻlar tezroq unib chiqadi, koʻchatlari dastlab yaxshi oʻsadi. Bu esa keyinchalik 
oʻsimlikning tezroq oʻsishiga sabab boʻladi. Oʻsimlikning tez oʻsishi va 
organlarining baquvvat boʻlishi natijasida uning belgilari ham oʻzgaradi.
Ekish sharoitiga qarab sabzavot ekinlarining oʻsishi va rivojlanishi ham 
oʻzgaradi. Bu esa belgilarning xilma-xil boʻlishiga olib keladi. Har bir belgining 
oʻzgarishi uni yuzaga keltiradigan genlar ta‟sirining xususiyatiga, ya‟ni muhitning 
mazkur sharoitga ta‟sir koʻrsatishiga bogʻliq. Muhit oʻzgarganda oʻsimliklarning 
deyarli barcha belgilari oʻzgarib ketadi. Biroq birgina belgining oʻzi muhitdagi 
turli omillarning namoyon boʻlish darajasiga turlicha ta‟sir koʻrsatadi. Belgilarning 
oʻzgaruvchanlik darajasi ham bir xil emas, ba‟zilar muhit omillarining biroz 
oʻzgarnshiga qarab oʻzgaradi (barglarning, hosil organlarning va urugʻlarning 
katta-kichikligi), boshqa birlari kamroq oʻzgaradi (barglarning miqdori va 
ildizmevadagi halqalar soni, barglarning kesilganligi, oʻsimliklarning sertukligi), 
uchinchi bir xillari umuman oʻzgarmaydi (barglarning rangi va shakli, 
gulbarglarning, hosil organlarning rangi va shakli va boshqalar.).
Oʻsimliklarning barcha organlari bir-biri bilan chambarchas bogʻliq. Bu 
organlardan ba‟zi birining oʻzgarishi boshqalarining oʻzgarishiga sabab boʻladi, 
shunga qarab ularga xos belgilar ham oʻzgaradi. Bir belgining o`zgarishi bilan 
boshqasining o`zgarishi korrelyatsiya deyiladi. Turli genotiplarni bir-biri bilan 
qiyoslaganda namayon bo`ladigan o`zgarishlar korrelyatsion oʻzgaruvchanlikka 
kiritiladi.
Belgilar oʻrtasidagi aloqalar turlicha xarakterda boʻlib, korrelyatsiyaning 
ikki shakliga kiritiladi:
Toʻgʻri chiziqli korrelyatsiya va egri chiziqli korrelyatsiya.
Toʻgʻri chiziqli korrelyatsiyada bir belgining oʻzgarishi mos holda boshqa 
belgining oʻzgarishiga sabab boʻladi, egri chiziqli korrelyatsiyada ham bir 
belgining oʻzgarishi boshqa belgining oʻzgarishiga olib keladi. Lekin bunda 


75 
muayyan chegaragacha oʻzgarish roʻy beradi. Shundan soʻng oʻzgarish mutanosib 
roʻy bermaydi yoki teskari oʻzgarish namoyon boʻladi. 
Toʻgʻri chiziqli korrelyatsiyalar toʻgʻri, ijobiy, teskari yoki manfiy 
bo
ʻ
lishi 
mumkin.
Teskari korrelyatsiyada oʻzgarishlar turli yoʻnalishlarda namoyon 
boʻladi. Masalan, sabzi oʻsuv davrining uzunligi va ildizmevaning uzunligi toʻgʻri 
korrelyatsiyadir. Piyoz boshi qavatlari soni va qalinligi teskari korrelyatsiya 
bo`yicha bog`liqlik deyiladi. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish