4-MAVZU. Maxsulotlarni sinashning umumiy qoidalari.
REJA:
Maxsulotlarni sinash umumiy qoidadar
Maxsulotlarni sinash turlarini sinflanishi.
Mahsulot sifatining ko‘rsatkichlari va baholash usullari. Mahsulot sifatining ko‘rsatkichi mahsulot sifatiga kiruvchi bitta yoki bir necha xossasining miqdoriy tavsifi, uning yaratilish va ishlatilishi yoki iste’molidagi muayyan sharoitlarga qo‘llanilishini qurilishiga aytiladi.
Sifat ko‘rsatkichlari quyidagi asosiy talablarga javob berishlari lozim:
turg‘unligi;
rejali asosda ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga yordam berishi;
fan va texnika yutuqlarini inobatga olinishi;
muayyan vazifasiga ko‘ra ma’lum ehtiyojlarni qondirishga layoqatliligi.
Vazifaviy ko‘rsatkichlar mahsulot xossalarini tavsiflaydi, ularning asosiy vazifalarini belgilaydi, mahsulotni qo‘llash sohasini aniqlaydi. Mashina va asbobsozlik, elektrotexnika va boshqa buyumlar uchun bu ko‘rsatkichlar buyum tarafidan bajariladigan foydali ishni tavsiflaydi.
Turli xil konveyrlar uchun vazifaviy ko‘rsatkichlar, unumdorlik, yuk uzatish masofasi va balandligi; o‘lchash asboblarida – aniqlik ko‘rsatkichlari, o‘lchash chegarasi va shunga o‘xshashlarni tashkil etadi.
Tavsiflanadigan xossalari bo‘yicha bir turdagi va turli xildagi mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini sinflanishi 2.2-rasmda keltirilgan.
Tarkib va tuzilish ko‘rsatkichlari mahsulotdagi kimyoviy elementlarni yoki guruhli tuzilishlar miqdorini ifodalaydi.
Tarkib va tuzilish ko‘rsatkichlariga quyidagilarni misol qilish mumkin:
po‘latning tarkibiy komponentlarini massa ulushlari;
kislotalardagi turli tarkiblarining konsentratsiyasi;
koksdagi oltingugurtning, kulning massa ulushi;
oziq-ovqat va boshqa mahsulotlardagi qandning, tuzlarning massa ulushlari kiradi.
Xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i va elektr quvvatlarini tejab foydalaniladigan ko‘rsatkichlari buyumning xossalarini tavsiflaydi va uning texnikaviy takomillanish darajasini yoki ular tomonidan iste’mol qilinayotgan xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i va elektr quvvatlar me’yorini ifodalaydi.
Buyumlarni tayyorlashda va ishlatishda shunday ko‘rsatkichlarga xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i va elektr quvvatini asosiy turlarining solishtirma sarflanishi (sifat ko‘rsatkichining asosiy o‘lchovi); moddiy resurslardan foydalanish koeffitsienti, ya’ni foydali sarflanishiga nisbati tushuniladi, foydali ish koeffitsienti va shunga o‘xshashlar kiradi.
Mahsulotning ko‘plab sifat ko‘rsatkichlari ularning vazifasi va parametrlari bo‘lib hisoblanadi. Biroq, ko‘pchilik holatlarda bu bog‘liqlikni etarli darajada tushunish qiyindir. “Alomat”, “parametr” va “sifat ko‘rsatkichlari” tushunchalarining o‘zaro aloqadorligi 2.3-rasmda ko‘rsatilgan.
Mahsulotlarning murakkab xossasini tavsiflovchi, uning ehtiyojini, maqsadini va topshiriqga binoan berilgan vazifalarni bajarishga mahsulotning funksional layoqatligi deb ataladi.
Mahsulotning badiiy ifodalanishini, shaklning to‘g‘riligini, kompozitsiyaning butunligini tavsiflovchi murakkab xossa mahsulotning estetikligi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |