Yorug’likning sochilishi
Difraqsiya turlaridan biri yorug’likning muhitdagi begona jisimlardan sochilishidir. To’g’ri kelayotgan yorug’lik muhitdagi mayda begona jisimlarga tushgach o’z yo’nalishini o’zgartiradi, shu sababli ular huddi xira yo’nalgan nurlar singarikuzatiladi.
Yorug’likning sochilishi, masalan, havodagi chang yoki tutun zarachalarida, tuman zarachalarida, yog’ning suvdagi mayda dispers emulsiyasida ro’y berishi mumkin va hokazo.
Bunday muhitlar loyqa muhit deb, ulardagi yorug’likning sochilishi esa Tindal efekti deb ataladi.
Yorug’likning loyqa muhitda sochilishini quidagi tajribada namoyon qilish mumkin. Aralashtiralayotgan suvga qanifolning bir necha tomchi sipirt eritmasidan quyamiz: spirt suv bilan aralashtiriladi, qanifo’l juda ham mayda, ko’zga ko’rinmaydigan qattiq zarachalar tarzida ajralib chiqadi. Agar ana shunday muhit orqali ensiz yorug’lik tutamini o’tkazilsa, u holda yorug’lik yon tomonga hira yonuvchi yo’l tarzida ko’rinadi, bunday to’g’ri yo’nalgan nurlar kuchli zaiflanadi. Ensiz nurlar dastasi changlatilgan atmasferadan o’tganda ham huddi shunday hodisani kuzatish mumkin: yorug’lik chang zarrachalaridan sochiladi va nur tutamining barchasi istalgan yo’nalishda ham ko’rinadigan bo’ladi.
Yorug’likning bir jinisi bo’lmagan yorug’lik to’lqin uzunligiga nisbatan sochilishi qanchalik kichik bo’lsa, muhitdagi fazoviy begona jisimlarda yorug’likning sochilishi shunchalik intensiv bo’ladi.
Gyugens prinsipi nuqtqyi nazaridan, yorug’likning sochilish sababi tushayotgan yorug’likning birlamchi to’qinlari tomonidan uyg’otiluvchi ikkilamchi doiraviy to’lqinlarning hosil bo’lishidir. Muhitning begona jisimlari bu to’lqinlarning markazi bo’lib hizmat qiladi. Ana shunday to’lqinlqrning suv sirtida hosil bo’lishi 384-rasimda ko’rsatilgan.Bu to’lqinlar ana shu sochilgan yorug’likning to’qinlaridir.
Nurlar yo’lini ko’rib chiqsak, quidagi hodisani ko’ramiz; muhitning mayda begona jisimlari to’g’ri chiziq yo’nalishida nurlar tushgach, ulardan barcha yo’nalishlar bo’lab (tushayotgan yorug’likka qarama-qarshi yo’nalishda ham) sochilgan yorug’lik nurlari tarqaladi, bu nurlarning intensivligi ancha zaiflangan bo’ladi.
Sog’ gaz muhitida (masalan havo atmasferasida) ham gaz molekulararining tartibsiz issiqlik harakati natijasida hosil bo’ladigan gaz zichligining o’zgarish markazlari(flyuqtuvatsiyalar) atrofdagi yorug’lik sochilishi ro’y beradi. Sochilishning bu turi malekulyar sochilish deb ataladi.
Sochilish intensivligi yorug’likning to’liq uzunligiga bog’liq; qisqa to’lqinlar uzun to’lqinlarga nisbatan ko’proq sochiladi. Begona jinslarning o’lchami to’qin uzunligidan kichik bo’lgan dispers muhitlarda yorug’lik sochilishining intensivligi I soch to’qin uzunligini taxminan to’rtinchi darajasiga teskari proparsianaldir (Reley qonuni).
Osmon rangining bizga ko’k-zangori bo’lib ko’rinishining sababi atmosferada asosan qisqa to’lqinlarning sochilishidir. To’ppa-to’g’ri tushayotgan quyosh nurlari ayniqsa atmosferada uzunroq yo’l o’tadigan quyoshning botishi va chiqishi paytida esa ular sarg’ich qizil ranga kiradi.
Yorug’likning nisbatan katta zarrachalarda sochilishi intensivligi to’lqin uzunligining ikkinchi darajaga teskari proparsianaldir. Shuning uchun, masalan, mayda dispers tuman ko’k rangda, kattaroq tomchilardan tarkib topgan tuman esa oq rangda bo’ladi.
Optik xossalari turlicha bo’lgan muhitlarning chegara sirtidagi mayda g’adir budurlarda ham yorug’lik sochiladi. Bunday sirtlar hira sirtlar deb, hodisaning o’zi esa sirtda sochilish yoki diffuzion aks etilish deb ataladi. Bu holda sochilgan yorug’likning intensivligi to’lqin uzunligining ikkinchi darajasiga teskari proparsianaldir. Sirtlarda difuzyon aks etilish koffienti albedo deb ataladi.
SIRT | ALBEDO
Magniy oksidi bilan koplangan sirt 0.98
Oq qog’oz (siliq yaltiroq qog”oz) 0.85
Suvalgan oq devor 0.7
Odam terisi(o’rta xisobda) 0.3
Kulrang qog’oz 0.2
Qora qog’oz 0.05
Qora bahmal 0.005