Ayni bahor chog‘ida yangi va sarxil masalliqlardan tayyorlangan salatlar vitaminlarga tashna organizm uchun juda foydalidir. Qolaversa, ularni tayyorlash juda oson!
Kerakli masalliqlar: yarim piyola qirg‘ichdan o‘tkazilgan bodring, 1 stakan qatiq, yarim stakan qaynatilgan suv (sovitilgani), 1 bo‘lak sarimsoq, 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i va ta’bga ko‘ra tuz.
Tayyorlanishi: avval qatiq bilan suvni aralashtirib, so‘ng bodring, mayda to‘g‘ralgan sarimsoq va tuzni solamiz. Aralashtirib, o‘simlik yog‘i qo‘shamiz. Salat tayyor!
Xuddi shu salatga mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz ham qo‘shish mumkin.
* * *
Kerakli masalliqlar: 300 grammdan rediska va bodring, 50 gramm mayonez, tuz, ukrop, petrushka (ta’bga ko‘ra).
Tayyorlanishi: rediskani yaxshilab yuvib, to‘g‘raladi, so‘ng bodring ham. Unga mayonez yoki o‘simlik yog‘i qo‘shiladi. Ta’bga ko‘ra ko‘kat qo‘shgach, aralashtiriladi.
* * *
Kerakli masalliqlar (3-4 porsiyaga): 3 ta qaynatilgan tuxum, maydalangan 200 gramm (yarim banka) konservalangan jo‘xori, to‘g‘ralgan yarimta bodring, mayda to‘g‘ralgan 4-5 dona ko‘k piyoz va petrushka, 2 osh qoshiq mayonez.
Tayyorlanishi: barcha masalliqlar aralashtiriladi va mayonez qo‘shiladi.
* * *
Kerakli masalliqlar (4 porsiya): 1 donadan bulg‘or qalampiri, pomidor va bodring, 2-3 dona sarimsoq bo‘lagi, mayonez yoki yog‘siz tvorog, ta’bga ko‘ra tuz va ko‘katlar.
Tayyorlanishi: bulg‘or qalampirini urug‘laridan tozalab, maydalab to‘g‘rang, pomidor va bodringni ham. Ularni aralashtiring. Shundan keyin mayda to‘g‘ralgan ko‘kat, sarimsoq, mayonez va tuzni ham aralashtiring.
* * *
Kerakli masalliqlar: 200 gramm yangi terilgan ismaloq, 2-3 dona bodring, 1-2 dona pomidor, 2 dona qaynatib pishirilgan tuxum, 1 piyola qaymoq, 1 bog‘ ko‘k piyoz, ukrop, kashnich, ta’bga ko‘ra tuz.
Tayyorlanishi: ismaloq maydalab to‘g‘raladi, bodring, pomidor, ko‘k piyoz, ukrop, kashnich, tuxum to‘g‘rab qo‘shiladi. Tuz, qaymoq solib, aralashtiriladi.
* * *
Kerakli mahsulotlar: 4 dona pomidor, 2 ta pishgan tuxum, 4 osh qoshiq konservalangan ko‘k no‘xat, 1 dona piyoz, 4-5 qoshiq mayonez, 1-2 dona sarimsoq bo‘laklari, qizil garmdori kukuni, tuz, murch.
Ushbu maqolani ham o‘qing: To‘g‘ri ovqatlanish va antibiotiklar
Tayyorlanishi: pomidor va tuxum lappak, piyoz yarim aylana shaklida, sarimsoq bo‘laklari mayda to‘g‘raladi. Barcha masalliqlar, shuningdek, konservalangan ko‘k no‘xat, tuz, murch, qizil garmdori kukuni, mayonez aralashtiriladi. Salat ko‘katlar bilan bezatilgan holda dasturxonga tortiladi.
“Mimoza” salati bayram dasturxonlarimizdan alohida o’rin egallaydi. Bunday salatni tayyorlash juda oson, ta’mi esa juda mazalidir.
Masalliqlarning to’g’ri tanlanishi, hamyonbopligi va lazzatli ta’mi sabab ham u ko’pchilikning eng sevimli salatlaridan biri hisoblanadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 26 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
200 gramm yog'da konservalangan baliq
300 gramm kartoshka
200 gramm qizil sabzi
3-4 ta tuxum
50 gramm piyoz
200-250 gramm mayonez
bezatish uchun
1-Qadam
Kartoshka va sabzini alohida idishga, tuxumni esa alohida idishga solib qaynatib olamiz.
Piyozni mayda to'g'rab olamiz, achchiq ta'mi ketishi uchun esa xohishga qarab sovuq suvda yuvib tashlaymiz.
Qaynatilgan mahsulotlarimizni sovutib, po'stini archamiz.
2-Qadam
Tuxumni oqini sarig'idan ajratib, ikkalasini ham alohida-alohida qilib qirg'ichning mayda tishchasidan chiqarib olamiz.
Konservalangan baliqni esa sanchiqda ezib maydalaymiz.
3-Qadam
Salat masalliqlarini qavat-qavat qilib terib chiqamiz. Avval kartoshkaning yarmi, ustidan piyoz, baliqni ustma-ust solamiz. So'ng esa qolgan kartoshkaning yarmi, sabzi va tuxum oqini sepamiz. Har bir qavatdan so'ng albatta oz-ozdan mayonez surtib chiqamiz.
4-Qadam
Oxirgi qavatidan so'ng mayonez surtmaymiz, faqatgina tuxum sarig'ini sepib chiqamiz. Ustini xohishga qarab, ko'katlar bilan bezatish mumkin.
Kuz ertagi salatini tayyorlash sirlari
Zarur masalliqlar: 300 gr. mol go‘shti, 2 tadan baqlajon va bulg‘or qalampiri, bittadan sabzi, qalampir va ko‘k sarimsoqpiyoz, 2 bo‘lak sarimsoqpiyoz, 3 osh qoshiq kunjut yog‘i, 1 osh qoshiq soya sousi, 1 choy qoshiqdan kunjut, limon sharbati va shakar, ko‘katlar, yarim choy qoshiq maydalangan kashnich, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Go‘sht, baqlajon, sabzi va bulg‘or qalampirini somoncha shaklida to‘g‘rang.
2. Qizdirilgan kunjut yog‘ida go‘shtni qizarguncha qovuring. Keyin baqlajonni solib, 3 daqiqa qovurishda davom eting. Bulg‘or qalampiri, sabzi va maydalangan sarimsoqpiyoz, qalampir qo‘shing. Tuz sepib, 5 daqiqa olovda qoldiring.
3. Maydalangan ko‘k sarimsoqpiyozni salatga soling.
4. Kunjut yog‘ini limon sharbati va soya sousi bilan aralashtiring. Shakar, tuz, kashnich qo‘shing. Sousni salatga solib, ustiga maydalangan ko‘katlar va kunjut seping.
«Saraton» salati: baqlajondan to‘yimli yegulik
Zarur masalliqlar: 3 dona baqlajon, 2 donadan tuxum va pomidor, bitta kartoshka, 3 bo‘lak sarimsoqpiyoz, kinza, o‘simlik yog‘i, tuz, qora murch.
Tayyorlanishi: 1. Baqlajonlarni aylana shaklda to‘g‘rang. Tuxumni tuz bilan atalab, baqlajonlarni belab oling-da, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida ikki tomonini ham qizartirib qovuring.
2. Kartoshkalarni maydalab somoncha shaklida to‘g‘rab, qizartirib qovurib oling. Qovurilgan baqlajonlarni uzunasiga kesing.
3. Pomidorni ham uzunchoq qilib maydalab to‘g‘rang. Kinzani maydalang. Barcha masalliqlarni (eng oxirida kartoshkani solasiz), aralashtirib, tuz, murch sepsangiz bas.
Oktyabr salatini tayyorlash usullari
Zarur masalliqlar: 400 gr. qaynatilgan go‘sht, 200 gr. marinadlangan qo‘ziqorin, 6 dona qaynatilgan kartoshka, 5 dona qaynatilgan tuxum, 1 bosh piyoz, salat bargi, ko‘katlar, tuz, mayonez.
Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan kartoshka va go‘shtni maydalab to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang.
2. Piyozni maydalang, qaynatilgan tuxumni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Marinadlangan qo‘ziqorin va salat bargini ham bo‘laklarga bo‘ling.
3. Barcha mahsulotlarni aralashtirib, mayonez soling. Tuz va maydalangan ko‘katlar sepib, dasturxonga torting.
Tayyorlanish vaqti: 15 daqiqa.
4 kishilik.
«Qush uyasi» salati — ko‘rinishi va mazasiga gap yo‘q!
Zarur masalliqlar: 400 gr. kartoshka, 200 gr. tovuq go‘shti, 3 ta sabzi, 1 bog‘dan ko‘k piyoz, petrushka, kashnich va ukrop, 3 dona tuxum, 1 bog‘ salat bargi, mayonez, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Tovuq go‘shti, sabzi va kartoshkani somoncha shaklida, piyozni halqalab to‘g‘rang. Keyin har birini alohida o‘simlik yog‘ida qovurib oling. Tuz sepishni unutmang.
2. Salat barglarini likopchaga solib, chetlarini ko‘tarib chiqing. Ichiga birinchi tovuq go‘shti, keyin sabzi, kartoshka, piyoz soling. Mayonez ham soling.
3. Tuxumlarni qaynatib, arching. Oqidan sarig‘in ajrating. Oqini somoncha shaklida to‘g‘rab, salatga soling. Sarig‘ini ikki bo‘lakka ajartib, salatning ustidan qo‘ying. Mayonezga maydalangan ko‘katlardan solib, salat yuzini bezating.
“Smak” salati juda ommabop bo’lib, u deyarli barcha restoran-u kafelarning menyusiga kiritilgan. Lekin uni osongina uyda ham tayyorlashingiz mumkin.
Bu salat uncha ko’p masalliqlarni talab qilmaydi, unga kerakli mahsulotlar deyarli hammaning muzlatgichidan topiladi.
Quritilgan qarsildoq non bo’laklari, mazali pomidor, xushbo’y sarimsoqpiyoz hamda pishloq – bunday yegulik bemaza bo’lishi mumkinmi? Axir juda sevib iste’mol qilinishi bejiz emas! Keling uni birga tayyorlaymiz, bu juda oson.
Masalliqlar:
4 ta pomidor
100 gramm pishloq
100 gramm quritilgan non bo'laklari
2 tishcha sarimsoqpiyoz
100 gramm mayonez
2-3 shoxcha shivit
ta'bga qarab tuz va murch
Pomidor va pishloqni o’rtacha to'rtburchak shaklda to’g’rang, chuqurroq salat idishiga yo’llang.
Qadam 2 Tugallandi
Shivitni mayda to’g’rang va pomidor bilan pishloq safiga qo’shing.
Sarimsoqpiyozni ezib soling.
Qadam 3 Tugallandi
Dasturxonga tortishdan oldin quritilgan non bo'laklari va mayonez solib yaxshilab aralashtiring va ta'bga ko'ra tuz va murch seping.
Olivye — salatlar qiroli bo’lib, har bir uy bekasining bayram dasturxonida birinchi o’rinni egallaydi. Ushbu mayonezli salatning retsepti juda oddiy, uni tayyorlash va eslab qolish oson. Aksariyat insonlarda ushbu salat yangi yil shukuhi bilan bog’lanadi. Quyida uning turli tayyorlanish usullari keltiriladi.
KOLBASALI OLIVYE RETSEPTI
Tayyorlash vaqti: 1 soat | Portsiyalar soni: 7-8
Kerakli masalliqlar:
Qaynatilgan kartoshka — 400 g;
Qaynatilgan sabzi — 150 g;
Tuzlangan bodring — 200 g;
Qaynatma kolbasa — 300 g;
Konservalangan yashil no’xat — 1 banka;
Qaybatilgan tuxum — 6 dona;
Mayonez — 300 ml;
Ko’k piyoz — 1 bog’ (36 g);
Tuz (xohishga qarab) — ta’bga ko’ra;
Tuyilgan murch (xohishga qarab) — ta’bga ko’ra.
Tuz masalasiga kelganda, ushbu retseptda salatga tuz solmaslik ham mumkin, chunki tuzlangan bodringning tuzi yetarli bo’ladi. Qo’shish istagi bo’lsa, uni salatga oxirida, ta’tib ko’rgach solish kerak.
Kolbasali olivye tayyorlash bosqichlari:
Kartoshka po’stlog’i bilan qaynatiladi, pishgach sovutib olinadi, keyin po’stlog’idan tozalab, mayda kubik shaklida to’g’raladi.
Sabzi po’stlog’i bilan qaynatiladi, pishgach sovutiladi va po’stlog’idan tozalab, mayda kubiklar shaklida to’g’rab olinadi.
Tuxum ham qaynatiladi, sovugach, po’sti tozalanadi va mayda kubik qilib to’g’raladi.
Archilgan bodring va kolbasa ham shu tarzda to’g’rlaladi.
Ko’kpiyoz maydalanadi.
Idishga to’g’ralgan sabzavotlar, kolbasa va yashil no’xat solinadi, so’ng mayonez qo’shib aralashtiriladi. Kolbasali olivye salati tuzi ta’tib ko’riladi, agar zarur bo’lsa, ta’bga ko’ra yana qo’shiladi.
MIMOZA SALATI
mimoza salatini xar xil turlari mavjud bolib xozi r yana bir necha turini tayyorlashni o'rganamiz bizga kerakli maxsulotlar
tovuq go'shti 150gr
sir 150gr
tuxum 3dona
kartoshka 2dona (ortacha kattalikdagi)
sabzi 1dona
mayanez tuz va salat barglari
tayyorlanishi
tovuq go'shtini qaynatib olamiz aloxida idishda tuxum kartoshka va sabzini xam qaynatib pishiramiz tayyor masaliqlarni xar birini aloxida aloxida idishlarga qirib olamiz endi salat uchun mojallangan likopga salat barglarini qoyib ustidan qirg 'ichdan o 'tkazilgan kartoshkani solib qollarimiz bilan oxista yoyamiz ozgina tuz sepib ustidan mayanez surtamiz va sabzini xam ustiga qoyamiz va tuz va mayanez surtib tuxumni qoshamiz yana mayanez surtib ustiga qirg 'ichdan otkazilgan go 'shtni yoyib ozgina tuz sepib mayanez qoshamiz so 'ngra qirg 'ichdan otkazilgan sirni bir tekisda masaliqlar ustiga yoyamizatroflarini xam tekislab olamiz mimozamiz xam tayyor endi dasturxonga tortamiz
qizilcha (lavlagi)ni xush koruvchila uchun xam tayorlash mumkin kerakli masaliqlar
qizilcha 2dona
kartoshka 2dona
sabzi 1dona
bodring 2dona
tuxum 2dona mayanez tuz salat barglari
tayyorlanishi
xamma masaliqlarni qaynatib aloxida aloxida qilib qirg 'ichdan o 'tkazib olamiz va likopchaga salat barglari solib ustidan kartoshka qoyamiz azgina tuz sepib mayanez qoshamiz ustidan sabzi xuddishundekqilib ustidan bodring va yana ustidan tuxum qoshib yaxshilab mayanez surtib ustini qirg 'ichdan otkazilgan qizilchani tekislab oxista atroflari bilan yoyib olamiz salatimiz tayyor
Sezar
«Sezar» salati butun dunyo bo’yicha mashhur salatlardan biri bo’lib, bugun ana shu salat retseptini taqdim etamiz. Buning uchun esa bizlar hamma yerdan xarid qilish mumkin bo’lgan mahsulotlardan foydalandik.
Masalliqlar:
300 gramm tovuq filesi
250 gramm Aysberg salat bargi
150 gramm oq non bo'laklari (tost)
150 gramm pomidor cherry
150 gramm parmezan pishlog'i
QAYLASIGA:
100 millilitr o'simlik yog'i
1 ta tuxum sarig'i
1 choy qoshiq xantal
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 osh qoshiq limon sharbati
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1 Tugallandi
Tovuq filesiga tuz sepib, 1/2 choy qoshiq xantaldan surtamiz. Folgaga o'rab, 15 daqiqa pechda pishirib olamiz. So'ng folgani ochib, yana 5 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Qadam 2 Tugallandi
Nonni ustki qismini olib tashlab, o'zini to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz. 180 С darajada qizigan pechda 5 daqiqa davomida quritib olamiz.
Qadam 3 Tugallandi
Qaylasiga:
Idishga tuxum sarig'i, limon sharbati va xantal solamiz. Blender yordamida 2-5 daqiqa davomida maydalab olamiz va oz-ozdan o'simlik yog'i quyamiz. Aralashma quyuqlasha boshlaydi. So'ng sarimsoqpiyoz tishchasini solib yana maydalab olamiz.
Qadam 4 Tugallandi
Pomidor va ko'katlarni yuvib olamiz. Pomidorni o'rtasidan teng ikkiga bo'lamiz, ko'katlarni qo'lda bo'lib olamiz.
Qadam 5 Tugallandi
Likopchaga salat barglarini solamiz. Ustidan tovuq, suxarilar va pomidorlarni solamiz. Ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloq sepib, qayladan quyamiz.
Yoqimli ishtaha!
Do'stlaringiz bilan baham: |