104
1.
16-jadvalda keltirilgan ma‟lumotlarga asoslanib
mahsulot tannarxi va
sohaning rentabellik darajasini toping.
2.
Sabzavot ekinlarini yetishtirishda mahsulot tannarxi va sohaning rentabellik
darajasiga ta‟sir koʻrsatuvchi omillardan foydalanib “
Venn diаgrammasi”
ni
toʻldiring.
107
URUGʻCHILIKDA HISOBLASH ISHLARI
Darsning maqsadi:
- urugʻchilikda urugʻ miqdori, ekin maydoni, urugʻlik
materialni saqlash uchun idishlar va omborlar miqdorini aniqlashda qo`llaniladigan
hisoblash ishlari bilan tanishish.
Tashkiliy masalalarni hal qilishda, urug`lik o`simliklarni
yetishtirishda
qo`llaniladigan agrotexnik rejalarni tuzishda urug`chilik bilan shug`ullanuvchi
agronom mutaxasislar urugʻlarga va buning uchun kerakli maydonga bo`lgan
talabni, xoʻjalikda qancha urugʻlik, qancha yer, ombor va idishlarga bo`lgan
talabni va boshqa ma`lumotlarni bilishi kerak.
Urugʻlik dalalariga ekish uchun kerakli urugʻ miqdori ekish normasiga,
urugʻlarning unuvchanlngi va tozaligiga bogʻliq.
Urugʻlarning ekish normasini aniqlash usuli mazkur qoʻllanmaning 9 –
mavzusidagi keltirilgan.
urugʻ uchun bir yillik va ikki yillik sabzavot va poliz ekinlari ekilish
maydoni rejada koʻzda tutilgan hosildorlikka qarab aniqlanadi. Masalan, 1
gektar
oqbosh karamdan ikkinchi yili ekish uchun 0,3-0,5 gektarga yetadigan urugʻlik
olish mumkin. Sabzidan esa 1,5-8 gektar, turpdan 1,5-2, piyozdan 2-3 gektar yerga
yetadigan urugʻlik olish mumkin. Urugʻlik ekinlarga boʻlgan talab qishda saqlash
uchun ikkinchi yili qancha ekilishiga, urugʻlik oʻsimliklarning oʻrtacha vazniga va
qishda saqlash paytida chiqindilar miqdoriga qarab aniklanadi. Odatda bunday
chiqindi miqdori 1 gektarga ekish normasining 15-25 foizini tashkil etadi.
Urugʻlik uchun faqat nav uchun tipik boʻlgan, sogʻlom, kasallik va
zararkunandalar
bilan zararlanmagan, oʻsimliklar tanlanadi. Barcha aralashmalar
yaxshi rivojlanmagan, kasallangan va kam hosil oʻsimliklar brak qilinadi va oziq-
ovqat uchun ishlatiladi. Saqlash uchun olib qoʻyiladigan urugʻlik oʻsimliklarning
miqdorini aniqlashda 1 m
2
vazn koʻrsatgichidan va 1 m3 dagi urugʻlik oʻsimliklar
sonndan kelib chiqiladi. 1 m3 hajmda saqlash mumkin bo`lgan urugʻliklar vazni
o`rtacha sabzi uchun 550-580 kg, lavlagi uchun 600 kg, turp uchun 550 kg,
sholgʻom uchun 600 kg, piyoz uchun 550-600 kg, oqbosh karam uchun 330-450 kg
gateng. Oʻrtacha hajmdagi 1 m
3
da urugʻlik oʻsimliklar soni o`rtacha sabzi uchun
108
7000- 10000 dona, lavlagi uchun 200-220 dona, sholgʻom uchun -6000 dona,
piyoz uchun 16000 dona, karam uchun 140- 190 bosh, karam oʻzaklari uchun 300-
500 donaga teng.
Urugʻlik oʻsimliklarning umumiy vazni va oʻrtacha vazni to`g`risidagi
ma`lumotlarga asoslanib urugʻlik oʻsimliklarning sonini aniqlash mumkin va
aksincha. Zarur miqdordagi urugʻlnk oʻsimliklar va ularning oʻrtacha
vazni aniq
boʻlsa urugʻlik oʻsimliklarning umumiy vaznini hisoblab chiqarish mumkin.
Qancha sabzavot omborlari va urugʻlik omborlari kerakligini urugʻlik
oʻsimliklar va urugʻlarning umumiy vazni hamda saqlash uchun qo`yilgan urugʻlik
oʻsimliklar balandligi, qoplar soni, shuningdek yurib oʻtiladigan yoʻllar kengligi,
urugʻ javonlari soni va balandligiga qarab aniqlanadi. Katta partiyalardagi urugʻlar
ikki qavat yoki bir qavat zigʻir tola qoplarida saqlanadi. Urug`lik tikib qoʻyilgan
qoplarda saqlanadi. Bunday qoplar taxtalar ustiga qator qilib teriladi. Qoplar
selderey urugʻi uchun 4 qator, lavlagi 3 qatorva, boshqa ekinlar urug`lari uchun 6
qator qilib teriladi. Har bir qopda ikkitadan yorliq boʻlishi kerak: qopning ichida va
tashqarisida. Bu yorliqlarda urug`lik
yetishtirilgan joy, ekin nomi, navi, hosil
olingan yili va urugʻlarning boshqa koʻrsatkichlari yozib qoʻyiladi. Qancha qop
kerakligini aniqlash uchun urugʻlarning umumiy vaznini
standart qoplar vazniga
boʻlinadi. Standart qop vazni pasternak uchun 20, ukrop uchun 25, pomidor-35,
oshqovoqurugʻi - 40, qovun, qovoqcha, sabzi, petrushka, salaturugʻi uchun 45,
sholgʻom-60, dukkaklilar urugʻi uchun-70 va boshqa ekinlar urugʻi uchun 50
kilogrammga teng.
Sabzavot ekinlari urugʻlarining bir m
3
dagi vazni turlicha: lavlagi uchun
150-215 kg, pomidor uchun260-350 kg, ukrop 313-325 kg, sabzavot poliz ekinlari
va salat urug`ning miqdori o`rtacha 300-500 kg ga teng.
Petrushka, selderey va
karamdoshlar oilasidan boʻlgan oʻsimlik urugʻlarining vazni eng katta boʻladi.
Maydon birligiga kerakli urugʻliklar bilan ta‟minlash uchun saqlashga kerak
boʻlgan urugʻliklarning umumiy miqdori quyidagi formula bilan topiladi.
P x 100
M = ------------
(100 – K)
109
Bu yerda:
P-ekish uchun kerakli urugʻliklar miqdori;
K- saqlash davomida chiqitga chiqadigan urugʻliklar miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: