Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, D. S. Normurodov, B. M. Eshonqulov sabzavot ekinlari seleksiyasi


Tashqi sharoit va texnologik tadbirlar



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/94
Sana24.06.2023
Hajmi3,45 Mb.
#953235
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94
Tashqi sharoit va texnologik tadbirlar 
Urug‟lar 
xilma-xilligiga 
olib keluvchi 
omillar 
Matrikal omillar
 
Oʻz-oʻzini nazorat qilish uchun savollar. 
1.
Nima uchun bitta oʻsimlikning turli qismidagi urugʻlar bir-biridan farq qilishi 
mumkin? 
2.
Urugʻlar sifatining har xil boʻlishining ekologik, genetik va matrikal 
omillariga ta‟rif bering. 
3.
Urugʻlar qaysi rivojlanish bosqichlarini oʻtaydi? 
4.
Shakllanish, toʻlish va pishib yetilish davrlarining davomiyligi va bu 
davrlarda urugʻlarning unuvchanligi boʻyicha ma‟lumotlarni keltiring. 
5.
Urugʻ adresi nima? Undagi raqamlar, masalan III
5
nimani bildiradi? 
 


101 
SABZAVOT EKINLARI SELEKSIYASI VA URUG`CHILIGIDA 
HOSILDORLIK, MAHSULOT TANNARXI VA SAQLASHDAGI 
HISOBLASH USULLARI BILAN TANISHISH 
Darsning maqsadi
:
 
Seleksion pitomniklar, nav sinashlar va urig`chilik 
paykallarida hosildorlik, mahsulot tannarxi va saqlashdagi hisoblash usullari bilan 
tanishish. 
Asosiy tushunchalar
. Maydon birligidan olinadigan hosil ekinning 
hosildorligi
, bitta oʻsimlikdan olinadigani esa uning 
mahsuldorligi 
deb ataladi. 
Ekinlarning hosildorligi ularning mahsuldorligi va maydon birligidagi 
o`simliklarning koʻchat qalinligi bilan bog`liq. Demak, oʻsimlik mahsuldorligi nav 
hosildorligini belgilovchi ikki asosiy kursatkichning biri bo`lib hisoblanadi. 
Seleksiya ishining dastlabki bosqichlarida tanlab olingan oʻsimliklar va ularning 
avlodi faqat mahsuldorligi boʻyicha baholanadi. Chunki bu bosqichda o`simliklar 
sonining kamligi uchun ular juda kichik maydonlarda ekiladi. Nav sinashlarda 
seleksion material hosildorligi boʻyicha baholanadi. Seleksion materialning 
mahsuldorligi tez oʻzgaruvchan belgi boʻlib, uni baholash juda murakkab. Chunki 
bu belgi yetishtirish sharoiti va ekinni yetishtirishda qo`llaniladigan agrotexnikaga 
bog`liq ravishda keskin oʻzgarishi mumkin. Xatto, bitta nav ichidagi oʻsimlikning 
mahsuldorligi boʻyicha bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun seleksion materialni 
mahsuldorligi boʻyicha baholaganda olinadigan ma‟lumotlarning toʻgʻri boʻlishini 
ta‟minlash uchun nav va namunalarni mutlaqo bir xil agrotexnika, tuproq - iqlim 
sharoitida parvarish qilish va yetishtirish lozim.
Seleksion material mahsuldorligi va hosildorligi bevosita va bilvosita 
usullardan foydalanib baholanadi. Seleksiya ishida uning maqsadiga, pitomnik va 
nav sinashlarning turiga, dеlyankalarning katta-kichikligiga va umuman muayyan 
sharoitga qarab hosildorlikni aniqlashning quyidagi 4 ta usullari qoʻllaniladi.
1. Yoppasiga yigʻishtirib. 
2. Namuna bogʻlar vositasida. 
3. Namuna maydonchalari yordamida. 
4. Chiziqli metrlar yordamida hosilni aniqlash usullari.


102 
Sabzavot ekinlari seleksiyasi va urug`chiligida esa ko`proq hosildorlikni 
aniqlashda yoppasiga yigʻishtirib, namuna maydonchalari yordamida va chiziqli 
metrlar usullardan foydalaniladi.
Bunda har bir nav yoki seleksion namuna ekilgan delyanka hosili qoʻlda 
yoki mashinalar yordamida yigʻishtiriladi va gektar hisobida hosildorlik 
aniqlanadi. Yoppasiga yigʻishtirib hosilni aniqlashda olingan urug`ning 
yig`ishtirilgan vaqtdagi haqiqiy namligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki 
bu ko`rsatkich standart namlik boʻyicha hosildorlikni aniqlashga imkon beradi.

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish