101
SABZAVOT EKINLARI SELEKSIYASI VA URUG`CHILIGIDA
HOSILDORLIK, MAHSULOT TANNARXI VA SAQLASHDAGI
HISOBLASH USULLARI BILAN TANISHISH
Darsning maqsadi
:
Seleksion pitomniklar, nav sinashlar va urig`chilik
paykallarida hosildorlik, mahsulot tannarxi va saqlashdagi hisoblash usullari bilan
tanishish.
Asosiy tushunchalar
. Maydon birligidan olinadigan hosil ekinning
hosildorligi
, bitta oʻsimlikdan olinadigani esa uning
mahsuldorligi
deb ataladi.
Ekinlarning hosildorligi ularning mahsuldorligi
va maydon birligidagi
o`simliklarning koʻchat qalinligi bilan bog`liq. Demak, oʻsimlik mahsuldorligi nav
hosildorligini belgilovchi ikki asosiy kursatkichning biri bo`lib hisoblanadi.
Seleksiya ishining dastlabki bosqichlarida tanlab olingan oʻsimliklar va ularning
avlodi faqat mahsuldorligi boʻyicha baholanadi. Chunki bu bosqichda o`simliklar
sonining kamligi uchun ular juda kichik maydonlarda ekiladi.
Nav sinashlarda
seleksion material hosildorligi boʻyicha baholanadi. Seleksion materialning
mahsuldorligi tez oʻzgaruvchan belgi boʻlib, uni baholash juda murakkab. Chunki
bu belgi yetishtirish sharoiti va ekinni yetishtirishda qo`llaniladigan agrotexnikaga
bog`liq ravishda keskin oʻzgarishi mumkin. Xatto, bitta nav ichidagi oʻsimlikning
mahsuldorligi boʻyicha bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun seleksion materialni
mahsuldorligi boʻyicha baholaganda olinadigan ma‟lumotlarning toʻgʻri boʻlishini
ta‟minlash uchun nav va namunalarni mutlaqo bir xil agrotexnika, tuproq -
iqlim
sharoitida parvarish qilish va yetishtirish lozim.
Seleksion material mahsuldorligi va hosildorligi bevosita va bilvosita
usullardan foydalanib baholanadi. Seleksiya
ishida uning maqsadiga, pitomnik va
nav
sinashlarning turiga, dеlyankalarning katta-kichikligiga va umuman muayyan
sharoitga qarab hosildorlikni aniqlashning quyidagi 4 ta usullari qoʻllaniladi.
1. Yoppasiga yigʻishtirib.
2. Namuna bogʻlar vositasida.
3. Namuna maydonchalari yordamida.
4. Chiziqli metrlar yordamida hosilni aniqlash usullari.
102
Sabzavot ekinlari seleksiyasi va urug`chiligida esa ko`proq
hosildorlikni
aniqlashda yoppasiga yigʻishtirib, namuna maydonchalari yordamida va chiziqli
metrlar usullardan foydalaniladi.
Bunda har bir nav yoki seleksion namuna ekilgan delyanka hosili qoʻlda
yoki mashinalar yordamida yigʻishtiriladi va
gektar hisobida hosildorlik
aniqlanadi. Yoppasiga yigʻishtirib hosilni aniqlashda olingan urug`ning
yig`ishtirilgan vaqtdagi haqiqiy namligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki
bu ko`rsatkich standart namlik boʻyicha hosildorlikni aniqlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: