O ’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin
5-sinf ONA TILI DARSLIK TESTLARI 1-DARS UCHUN
1. Gullar quyoshsiz ochilmaydi.
Ushbu gapda qanday unli qatnashmagan?
A) tor unli B) o‘rta keng unli
C) keng unli D) lablangan unli
2. v va f undoshlari qaysi jihatdan bir guruhga mansub bo‘la olmaydi? A) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra
B) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra
C) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra
D) tarkibiga ko‘ra
3. Qaysi javobda ikkinchi bo‘g‘ini unli va jarangli undoshlardan iborat bo‘lgan so‘zlar berilgan?
A) qog‘oz, qo‘g‘irchoq, qalam
B) qo‘shiq, qovun, qamar
C) ko‘rsat, qirg‘ich, qiymat
D) qasam, quloq, quyon.
4. Sonorlar (ovozdorlar) berilgan qatorni toping.
A) b, p, v, f, m B) m, n, l, r, y
C) l, m, n, r, ng D) f, m, n, r, y
5. Tor unlilar to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
A) u, e B) i, o C) a, o‘ D) i, u
6. Qaysi qatordagi so‘zda old qator unli tovushi chuqur til orqa undoshi hamda sirg’aluvchi undoshlar orasida kelgan?
A) okean B) tovush
C) ko‘krak D) o‘g‘iz
7. Qaysi qatordagi so‘zlarda faqat tor unlilar qatnashgan?
A) muhit, zehn B) kibor, musiqa
C) muqim, uyushiq D) lirika, musiqa
8. Qaysi so‘zlarda qator kelgan undoshlar til oldi jarangli undoshlardan iborat?
A) sabr, hukm, darz
B) darz, davr, fayz
C) zulm, fayz, farzand
D) farzand, darz, ranj.
9. Jarangli juftiga ega bo‘lgan til orqa undoshi qaysi javobda berilgan?
A) g B) k C) ng D) q
10. Qaysi so‘zlarda ikki o‘rinda til orqa undoshi qatnashgan?
A) gulqaychi, xalqum
B) ko‘ngil, go‘llik
C) g‘urrak, xayrixoh
D) halovat, kabutar.
11. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra n va l undosh tovushlariga to‘g‘ri tavsif berilgan qatorni toping.
A) jarangli undoshlar B) n - til undoshi, l - lab undoshi
C) n - portlovchi, l - sirg‘aluvchi D) sirg‘aluvchilar.
12. Portlovchilar guruhiga mansub bo‘lmagan jarangli undoshlarni toping.
A) v, z, l, y B) v, h, t, k
C) j, k, s, z D) v, z, y, s
13. Qator undoshlar ifodalangan so‘z berilgan javobni belgilang.
A) Istiqlol B) istara C) estrada D) ishtirok
14. Faqat lab undosharidan tashkil topgan ochiq bo‘g‘inli so‘zlarni belgilang.
A) ma’no, mabodo, bobo
B) vabo, vafo, ma’vo
C) havo, bayot, badaviy
D) popop, moviy, pafos
15. Faqat jarangsiz undoshlardan tashkil topgan so‘zni toping.
A) taraqqiyot B) tafakkur C) shovqin D) huquq
16. Undoshlar qaysi xususiyatiga ko‘ra til, lab va bo‘g‘iz undoshiga bo‘linadi?
A) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra B) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra C) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra D) un paychalarining ishtirokiga ko‘ra
17. Quyida berilgan gapda necha o‘rinda til oldi jarangsiz undoshlari qatnashgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |