2.2. Frazeologizmlarda so‘zlarning birikishi va ularning tarjimasi
«Dress» so‘zi «to dress a chicken» va «to dress a child» iboralarida bir xil
ma’noga ega emas. «To dress a chicken» – patini yulish, «To dress a child» esa
kiyimlarini kiyish ma’nosida qo‘llanilyapti.
«Collocation» so‘zi bir so‘z boshqasi o‘rnida qo‘llanilishini bildiradi. Ba’zi
so‘zlar tez–tez bir-biri bilan birga keladi va ba’zilari bir-biri bilan birga kelishi
kuzatilmaydi. Qaysi so‘zlar bir-biri bilan birga kelishini bilish matnni to‘g‘ri
tushunish va to‘g‘ri tarjima qilish imkonini beradi. Ba’zi so‘zlar birga kela
olmaydi, chunki bular haqiqatdan bir-biridan yiroqdir. Ingliz tilida cat's wings
(mushukning qanotlari) demaymiz, lekin biz bird's wings (qushning qanotlari) deb
qo‘llaymiz. Faqatgina fantastikada mushukning qanotlari deb qoilash o zini oqlashi
mumkin. So‘zlarning birikishi turli tillarda farqianishi mumkin. Misol uchun:
ingliz tilidagi have so‘zi “dream” so‘zi bilan qo‘llaniladi: I have a dream. Biroq
rus va o‘zbek tillarida bu birikma qo‘llanilmaydi.
Har qanday tilda birikmalar yoki frazeologik birikma aniqdir. Ular hamma
vaqt aniq tartibda yoki birgalikda qo‘llaniladi va ularni to‘g‘ri tarjimasini bilish
muhim. Ayniqsa ingliz tilidagi spick and span, hale and hearty, to–for, now and
then, neat and tidy kabi birikmalarni va ulami aniq tarjimasini bilish kerak. Boshqa
tillarda turg‘un birikmalar hisoblangan umuman turli birikmalar mavjud.
Aniq birikmalar odatda turg‘un tartibda birgalikda ishlatiladi. Agar tartibi
o‘zgartirilsa, shu til so‘zlashuvchisiga natija notabiiy tuyiladi. Ingliz tilidagi bread
and Butter day and night (boshqa tillarda night and day deyiladi), knife and fork,
black and white, black and blue, ladies and gentlemen, rant and rave kabi
.birikmalarni tarjimon bilishi lozim. Ingliz tili so‘zlovchisiga agar kimdir
“gentlemen and ladies” deydigan bo‘lsa, bu g‘alati tuyuladi. Ko‘p tillarda “mother
33
and father” deyishadi, lekin hech qachon “father and mother” emas. O‘zbek tilida
“ota va ona” lekin “ona va ota” emas. Iboralar maxsus qo‘llanishlar bo‘lib to‘liq
ma’noga egadir. Lekin birikmalarning ma’nosi yaxlit so‘zlarning ma’nosi bilan bir
xil emas. Ular ko‘pgina leksik birliklar bilan bir xil ma’nosi bor bo‘ladi. Lekin aniq
moslashish boshqa tilda ifodalanmagan bo‘ladi. Misol uchun, ingliz tilida kick the
bucket o‘lim bilan bir xil ma’noga ega, lekin bu qandaydir hurmat ko‘rsatish
maqsadida ham qo‘llaniladi. Quyidagi misolda ingliz va o‘zbek tilidagi so‘zlarning
tarjimasi berilgan, lekin har xil fellar qo‘llanilgan. Har qaysi tildagi shakli hali
tabiiydir. lekin badiiy tomondan tarjima qilinsa, notabiiy tuyuladi.
To keep the law
Qonunga amal qilmoq
Ate wild honey
Asal ichdi
He was given wisdom
Aql o‘rsatdi
Shuning uchun iboralarni tarjima qilayotganda bunday hollarda e'tibor
qaratish zarur. Tarjimon birinchi navbatda iboraning mazmunini aniq bilishi va
iborani to‘liq ifoda qilish uchun tabiiy ekvivalentini topishi shart. Ba’zida so‘zlarda
paydo bo‘ladigan umumiy ma’no birikmalariga asoslangan holda qo‘Manishlarni
taxlil qilish mumkin. Misol uchun, quyidagi gaplarning qo‘llanishlari to‘g‘ridir.
Agar fe’l o‘zgartirilganda, natija noto‘g‘ri ma’noda yoki metafora ma’nosida
boiib qolar edi. Birinchi ustunda shaxslarsiz ikkinchisida shaxslar bor qilib tarjima
qilingan.
I washed the car
I bathed the baby
I rented a typewriter
He hired a secretary
The puppy yelps
The bay screams
He sheared the sheep
He cut the boy’s hair
Shunday qilib, frazeologik birikmalar o‘zbek tiliga so‘zma–so‘z tarjima
qilinmaydi. Quyida ingliz frazeologik birikmalarining o‘zbek tilidagi birikmalarga
moslashishi va ekvivalenti har xil bo‘lishi mumkin bo‘lgan misollar berilgan.
1. It gave me chance to sleep. I didn’t sleep last night – Hechqisi o‘q.
qaytanga uxlab oldim, kecha mijja qoqmagan edim.
34
2. “Tonight you will tell me everything” – said Rinaldi – Kechqurun menga
oqizmay–tomizmay hikoya qilib berasiz, – dedi Rinaldi.
3. When we swaggered by twirling his new mustache, everybody stopped to
look and admire – U endi sabza ura bosh lagan mo‘ylovini burab, savlat to‘kib
yurgan chog‘ida xamma odamlar unga qarashar edi.
4. I sacrificed everything for something that never come –Ro‘yobga
chiqmagan ana shu narsani deb butun umrimni hazon qildim.
5. It was still raining hard – Yomg‘ir hamon chelaklab quyar
6. All right, I wash my hands of the matter. But I warn you all that a time's
coming when you're going to feel sick whenever you think of this day. – Yaxshi
bo‘lmasa! Agar shunday bo‘lsa, men qo‘limni yuvib qo‘ltig‘imga uraman. Ammo
sizlarga aytadigan bir gapim bor: bir kun keladi bu qilmishingizga pushaymon
bo‘lasi va qilgan ishingizni eslashning o‘zidayoq xushingiz ketib qoladi.
7. Odatda erkin birikmalarni tarjima qilish muammo tug‘dirmaydi. Agar erkin
birikmalardagi so‘zlardan biri ko‘chma ma’noda qo‘llansa, uni tarjimada berish
qiyinlashadi. Ingliz tilida iboralarning bir nechia turi mavjud bo‘lib, ularning har
birini tarjima qilishda alohida yondashuv talab etiladi. Birinchi turdagi so‘z
birikmasi sifat+ot turi. Ularning semantik strukturasi bir-biridan katta farq qiladi.
Bu birikmada qo‘llangan otning xususiyatini va sifatini belgilaydi. Agar ingliz
tilidagi «free educational institution» birikmasida free so‘zi institution so‘zi bilan
aloqasi yo‘q, bu degani ba’zi hollarda sifatlar otning xususiyatlari va sifatidan
tashqari u bilan bog‘liq tushunchalarni ham ifodalashi mumkin. Yana birmisol.
Ingliz tilidagi «a medical man» birikmasini tarjima qilishda «a stout person»
birikmasini tarjima qilishda qo‘llangan usuldan foydalanib bo‘lmaydi. Ingliz
tilidagi «a stout person» o‘zbek tiliga «to‘ladan kelgan yoki semiz odam» deb
tarjima qilinadi. Ingliz tilidagi «a medical man» birikmasini o‘zbek tiliga tarjima
qilishda so‘zma–so‘z tarjima to‘g‘ri kelmaydi. Bu yerda ikki so‘z bitta ma’noni
ifodalaydi va u «shifokor» deb o‘giriladi. O‘zbek tilida ham bunday bitta ma’noni
ifodalovchi birikmalarni ko‘plab uchratish mumkin. Masalan, «tog‘ qo‘yi». «malla
sochli», «devor soati» va hokazo. Bir otni bir necha sifat aniqlab kelishi mumkin
35
bo‘lgan hollar ham uchraydi. Bunda aniqlanmish bo‘lib ot kelishi mumkin.
Masalan, «temir xotin», «ichkari uy kaliti» kabilar.
Ingliz tilida aksariyat hollarda otlami aniqlab kelgan so‘zlar (bular ot ham,
sifat ham bo‘lishi mumkin)ni qaysi biri ekanligini aniqlash mushkul bo‘ladi.
Masalan, «retail philanthropy business» birikmasi nima ma’noni anglatganini bir
qarashda anglash oson emas, chunki uni ikki xil tushunish mumkin. O‘zbek tilida
bunday hollar deyarli uchramaydi.
Ingliz iboralarining yana bir xususiyati otni aniqlab kelgan sifat tushirib
qoldirilgan hoiatlar ham uchraydi. Masalan, “dry pruning” iborasini olsak. Bu
iborani so‘zma–so‘z tarjimasi “quruq butash” bo‘ladi. So‘z birikmasining ma’nosi
daraxt shoxlari qumq bo‘lgan paytda qiiingan butashni ifodalaydi.
Tarjima
jarayonida
so‘z
birikmalarining
semantik
hamda
bilish
xususiyatlarini hisobga olish lozim. Bunda birinchi navbatda tarjima qilib olish
tavsiya etiladi, chunki qanday aniqlanmish qo‘llanmasin hammasi otni aniqlab
keladi va ot gapda eng muhim ma’noni ifodalaydi. Tarjimonning keyingi vazifasi
gapdagi ma’no guruhlarini ajratib olish hisoblanadi. Gapning ma’no guruhi ajratib
olingach, ot va sifat o‘rtasidagi grammatik aloqalar turi aniqlanadi. Otdan oldin
kelgan so‘z va so‘zlar uni aniqlab keladi, ularni agar gap ingliz tilidan o‘zbek tiliga
tarjimaqilinsa, uni o‘zbek tiligrammatikasi qoidalari asosida va aksincha, agar gap
o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilinsa, ingliz tili grammatikasi
normalarigaasoslanib tarjima qilinadi. Aksariyat hollarda ingliz va o‘zbek tili erkin
birikmalarining tartibi ikki tilda ham bir-biriga mos kelishi mumkin:
“Strategic Arms Limitation Treaty” – Srategik qurollarni cheklash
shartnomasi.
Bunday tarkibda aniqlovchi bo‘lgan iboralarni tarjima qilishning bir nechta
usuli mavjud:
1. Ingliz
tilidagi
ot
oldidan
kelgan
aniqlanmish
o‘zbek tilida
ham shu tartibda tarjima qilinadi: «a cheap ticket» – «arzon chipta».
«an expressive word» –»ifodali so‘zlar».
2. Ingliz tilida ot+ot shakli kelgan ibora ham xuddi yuqoridagidek tarjima
36
qilinadi, bunda o‘zbek tilidagi iboraga bir nechta ibora to‘g‘ri kelishi mumkin:
«opposition leader» –»muxolifat lideri», «muxoliflar lideri», « oppozitsiya lideri».
3. Otni aniqlab kelgan inglizcha iboralar o‘zbek tiliga bogiovchilar
yordamida tarjima qilinadi: «youth unemployment» – «yoshlar o‘rtasidagi
ishsizlik».
4. Ingliz
tilidagi
aniqlanmish
va
ot
o‘zbek
tiliga
izohlovchi
orqali
tarjima qilinishi mumkin:
«his millionaire friend» – «uning
millioner do‘sti».
5. Ba’zan ingliz iboralaridan biri qismi tasviriy yo‘l bilan, ya’ni bir nechta
so‘z yordamida tarjima qilinishi mumkin: «a bargain counter» – «narxi tushirilgan
(pasaytirilgan) mollar do‘kon (bo‘lim)i».
6. Ingliz filming tarkibida aniqlovchi bo‘lgan iboralarni tarjima qilishda
aksariyat hollarda ibora tarkibidagi muayyan so‘zni otni boshqa otga o‘zgartirish
zarur va bu tavsiya etiladi. Masalan, «free educational institutions» o‘zbek tiliga
«bepul o‘qiladigan oliy o‘quv yurtlari»deb tarjima qilinishi lozim, chunki «free»
so‘zi «institutions» otini emas, balki «educational» so‘ziga aloqasi bor. Xuddi shu
fikr «Parliamentary Labour Party» birikmasiga ham aloqador. Bu iborani o‘zbek
tiliga «Leyboristlar partiyasining parlament fraksiyasi» deb tarjima qilish o‘zbek
tili grammatikasining qoidasiga to‘liq muvofiq keladi.
Tarjimani to‘liq berish maqsadida ba’zi hollarda aniqlovchini ayni shu gapda
qo‘llangan boshqa ot bilan tarjima qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Misol
tariqasida «dismal array of titles» birikmasini ko‘rib chiqaylik. Bu iborani o‘zbek
tiliga so‘zma-so‘z tarjima qilish ma’noga putur yetkazadi, shuning uchun uni
«dismal» so‘zining aniqlovchisi «titles» otini emas, balki «array» otini aniqlab
kelganligi uchun birikmani «eng yomon (eshitiladigan yoki quloqqa yoqmaydigan)
laqablar yig‘indisi» deb tarjima qilishga to‘g‘ri keladi.
7. Aksariyat hollarda ingliz tilidagi aniqlanmishli iborlar o‘zbek tiliga ravishli
iboralar bilan tarjima qilinadi:
to be
to have
37
to give
+ A + N phrase
to take
Yuqoridagi namunalarga quyidagi misollarni keltirish mumkin : «to have a
good sleep» – «yaxshi (tiniqib) uxlamoq», «to take a deep breath» – «chuqur nafas
olmoq» “to give a loud whistle” – «qattiq hushtak chalmoq», «to have a good
lunch» – «yaxshi (mazali taom yeb) tushlik qilmoq» va shu kabilar.
8. Ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda shunday holler uchraydiki turli
ekstralingvistik omillar ta’sirida tarkibida fe’lli qismlar mavjud gaplar va ularning
tuzilishi butunlay o‘zgarib ketadi.
Masalan, «He had «I don't know expression in his face» – «Uning yuzi, uni
hech narsa bilmasligini ifodalab turardi».
Bu borada O.V. Petrova shunday deb yozadi: “Tarjimaning muayyan usulini
tanlash asosan ibora komponentlari o‘rtasidagi semantik aloqalar, grammatik
norma hamda tarjima tilidagi so‘z birikmasini hosil qilish xususiyatlari bilan
belgilanadi” (Petrova.006, 18;)
Ingliz tilining o‘ziga xos aniqlovchi va aniqlanmishdan tashkii topgan
iboraiari mavjud bo‘lib, ular ichki predikatsiyasiga ega. Ularni tarjimasi asosan
iboralarning stilistik xususiyatlariga bog‘liq. Agar bunday aniqlovchilar yoyiq
hamda ko‘p qismdan tashkii topgan bo‘lsa, ularodatda o‘zbek tiliga to‘Idiruvchi
ergash gaplaryordamida tarjima qilinadi. Aniqlanmishli ibora tarkibida ot
xususiyatini ifodalovchi so‘zlar bo‘lgan hollarda esa ular bitta ot orqali tarjima
qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi: “a grab–it–and–run ... counter” – yo‘1–
yo‘lakay kirib ketiladigan mayxona»yoki «gazakxona».
Agarda biz frazalagizmlar tarjimasiga e’tibor beradigan bo‘lsak, aksariyat
hollarda ma’no mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda har bir maqol, matal va
idiomaga mos o‘z tilida muqobil variantlarini topishi yoki so‘zma–so‘z tarjima
qilishi mumkin. Shunga ko‘ra, aynan o‘xshash maqol yoki idiomani ham bir
qancha o‘rinlarda, ma’nosiga qarab, turlicha tarjima qilsa bo‘ladi.Binobarin, har
qanday hollar uchun ham mos keladigan tayyor variantini berish juda qiyin. Turli
38
tillarda bir ma’noni ifodalovchi frazalagizmlar bir xil asosga yoki tamoman boshqa
ob’ektlarga tayangan holda yaratilgan bo‘lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |