Samaraqand davlat universiteti


Uch vа toʼrt yoshgаchа boʼlgаn bolаlаr bilаn oʼtkаzilаdigаn boshlаngʼich gimnаstikа mаshqlаri texnikаsi (3-4 yosh)



Download 1,26 Mb.
bet28/81
Sana23.05.2023
Hajmi1,26 Mb.
#942745
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81
Bog'liq
e6d665e454f413c43706cccc78f7ebd5 MAKTABGACHA TA`LIMDA DASTLABKI GIMNASTIKANI TASHKIL ETISH (1)

Uch vа toʼrt yoshgаchа boʼlgаn bolаlаr bilаn oʼtkаzilаdigаn boshlаngʼich gimnаstikа mаshqlаri texnikаsi (3-4 yosh)
Bola 3 yoshga qadam qoʼyganda jismoniy oʼsishi bir qadar sekinlashadi. Bu davrda uning vazni 16-18 kg atrofida, boʼyi 90-100 sm gacha yetadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat organlari takomillashib boradi. Bolada mustaqillik ortadi, hissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Uch yoshli bolaning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib, borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi.
Bolani gavdasini tik tutishga oʼrgatish, jismoniy sifatlarini yanada rivojlantirish hamda sport turlariga qiziqishini orttirish, jismoniy harakat turlari bilan tanishtirish, faol boʼlishga undash, turli mashqlarga qiziqish uygʼotish muhimdir. Gimnastika mashgʼuloti vaqtida bolani qoʼl va oyoq harakatlarini mashqqa muvofiqlashtirishga, oyoqni sudramay, boshni egmay yengil yurishga odatlantirish va muvozanat saqlashga oʼrgatib borish.
Yirik motorikani rivojlantirish. 3-4 yoshli bola yurish, yugurish, sakrash, yumalatish, irgʼitish, ilib olish, emaklash, tirmashish, muvozanat saqlash kabi asosiy harakat mashqlarini bajara oladi. Bu yoshdagi bolada turli yoʼnalishlarda yurish va yugurish, turli balandliklardan sakrash, koptoklarni bir-biriga qaratib yumalatish, ikki qoʼllab pastdan, koʼkrak oldidan, boshidan oldinga oshirib irgʼitishni rivojlantirish.
Аsosiy harakatlarga doir mashqlar
Yurish mashqlari. Qatorda toʼgʼri yurish, yoʼnalishni oʼzgartirib yurish, navbatma-navbat yurish; chiziq boʼylab juft boʼlib qoʼl ushlashib yurishga oʼrgatish.
Yugurish mashqlari. Yoʼnalishni va tezlikni oʼzgartirib yugurish; 1 daqiqa davomida asta-sekin yugurish; yugurish chogʼida burilish; hushtak boʼyicha toʼxtash; doira boʼylab bir oʼzi va juftlikda qoʼl ushlamasdan qator boʼlib yugurish; yugurayotganda birdaniga toʼxtash va muvozanatni saqlash.
Sakrash mashqlari. Toʼsiqlarni oshib oʼtish; ikki oyoqni juftlab turgan joyda sakrash, balandlikka sakrashga oʼrgatish.
Yumalatish, irgʼitish, ilib olish mashqlari. Yumalatib yuborilgan buyumni quvib yetish; polga, devorga urilgan koptokni ilib olish; koptokni oʼng yoki chap qoʼl bilan qaytarish; yerda yumalatish; koptokni ikki qoʼl bilan balandga koʼtarib, maʼlum nishonga (savatga yoki chelakka) otishi uchun imkoniyat yaratish.
Emaklash va tirmashish mashqlari. Toʼgʼri yoʼnalish boʼyicha qoʼl kaftlari va tizzalari yordamida, gimnastika oʼrindigʼi (skameyka) ustida toʼrt oyoqlab 10 m gacha emaklash.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
Qoʼl muskullari uchun mashqlar. Dastlabki holat: gavda tik tutilgan, oyoqlar yelka kengligida ochilgan, qoʼllarni yuqoriga va yonga uzatish. Bukish va choʼzish, qoʼllarni orqaga yashirish, bosh ustida, koʼkrak oldida chapak chalish; qoʼllarni suvda suzayotgandek harakatlantirish.
Oyoqlar uchun mashqlar. Turgan joyida yurish; oldinga, orqaga va yonga qadam tashlash; bir oyoqda turgan holda ikkinchi oyoqni bukish va yozish; oʼtirib turish; oyoq uchida koʼtarilish; tovonda turish, oyoq barmoqlarini qimirlatish; chalqancha yotgan holda oyoqlarda velosiped mashqini qildirish.
Gavdani rivojlantiruvchi mashqlar. Oʼng va chapga burilish; yon tomonga engashish; qorin bilan yotgan holda qoʼllarni oldinga uzatish va oyoqlarni koʼtarish; yonboshdan-yonboshga agʼdarilish.
Saflanish va qayta saflanish. Bir-birining ketidan turish, doiraga ketma-ket saflanish.
Sogʼlomlashtirish ishlarini tashqil etish
Ertalabki badantarbiya. Badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda, harakatlarni namunaga muvofiq aniq, izchil bajarish. Bolani 5 daqiqa davomida oʼyin xarakteridagi mashqlarni bajarishga odatlantirish. Jismoniy tarbiya instruktoriga taqlid qilib birgalikda harakat qilish koʼnikmasini oʼstirish, harakatli oʼyinlarda ishtirok etishga hamda oʼyin topshiriqlarini bajarishga oʼrgatib borish. Har kuni oʼtkaziladigan badantarbiyani suv muolajalari bilan tugallash (kattalar koʼmagida).
Qomatni toʼgʼri tutish. Jismoniy tarbiya instruktorining nazorati ostida jismoniy mashqlarni muntazam bajarish. Toʼgʼri qomatni shakllantirish, yassitovonlikni oldini olishga imkon beradigan mashqlar bajartirish. Mashgʼulotlarda qomatni tik tutish, boshni haddan tashqari quyi egmaslik, oyoqlarni toʼgʼri qoʼyib yurish.

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish