Samaraqand davlat universiteti


Toʼrt vа besh yoshgаchа boʼlgаn bolаlаr bilаn oʼtkаzilаdigаn boshlаngʼich gimnаstikа mаshqlаri texnikаsi (4-5 yosh)



Download 1,26 Mb.
bet29/81
Sana23.05.2023
Hajmi1,26 Mb.
#942745
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81
Bog'liq
e6d665e454f413c43706cccc78f7ebd5 MAKTABGACHA TA`LIMDA DASTLABKI GIMNASTIKANI TASHKIL ETISH (1)

Toʼrt vа besh yoshgаchа boʼlgаn bolаlаr bilаn oʼtkаzilаdigаn boshlаngʼich gimnаstikа mаshqlаri texnikаsi (4-5 yosh)
Bola toʼrt yoshga yetgach, uning jismoniy oʼsishi bir muncha jadallashadi, boʼyi 100-110 sm atrofida, ogʼirligi 20-22 kg gacha boʼladi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar poʼstlogʼining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy sifat oʼzgarishlar sodir boʼladi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, qiyoslash koʼnikmasi shakllanadi; nutqi ravonlashadi, xotirasi ancha teran boʼlib, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan boʼladi.
Bola bilan olib boriladigan gimnastika mashgʼulotlarining mazmunini xuddi mana shunga yoʼnaltirish maqsadga muvofiq. Bolani boshlangʼich gimnastika va sportga qiziqishini oshirishda jismonan chiniqtirishda quyidagilarga eʼtiborli boʼlish talab etiladi: turli gimnastika mashqlar yordamida tadbirlarni tashqil etish; chiniqtirish muolajalarini muntazam oʼtkazib turish, erkin harakat qilish malakalari shakllantirish; bolaga boshlangʼich gimnastika mashqlarning muhimligini taʼkidlash va mustaqil bajarishga undash; yopiq va ochiq maydonlarda oʼtkaziladigan turli sport oʼyinlariga jalb etish; yugurish, muvozanat saqlash, ikki oyoqlab balandlikka sakrash, toʼsiqlarni yengib oʼtish boʼyicha musobaqalarni tashqillashtirish; koptokni biror toʼsiq ustidan boshqa bolaga irgʼitish va ushlab olish elementlari bor boʼlgan mashqlarni oʼtkazish; gimnastika mashqlarini oʼz vaqtida oʼtkazish uchun doimo vaqt ajratish; musiqa sadolariga mos tarzda gimnastika harakatlarini ragʼbatlantirish.
Boshlangʼich gimnastika mashgʼulotlarida erkin qoʼshilishga odatlantirish.
Yirik motorikani rivojlantirish. Bolaning muvozanat saqlash, 20-30 m masofaga oʼrtacha tezlikda, asta-sekin yugurishni, yakka va ikki qator boʼlib doira boʼylab yugurish malakasini orttirish, oyoq uchida, katta qadam tashlab yugurish, toʼsiqlarni aylanib oʼtib, bir oyogʼida oldinga sakrash, kuch bilan koptokni oldinga tashlash va uni ilib olish harakatlarini shakllantirish.
Stol tennisi va sportning boshqa turlariga (futbol, basketbol) qiziqish uygʼotish. Qoʼsh narvoncha ustiga chiqib-tushishi; ixtiyoriy ravishda sakrogʼichda sakray olishi; 25-30 sm balandlikdan matras ustiga yoki qumli chuqurchaga; turgan joyidan 50 sm uzunlikka sakrashi; gimnastika devorining taxta toʼsiqlari boʼylab 2-3 m masofaga oʼng va chap tomonga hamda oldinga; bir oyogʼida oʼng va chap tomonga burilib harakatlanishi, buyruq boʼyicha mustaqil ravishda qatorga turishi, kichik guruhchalarda va yigʼma guruhlarda, doira shaklida, juftlikda va bir qatorga tizilib turishni oʼrgatishda davom etish, ketma-ket yurishdan juft-juft boʼlib yurishga oʼtishni oʼrgatish. Uch qatorga saflanib turish.
Senso motorikani rivojlantirish. Bolada yerga yoki devorga urilgan koptokni ilib olishni, uni oʼng yoki chap qoʼli bilan qaytarishni, yerda yumalatish; bolaga koptokni ikki qoʼli bilan baland koʼtarib, nishonga (savatga yoki chelakka) otishi uchun imkon berish, boʼynini burmasdan koʼzlarni chap va oʼng tomonga harakatlantirishni taklif qilish.
Sogʼlomlashtirish ishlarini tashqil etish
Ertalabki badantarbiya. Ertalabki badantarbiya vaqtida bolani yurish, sakrash hamda qoʼl va oyoq gavdaga moʼljallangan mashqlarni faol bajarishga odatlantirish. Har kuni kattalar nazoratida badantarbiya mashqlarini ochiq havoda (xonada boʼlganda darchalarni ochib qoʼygan holda) bajarish. Qoʼl, oyoq, gavdani rivojlantiruvchi mashqlarni aniq va izchillik bilan bajarish, qomatni toʼgʼri tutishni oʼrgatishda davom etish.
Qomatni toʼgʼri tutish. Qomat oʼzgarishining oldini olishga yordam beruvchi jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarish (“Qayiqcha”, “Mushuk”, “Velosiped haydash”, “Beshik”). Stol atrofida oʼtirganda, uyqu vaqtida gavdani toʼgʼri tutishiga eʼtibor berish. Qoʼl ikki yonda, boshni salgina koʼtargan holda oldinga qarash.
Harakatlantiruvchi tartib. Har kungi sayrlarda toʼp, arqon, badminton oʼynash, oʼyin qoidalariga rioya etish, tezkorlikni, chaqqonlikni rivojlantirish.
Аsosiy harakatga doir mashqlar
Yurish mashqlari. Bir qator boʼlib, doira boʼylab qoʼl ushlashib, yon tomonga ketma-ket yurish, yurishdan yugurishga oʼtish; oyoq uchida yurish; oyoq uchida tizzalarni baland koʼtarib yurish, tovon bilan, oyoq kaftlarining yon tomoni bilan yurish, turli buyumlar oralab yon tomonga yurish. Gimnastika oʼrindigʼida muvozanat saqlab yurish. Harakat tezligi va yoʼnalishlarini oʼzgartirib safda yurish.
Yugurish mashqlari. Oyoq uchida, tizzalarini baland koʼtarib katta qadamlar bilan yugurish, safda qoʼlini ushlab juft boʼlib, doira boʼlib; ilon izi boʼlib yugurish; hamda yugurishni yurish bilan almashtirish; toʼxtovsiz 1 daqiqagacha yugurishga; 20-30 m masofaga sekin yugurishga, yugurib kelgandan soʼng muvozanat saqlashga oʼrgatish.
Sakrash mashqlari. Turgan joyida ikki oyoqlab 50 sm uzunlikka sakrash; qoʼllarni yuqoriga koʼtarib sakrash; oldinga sakrab yurish; bir oyoqlab turgan joyida va sakragan holda yurish. Toʼsiqlardan sakrab oʼtish; 10-15 sm balandlikdan sakrab oʼtish, arqon bilan sakrashga urinish.
Emaklash va tirmashish mashqlari. Kamida 10 m masofagacha hamda turli balandlikdagi buyumlar ostidan emaklab oʼtish. Gimnastika oʼrindigʼida qoʼllarga tayangan holda, qorin bilan sudralish. Toʼrt oyoqlab emaklash, gimnastika devoriga oʼngdan chapga oʼtib tirmashib chiqish; 20-30 sm balandlikda tortilgan arqon tagidan, halqa orasidan emaklab oʼtish.
Yumalatish, irgʼitish va ilib olish mashqlari. Toʼpni bir-biriga irgʼitib, devorga, yerga urib ilib olishga, navbatma-navbat oʼng va chap qoʼl bilan toʼpni urishga, ogʼirligi 0,5 kg boʼlgan toʼplarni yerda yumalatish, uloqtirishga oʼrgatish.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
Qoʼl va yelka uchun mashqlar. Dastlabki holat: gavda tik tutilgan, oyoqlar yelka kengligida ochilgan, qoʼllarni oldinga, yon tomonga, yuqoriga koʼtarish va tushirish. Qoʼllarni yonga, oldinga uzatgan holda kaftlarni ochib yopish va aylantirish. Qoʼllarni birin-ketin navbat bilan oldinga va yuqoriga koʼtarish, tushirish, orqaga va oldinga aylantirish. Qoʼllarni tirsakdan bukib soʼng yozish.
Oyoq uchun mashqlar. Navbati bilan avval tovonda soʼng oyoq uchida turish; ketma-ket bir necha marta yarim oʼtirib turish, oyoq kaftlarini bukish va yozish; oyoq panjalari bilan arqonni yigʼish, tovon bilan buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga siljitish; bir oyoqni bukib, ikkinchisida turish.
Gavdani rivojlantiruvchi mashqlar. Qoʼllar belda, ularni yon tomonga uzatib goh chap, goh oʼng tomonga burish; oyoqlarni juftlab oldinga egilish; qoʼl barmoqlarini oyoq uchiga tegizish: biron narsani yerga qoʼyish va olish; bir oyoqni koʼtarib uning ostidan biror buyumni oʼng qoʼldan chap qoʼlga oʼtkazish. Tizzalarga tayanib, belni bukish va toʼgʼrilash; qoʼllarni navbat bilan koʼtarish; chalqancha yotgan holda qoʼllar bilan turli harakatlarni bajarish; aylanib qorinda yotish, qoʼlni uzatib biror buyumni ushlab turish; qorin bilan yotgan holda oldinga uzatilgan qoʼlni, yelka va boshni koʼtarish kabilarni oʼrgatish.
Saflanish va qayta saflanish. Mustaqil holda alohida guruhchalarga va butun guruh bilan bir qator boʼlib saflanish, doira boʼlib saflanish, alohida guruhga qayta saflanish, moʼljal boʼyicha tekislanish, ishoraga koʼra chapga, oʼngga, orqaga aylanish mashqlari bajariladi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
Qoʼl va yelka uchun mashqlar. Dastlabki holat: gavda tik tutilgan, oyoqlar yelka kengligida ochilgan, qoʼllar koʼkrak oldida; qoʼllar yelkada; tirsaklar tushirilgan birinchi holatdan yon tomonga choʼzish, qoʼllarni tirsakdan bukish va toʼgʼrilash ikkinchi holatdan qoʼllarni yuqoriga koʼtarish, qoʼllarni bosh orqasiga qoʼygan holatdan yon tomonga yozish, yuqoriga koʼtarish, barmoqlarni qulf qilgan holda qoʼllarni oldinga va yuqoriga koʼtarish, ikkala qoʼlni galma-gal, bir vaqtda yuqoriga koʼtarish va orqaga uzatish, barmoqlarni bukish va yozish.
Oyoq uchun mashqlar. Turgan joyda qadam tashlash; ketma-ket bir necha marta oʼtirib turish, oyoq barmoqlari bilan mayda narsalarni qisib olib koʼtarish va pastga tushirish; ularni bir joydan ikkinchi joyga qoʼyish, tovonda yon tomonga yurish.
Gavdani rivojlantiruvchi mashqlar. Devorga yopishib tik turish qoʼllarni yuqoriga koʼtarish va tushirish; gimnastika devoriga yelka bilan yopishib turish, oyoqni bukilgan va yozilgan holda navbati bilan koʼtarish, tanani oldinga bukish, engashish va tayanib oʼtirish. Chalqancha yotib oyoqlarni bir-biriga chalishtirib harakat qilish; oʼtirgan holda boshni oyoqqacha engashtirish; qoringa yotgan holda qoʼllarga tiranish, gimnastika devoriga osilib gavdani koʼtarish. Qoʼlni-qoʼlga berib juft boʼlib aylanish.
Saflanish va qayta saflanish. Mustaqil ravishda saflanish, qatorga turish; ikki guruhga boʼlinib turish, aylana boʼylab turish; bir safdan bir necha guruhga boʼlinish va qayta saflanish; chap va oʼng tomonga saflanish; chap va oʼngga qadam tashlab burilish qilish. Oyoq uchiga qarab tekislanish, burchak hosil qilib ketma-ket yurish.
Sogʼlomlashtirish ishlarini tashqil etish
Ertalabki badantarbiya. Har kuni kattalar nazoratida ertalabki badantarbiya mashqlarini ochiq havoda, gilamcha ustida, yengil kiyimda, buyumlar bilan (buyumlarsiz) bajarish, mashqlarni suv muolajalari bilan tugallash. Muayyan izchillikda qomatni toʼgʼri tutgan holda mashqlarni bajarish.
Qomatni toʼgʼri tutish. Badantarbiya va mashgʼulotlarga qomatni toʼgʼri shakllantiradigan, yassitovonlikning oldini oladigan mashqlarni kiritish (kattalar bilan birgalikda). Qomatni mustaqil nazorat qilib yurish qoidalariga rioya qilish: orqa bilan devorga suyanib, tik turish, devorga yelkani tekkizib turish, yurishda anna shunday holatni saqlash.

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish