Reja: Turli guruhlarda saflanish mashqlari



Download 26,31 Kb.
Sana27.06.2022
Hajmi26,31 Kb.
#711630
Bog'liq
jis 1-3 mavzu


1.MAVZU: Saflanish va qayta saflanish mashqlari, harakat mashqlari va umumrivojlantiruvchi mashqlar
Reja:

  1. Turli guruhlarda saflanish mashqlari

  2. Saflanish shakllari

I va II kichik guruhlarda saflanish va qayta saflanish bo‘yicha kichik guruhlar va bunda guruh bilan (tarbiyachi yordamida; mo‘ljalga qarab mustaqil ravishda) aylana bo‘lib bir qator bo‘lib saf tortish, safda o‘z joyini topish, o‘z joyida qadamlab burilish.
O‘rta guruh bolalari bilan saflanish va qayta saflanish. Dastur bo‘yicha quyidagi saflanish va qayta saflanishlar tavsiya etiladi: mustaqil ravishda kichik guruhlar va butun guruh bo‘lib kolonnaga saflanish, doiraga juft bo‘lib sherengaga saflanish, zvenolarga qayta saflanish, mo‘ljal bo‘yicha tekislanish, chapga, o‘ngga, orqaga (krugom) aylanish.
Katta guruhlarda saflanish va qayta saflanish. Mustaqil ravishda kolonnaga, qatorga, ikki kolonnaga juft bo‘lib, ikki va undan ko‘proq aylana bo‘ylab tizilib saflanish. Bir kolonnadan birnecha (3-4) kolonnaga qayta saflanish. Chapga va o‘ngga qadam tashlab burilishlar qilish, kolonnada oldinma-ketin tizilib tekislanish, qatorda chiziqqa, oyoq uchlariga qarab tekislanish, kolonnada qo‘llarini oldinga cho‘zgan darajada oraliqni saqlash, qator va aylana bo‘lib turganda, yon tomonga qo‘l cho‘zilganda bir-biriga xalaqit bermaydigan masofadagi oraliqda turish.
Tayyorlov guruhlarida saflanish va qayta saflanish. Mustaqil, tez va uyushqoqlik bilan bittadan, ikkitadan saflanish, aylana bo‘lib, birnecha kolonna bo‘lib, bir qator bo‘lib saflanish, kolonnada bir qator turgan joyda tekislanish. Bitta kolonnadan yurib turib birnecha kolonnaga, bitta aylanadan birnecha aylanaga qayta saflanish. Burilishlarni (o‘ngga va chapga) bajarish. “Bir-ikki” deb sanash, bir qatordan ikki qator bo‘lib qayta saflanish. Uch kolonna bo‘lib, saflanayotganda, yon tomonga qadamlar qo‘yib, saflar orasini ochish va yopish. Harakat vaqtida maydon burchaklarida burilishlar qilish, yurib kelib, hammaning baravariga to‘xtashini mashq qilish.
Ertalabki gimnastika va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining birinchi qismi uchun quyidagi mashqlarni tavsiya etish mumkin.
Mashg‘ulotlar uchun mashqlar
Yo‘nalishni o‘zgartirib tez yurish.
Tizzalarni baland-baland ko‘tarib yurish.
3 marta prujinasimon, 3 marta to‘liq o‘tirib yurishlar.
Yonma-yon bir qatorga saflanish.
Bir joyda turib, chapga va o‘ngga burilib saflanish.
Ilon izi bo‘lib va hushtak bo‘yicha to‘xtab yugurish.
Tez yurib, yo‘nalishni o‘zgartirib yurish.
Katta va kichik doirada me’yorida yugurish.
Diaganol bo‘ylab chopib yugurish, asta-sekin yurish.
Zal bo‘ylab tarqalib yurish va yugurish.
Signal berilishi bilan bitta qatorga saflanish, keyin ikki doiracha saflanish.
Oyoq uchlarida, tovonlarda, oyoqning yon tomonlarida yurish. Tez yurish, sekin yugurish.
Bitta qatorda yurish, yo‘lni o‘zgartirib yugurish, yurish, signallar bo‘yicha to‘xtab, yana yurish.
Har qadamda bosh ustida chapak chalib yurish.
Ikkitadan juft-juft bo‘lib yurish, ikkitadan keng tarqalib yugurish, signal bo‘yicha o‘z sherigini izlab topish, ikkita qa- torga saflanish.
Doiracha saflanish, “Andijon polkasi” musiqasi jo‘rligida qadamlarda yurish. Lentalar bilan har tomonga ilon izi va to‘xtashlar bilan yurish, yugurish. 3 guruhga bo‘linib saflanish.
Bu mashqlardan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga birinchi qismiga saflanish va qayta saflanish mashqlari kiritiladi. Ular quyidagi tartibda plan konspektga yozib borish tavsiya etiladi. Mashqlar katta guruh bolalariga mo‘ljallangan.
Bir, ikki, birnecha doira shaklida saflanish.2.Yarim doira shaklida.3.Ketma-ket bo‘lib saflanish.4.Bir qator bo‘lib saflanish.5.Ketma-ketlikda ikkita, uchta bo‘lib saflanish.6.Diagonal bo‘lib saflanish.7.Shaxmat uslubida saflanish.Qayta saflanishlar1.Bir doiradan birnecha doira hosil qilish.2.Bir ketma-ketlikdan 2–3–4 ketma-ket hosil qilish.3.Tarqalib turish (bironta predmetlar yonida turish).
Burilishlar1.Yarim burilish (180°).2.To‘liq burilish (360°).3.Chap va o‘ngga burilishlar.4.O‘yinchoqlar yoki turli buyumlar tomoniga burilish.5.Orqaga burilish.Saflanishlar– sherenga bu shunday saflanish turiki, undabolalar yonma-yon turishadi. Ular o‘rtasidagi oralig‘i bir qo‘lkafti. Sherengada turgan bolalar to‘g‘ri turib, to‘g‘ri dastlabkiholatda bo‘lishadi (oyoqlari kichik ariqcha, qaddi-qomatto‘g‘ri).Kolonnada bolalar ketma-ket turishadi. Ularning orasidagimasofa uzatilgan qo‘l uzunligiga teng bo‘ladi. Kolonna turishdabolalarning dastlabki holatlari: tovonlari birlashtiriladi; oyoquchlari keriladi, qaddi-qomat tik turadi.Doira va yarim doiracha bo‘lib saflanish uchun tarbiyachibolalarga qo‘l ushlab turishni taklif qiladi. Bunday saflanishasosan kichik guruhlarda foydalaniladi.Birinchi kichik guruhlarda saflanish va qayta saflanish hambir-birining orqasidan turib, doira va juft-juft bo‘lib turish hambu yoshdagi bolalarga qiyinlik qiladi. Katta guruhda tashkiliyravishda harakatlanish ularni charchatadi. Shuning uchundastlabki vaqtlarda saflanish mashqlari bolalarni 6–8 kishilikkichik-kichik guruhlarga bo‘lib o‘tkaziladi. Shu yo‘l bilan asta-sekin butun guruh saflanish mashqlariga jalb qilinadi.Saflanish mashqlarining barchasi tarbiyachining yordamidao‘tkaziladi. U har bir bolaga uning boshqa bolalar orasidagi turadigan joyini ko‘rsatib beradi. Masalan: “Ma’mur, sen Jamilaningyoniga tur. Oliyaxon, sen ham ular bilan birga tur!” – deydi vahokazo. Agar bola shundan keyin ham saflanish vaqtida yaxshimo‘ljal ololmasa tarbiyachi uning yoniga kelib qo‘lidan ushlab,yetaklab, uning joyiga olib borib qo‘yadi. Kichik guruhdabolalar kim bilan yonma-yon turishni xohlasalar o‘sha bilantarbiyachining yordamida juft-juft bo‘lib saflanadilar.Doira bo‘lib saflanish uchun quyidagi usullarni tavsiyaetish mumkin. Bolalar dastlab bir qator bo‘lib qo‘l ushlashibturishadi. Tarbiyachi safda birinchi va oxirgi bolaning qo‘lidan ushlab doira ushlaydi. Ikkinchi usul: polga stul yoki qandaydiryaxshiko‘rinadigan buyum (kegli, kubik va boshqalar)qo‘yilib, bular doiraning markazini ifoda etadi. Bolalarga manashu buyumga qarab qo‘l ushlashib turish taklif qilinadi. Keyindoirani kengroq olib orqaga qadam tashlanadi. Tarbiyachihamisha bolalar bilan birga doira safida bo‘ladi va bolalardoirani buzmasliklarini kuzatib boradi.

2.MAVZU: Ertalabki badantarbiya mashqlari


Reja:

  1. Ertalabki badantarbiya mashqlarining sog‘lomlashtiruvchi turlari.

  2. Ertalabki badantarbiya mashqlarining asosiy shakllari.

Ertalabki badantarbiya mashqlarining sog‘lomlashtiruvchi turlari. Maktabgacha ta’lim muassasalar tarbiyalanuvchilari ertalabki badan tarbiya mashqlarini o‘z ichiga oladi. Ertalabki badantarbiya mashqlarining bu turlari shug‘ullanuvchilarni har tomonlama jismoniy kamolotga yetkazish, salomatligini mustahkamlash va harakat funksiyalarini takomillashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Ertalabki badantarbiya mashqlarida sport turlari. Bu guruhga sport ertalabki badantarbiya mashqlari, badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari kiradi. Bu turlar sport yo‘nalishiga ega bo‘lib, sport turlari sifatida targ‘ib etiladi. Bulardan maqsad, mashqlarni ijro etish texnikasida yuksak kamolotga erishish, yuksak sport mahoratini ko‘rsatish, hamda har yoqlama yuksak jismoniy tayyorgarlik asosida ertalabki badantarbiyamashqlari ko‘p murakkab mashqlarini bajara bilishga erishishdan iborat. Ertalabki badan tarbiya mashqlarining amaliy turlari.
Ertalabki badantarbiya - amaliy mashqlarning bir ko‘rinishidir, ertalabki badantarbiya yanada tezroq va to‘la ravishda bolaning sog‘lig‘ini tiklash uchun qo‘llaniladi, yana jismoniy sifatlarni rivojlantirishda chidamlilikda qo‘llaniladi
Ertalabki badantarbiya - amaliy mashqlarning bir ko‘rinishidir, ertalabki badantarbiya yanada tezroq va to‘la ravishda bolaning sog‘lig‘ini tiklash uchun qo‘llaniladi, yana jismoniy sifatlarni rivojlantirishda chidamlilikda qo‘llaniladi. Ertalabki mashqlarning vositalari - saflanish mashqlari, harakatlanishning va raqs qadamlarining xillari; umumiy ritmik mashqlarning buyumlarsiz va buyumlar bilan bajarilish turlari (tayoqlar, gantellar, arg‘imchoqlar, to‘plar va boshqa), mashqiy devordagi mashg‘ulotlar halqlarda va amaldagi mashqlar (yugurish, sakrash, o‘rmalash, oshib o‘tish)
Maktabgacha ta’lim muassasalarda ertalabki badantarbiya mashqlarining asosiy shakllari:
Maktabgacha ta’lim muassasalarda ertalabki badantarbiya
mashqlarining asosiy shakllari:
Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotdan oldin o‘tkaziladi. Uning ahamyati: organizmni chiniqish jarayoniga tayyorlash. Ertalabki badantarbiya 7-15 dakika davom etadi. Badantarbiya mashqlari 5-7 ta mashg‘ulotlardai iborat. Eng kup og‘irlik mashg‘ulotlarning o‘rtasida o‘tkaziladi.
Bolalar bog‘chalari guruhlarida ertalabki mashqlar sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Kun tartibining ajralmas qismi bo‘lgan holda u har bir bola uchun majburiydir. Har kuni uyg‘ongach (5-7 daqiqadan so‘ng) maxsus tanlangan 7-12 jismoniy mashqlar 10-15 daqiqa davomida organizm faoliyatini faollashtiradi, tananing to‘g‘ri o‘sishidagi ko‘nikmalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, yassi oyoqlikdan ogohlantiradi. Ertalabki mashqlarda ishtirok etish bolalarda foydali bo‘lgan har kuni bajariladigan estalabki jismoniy mashqlarni bajarishni ta’minlaydi.
Aqliy va jismoniy mehnatning ishlab chiqaruvchanlik darajasi birmuncha pasaygan bo‘ladi
Aqliy va jismoniy mehnatning ishlab chiqaruvchanlik darajasi birmuncha pasaygan bo‘ladi. Ertalabki jismoniy mashg‘ulotlarning ahamyati markaziy nerv sistemasiga kuchli analizatorlarnnng retseptorlarining signallari oqimi kelib tushadi, ayniksa proporsiya-retseptorlardan, bu markaziy nerv tizimining tez ko‘zg‘alishiga va mehnatga yarokliligi me’yorini qayta tiklaydi.
Ertalabki mashqlar teri retseptorlarining sovuqqa va suv bilan bo‘ladigan ta’sirlari birgalikda o‘tkazilsa, nerv sistemasining ko‘zg‘alish jarayoni tezrok yulga qo‘yiladi. Tashqi muxitdagi ayrim kuzatuvchilarni ta’sirlari (suv jarayonlari, toza havo va quyoshning ta’siri) nerv tizimining ko‘zg‘alishi bilan bir qatorda organizmning chiniqishiga yordam beradi.
Badantarbiya mashqlarning harakteristikasi
Badantarbiya mashqlarning harakteristikasi. Safda turib bajariladigan mashqlar bu qiyin bo‘lmagan harakatlantiruvchi mashqlardir.
Umumrivojlantiruvchi mashq (ertalabki badanarbiya mashqlari xamma turlarida keng foydalaniladi. Bu unchalik qiyin bo‘lmagan harakatiga keltiruvchi mashq), ya’ni har xil muskullar guruxini jismoniy layoqatini yanada chuqurlashtirish, elementlar, harakatga keltiruvchi ko‘nikmani qo‘lga kiritish, predmetlar bilan ishlash, umumiy jismoniy tayyorgarlikii rivojlantirish maqsadida bajariladi.
Qo‘shimcha mashqni va ko‘nikmani atrof- muxit bilan bir-biriga aktiv ta’sir etuvchi badantarbiya vositadir.
Erkin mashq bu ertalabki badantarbiyamashqlarining bir turi bo‘lib chidamlilikni oshirishga rivojlantirishga yunaltirish.
Badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari.
Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari va uning turlari.

Ritmik mashqlari sog‘lomlashtirish yunalishidagi badantarbiya mashqlarining ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy mazmuni yugurish, sakrash, uyin ko‘rinishlari hisoblanadi. Bularning hammasi sog‘liqni oshirishga yordam beradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari bilan hamma turli xil yoshdagi bolalar shug‘ullanishi mumkin. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlarida harakat chegaralanmagan bo‘ladi, gavdaning hamma qismiga ta’sir qiladi, chaqqonlik, epchillik, egiluvchanlik, chidamlilik. Musiqaviy ritm harakatlarni tashkillashtiradi, shug‘ullanuvchilarning kayfiyatini ko‘taradi. Xis - tuyg‘ularning ijobiy xolati harakatlarni yanada g‘ayrat bilan bajarishga undaydi, bu narsa ularning - organizmga ta’sirini kuchaytiradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari atletika yo‘nalishga ega bo‘lishi mumkin, agar harakatlarda chidamlilikka, plastiklikka, o‘yin yoki aralash mashqlar ustun turadi. Mashqlar majmuida raqsiy daqiqalar ko‘pchilikni tashkil etadi.


Ritmik badantarbiyaning vazifalari quyidagilarga qaratilgan:
Sog‘liqni har tomonlama saqlash va mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, chiniqtirish, organizmning tashki muhitni noqo‘lay bo‘lgan sharoitlariga chidamliligini oshirish;
Shaxsning ma’naviy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘z kuniga ishonchni tarbiyalash va ijodiy xususiyatlarini rivojlantirish;
Shug‘ullanuvchilar tomonidan jismoniy mashqlarni mustaqil qo‘llash uslubi va jismoniy tarbiya asoslari bo‘yicha ma’lum doiradagi bilimlarga ega bo‘lish;
Doimiy ravishdagi jismoniy mashqlar mashg‘ulotlariga barqaror qiziqish va odatlarni tarbiyalash, jismoniy tarbiyani kun tartibiga kiritish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. "Bolalar bog`chasida jismoniy tarbiya" T.I.Osokina "O`qituvchi" Toshkent 1976yil
2. "Uchinchi ming yillikning bolasi" Tayanch dasturini amaliyotga tatbiq etishga yo`naltirilgan qo`llanma Toshkent "Ma`rifat-madadkor"
3. "1001 o`yin" T.O`smonxo`jaev, F.Xo`jaev "Ibn Sino" Toshkent 1990 yil
4. "Harakatli o`yinlar" T.Usmonxo`jaev, F.Xo`jaev "O`qituvchi" Toshkent 1992 yil
5. "500 mashq va harakatli o`yinlar" 1 qism O`zDJTI nashriyoti Toshkent 1999yil.
3. MAVZU: MTTda harakatli o’yinlarning ahamiyati
Reja:

  1. Harakatli o’yinlar turlari

  2. Xalq milliy harakatli o`yinlarning o`ziga xos xususiyati

O`zbekiston Prezidentining qator farmonlari va Respublika xukumatining ko`pgina qarorlari sog`lom oila, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, ta`limtarbiya hamda ular bilan bevosita bog`liq bo`lgan faoliyatlarni yanada yaxshilashga qaratilganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa "Ta`lim to`g`risida" (1997y), "Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida"gi (2000 yil yangi tahrir) qonunlar mazmunida maktabgacha bolalar tarbiya muassasalarining ish faoliya-tini yaxshilash va mehnat samaralarini yanada oshirish kabi muhim jarayonlar o`z ifodasini topgan.
Xar bir millat xalqning o`ziga xos o`yinlari, uning qoidalari mavjud. O`zbek xalqining milliy o`yinlari xalq madaniyatining ish faoliyati va atrof-muhiti bilan bog`liq. Pedagogik yondashishda ular yosh bolalarning jismoniy va aqliy faoliyatini oshirib boradi. O`zbek xalq o`yinlarida o`zbek xalqining xarakteri, samimiyligi, to`g`ri so`zligi, jasurligi yaqqol namoyon bo`ladi. Ijodiy izlanish faollik va do`stlik munosabatlarini qatnashuvchidan talab qiladi. O`z mazmun jihatidan o`zbek xalq o`yinlari sodda va tushunarlidir. Harakatli o`yinlar bolaga xursandchilik bag`ishlaydi, hayot tonusini oshiradi, o`yin syujetiga zamin yaratadi.
O`zbek xalq o`yinlarining yana bir asosiy tomoni shundaki u bolalarda axloqiy his-tuyg`uni tarbiyalaydi. Masalan: "Qoch bolam qush keldi" o`yinida bolaning harakat koordinatsiyasi yaxshilanadi, bir-biriga yordam berish, diqqatli bo`lish, birdamlik sifatlarini tarbiyalaydi. Xalq va harakatli o`yinlar jismoniy rivojlanishiga hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalashga imkoniyat yaratadi. O`quvchilar turli o`yinlar jarayonida o`z harakatidan quvonibgina qolmay, hayotni sevishga, uning go`zalligini bilish, salomatlikni nazorat qilishga, Vatan uchun mehnat qilishga ham o`rganadi. Bu o`yinlar ochiq havoda yakkama-yakka va guruh bo`lib o`tkaziladigan o`yinlar hamda quyidagi jismoniy mashqlardir. Arqondan yakkama-yakka va guruh bo`lib sakrash, kim o`zarga yugurish, to`pni otish va ilish, koptokni nishonga va uzoqqa irg`itish, otga minish va shu kabilar.
Xalq milliy harakatli o`yinlarning o`ziga xos xususiyati shundaki, ularda dasturga kiritilgan hamma asosiy harakatlar o`rin topadi: yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, otish va boshqalar. Shu boisdan o`tkazilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining bolalar salomatligini asrash va yanada yaxshilash, ularning jismoniy tayyorgarligini oshirish, jismoniy sifatlarini tarbiyalashda ahamiyati kattа.
Shular qatori harakatli o`yinlarning bolalar hayotida, bog`cha kun tartibida o`rin egallashini aniqlash hamda ularni musobaqa tarzida tashkil qilish va o`tkazish usul, uslublarini tanlash xam katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun sog`likning poydevorini eng kichik yoshdan boshlash kerak. Hamma o`yinlar harakat turiga qarab turkumlarga taqsimlangan, ular yugurish elementlari, sakrash elementlari irg`itish elementlari, olib otish, emaklab o`tish elementlarini o`z ichiga olgan. Shu o`yinlar qatori bolalarga o`yin qoidalari, o`yinlarni tashkil qilish va o`yinlar to`g`risida bilim berib borish lozim. Yuqorida aytganimizdek, xalq va milliy harakatli o`yinlarning asosiy xususiyatlaridan biri bolalarda ahloqiy hissiyotni tarbiyalashdir. Unda bolalarning o`yin qatnashchilari bilan ko`proq o`zaro munosabda bo`lishlari, tashkilotchilik va intizom namoyon bo`ladi.
II.1.HARAKATLI O`YINLARNI TANLAB OLISH VA O`TKAZISH QOIDALARI
Harakatli o`yinlarni tanlab olishda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlarii hisobga olishi hamda jismoniy mashqlarni mos ravishda belgilay olishi kerak.
Bola 7 yoshga etib maktabga qadam qo`yganida uning tayyorgarligi darajasini hisobga olish zarur. Masalan, sakrash o`yinlarini o`tkazishda ehtiyotkorlik talab etiladi, chunki avvalo bolalarni sakrash usullariga jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida o`rgatish lozim. Albatta, bog`cha bolalarining harakat ko`nikmasi va malakasini rivojlantirishda gap harakat texnikasini chuqurroq o`rgatishda emas. Masalan, bolalar uzunlikka yugurib kelib sakrashga o`rgatilgandagina bo`lsa, avval ularni sakrash oldidan birdaniga to`xtab qolmaslikka, yugurishni sekinlashtirmaslikka, sakrashdan oldin bir oyoqda depsinib, ikkala oyoq bilan yumshoq tushishga o`rgatish lozim. Faqat shundan so`ng sakrash o`yinlariga o`tilsa bo`ladi, chunki bu kabi o`yinlr tufayli bolalarda sakrash uchun zarur bo`lgan ko`nikma va malakalarni hosil qilish mumkin, bundan tashqari, shu kabi harakatli o`yinlar chaqqonlik, jasurlik kabi jismoniy xususiyatlarni ham rivojlantiradi.
Harakatli o`yinlarni tanlab olishda, eng avvalo, tarbiyachi kitob va qo`llanmalarda berilgan o`yinlarning jismoniy va psixologik ta`siri jihatlarini bilishi kerak. Yana shuni unitmaslik kerakki, o`yin vazifasi qo`yilganda faqat harakatlarga mos bo`lishi shart emas, balki harakatli o`yinlar yordamida bolalar ruhiyatida bir-biriga yordamlashish, qo`llab-quvvatlash xislatlarini tarbiyalash lozim. Buning uchun "Qoch bolam sor keldi", "Pir-r etdi", "Ikki yaxob", "Mushuk keldi" va boshqa o`yinlardan foydalansa bo`ladi.
Maktabga tayyorlov guruhlari bog`cha yoshidagi bolalarga harakatli o`yinlarni tanlab olishda ularning qiziqishini hisobga olish zarur. Bu yoshdagi bolalarni o`yinlardagi bo`ri, qo`zi, sichqon, mushuk qiyofasi, sur`ati, nimalar qilishi qiziqtirmaydi, aksincha ularning hatti-xarakati, masalan mushukning chaqqonlik bilan sichqonni sakrab ushlab olishi qiziqtiradi. O`yinlarda harakatlar murakkablashib boradi. Masalan, "Bo`rilar zovurda" o`yinida bolalar yugurib kelib to`xtab qolishi, so`ngra sakrab, chaqqonlik bilan bo`rilarga tutqich bermasdan zovurdan o`tishi kerak. Bu yoshdagi bolalarga, shuningdek ikki tomon bo`lib o`ynash, qarama-qarshilikning mavjud bo`lishi ko`proq qiziqtiradi. Masalan, "Ikki yaxob" o`yinida bir tomon-"yaxoblar" bolalarni "yaxlatib" qo`yishga intildi va boshqa tomon "yaxlatilib" qolishdan qochishga harakat qiladi.
Bog`cha bolalari bilan turli estafetalarni uyushgan holatda o`tkazish oson emas. O`yin-estafetasini o`tkazish bir qaraganda oson tuyuladi, lekin bolalar o`yinlarini kuzatish natijasi shularni ko`rsatadiki, bunaqangi o`yinlar bolalar uchun hech qanday tushuncha bermaydi, oqibatda ular bolalarda tartibchanlikning buzilishiga, sabrsizlik, betoqatlik, xunob bo`lishlik, bir-birini turtish, asabiylikka olib kelishi mumkin. O`yinda yutqazgan hamda g`olib bo`lgan komanda bolalarini o`yin tugagandan keyin tinchlantirish juda murakkab kechadi.
Maktabga tayyorlov guruhidagi bolalar tarbiya talab bo`lgani uchun ham ularda sezgirlik, tez yugurish, chaqqonlik bilan predmetlarni uzatish, olib berish kabi ko`nikmalar hali hosil bo`lmaganligi hamda komanda oldida mas`uliyat hissi shakllanmaganligi, bir hatti-harakatni aniq baholay olmasligi, boshqalarning xarakatini ham yaxshi tushunmasligi kuzatiladi. Bu fazilatlar va jismoniy sifatlar etishmaganligi uchun xam ularni tarbiyalash lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning hozircha o`zini yaxshi tuta bilmasligini e`tiborga olib, guruhlarni ikki jamoaga emas, balki 4-5 guruhlarga ajratib olish zarur. Bu guruhlar ketma-ket holatda turmay bir-birini yaxshi ko`rib turishi uchun o`tirib olishi ham mumkin, chunki navbati bilan startga chiqish tartibini saqlab turadilar. Bunday o`yinlarda bolalar bir-birini kuzatadi, har bir guruhdan bitta ishtirokchi tezlikda, chaqqonlikda, aniq nishonga olishda mahoratini ko`rsa-tadi. G`olib chiqqan o`yinchi o`z jamoasiga ochko keltiradi. O`yin tugagandan keyin to`plangan ochkolar hisoblab ko`riladi. Eng ko`p ochko to`plagan jamoa holib deb topiladi.
O`yinni tashkil etishda barcha shart-sharoitlar to`g`ri hisobga olinsa, uning tarbiyaviy ahamiyati oshiб boradi. Buning uchun o`yin paytida bo`ladigan chiziqlar, chegaralar masofalari, kerakli o`yin predmetlari: koptok, bayroqcha kabilar taqsimlanib berilishi lozim, keyinchalik esa bolalarni o`z-o`ziga xizmat qilishga odatlantirish kerak
Download 26,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish