Samaraqand davlat universiteti



Download 1,26 Mb.
bet31/81
Sana23.05.2023
Hajmi1,26 Mb.
#942745
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81
Bog'liq
e6d665e454f413c43706cccc78f7ebd5 MAKTABGACHA TA`LIMDA DASTLABKI GIMNASTIKANI TASHKIL ETISH (1)

Nazorat savollari

1. Gimnastika mashqlarini oʼrgatishning asosiy vazifalari nimadan iborat?


2. Mashqlarni oʼrgatishdagi asosiy qoidalarni ayting.
3. Gimnastika mashqlarini oʼrgatishda onglilik va faollilik tamoyillari qanday oʼringa ega?
4. Gimnastika mashqlarini oʼrgatishda koʼrgazmalilik tamoyili qanday ahamiyatga ega?
5. Gimnastika mashqlarini oʼrgatishda osonlik tamoyili qanday oʼringa ega?

3-mavzu: Dastlabki gimnastika mashg`ulotlari vositalari


Reja:
1.Gimnastika mashgʼulotining tuzilishi
2. Mashgʼulot vositalarini tanlash
3.Umumrivojlantiruvchi mashqlar tasnifi
4.Mashqlarni meyorlash
Tayanch iboralar: pedagogik, saf mashqlari, umumrivojlantiruvchi, erkin mashqlar, gimnastika, akrobatika, bolalar, usul, yaxlit usuli, uzluksiz, vosita, oʼrgatish,
Maxsus ishlab chiqilgan harakat formalari gimnastikaning tipik vositalari (mashqlari) hisoblanadi. Ular yordamida odamning hayotiy muhim harakatlantiruvchi qobiliyatlari takomillashtiriladi. Koʼp mashqlar odamlarning mehnat harbiy va turmush faoliyatidan (yurish, yugurish, tirmashib chiqish, sakrash, emaklash, muvozanat saqlash, uloqtirish, toʼsiqlardan oshib oʼtish, yuk tashish va h,k.) olingan.
Boshlangʼich gimnastika amaliyoti haqidagi ilmiy bilimlar rivojlana borgan sayin bir butun harakatlantiruvchi faoliyatdan ajratib olingan elementar harakatlardan iborat mashqlar paydo boʼla boshladi. Bu mashqlar asosan harakat asoslarini oʼrgatish uchun, jismoniy hislatlarni rivojlantirish va turli pedagogik vazifalarni hal etish uchun qoʼllaniladi. Tananing ayrim aʼzolariga moʼljallangan hamda turli gimnastika asboblarida ijro etiladigan mashqlar shular qatoriga kiradi.
Gimnastika mashqlari pedagogik vazifalarga hamda harakatlantiruvchi faoliyat strukturasiga muvofiq tarzda quyidagi asosiy guruhlarga boʼlinadi:
Mashgʼulot vositalarini tanlash
Boshlangʼich gimnastika mashgʼuloti mazmunini belgilovchi asosiy manba – bu “Ilk qadam” dasturidir. Biroq mashgʼulot oʼtkazishda bitta umumiy dasturda nazarga olish mumkin boʼlmagan sharoitlar uni uslubiy jihatdan yoritib berishni va baʼzi hollarda ayrim toʼldirishlar kiritishni taqazo etadi.
Har bir mashgʼulot jarayoni bosqichinig yakuniy maqsadini belgilab olish, qisqa vaqt uchun vazifalarni hamda ularga muvofiq boʼlgan vositalarni aniqlash mumkin. Jismoniy tarbiya instruktori mashgʼulotda bolalar amaliy va sof gimnastika mashqlarining oqilona bajarilishi uslublariga oʼrgatadi. Har qanday boshlangʼich gimnastika mashqini oʼrgatish imkoniyatini taʼminlaydigan eng muhim shartlaridan biriь bolalarning jismoniy sifatlari rivojlanish darajasining oʼrganilayotgan mashq qiyinchiligiga muvofiqligidir. Demak, gimnastika boʼyicha mashgʼulotlari tarkibiga jismoniy rivojlanishni taʼminlaydigan mashqlar kirishi zarur.
Boshlangʼich gimnastika bilan bola, chaqqonlik va egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlardan tashqari, oʼz harakatlarini uning yoʼnalishi, amplitudasi, vaqti, mushak kuchlanishlari darajasiga koʼra tabaqalashtira olishi, yaʼni oʼz harakatlarini boshqara bilishi zarur.
Shunday qilib, boshlangʼich gimnastika boʼyicha mashgʼulotning asosiy vositalari quyidagilardan iborat:
1. Bolalarning jismoniy rivojlanishini taʼminlaydigan mashqlar.
2. Bolalarning muvaffaqiyatli oʼrgatishga yordam beradigan yaqinlashtiruvchi va qoʼshimcha mashqlar.
3. Bolalarning koordinatsion imkoniyatlarini oshiradigan turli xil boshlangʼich gimnastika mashqlari.
4. “Ilk qadam” dasturi koʼzda tutilgan, bolalar kontingentiga muvofiq boʼlgan mashqlar.
Vositalar
Boshlangʼich gimnastika mashgʼulotlarining kirish qismida, odatda, past shiddatli mashqlar qoʼllaniladi: saflanish mashqlari, harakatlanishlarning (turli xil yurishlari, raqs harakatlari) har xil turlari, buyumlar va buyumlarsiz mashqlar, gimnastika devorchasi hamda oʼrindigʼidagi mashqlar. Haddan ortiq shiddatga ega boʼlgan mashqlar mashgʼulotning asosiy qismida bolalarning ish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Shu sababli, mashgʼulotning kirish qismida bolalar chaqqonlik va egiluvchanlik kabi harakat sifatlarini rivojlantirmaslik lozim.
Kirish qismi uchun muayyan mashqlarni tanlash boshlangʼich gimnastikaning oʼziga xos xususiyati, mashgʼulot oʼtish sharoitlari va birinchi navbatda, uning vazifalari, bolalar tarkibi hamda vaziyatga bogʼliq.
Boshlangʼich gimnastika mashgʼulotining kirish qismiga kiritiladigan mashqlar har xildir. Faqat bitta mashgʼulot davomida bolalar, odatda, xususiyatiga koʼra turlicha boʼlgan koʼp miqdorda harakatlarni bajaradi. Bu harakatlanishlarda bolalarning butun harakat apparati ishga tushadi, bola turli xil rejimda (zoʼriqish va boʼshashish maromida) ish bajaradi.
Mashqlar mazmuni mashgʼulot vazifalariga mos kelishi zarur. Аgar unda taʼlim vazifalari hal etilayotgan boʼlsa, unda mashqlar soni kam, ularning shakli esa oddiyroq boʼladi. Аgar unday taʼlim vazifalari hal etilayotgan boʼlsa, mashqlar soni koʼpaytiriladi va mazmuni oʼzgartiriladi.
Mashqlarning almashinishi
Mashgʼulotning kirish qismi koʼpincha saflanish mashqlarini bajarish bilan boshlanadi. Harakatlanishlarning turlari yoki saflanish mashqlari bilan almashtiriladi yoki bevosita ulardan keyin bajariladi. Biroq ayrim hollarda, mashgʼulotning asosiy qismi mazmuniga qarab umumrivojlantiruvchi mashqlar turli xildagi harakatlanishlardan oldin qoʼllanilishi mumkin.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuada shiddatining ortib borishiga qarab taqsimlanadi hamda moʼljallanganligiga qarab almashinadi. Majmua oldidan past shiddatli, sekin maromda bajariladigan, meʼyori cheklangan mashqlarni berish zarur. Majmuani bajarish davomida harakatlar surʼati va meʼyorlanishi ortib boradi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
Umumrivojlantiruvchi mashqlar deb, turlicha tezlik va qoʼlamda maksimal va oʼrtacha muskul zoʼr berishi orqali tananing alohi¬da qismlari bilan bajariladigai harakatlar yoki ularning birikmalariga aytiladi.
Ulardan maqsad — jismoniy sifatlarni rivojlantirish, qaddi-qomatni toʼgʼri shakllantirish, bolalarni murakkabroq harakat malakalarini egallashga tayyorlashdir.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar predmetsiz va predmetlar (gantellar, toʼldirma toʼplar, toshlar, shtangalar, rezina amortizatorlar, tayoqlar va boshqalar) bilan har xil gimnastika asboblarida va shuningdek, bir-biriga oʼzaro yordam koʼrsatish orqali bajarilishi mumkin.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar oʼz strukturasiga koʼra oddiy boʼlib, u bilan barcha yoshdagi bolalar va turli yoshdagi kishilar shugʼullanishlari mumkin. Ularni oʼrgatish juda oddiydir: mashqni oʼzlashtirib olish uchun, uni bola bir necha marta takrorlashining oʼz kifoya. Shuni hisobga olish kerakki, yaxshi oʼzlashtirilgan mashqlarni bajargandagina maksimal zoʼr berish mumkin. Mashqlarni oʼrgatish jarayonida esa, muskullarning qisqarish imkoniyati toʼligʼicha jalb qilinmaydi. Demak, qandaydir jismoniy sifatni rivojlantirish uchun u yoki bu mashqdan foydalanishdan oldin bu mashqni yaxshilab oʼrganib olish zarur.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida tana qismlari va muskul gruppalariga alohida taʼsir koʼrsatish ham mumkin. Bu xususiyat bolalar organizmiga, ayniqsa harakat apparatiga har tomonlama taʼsir koʼrsatish va butun tana muskullarini garmonik rivojlantirish imkonini beradi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarayotganda jismoniy yuklamani boshqarish oson.
Yuklama mashqlar tanlanishiga va bir mashgʼulotda ularning qancha boʼlishiga bogʼliq. Bir xil mashqlar (muskul zoʼr berishi darajasiga va ishda qatnashadigan muskul gruppalarining soniga koʼra osonroq, boshqalari murakkabroq boʼladi.
Yuklama mashq bajarilganda muskul zoʼr berishi darajasiga koʼra oʼzgaradi. Muskul zoʼr berishi darajasini quyidagi usullar: (ayni bir mashqning davom etishini) takrorlanish sonini koʼpaytirish, mashqlarni bajarish tezligini oʼzgartirish, ogʼirlik (narsa)ni oshirish yoki oʼzaro qarshilik darajasini koʼpaytirish dastlabki holatni yoki bajarish usulini boshqacharoq qilish orqali oʼzgartirish mumkin.
Аmaliy mashqlar
Mashqlarning bu guruxiga saf mashqlari, yurish, yugurish, muvozanat saqlash mashqlari, yukni koʼtarish va uni olib yurish, uloqtirish va ilib olish, oshib oʼtish, oʼrmalash va tirmashib chiqishlar kiradi.
Аmaliy mashqlar umumiy jismoniy tayorlashning samarali vositasidir, chunki bola organizimiga xar tomonlama taʼsir koʼrsatadi. Ular yordamida kuch, tezkorlik va bardoshliliklargina emas balki chaqonlikni hamtakomillashtirish mumkin. U mashqlar bolalarning turkumi va mashgʼulot vazifasiga qarab, uning turli qismlarida odatda gurux usulida oʼtkaziladi.
Yurish va yugurish mashqlari har bir gimnastika mashgʼulotining ajralmas qismidir. Yurish va yugurish davomida oyoq va butun tana mushaklarini taranglashishi va bushashishi toʼxtovsiz navbatlantiriladi. Yurak qon-tomir va oʼpka tizimlarining faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi. Mashq qilish meʼyori harakat usulini, shiddatini va xajmini oʼzgartirish orqali onson boshqarilishi mumkin.
Yurish va yugurish asosiy mashqlari - sayr yoki oddiy qadam, saf qadami, tovonlarning turli kirralarida choʼqayib, yarim choʼqayib, hamma qadamlari bilan va x.k. yurishlar. Oddiy yugurish, tizzalarni baland koʼtarib, oyoqlarni orqaga bukib, toʼgʼri oyoqlarni oldinga yoki orqaga siltab va x.k. yugurishlar.
Yurish, sakrash yoki yugurishlarning bir turidan ikkinchisiga harakatda oʼtiladi. Bunda yurish va yugurish usuli va soʼng ijro buyrugʼi beriladi. Masalan, «choʼqqayib-yuring!», «oddiy qadamlab-yuring!» va x.k.
Uloqtirish va ilib olish mashqlari oʼquvchilarning chaqqonligi, tezkorligi, chamalash fazilatlarini rivojlantiradi, oyoq, gavda va ayniqsa qoʼl va yelka boʼgʼimi mushaklarini mustaxkamlaydi.
Uloqtirish va ilib olish mashqlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
1. uzoqlikka uloqtirish;
2. nishonga uloqtirish;
3. uloqtirish va ilib olish;
4. oshirib uloqtirish.
Uloqtirish uchun toʼplar, rezina, 250 grammgacha boʼlgan yogʼoch granatalar qoʼlaniladi.
Mashqlarni oʼtishda tananing ikkala qismiga ham bir xil meyorlash yaʼni, buyumlarni ham chap, ham oʼng qoʼl bilan uloqtirish va ilib olish zarur. Uloqtirish va ilib olishni chaqqonlik kabi fazilatlarn rivojlantirish uchun foydalidir.
Tirmashib chiqishning asosiy mashqlari bular gimnastika
oʼrindigʼi va narvonga tirmashib chiqish, langar yoki arqonga tirmashib chiqish va aralash tirmashib chikishlardir. Bu mashqlarni mashgʼulotning asosiy qismini rejalashtirish zarur.
Mashqlarni masalan, gimnastika devoriga tirmashib chiqish, baland boʼlmagan toʼsiqlardan oshib oʼtishlarni bolalar «badan kizdirish», ruxiy holatini koʼtarish uchun mashgʼulotning boshlanishida ham bajartirish mumkin, toʼsiqlarning zabt etish boʼyicha oʼyin va estafetalarni mashgʼulotning ikkinchi yarmida qoʼllagan maʼqul.
Tirmashib chikishlarning balandligi yoki oʼzoqligini, takrorlash soni va dam olish muddatini oʼzgartirish orqali onson meʼyorlash mumkin.
Tirmashib chiqish mashqlarini bajarganda ayniqsa arqonga tirmashib chikishda butun ogʼirlik faqat yelka boʼgʼini mushaklariga tushmasdan, nafas olish aparatiga ham zoʼrlik tushadi.
Mashgʼulotga moʼljallangan uyinlar muayyan davrda hal qilinadigan taʼlim - tarbiya vazifalariga mos kelishi kerak.
Masalan, gimnastika mashgʼulotlari uchun uning kirish va yakunlovchi qisimlarida qoʼllaniladigan turli estafetalar va toʼsiklarni zabt etish oʼyinlari alohida qimmatga ega. Odatda bular diqqatni talab etadigan uyinlar va bolalarning joʼshqin harakati cheklangan boʼlib, guruxning muvoffaqiyati eng avvalo ularning uyushqoqligiga bogʼliq boʼlgan estafetalar boʼladi: «chambarakdan oʼt», «toʼpni uzat» va boshqalar. Koʼpgina oʼyin topshiriqlari va oʼyin musobaqalari asosiy oʼquv materialining oʼqitilishiga qarab, mashgʼulotning har qanday daqiqasida oʼtkazilishi mumkin. Masalan, «man etilgan harakat» oʼyini umumrivojlantirivchi mashqlar oʼtilayotgan, «xoʼrozlar jangi» oʼyini muvozanat saqlash ustiga mashq qilganda, «qarmoq» oʼyini esa sakrashlar takomillashtirilganda qoʼllaniladi va h.k.
Oʼyinlar sheriklarning harakatlarini va raqobatning borishini kuzatib borishlari uchun guruhlarni «qirra» shaklida, yarim doira yoki joy imkoniyat bersa, bir qatorda saflantirish lozim.
Mashqlarning meʼyorlanishi
Bolalar mashgʼulotda harakatlar oʼlchami bajariladigan mashqlarning murakkabligi hamda ularning takrorlanish soni bilan aniqlanadi. Oʼz navbatida, bir xil mashqning murakkabligi doimiy kattalik hisoblanmaydi. U bolalarning jismoniy rivojlanish va harakat malakasining egallanish darajasi, shuningdek mashqlarning bajarilish surʼatiga qarab oʼzgarishi mumkin.
Shunday qilib, mashqlarni takrorlash soni, bajarilish murakkabligi va surʼati harakat hajmining oʼlchami boʼlib xizmat qiladi.
Boshlangʼich gimnastika mashgʼulotlarida mashqlarni toʼgʼri taqsimlashning asosiy shartlaridan biri – bu uni asta-sekin oshirib borishidir. Biroq buning uchun birmuncha yengil gimnastika mashqlarini bajarish yoʼli orqali (keyinchalik ularning soni asta-sekin oshiriladi) organizmni bunday harakatlarga oldindan tayyorlash lozim boʼladi.
Maktabgacha taʼlim muassasalarida oʼtkaziladigan boshlangʼich gimnastika mashgʼulotining maqsadi va vazifalari bolalardagi turli jismoniy rivojlanishning koʼnikma va malakalarini shakllantirish, ulardagi kuchlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik, kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir.
Muntazam ravishda oʼtkaziladigan gimnastika mashgʼulotlari bolalarning oʼsish va rivojlanish jarayoniga ijobiy taʼsir qilib, ijodiy imkoniyatlarini oshiradi.
1. Bolani salomatligini mustahkamlash;
2. Bolani jismonan baquvvatlashtirish;
3. Bolalarni ahloqiy tomondan ijobiy sifatlarini tarbiyalash.
Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni jismonan tarbiyalash vazifalari:
1-vazifa. Bolalarni maqsadga toʼgʼri yoʼnaltirilgan harakatlarni faollashtirish uchun shart-sharoit yaratish.
2-vazifa. Harakatning hayot uchun muhim turlarini shakllantirish: yurish, yugurish, emaklash, sakrash, oʼrmalash, otish, ilib olish, soʼzish, oyoq, qoʼl, tana, bosh harakatlarini rivojlantirish.
3-vazifa. Saflanish va qayta saflanish. Bu harakat maktabgacha taʼlim muassasalarlardagi mashgʼulotning boshidan-yakunigacha davom etadi.
4-vazifa. Jismoniy sifatlarini rivojlantirish, chaqqonlik, sabr va kuchlilik shu bilan birga gavdani tik tutish malakalarini oshirish;
5-vazifa. Bolalar qomatlarini toʼgʼri shakllantirishga taʼsir koʼrsatish va yassi oyoqlilikni oldini olish.
6- vazifa. Faol jismoniy harakatga boʼlgan qiziqishni tarbiyalash.
7-vazifa. Gimnastika mashqlarining foydasi haqida, asosiy gigienik talablar va qoidalari haqida yetarli darajada tasavvur va bilimlar berish.
Maktabgacha taʼlim muassasaslarida boshlangʼich gimnastika mashgʼulotlarini jismoniy tarbiya instruktori olib boradi. Jismoniy tarbiya instruktorining ish hujjatlari quyidagilardan iborat: “Ilk qadam” oʼquv dasturi asosida yillik reja, haftalik ish rejasi sport tadbirlari stsenariyalari, tarbiyachi bilan hamkorlikdagi ish rejasi, bolalar bilan individual ishlash rejasi, sport musobaqalari rejasi va boshqalar.
Yurish va yugurish asosiy mashqlari - sayr yoki oddiy qadam, saf qadami, tovonlarning turli kirralarida choʼqayib, yarim choʼqayib, hamma qadamlari bilan va x.k. yurishlar. Oddiy yugurish, tizzalarni baland koʼtarib, oyoqlarni orqaga bukib, toʼgʼri oyoqlarni oldinga yoki orqaga siltab va x.k. yugurishlar.
Yurish, sakrash yoki yugurishlarning bir turidan ikkinchisiga harakatda oʼtiladi. Bunda yurish va yugurish usuli va soʼng ijro buyrugʼi beriladi. Masalan, «choʼqqayib-yuring!», «oddiy qadamlab-yuring!» va x.k.
Uloqtirish va ilib olish mashqlari oʼquvchilarning chaqqonligi, tezkorligi, chamalash fazilatlarini rivojlantiradi, oyoq, gavda va ayniqsa qoʼl va yelka boʼgʼimi mushaklarini mustaxkamlaydi.
Uloqtirish va ilib olish mashqlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
1. uzoqlikka uloqtirish;
2. nishonga uloqtirish;
3. uloqtirish va ilib olish;
4. oshirib uloqtirish.
Uloqtirish uchun toʼplar, rezina, 250 grammgacha boʼlgan yogʼoch granatalar qoʼlaniladi.
Mashqlarni oʼtishda tananing ikkala qismiga ham bir xil meyorlash yaʼni, buyumlarni ham chap, ham oʼng qoʼl bilan uloqtirish va ilib olish zarur. Uloqtirish va ilib olishni chaqqonlik kabi fazilatlarn rivojlantirish uchun foydalidir.
Tirmashib chiqishning asosiy mashqlari bular gimnastika
oʼrindigʼi va narvonga tirmashib chiqish, langar yoki arqonga tirmashib chiqish va aralash tirmashib chikishlardir. Bu mashqlarni mashgʼulotning asosiy qismini rejalashtirish zarur.
Mashqlarni masalan, gimnastika devoriga tirmashib chiqish, baland boʼlmagan toʼsiqlardan oshib oʼtishlarni bolalar «badan kizdirish», ruxiy holatini koʼtarish uchun mashgʼulotning boshlanishida ham bajartirish mumkin, toʼsiqlarning zabt etish boʼyicha oʼyin va estafetalarni mashgʼulotning ikkinchi yarmida qoʼllagan maʼqul.
Tirmashib chikishlarning balandligi yoki oʼzoqligini, takrorlash soni va dam olish muddatini oʼzgartirish orqali onson meʼyorlash mumkin.
Tirmashib chiqish mashqlarini bajarganda ayniqsa arqonga tirmashib chikishda butun ogʼirlik faqat yelka boʼgʼini mushaklariga tushmasdan, nafas olish aparatiga ham zoʼrlik tushadi.
Mashgʼulotga moʼljallangan uyinlar muayyan davrda hal qilinadigan taʼlim - tarbiya vazifalariga mos kelishi kerak.
Masalan, gimnastika mashgʼulotlari uchun uning kirish va yakunlovchi qisimlarida qoʼllaniladigan turli estafetalar va toʼsiklarni zabt etish oʼyinlari alohida qimmatga ega. Odatda bular diqqatni talab etadigan uyinlar va bolalarning joʼshqin harakati cheklangan boʼlib, guruxning muvoffaqiyati eng avvalo ularning uyushqoqligiga bogʼliq boʼlgan estafetalar boʼladi: «chambarakdan oʼt», «toʼpni uzat» va boshqalar. Koʼpgina oʼyin topshiriqlari va oʼyin musobaqalari asosiy oʼquv materialining oʼqitilishiga qarab, mashgʼulotning har qanday daqiqasida oʼtkazilishi mumkin. Masalan, «man etilgan harakat» oʼyini umumrivojlantirivchi mashqlar oʼtilayotgan, «xoʼrozlar jangi» oʼyini muvozanat saqlash ustiga mashq qilganda, «qarmoq» oʼyini esa sakrashlar takomillashtirilganda qoʼllaniladi va h.k.
Oʼyinlar sheriklarning harakatlarini va raqobatning borishini kuzatib borishlari uchun guruhlarni «qirra» shaklida, yarim doira yoki joy imkoniyat bersa, bir qatorda saflantirish lozim.
Nazorat savollari
1.Saf mashqlarining tavsifini aytib bering?
2.Saf mashqlari bilan qanday vazifalar hal qilinadi?
3.Saf usullari guruxiga qanday mashqlar kiradi?
4. 5.URM yordamida hal qilinadigan asosiy vazifalarni sanab bering?
5.Oyoqlar holatini va harakatini sanab bering ?
6. Аmaliy mashgʼulotlarga oʼrgatishning xususiyatlarini aytib bering?
7.Аmaliy mashqlar yordamida qanday harakat sifatlar rivojlanadi?
Аdabiyotlar roʼyxati
1.Umarov M.N. Gimnastika –T,: VNESHINVESTROM, 2015.
2. Eshtaev А.K. Gimnastika darsi.-T.: OʼzDJTI, 2004.
3. Raximkulov K. Kichik yoshdagi bolalarning qaddi-qomatini rivojlantirishga moʼljallangan mashqlar va harakatli oʼyinlar.-T.: Tafakkur-boʼstoni, 2015.
4. Morgunova I.I. Gimnastika.- T:, Ilm-ziyo – 2017.4-mavzu: Maktabgacha ta`lim tashkilotida jismoniy tarbiya bo`yicha ta`lim jarayonini rejalashtirish texnologiyasi
Reja:

  1. Maktabgacha ta`lim tashkilotida jismoniy tarbiya va sog`lomlashtirish ishlarini rejalashtirish

  2. Jismoniy tarbiya mashg`ulotlari uchun tahminiy vaqtni taqsimlash

  3. Jismoniy tarbiya va ommaviy tadbirlarni rejalashtirish

Ta`lim jarayonini tashkil texnologiyasini o`zlashtirish mutaxassisga jismoniy tarbiya sohasida maktabgacha ta`lim tashkiloti oldida turgan muammolarni to`liq hal etish, jismoniy mashqlar uchun ajratilgan vaqtdan oqilona foydalanish, bolalarning va pedagoglarning faoliyatini tahlil qilish, shu bilan ularning mehnat samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Ta`lim faoliyatini rejalashtirish va uning natijalarini nazorat qilish bir jarayonning ikki tomonini qamrab oladi.

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish