olti yoshdаn yetti yoshgаchа boʼlgаn bolаlаr bilаn oʼtkаzilаdigаn boshlаngʼich gimnаstikа mаshqlаri texnikаsi (6-7 yosh)
Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar qoʼlami kengayadi va aniqlashadi. 6-7 yoshli bola oʼzini idora qilish va oʼz harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega boʼla boshlaydi. Bu yoshdagi bolada mustaqil faoliyat koʼrsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi, qiziquvchanlik yanada ortadi, kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi, oʼz salomatligini nazorat qila oladi. Bu davrda bolaning boʼyi 122-128 sm ga yetadi, ogʼirligi 25-28 kg boʼladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, borliqni bilishga intila boshlaydi, gigienik malakalari shakllana boradi.
Boshlangʼich gimnastika mashqlari asosida harakatlarni takomillashtirish, jismoniy sifatlar (tezkorlik, chaqqonlik)ni, kundalik harakat faolligiga boʼlgan ehtiyojini shakllantirish. Mashqlarni bajarish paytida chidamlilik, muvozanat saqlash, harakatlarni boshqarish va fazoda chamalashni takomillashtirish. Uyushqoqlik bilan harakat qilishga; gimnastika mashqlariga qiziqishlarini qoʼllab-quvvatlash, ularni faqat koʼrsatgandagina emas, balki soʼz bilan tushuntirganda ham aniq bajarishga oʼrgata borish.
Mashqlarni aniq, berilgan tezlikda, musiqa ohangiga moslab bajarish.
Yirik motorikani rivojlantirish. Bolada yurish, yugurish, yumalatish, irgʼitish, ilib olish, emaklash, tirmashish, muvozanat saqlash kabi asosiy harakatlarni mustahkamlash; gimnastik oʼtirgichda tik turib yura olish; turli holatdagi yugurish mashqlarini bajara olish; tezlik, muvozanat va yoʼnalishni saqlagan holda yugurish; turli xil sakrash mashqlarini bajara olish, toʼsiqlar ichidan emaklay olish koʼnikmalarini rivojlantirishda davom etish.
Sport anjomlari (toʼp, kegli, halqa, v.b.) bilan taʼminlash; bolaning murakkab harakatlarni bajarishga intilishini ragʼbatlantirish.
Maktabgacha taʼlim muassasasida taʼqiqlangan va qoʼllanishi cheklangan mashqlar
Mashq
|
Cheklash sabablari
|
Tavsiya etilayotgan almashtirish mashqi
|
|
Boshni aylantirish mashqlari
|
Umurtqa pogʼonasining boʼyin boʼlimini nostabilligi, boʼyin mushaklarining yomon shakllanganligi, umurtqa pogʼonasining boʼyin elementlarini siljishi mumkin.
|
Oldinga, yon tomonlarga ogʼishlar va burilishlar
|
|
Boshni orqaga tashlash (egish)lar
|
Аlmash mashqi yoʼq
|
|
Boshda tik (stoyka) turish
|
Elkani orqaga-pastga tushirib bajariladigan mashqlarni bajarish
|
|
Boʼyinni haddan ziyod choʼzish
|
|
Qorin boʼshligʼining yuqori boʼlimini trenirovkalash: osmonga qarab yotgan holatda gavdani koʼtarish, qoʼllar boshni ostiga yigʼilgan
|
Umurtqa pogʼonasining boʼyin elementlarini haddan ziyod zoʼriqishi, qoʼllar bilan umurtqa pogʼonasining boʼyin boʼlimiga oʼta kuchli bosilishi mumkin.
|
Qoʼllarning holatini oʼzgartirish
|
|
Qorin boʼshligʼining quyi boʼlimini trenirovkalash: osmonga qarab yotgan holatda oyoqlarni birga ushlab koʼtarish
|
Kuchanish fazasi boʼyin va bosh tomirlariga taʼsir oʼtkazadi.
|
navbatma-navbat oyoqlarni koʼtarish va tushirish
|
|
Oldinga umbaloq oshish
|
Umurtqa pogʼonasining boʼyin boʼlimini nostabilligi, boʼyin mushaklarining yomon shakllanganligi
|
Аlmash mashqi yoʼq
|
|
Qoʼllar bilan tizzalarni ushlagan holda orqa bilan dumalash
|
umurtqa pogʼonasining boʼyin boʼlimi qayd qilinmagan (fiksatsiya boʼlmagan)
|
Mashqni faqat pedagogning straxovkasi bilan bajarish
|
|
Toʼgʼrilangan qoʼllarga tayanib qorinda yotgan holatda bel kamari boʼlimida buqilish
|
|
|
|
|
bel (kamar) ketishi mumkin, bel gardishlarini siqilishi
|
Tirsakka suyanib yigʼilgan qoʼllarda mashqlarni bajarish
|
|
|
|
|
|
Tovonlarda oʼtirish
|
Tizza paylari va boʼgʼimining ortiqcha choʼzilishi mumkin
|
Turkcha oʼtirish
|
|
Nafas olish mashqlarini bir vaqtda qoʼllarni yuqoriga koʼtarish bilan birga bajarish
|
|
|
|
|
Yuqori yelka kamarining mushaklarini qisqarishi hisobiga kislorod kelishini kamayishi
|
Qoʼllarning holatini oʼzgartirish: yon tomonga yoki belga
|
|
5 sekunddan ortiq osilib turish
|
Bogʼlovchi-mushak apparatining zaifligi va oʼta choʼzilishi
|
Аlmash mashqi yoʼq
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |