Самарқанд давлат архитектура қурилиш



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/352
Sana03.03.2022
Hajmi3,21 Mb.
#481083
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   352
Bog'liq
Стратегик Менежмент дарслик

5.4.6. Preventiv harakatlar. 
Preventiv 
harakatlar 
raqobat 
ustunligini 
saqlashga, 
raqib 
harakatlaridan ogoh bo’lishga yoki raqib tovarlaridan nusxa ko’chirishga 
qaratilgan. 
Preventiv harakatlar orqali qulay strategik mavqeni egallash 
yo’nalishlari mavjud:
1.
Bunda bozordagi talabga mos ravishda, raqobatchilardan oldinroq 
ishlab chiqarish quvvatlarini oshira boshlash tavsiya etiladi. 
Raqobatchilar uzoq muddatli tovar zahiralariga ega bo’lish uchun 
yoki asosiy fondlarning ish bilan ta’minlanmaganligini bahona qilib, 
aldayotgan bo’lsa, preventiv harakatlarni amalga oshiruvchi 
kompaniya katta bozor ulushiga va uzoq muddatli buyurtmalarga ega 
bo’ladi. 
2.
Yuqori 
sifatli, 
ishonchli 
va 
xom-ashyoning 
yetakchi 
ta’minotchilarini uzoq muddatli shartnomalar bilan band etish. 
Bunday harakat raqobatchilarni ikkinchi darajali mavqega ega 
bo’lishiga majbur qiladi. 
3.
Eng qulay va yaxshi geografik vaziyatni saqlash. Serqatnov 
avtomagistrallarga birikuvchi yerlarni, transport tarmoqlariga yaqin 
joylarni, go’zal manzarali tabiatni, xom-ashyo ta’minotchilari 
atrofidagi maydonlarni, iste’molchilar zich joylashgan hududlarni va 
umuman qulay maydonlarni egallash. 
4.
Obro’-e’tiborli mijozlarni jalb etish. 
5.
Regiondagi eng yaxshi distribyuterlar bilan aloqani saqlash va 
rivojlantirish. 
5.4.7. Hujum qilish obyektini tanlash
Quyidagi kompaniyalar hujum obyektiga aylanishi mumkin: 
1.
Bozor sardorlari. Kuchli raqobatchiga qarshi hujum tanqis xom 
ashyolarni, moliyaviy mablag’larni bekorga sarf bo’lishiga va 
bozor munosabatlarining yomonlashuviga olib keladi. Bozor 


151 
sardorlariga hujum ular «haqiqiy sardor» bo’lmagan sharoitda 
maqsadga muvofiq. Sardorning kuchsiz joylari bu: norozi 
xaridorlar, foydaning keskin o’zgarib turishi, eskirgan korxona va 
texnologiya, boshqa tarmoqlarga kirishga intilish va boshqa shu 
kabilardir. Hujumning maqsadi hujumchini bozor sardoriga 
aylantirish bo’lmasligi mumkin, lekin bozor ulushi kengayishi 
natijada uning mavqei mustahkamlanadi va kelajakda u bozor 
sardoriga aylanish uchun asos yaratiladi.
2.
Ikkinchi darajali roldagi kompaniyalar. Ushbu kompaniyalarga 
hujum uyushtirish yuqori darajadagi tavakkalchilik bilan bog’liq 
emas. Hujumchi yetarli raqobat kuchiga ega bo’lsa, u hujum 
obyektining kuchsiz tomonini yaxshi bilsa, ushbu strategiya 
jozibali hisoblanadi. 
3.
Ishlab 
chiqarishi 
qisqarayotgan 
bo’lib, 
yashash 
uchun 
kurashayotgan kompaniyalar. Ushbu kompaniyalarga hujum ularni 
bozordan ketishini tezlashtiradi.
4.
Kichik mahalliy va regional kompaniyalar. Ushbu kompaniyalar 
resurslari chegaralanganligi tufayli hujumchi o’z maqsadiga 
osonlik bilan erishadi. Agar hujumchi yetarli resursga, manfaatli 
mijozlarni jalb etish imkoniyatiga ega bo’lsa, bozor ulushini 
osonlik bilan kengaytiradi. 
Yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, 
muvafaqqiyatli 
strategiyalar 
kompaniyaning raqobat ustunligiga asoslanadi. Ushbu hol hujum 
harakatlariga ham tegishli. Odatda raqobat ustunligi quyidagilarga 
asoslanadi: 

Past xarajatli mahsulotni ishlab chiqarish tajribasiga ega bo’lish; 

Past xarajatli ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo’lish; 

Iste’molchiga tovarni sotilishidan keyingi yuqori sifatli xizmatlarni 
taklif etish

Raqobatchiga nisbatan yuqori ekspluatasiya xususiyatlariga ega 
tovarni iste’molchiga taklif etish yoki past xarajatlarni ta’minlaydigan 
tovarni taklif etish; 

Tarmoqda marketing xizmatlarini kuchaytiradigan rusurslarga ega 
bo’lish; 


152 

Tovar taqsimotining yangi kanallariga ega bo’lish; 

Ulgurji savdo kompaniyalarini chetlab o’tib, tovarni bevosita 
iste’molchiga sotish imkoniyatiga ega bo’lish. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish