Самарқанд давлат архитектура қурилиш



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/352
Sana03.03.2022
Hajmi3,21 Mb.
#481083
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   352
Bog'liq
Стратегик Менежмент дарслик

 
Tayanch vaziyatlar. 
Raqobat ustunligini ta’minlashga qaratilgan har qanday strategiya
past xarajatlar asosida sardorlikni, tovar differensiyasini, eng yaxshi 


154 
narxlarini, 
past 
xarajatlar 
asosida 
bozorning 
tor 
sigmentida 
konsentrasiyalashni nazarda tutadi. Raqobatbardoshlik kompaniyaning 
bozordagi shunday vaziyatidan paydo bo’ladiki, u raqobat kuchlariga 
qarshi kurashda va iste’molchilarni jalb etishda kompaniyaga ustunlik 
beradi. 
Past xarajatlar asosida sardorlik strategiyasi quyidagi vaziyatlarda 
yaxshi natija beradi: 

Tarmoqda ishlab-chiqariladigan mahsuloti asosan bir xil bœladi 
yoki har xil tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotidan kam 
farq qiladi. 

Ko’pchilik iste’molchilar narxlarga ta’sirchan ular taklif 
kilinadigan narxlardan eng arzonini tanlaydilar. 

Xaridorlar 
uchun 
ahamiyatli 
tovarni 
individuallashtirish 
imkoniyatlari yuqori emas. 

Ko’pchilik xaridorlar tovarlardan bir-xil foydalangani uchun ular 
tovarlarga bir-xil talab qo’yadilar. 

Xaridorlar bir sotuvchidan ikkinchisiga o’tganlarida jiddiy 
qo’shimcha xarajatlarga duch kelmaydilar. 

Yirik 
xaridorlar 
tovar narxini 
pasaytirish uchun yetarli 
imkoniyatlarga ega. 
Past xarajatlar ustunligiga ega bo’lish uchun kompaniya 
raqobatchilarga nisbatan tuzilma va boshqaruv omillari xarajatlarini 
boshqarish tajribasiga ega bo’lishi yoki tejamkor xarajatlar imkonini 
beradigan ishlab chiqarish sikllarini yaratishi va qayta qo’rish imkonini 
beradigan yangi usullarga ega bo’lishi lozim. 
Differensiya strategiyasi raqobatchilarning o’z tovarlariga va 
xizmatlariga alohida raqobat sifatlarini yaratishi orqali uyg’unlikka 
erishish imkoniyatiga asoslangan. Bunday sifatlar raqobatchilar uchun 
yechib bo’lmaydigan vazifa bo’lishi lozim. Tovarni muvaffaqiyatli 
individuallashtirish odatda, iste’molchi o’z xarajatlaridan ma’naviy 
qoniqishini nazarda tutadi. Differensiya ishonchli bo’lishi uchun u 
noyob bilim va tajribaga asoslangan bo’lishiga va raqobatchilar qisqa 
muddatda undan nusxa ko’chira olmasligiga tayanadi. Fizik 
xususiyatlarga asoslangan differensiya uzoq muddat davom etmaydi, 


155 
chunki yetarli resurslarga ega bo’lgan raqobatchilar nusxa ko’chirish, 
takomillashtirish yoki xaridorni jalb etadigan o’rinbosar tovarlarni ishlab 
chiqarish orqali ushbu muammoni hal etadi. 
Eng yaxshi narxlar strategiyasi past xarajatlarni va minimal 
darajadan yuqoriroq sifatli tovarlarni, xizmatlarni, ekspluatasiya 
xarakteristikalarini 
nazarda 
tutadi. 
Strategiyaning 
maqsadi 
iste’molchilarga pulning yuqoriroq qiymatini taklif etishdir. Eng yaxshi 
narxlar strategiyasini qo’llashda muvaffaqiyatga erishish uchun 
kompaniya yuqori sifatli tovarlarni past tannarxlarda ishlab chiqarish 
sohasida raqobatchilarga nisbatan tajribali bo’lishi lozim. Uning bilimi 
va tajribasi bir vaqtning o’zida ham yuqori sifatli tovarlarni ishlab 
chiqarish, ham past xarajatlarga erishish qobiliyatiga ega bo’lishni 
taqozo etadi.
Konsentrasiya strategiyasini tadbiq etish orqali raqobat ustunligiga 
ega bo’lish bozorning tor sigmentida past xarajatlarni ta’minlash yoki 
xaridorlarga ushbu bozor sigmentida raqobatchilarnikidan ijobiy farq 
qiladigan tovarlarni taklif etish orqali erishiladi. Boshqacha qilib 
aytganda, u raqobat ustunligiga yoki past xarajatlarga yoki differensiyaga 
asoslanadi. Konsentrasiya strategiyasi yaxshi ishlaydi, qachonki: 

Xaridorlarning turli tuman ehtiyojlari mavjud bo’lib, ular 
mahsulotdan turlicha foydalansalar; 

Boshqa raqobatchilar bozorning tor sigmentida ixtisoslashishga 
intilsalar; 

Kompaniya bozorni yanada kengroq qamrab olish imkoniyatiga 
ega bo’lmasa; 

Agar bozor sigmentlarining hajmini o’sish tezligi, foydaliligi va 
besh raqobat kuchining ta’siri bir-biridan keskin farq qilsa, ba’zi 
sigmentlar boshqalariga nisbatan jozibaliroq bo’ladi. 
Raqobatbardoshlikni saqlash uchun turli hujumkor strategiyalar 
qo’llaniladi. Strategik hujumlar raqobatchining kuchli tomonlariga ham, 
zaif tomonlariga ham yo’naltirilgan bo’lishi mumkin. Hujumlar 
raqobatchining kuchli tomonlariga tenglashish yoki undan ham 
yuqoriroq ustunlikka erishish maqsadida amalga oshiriladi. Hujumlar 
raqobatchini 
yanada 
zaiflashtirish 
uchun 
aylanma 
manevrlar, 


156 
«partizanlik» hujumlari yoki preventiv harakatlar ko’rinishida bo’ladi. 
Bozor sardorlari ham, ikkinchi darajali kompaniyalar ham, kichik hamda 
juda zaif kompaniyalar ham hujum obyektiga aylanishi mumkin.
Kompaniya mavqeini himoyalash yondashuvlari odatda quyidagi 
shakllarda bo’ladi: 
1.
Mavjud bozor mavqeini mustahkamlash; 
2.
Raqobatchilarda kompaniya eskirganligi va zaifligi to’g’risida 
ta’surotni «harakatchan nishon»ga o’zgartirishga harakat qilish; 
3.
Raqobatchilar hujum qilishni hattoki œylamasliklari to’g’risida 
ustivor fikrni ta’minlash tadbir-choralarini yaratish. 
Strategik harakatlarni amalga oshirish vaqti muhim ahamiyatga 
ega. Ba’zan kim birinchi yurishni amalga oshirsa, strategik ustunlikka 
ega bo’ladi. Boshqa holatlarda, masalan, tezkor texnologik jarayonda 
sardor emas, ta’qib etuvchi bo’lish ham osonroq, ham pastroq 
xarajatlarda faoliyat yuritishga asos bo’ladi. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish