Самарқанд давлат архитектура қурилиш


 Raqobat ustunligini saqlash uchun himoya



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/352
Sana03.03.2022
Hajmi3,21 Mb.
#481083
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   352
Bog'liq
Стратегик Менежмент дарслик

 
5.5. Raqobat ustunligini saqlash uchun himoya 
strategiyalaridan foydalanish. 
Kompaniya o’z bozor mavqeini himoyalashining bir necha xil 
usullari mavjud. Ulardan birinchisi 
raqobatchi 
hujum 
uyushtirishi 
mumkin bo’lgan yo’nalishga to’siq 
o’rnatishni nazarda tutadi: 

Raqiblardan oldin bozorning 
bo’sh sigmentlarini tovar nomenklaturasini kengaytirishi orqali 
band qilish. Raqiblar uyushtirishi mumkin bœlgan hujumlarning 
oldini olish. 

Raqiblarda mavjud tovarlarni (modellar va markalar) bozorga 
kiritish. 

Raqiblarga nisbatan pastroq narxlarni ta’minlash. 

Dilerlar 
va 
distribyuterlar 
bilan 
raqobatchilar 
tovarlarini 
tarqatmaslik to’g’risida maxsus shartnomalar tuzish. 

Dilerlar va distribyuterlarga tovar narxlarini iloji boricha 
arzonlashtirish imkonini berish.

Istemolchilarga tovarni o’rganish uchun sharoit yaratish.

O’z tovarlarini sinab ko’rishga chaqirish orqali xaridorlarni o’z 
tomoniga jalb etmoqchi bo’lgan raqobatchilarga muammolar 
tug’dirish uchun: 

Tovarlarni sinab ko’rmoqchi bo’lgan xaridorlarga maxsus past 
narxlarni taklif etish. 

Sinab ko’rish tovarni xaridorlarga uchun imtiyozli kuponlar va 
sovg’alar tashkil etish. 

Xaridorlarning raqobatchilar tovarlariga o’tib ketishini oldini olish 
uchun xaridorlarni yangi tovar paydo bo’lishi yoki narx 
pasaytirilishi to’g’risida ertaroq xabardor qilish. 
Himoya strategiyasining asosiy 
vazifasi raqobat ustunligini va 
kompaniyani 
bozor 
mavqeini 
mustahkamlashdan iborat. 


153 

Ehtiyot qismlar bilan ta’minot vaqtini qisqartirish, kafolat 
muddatlarini uzaytirish, alternativ texnologiyalarni patentlash va 
himoyalash. 

Raqobatchilarni tabiiy resurslarga yetishishini qiyinlashtirish, 
raqobatchilarga ishlaydigan ta’minotchilarni bozordan siqib 
chiqarish. 

Nazorat va sud organlarida raqib mahsulotining sifati va 
xizmatlariga qarshi davo arizalarini tashkil qilish. 
Himoya strategiyasini amalga oshirishning ikkinchi usuli 
raqobatchi hujumkor kompaniyalarni qanday xavf-xatar kutayotgani 
to’g’risidagi axborotlarni tarqatish ya’ni, agar ular hujumga o’tadigan 
bo’lsa, jiddiy qarshilikka uchrashini ma’lum qilish. Ushbu strategiyani 
maqsadi – raqib ko’llashi mumkin bo’lgan hujumni bartaraf etish. Hujum 
ro’y beradigan bo’lsa, ularni katta moliyaviy yo’qotishlar kutayotganidan 
ogoh etish. Hyech bo’lmaganda, ularni himoyalanuvchi uchun mos 
keladigan yo’nalishlarga jalb etish. Agressorlarni quyidagi yo’llar bilan 
ogohlantirish mumkin: 

Rahbariyatning kompaniya bozor ulushini ta’minlash majburiyatini 
olganligini va uni jiddiy himoya qilishni e’lon qilish. 

Tarmoqdagi talabni to’la qondiradigan, kerak bo’lsa, ortig’i bilan 
talabni qondirilishi mumkinligini raqobatchilarga bildirish uchun, 
kompaniyaning ishlab-chiqarish imkoniyatlarini oshkor etish. 

Raqobatchilarni yangi mahsulot to’g’risida ularning ishlab–
chiqarish hajmi, tannarxi va narxi to’g’risida, yangi 
texnologiyalarning ishga tushganligi to’g’risida ogoh etish. 

Kompaniyaning tovarlari va narxlari raqobatga bardosh berishini 
ochiq e’lon qilish, zahira fondi va qimmatli qog’ozlar hajmi 
to’g’risida ma’lumotlarni oshkor etish. 

Kompaniyaning yaxshi himoyalanishi mumkinligini namoyish 
etish uchun kuchsiz kompaniyalarga qattiq zarbalar berish. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish