Reja: 1 Manzarali o'simliklar haqida



Download 12,27 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi12,27 Kb.
#627893
Bog'liq
Mavzu Manzaral-WPS Office


Mavzu: Manzarali o'simliklarning kelib chiqish markazlari.

Reja:
1 Manzarali o'simliklar haqida
2 Manzarali o'simliklar morfologiyasi
3 Manzarali o'simliklar kelib chiqish markazlari

Manzarali oʻsimliklar, dekorativ oʻsimliklar — kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishda foydalaniladigan turli botanik oilalarga mansub madaniy va yovvoyi oʻsimliklar guruhi. M.oʻ. shahar va qishloqlarni koʻkalamzorlashtirish, istirohat bogʻlari, ijtimoiy, ishlab chiqarish binolari va turar joylarni bezatish, guldastalar yasash uchun oʻstiriladi. Chiroyi, barglari, gullari, mevalari rangi, tanasining gʻaroyib shakllari (shoxlari osilgan, soyabonsimon, us-tunsimon) bilan tavsiflanadi. Bir qator belgilariga, mas, hayot shakliga koʻra — daraxtlar, butalar, chala butalar, oʻt oʻsimliklarga, poyasi shakliga koʻra, tik oʻsadigan, ilashib oʻsadigan, pastak, yoyilib oʻsadigan, osilib oʻsadigan va boshqalarga boʻlinadi. M.oʻ. biologik xususiyatlari hamda agrotexnika talablariga qarab: daraxt va butalarga, koʻp yillik, ikki yillik, bir yillik, boshoqsosh (gʻallagulli), piyozli va boshqa oʻsimlik guruhlariga boʻlinadi. M a n zarali daraxt va butalarga yaprokdi, igna bargli, doim yashil va barg toʻkuvchi oʻsimliklar kiradi. Xiyo-bon, koʻchalarga, hovuz va koʻl boʻylariga eman (dub), kashtan, chinor, akatsiya, oq qayin, majnuntol, terak, sarv, oq qaragʻay, shamshod, doʻlana, archa; shiy-pon va ayvon tevaragiga ilashib usuvchilar — tok, chirmoviq, butalardan atirgul, siren va boshqa ekiladi. Koʻp yillik Manzarali oʻsimliklar ga istirohat bogʻlari, xiyobonlarda oʻstiriladigan sergul, serbarg va manzarali mevali usimliklar kiradi. Iliq iqlimli mamlakatlarda koʻp iilliklarning qishda ochiq dalada qoladigan va koʻchirib olib, issikxonada saqlanadigan xillari bor. Baʼzi koʻp yilliklar iqlimi sovuq mintaqalarda bir yillik oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Ular bahorda ildiz, ildizpoya, ildizmeva, piyozchasidan oʻstiriladi. Koʻp yillik oʻsimliklar bir yerda 3—5 yil va undan ortiq usadi. Qalamchasi va urugʻidan koʻpaytiriladi. I k k i yillik Manzarali oʻsimliklar xushmanzara gulli oʻsimliklar boʻlib, birinchi yili tupbarg , ikkinchi yili gulli va mevali poya hosil qiladi. Bu guruhga, shuningdek, ikki yillik si-fatida ustiriladigan baʼzi kup yillik oʻsimliklar ham kiradi. Bulardan, asosan, gulzor barpo etishda foydalaniladi. Bir yillik Manzarali oʻsimliklar ga urugidan ekiladigan va Usuv davri bir yil davom etadigan oʻsimliklar, birinchi yili gullaydigan, lekin sovuqqa chidamsiz oʻsimliklar ham kiradi (mas, geliotrop, itogʻiz, funksiya, lobeliya va boshqalar). Bir yillik oʻsimliklarga chiroyli gullaydigan, naqsh barglilar, "gilam" hosil qiladigan, novdalari osilib turadigan ampal va boshqa oʻsimliklar guruhi kiradi. Iliq iqlimli hududlarda koʻpchilik bir yillik oʻsimliklar vegetatsiya davrini uzaytirish va erta gullashi uchun mart— aprelda parnik va oranjereyalarga ekiladi, soʻngra ochiq yerga kuchiriladi, ayrimlari toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq yerga ekiladi. Bularga qoʻqongul, xinagul, tirnoqgul, koʻknorgul, nastursiya, petuniya, tamakigul, baxmalgul, ipomeya va boshqa kiradi. Gʻalla gulli M.oʻ. boshoqdoshlarga mansub boʻlib, gulchilikda guddastalar tayyorlashda foydalaniladi. Maysazorlarga yakka va guruhlab ekishda baland oʻsadigan, gulzor chetlariga va guruxlab ekishda past oʻsadigan gʻallagulli oʻsimliklardan foydalaniladi. Piyozli Manzarali oʻsimliklar piyozguldoshlar va chuchmomaguldoshlarga mansub boʻlib, manzarali bogʻdorchilikda koʻpaytiriladi. Bularga boy-chechak, lola, nargis, giatsintlar, piyozgul va boshqa kiradi. Asosan, piyozchalaridan koʻpaytiriladi.

Manzarali oʻsimliklar urugʻi, koʻchatlari, qalamchalari manzarali bogʻdorchilik xujaliklarida yetishtiriladi, yangi manzarali Usimliklarni madaniylashtirish va ularni tarqatish bilan botanika bogʻlari va dendrariylar shugʻullanadi (yana q. Gulchilik).
Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari - Yer sharida oʻsimliklarning muayyan turlari dastlab madaniylashtirilgan (dehqonchilikda ekilgan) va ularning genetik xilma-xilligi eng koʻp boʻlgan geografik markazlar. M.oʻ.k.ch.m. toʻgʻrisidagi taʼlimot madaniy oʻsimliklar seleksiyasi va ularning navlarini yaxshilash uchun boshlangʻich materiallarga ehtiyojlar tufayli yuzaga kelgan. Unga Ch. Darvinning biologik turlarning kelib chiqishida geografik markazlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi gʻoyalari asos boʻlgan. 1883-yilda shveysariyalik botanik olim A. Dekandol eng asosiy madaniy ekinlar birlamchi kelib chiqqan geografik oʻlkalarni taʼriflab berdi. Lekin unda juda keng hududlar koʻrsatilgan boʻlib, ayrimlarining maydonlari deyarli qitʼalar chegaralariga toʻgʻri kelar edi. 1925—39 yillarda M.oʻ.k.ch.m. nazariyasini eng izchil holda N. I. Vavilov ishlab chiqdi. N.I.Vavilov oʻzi va boshqa botanik olimlar tomonidan ilmiy ekspeditsiyalarda toʻplangan jahon oʻsimlik resurslari (250000 ga yaqin namunalar kolleksiyasi) toʻgʻrisidagi juda katta materiallarga tayangan holda M.oʻ.k.ch.m.ning 8 ta asosiy geografik markazi yoki oʻchoqlarini koʻrsatib berdi: Xitoy markazi (soya, tariq, turli sabzavot va mevali ekinlar vatani); Hindiston markazi (madaniy oʻsimliklar turlarining deyarli 1/3 qismi; sholi, shakarqamish, baklajon, bodring, mevali ekinlar vatani); Oʻrta Osiyo markazi (noʻxat, china, kunjut, maxsar, yasmiq, koʻpgina sabzavotlar — piyoz, sarimsoq, ismaloq, mevalar — oʻrik, nok, tok, bodom vatani); Gʻarbiy Osiyo markazi (bugʻdoyning koʻpgina turlari, ikki qatorli arpa, javdar, beda, karam turlari, sabzi, anjir, anor v b.); Oʻrta dengiz, markazi (zaytun, seratoniya daraxti, juda koʻp ozuqa va sabzavot ekinlari vatani); Efiopiya markazi (bugʻdoy, arpa, moyli ekinlar, bananning alohida bir turi, kofe daraxti va boshqa vatani); Markaziy Amerika markazi (90 ga yaqin oziqovqat, texnika va dorivor oʻsimliklar, shu jumladan, makkajoʻxori, uzun tolali gʻoʻza, loviyaning bir necha turi, qovoq, kakao, mevali oʻsimliklarning koʻpgina turlari vatani); Janubiy Amerika markazi (koʻpgina ildizmevali oʻsimliklar, birinchi navbatda, kartoshka, oka, xina daraxti va koka butalari vatani).

Oʻtmishda ayrim oʻsimliklar bu asosiy markazlardan chetda madaniy ekinlarga aylantirilgan. Lekin bunday oʻsimliklar soni juda kam. N. I. Vavilov birlamchi (eng kad.) va ikkilamchi (dehqonchilik mintaqalari oʻrtasida tovar ayirboshlash va oʻzaro aloqalarning rivojlanishi bilan bogʻliq holda keyinchalik paydo boʻlgan) M.oʻ.k.ch.m. borligini koʻrsatadi. Agar ilgari Dajla, Furot, Gang, Nil va boshqa yirik da-ryolar vodiylari qad. dehqonchilik markazlari boʻlgan, deb hisoblangan boʻlsa, N. I. Vavilov deyarli barcha madaniy ekinlar togʻli, tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarda paydo boʻlganligini koʻrsatib berdi. Yetishtirilayotgan koʻpchilik madaniy ekinlarning asosiy geografik markazlari fakat oʻsimlik boyliklaridan tashqari eng qad. dehqonchilik madaniyati bilan ham bogʻlikdir. Hindiston markazi qad. Hindiston va Hindixitoy madaniyati bilan, Oʻrta Osiyo markazi 6 ming yillik tarixga ega boʻlgan etrus, ellin va Misr madaniyati bilan bogʻliq va h.k. Shunday qilib, yovvoyi oʻsimliklardan foydalanishda ularning sifat tarkibi, rivojlangan dehqonchilik madaniyati va tegishli ravishda yirik-yirik aholi manzilgohlarining mavjudligi katta rol oʻynagan.

N. I. Vavilovning shogirdi P. M. Jukovskiy oʻsimlik genofondlari (qarang Genetik fond) boʻyicha dunyo miqyosida toʻplangan juda katta maʼlumotlarni tahlil qilish asosida madaniy oʻsimliklar kelib chiqqan va yangi shakllar paydo boʻlgan 12, jumladan, 4 ta megagen markazlarini ajratdi (haritaga q.). Bulardan tashqari, madaniy oʻsimliklarga genetik jihatdan qarindosh endemik yovvoyi turlarning ajralib (alohida boʻlib) qolishi tufayli paydo boʻlgan 12 ta mikromarkaz ham ajratilgan.

M.oʻ.k.ch.m. haqidagi taʼlimotning asosiy nazariy mohiyati madaniy oʻsimliklarda tur hosil boʻlish jarayonining muayyan geografik joyga bogʻliqligini koʻrsatishdir. N. I. Vavilov kashf qilgan irsiy oʻzgaruvchanlikdagi gomologik qatorlar qonuni katta amaliy ahamiyatga ega boʻlib, amaliy seleksiyada qimmatli boshlangʻich material boʻla oladigan, muhim xoʻjalik belgilarining nodir genlariga ega oʻsimliklarning yangi shakllarini yaratishiga imkon beradi. Madaniy ekinlarning aksariyati dehqonchilikda 5— 8 ming yildan beri ekiladi. Oʻsimliklar madaniylashtirilgan sari oʻz markazidan uzoqlashib yangi tuproq-iqlim sharoitlarda ekila boshlaydi. Sunʼiy va tabiiy tanlanish natijasida oʻsimliklarning genotiplari, morfologik va biologik belgilari uzgaradi. Genotip oʻzi shakllangan mintaqasidan boshqa mintaqalarga tarqalgan sari uning biol.ga mos sharoit texnologik tadbirlar orqali yaratiladi. Mas, makkajuxori yaxshi tuplanadigan va sershoxli tipik qisqa kunli tropik oʻsimligidir, ammo yangi navlari va duragaylari 55° shim. kenglikda ekiladi; soya issiqsevar oʻsimlik, 3500—4000° foydali harorat yigʻindisini talab etadi, ammo uning shim. ekotipi 1750—1800° da pishadi. N. I. Vavilov va boshqa olimlarning mehnati tufayli [mas., Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutida gʻoʻzaning kelib chiqishi markazlariga akademik A. Abdullayev boshchiligida Meksika (1975), Peru (1984), Shri Lanka, Hindiston, Xitoy (1989—90), Avstraliya (1997)ga ek-speditsiyalar uyushtirilgan] Yer sharining turli mamlakatlariga oʻtkazilgan juda koʻp botanik ekspeditsiyalar natijasida faqat miqdor emas, balki xilma-xilligi jihatidan ham boy boʻlgan, jahondagi eng yirik va noyob madaniy oʻsimliklar hamda ularning yovvoyi ajdodlari kollekdiyalari yaratilgan. Dunyo kolleksiyasi namunalaridan foydalanish asosida turli qishloq xoʻjaligi ekinlarining 1200 dan ortiq navlari yaratilgan.

Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish va shakl hosil qilish megamarkazlari (P. M. Jukovskiy)I. Xitoy-Yaponiya (soya, yum-shok bugʻdoy, tariq, qoʻnoq, marjumak va boshqa vatani).

II. Indoneziya-Hindixitoy(suli, shakarqamish, banan, murch, sabzavot ekinlari).

III. Avstraliya (yovvoyi sholi turlari, avstraliya gʻoʻzalari, sebarga turlari, tamaki, evkalipt, tropik daraxtlar turlari).

IV. Hindiston (sholi, hind bugʻdoyi, shakarqamish, osiyo gʻoʻza turlari, baqlajon, bodring, mango).

V. Oʻrta Osiyo (Oʻzbekiston, Tojikiston, Afgʻoniston, Gʻarbiy Tyanshan togʻlari; koʻk noʻxat, xashaki dukkaklilar, noʻxat, mosh, afgʻon javdari, maxsar, yasmiq, oʻrik, shaftoli, olma, qovun, gʻoʻza turlari va boshqalar).

VI. Gʻarbiy Osiyo (Togʻli Turkmaniston, Eron, Zakavkazye, Kichik Osiyo, Arabiston ya. o.; bugʻdoy turlari, arpa, javdar, suli, beda, tok, chirmashib oʻsadigan zigʻir, nok, gilos, anjir, anor, qovun, sabzavot ekinlari).

VII. Oʻrta dengiz (zaytun, suli, bugʻdoy turlari, dukkakli ekinlar, sebarga turlari, zigʻir, karam, lavlagi, sabzi, sholgʻom, turp, piyoz, sarimsoq, koʻknor, oq xantal).

VIII. Afrika (joʻxori turlari, tariq, kanakunjut, sholi, moyli palma, dukkakli ekinlar, kunjut, kofe, gʻoʻza turlari).

IX. Yevropa-Sibir (tolali zigʻir, duragay sebarga, beda turlari, kendir, xmel, nasha, meva, sabzavot ekinlari).

X. Markaziy Amerika (makkajoʻxori, uzun tolali gʻoʻza turlari, loviya, kungaboqar, qovoq, maxorka, qalampir, kartoshka turlari, koʻp yillik oʻsimliklar).

XI. Janubiy Amerika (madaniy kartoshka, pomidor, tamaki, ananas, koʻp yillik arpa, yer yongʻoq, gurchsimon (chatnaydigan) makkajoʻxori turlari).

XII. Shimoliy Amerika (arpa turlari, lyupin turlari, koʻp yillik oʻtsimon kungaboqar turlari, meva, sabzavot, rezavor oʻsimliklar).
Download 12,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish