S yunusov, Z. Abdiyev



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

 
 
Payvandlash 
nima

Bir o„simlikni qalamchasini 
ikkinchi 
o„simlikka 
ulab 
o„tkazib o„stirish 


Payvandlash usuli qadimgi Rim va o„rta asr mualliflarining 
qo„lyozmalaridan keng yoritib kelingan. Teofrastning «O„simliklar 
tarixi» maqolasidan habar qilinishicha, birinchi bo„lib payvandlash 
usuliga finlandiyaliklar asos solgan bo„lib, ulardan bu usul karfo-
genlarga olib o„tilgan. 
G„arbiy Yevropada, Janubiy-sharqiy va Osiyoda sabzavot ko„-
chatlarini payvandlash usulidan keng qo„llanishi natijasida bu usulga 
bo„lgan qiziqish so„nggi yillarda ortdi. Janubiy Koreya, Xitoy, 
Yaponiyada tarvuzni qariyb 95 foizi, ochiq maydonlarga ekiladigan 
bodringni 50 foizi va himoyalangan yerlarda esa 30 foizi payvand-
lanib yetishtirilmoqda. Yevropa mamlakatlarida, ayniqsa Niderlan-
diyada payvandlash usulidan keng foydalanilmoqda.
Rossiyaning Leningrad viloyati ob-havosi seryomg„ir bo„lib, 
yoz oylarida issiqsevar sabzavotlar uchun issiqlik yetarli darajada 
bo„lmay sernam, o„simliklar turli zamburug„li, bakteriyali va virusli 
kasalliklari bilan kasallanadi. Ayniqsa ushbu sharoitda ildiz tizimi 
ko„p zararlanadi va natijada chirish kasalligi ko„payadi. SHuning 
uchun payvandlash usullaridan ekinlarni sovuqqa chidamliligini 
oshirish, turli hildagi kasallikdan saqlash maqsadida foydala-
nilmoqda. Olimlar fikricha, Rossiyada pomidorni kartoshka, qalam-
pir, baqlajon, fizalis, marginatum, tamaki va boshqa ekinlarga 
payvand qilinganligi ma‟lum. Buning natijasida vegetativ duragaylar 
olinmagan bo„lsada, avlodlarda o„zgarishlar bo„lmay asosiy o„zga-
rishlar sitologik, ya‟ni noirsiy tabiatga ega bo„lgan.
Sabzavot ko„chatlarini payvandlash usuli Rossiya va Ukrainada 
birinchi bo„lib ishlab chiqilganligiga qaramasdan, ishlab chiqarishda 
keng foydalanilmadi, lekin ularni o„rganish bo„yicha tajribalar shu 
kunlarda ham olib borilmoqda. 
O„rta er dengizi hududida suv ta‟minoti chegaralanganligi su-
g„orilavdigan dehqonchilikning asosiy muammolaridan biri hisob-
lanadi. Payvandlash qurg„oqchilikka chidamlilikni kuchaytiradi, 
suvga talabchan o„simliklardan samarali foydalanish va o„simliklarni 
yaxshi o„suvini ta‟minlaydi. Mevalarning sifat ko„rsatgichlari, 
jumladan quruq modda va umumiy eriydigan quruq moddalarining 
miqdori payvandlangan tarvuzlarda payvandlanmagan o„simliklarga 
nisbatan bir hil bo„lgan bo„lsa, titrlangan kislotaning konsentratsi-


yasi, kaliy va magniy miqdorlari sezilarli darajada yaxshilangan. 
Payvandlangan o„simliklarda hosilni ortib borishi asosan oziqlanish 
holatining yaxshilanishi va suvning yuqori assimilyasiyasi hamda 
tuproqdan CO
2
so„rilishi natijasida namoyon bo„lgan. 
Payvandlash alohida usul deb atalib, tirik o„simlikni bir qismi 
yoki bo„lagi, ikkinchi o„simlikning to„qimasiga o„tkazish orqali kel-
gusida bu ikki invididuumlar ajralmas bir yaxlit organizm shakliga 
aylanishiga aytiladi. 
Payvandust sifatida noqulay iqlim sharoitlariga chidamli navlar 
va turlarda foydalaniladi. Payvandlashda payvandust hamda 
payvandlashlarni to„qimalari bir-biriga to„g„ri kelishi ular yaxshi, tez 
tutib ketishini ta‟minlaydi. Payvandlash o„zining iliz qismi orqali 
payvandustni oziqa moddalari bilan ta‟minlasa, o„z navbatida pay-
vandust fotosintez jarayonida barglarda hosil bo„lgan organik mod-
dalarni o„simliklarni barcha a‟zolariga taqsimlaydi, shuning uchun 
xam ular chambarchas bog„liqdir. 
Ko„chatlarni payvandlash - o„simliklarni noqulay iqlim sharo-
itlariga chidamligini oshiradigan hamda o„simliklarni ko„paytirish 
usullaridan biridir. Bu usulni sabzavot ekinlari uchun faqat XX asrda 
ishlab chiqilidi va undan foydalanish boshlandi. 
Payvandlashda o„simliklarni bo„laklarini bir-biriga birlashtirish 
orqali to„qimalarni regeneratsiya (to„qimalarni qayta tiklash) natija-
sida ular yaxlit bir o„simlik bo„lib shakllanadi. Bunda kombinatsiya-
langan o„simlikning ildiz sistemasini rivojlantiradigan qismi 
«payvandlash», unga biriktiriladigan qismi esa «payvandust» deb 
yuritiladi. 
Sabzavot ko„chatlarini tayyorlashda payvandlashni ta‟siri 
natijasida payvandustni o„sish hamda rivojlanishi jadallashib, 
mahsulot sifati hamda hosildorligi ortadi bu bilan geterozis holati 
kuzatilishi takidlangan. 
Olimlarning fikricha,ochiq maydonda yetishtirilgan yaxshi 
rivojlangan ildiz sistemasiga ega bo„lgan ekin turlardan, jumladan: 
qovoq, bodring, qovun, tarvuz, pomidor va baqlajon ekinlaridan pay-
vandlash sifatida foydalanish natijasida yuqori va barqaror hosil 
berishi aniqlangan. 


Pomidorni ko„chatini tayyorlashda qimmatli navlarini noqulay 
bo„lgan iqlim sharoitlariga moslashadigan ildiz chirish kasalligi 
bilan zararlanmaydigan pomidorni yovvoyi shakllariga payvand 
qilinadi. Payvandlashni muvafaqiyatli o„tkazishni asosiy sharoitla-
ridan biri payvandust va payvandlashning to„qimalarini bir-biriga 
mosligi bo„lib, ularni tez va yaxshi tutib ketishini ta‟minlab beradi. 
Payvandlash o„zining ildiz sistemasi orqali payvandustni oziqa 
elementlari bilan ta‟minlaydi, payvandust esa o„z navbatida foto-
sintez jarayonida barcha o„simlikni barglarda sintezlashgan organik 
moddalar bilan oziqlantiradi. Shunday qilib, payvantag va payvan-
dust bir-biriga ijobiy ravishda ta‟sir ko„rsatadi. 
Qovoqdosh sabzavotlarda boshqa ekinlar kabi payvandlangan 
o„simliklarda o„zgarishlar sodir bo„ladi. Ko„chatlarni payvandlash 
yordamida u yoki bu payvandlangan komponentlarni dominant bel-
gilarini boshqarish mumkin. Bundan tashqari qovoqdosh ekinlar ko„-
chatlarini payvandlash tarvuz, qovun va bodring o„simliklaridan 
yuqori hosil olish, qimmatli seleksion nav namunalarini ko„pay-
tirishni tezlashtirish uchun agrotexnik tadbir sifatida qo„llaniladi.
Ma‟lumki, sabzavot ekinlarini eng ko„p zarar etkazadigan 
fuzarioz so„lish (

Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish