S yunusov, Z. Abdiyev


Urug„larni ekishga tayyorlash



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

Urug„larni ekishga tayyorlash. 
Payvandlangan o„simlikni 
yetishtirish uchun urug„ sarfi ikki barobarga ko„payadi, ya‟ni 
payvandlash jarayonida bir o„simlikni yuqori qismi (payvandust) va 
boshqa o„simlikni pastki qismi (payvandlash) sifatida ishlatiladi.
 
Payvandlashni o„tkazish uchun bevosita siz olishni xoxlagan 
nav yoki duragayni sifatli ko„chatlarini o„stirish zarur.
Bir vaqtning o„zida payvandalash uchun kerakli bo„lgan nav 
yoki duragayning chidamli payvandlashi ko„chatlari yetishtiriladi. 
Ko„chat uchun payvandustning soni bevosita ildiz tizimiga ega 
bo„lgan o„simlik (payvandlash) soniga to„g„ri kelishi kerak. 
Rejalashtirilgan ko„chatlar soni, ekish uchun urug„lar sonini 
xisoblashda ekinlar va navlarning 1000 dona urug„i vaznini bilish 
muxim (40-jadval). 


40-jadval
Sabzavot ekinlarini 1000 dona urug„i og„irligi
Tomatdosh ekinlar

Qovoqdosh ekinlar

Yirikmevali pomidor 
3,2 
Bodring 
20 
Maydamevali pomidor 
2,5 
Qovun 
35 
Yarim madaniy 
pomidor 
2,8 
Tarvuz 
110 
Baqlajon 
5,0 
Qovoq 
125 
Shirin qalampir 
6,5 
Qovoqcha 
150 
Kasseta yoki tuvakchalarga ekilgan urug„larni to„liq unib 
chiqqanligini bilish uchun, urug„larni unuvchanlik foizini bilish 
kerak. Agar urug„ 95-98 % unuvchanlikka ega bo„lsa, unda urug„ni 
xar bir uyaga 1 donadan, urug„ unuvchanligi past (60-70%) bo„lsa, 
unda 2 donadan ekiladi. 
Urug„larni ekish muddati
. Umum qabul qilingan issiqxonaga 
ekinlar urug„ini hududlar uchun qulay ekish muddatlaridan 5-8 kun 
ertaroq ekish kerak, chunki payvandlangandan keyin bir xafta 
davomida payvandlangan ko„chatlar shu sharoitga moslashishni 
talab qilinadi. 
Shuning uchun kuzgi-qishki mavsumda yetishtirish uchun 
pomidor urug„lari 10 avgustdan, bodring urug„lari 15 avgustdan eki-
ladi. 
Oraliq (o„tuvchan) mavsumda yetishtirish uchun issiqxonaga 
pomidor urug„lari 10 oktyabrdan, bodring urug„lari 20 oktyabrdan 
ekiladi. 
Qishki-baxorgi mavsumda yetishtirish uchun issiqxonaga 
pomidor urug„lari 10 noyabrdan, bodring urug„lari 10 dekabrdan 
ekiladi.
Ochiq maydon navlarni yetishtirish uchun urug„larni ekish 
muddati quyidagicha: pomidor - 1 mart, shirin qalampir - 20 fevral, 
baqlajon - 1 mart, bodring - 5 aprel, qovun -1 aprel, tarvuz- 1 aprel, 
va payvandlashlar: qovoq va qovoqcha 5 aprel. 
Bu ekinlarni payvandlashi urug„lari payvandust bilan bir vaqtni 
o„zida, bir necha kun oldin yoki keyin ekiladi chunki payvandlash 


jarayonida ko„chatni poyasi diametrining mosligini va birinchi chin-
barg paydo bo„lish fazasida bo„lishini ta‟minlash kerak.
Ekish muddatini aniqlashda qanday ekin bo„lishidan qat‟iy na-
zar urug„larni unib chiqish davri (kun) va o„simlikni o„sish kuchini 
xisobga olish muhim. Qovoq bodringdan ertaroq unib chiqadi va 
o„simlik kuchli shakllanadi. Qovoq (payvandlash) urug„ini ekish, 
bodring (payvandust) ga nisbatan 2-3 kun keyin o„tkaziladi. 
Yirik mevali pomidor navi tez unib chiqadi. 
Baqlajonni urug„larini ekish (payvandlash), yirik mevali pomi-
dor (payvandust) dan 3-4 kun ertaroq o„tkaziladi. Agar pomidorni 
cherri turi payvandust sifatida foydalanilsa, baqlajon (payvandlash) 
bilan bir vaqtni o„zida ekiladi. 

Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish