77-rasm.
Payvandlangan
o‘simliklar moslashishi uchun
maxsus inshooat.
78-rasm.
Payvandlangan
o‘simliklar moslashishi uchun
ko‘chatlarni joylashtirish.
Payvandlangan ko„chatlarni yaxshi o„sib ketishi uchun asosan
birinchi kuni haroratni yuqoriroq qilish muxim. SHuning uchun
plyonka ochilmaydi. To„g„ri payvandlangan o„simliklar 3-4 kuni
barglari tikalanadi o„zini turgor xolatiga qaytadi.
Payvandlangandan keyin 4-5 kun o„tgach ko„chatlarni sekin
asta chiniqtira boshlash kerak.
Bu davrda shamollatish kuchaytiriladi. Bu shamollatishni
kuchaytirish kun ora ertalab va kechqurun 5-10 daqiqa eshigini
ochish bilan bajariladi. O„simliklar bargi turgor xolatini yo„qot-
masligi uchun purkagich bilan suv purkaladi. Shu bilan birga ustki
qavatdagi qora plyonkani birinchi marta bir necha soatga ochib
qo„yiladi, 3-4 kundan so„ng esa uni butunlay olib tashlanadi.
Keyin, oradan 2-3 kun o„tgach ikkinchi qavat polietilen plyon-
kani ham olib tashlanadi. Pomidorni baqlajonga payvandlangan ko„-
chatlarini tutib olishi uchun umumiy 5-6 kun, pomidorni pomidorga
yoki baqlajonni baqlajonga payvandlangani esa 4-5 kunni tashkil
etadi.
Payvandlash uchun maxsus plastmassa naychadan foydalanilsa
unda ular o„zi payvandlangan joyning o„sishi va kengayishi nati-
jasida sirg„anib tushib ketadi va bu echib olish jarayonini engillash-
tiriladi. O„zi yoriluvchi rezina trubkalardan foydalanilsa, unda xam
echib olishni xojati yo„q. Qisqichlarni ehtiyotkorlik va sekin echib
olish kerak.
Kasseta (tuvaklar) dagi ko„chatlar ulangandan so„ng payvand-
langan ko„chatlarni issiqxonaga yoruqqa olib o„tish kerak va (pay-
vandlangandan keyin 9 chi kuni) ildiz ostidan mineral o„g„itlar
(NPK) bilan oziqlantirish o„tkaziladi. 0,3 – 0,4 % mochevina (yoki
karbamid) yoki 1 gramm nitrofos 1 litr suvga yoki boshqa o„g„itlar
eritmasi tayyorlanadi. Bu yeritmalar bilan ko„chat bargiga engil
purkaladi, eritma iloji boricha payvandlangan joyga tegmasligi
kerak. Payvandlangan joyga faqat katolit (tirik suv) eritmasini pur-
kash kerak.
Shu bilan birga payvandlangan o„simliklarni organik o„g„itlar
bilan xam sharbat shaklda mol go„ngi, chirindili suv, paranda go„n-
gini 1 qismiga 10 qism suv xisobida aralashmasi bilan oziqlantiri-
ladi. Payvandlangan ko„chatlarni ammiakli selitra eritmasi bilan
oziqlantirish yaxshi natija beradi (10 gramm 10 litrga).
Ko„chatlarni yetishtirishda payvandlangan o„simlikni sinib qol-
masligi uchun ularni uzunligi 18-20 sm li kichik qoziqchalarga
bog„lab qo„yiladi.
Issiqxonada ko„chatlarni o„sishi va rivojlanishi uchun qulay
haroratni ushlab turish zarur. O„simlik qizib ketishini pasaytirish
uchun ko„chatli tuvaklarni oralig„ini kengaytirish zarur. Dalaga
ekishdan avval payvandlangan joy va poyani pastki qismidagi paydo
bo„lgan ildiz va barglarni olib tashlash kerak.
Issiqxona kombinatlarida payvandlangan ko„chatlarni ko„p
miqdorda ishlab chiqarishda harorat va namlikni, yorug„lik va sha-
mollatishni avtomatik boshqaruvga ega bo„lgan inshooatlar quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |