uzunlikda po„sti kesilgan payvandust qo„yiladi (ponasimon emas) va
qisqich bilan mahkamlanadi.
Yaqinlashtirib payvandlash (ablaktirovka)
74-rasm.
Yaqinlashtirib
payvandlash
.
Butun
poyasi bilan payvandlashni
ishlatishda o„simlikni urug„barg bosqichi-
da yaqinlashtirib (kesilib) payvandlash
o„tkaziladi. Bu holda payvandlash va
payvandustni bir tuvakchada yetishtiriladi
(74-rasm). O„simliklar oralig„ini odatda
urug„ni
ekishda aniq belgilanadiki, shun-
da payvandlash davrida ularni yaqinlash-
tirish oson bo„lishi va ularga shikast etka-
zmaslik kerak. Bir tuvakka ekilgan o„sim-
liklarni ildizidan ajratmagan holda yaqin-
lashtiriladi.
Shuning uchun xar bir o„simlikni bittadan urug„bargini olib
tashlanadi, poyaning biriktiriladigan joyidagi po„sti shilinadi (1,5- 2
sm ga), o„simlik yaqinlashtiriladi, o„simliklar bir biriga kesilgan
joylari bilan yopishtiriladi (iloji boricha
ular bir xil kattalikda
bo„lishi kerak). Kesilgan joylar qisqich bilan mahkamlanadi. O„sa
boshlagandan keyin bir o„simlikni urug„bargi ostidan kesiladi.
SHunda faqat boshqa o„simlikni ildizi qoladi. O„simlikni kesilgan
joyi paxta bilan o„raladi va 2-3 kunga maxsus (havo harorati
25...28°S, namlik 90-98% bo„lgan) kameraga tutib olishi uchun
joylashtiriladi.
Bodring va qovoq uchun payvandlashni tilchali yaqinlashtirish
usuli bilan
o„tkazish mumkin. Bodringni
payvandlashga unib
chiqqandan 2-3 kun o„tgach, urug„bargi butunlay ochilgandan keyin
kirishiladi. Ko„chatni kechalari sug„oriladi, shunda o„simlik yaxshi
suvlanadi. Qovoqning urug„bargidan 1 sm pastdan piska bilan uzun-
ligi 7-12 mm teppadan pastga qarab kesiladi. Bodringda xam
urug„bargidan 2 sm pastdan analogik pastdan teppaga qarab kesiladi.
Payvandlash va payvandust tilchalari kesilgan joyga kiritiladi va
qisqich bilan mahkamlanadi. Payvandlashda
yaqinlashtirilgan
komponentlar iloji boricha ya‟ni bodring urug„bargi qovoqning
urug„bargi ustida joylashishi kerak.
Uchta o„simlikni xam birlashtirib ulash mumkin. Bunday holda
o„rtadagi o„simlik po„stlog„ining xar ikki tomoni, chetdagilarida esa
bir tomoni, faqat ichki tomoni kesiladi. O„simliklar birlashtiriladi,
kesiklari joylashtiriladi va keyin qisqich bilan mahkamlanadi.
O„simlik butunlay bitib ketgandan keyin ikki tomonidagilarni tepa
qismini uzun poya qoldirmasdan olib tashlanadi.
Natijada pomi-
dorning bir poyasi birdaniga uchta ildizdan oziqlanadi, hosildorlik
ortishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: