Sorbsiya (lotincha «sorbeo»)- so`zidan olingan bo`lib, yutaman, so`raman ma`nosini bildiradi. Mexanizmidan qat`iy nazar bir moddaning (sorbtiv) ikkinchi modda (sorbent) bilan so`rilishi sorbsiya deyiladi. Sordsiyani mexanizmi bo`yicha adsorsiya, absorsiya, hemosorsiya va kapillar kondensatsiyaga bo`lishadi.
Sirt energiyasining qiymati sirt yuzasiga to‘g‘ri proporsionaldir.1 kg modda sirtiga solishtirma sirt deb aytiladi. Solishtirma sirtni yana hamma zarrachalar umumiy sirtining maydalashga uchragan modda hajmiga nisbati bilan ham topiladi.
Solishtirma sirt S0 moddaning maydalanish, ya’ni disperslanish darajasiga to‘g‘ri proporsionaldir. Disperslanish darajasi 1 kg moddadagi zarrachalar soni bilan aniqlanadi.
Sirt yuzasini 1 sm2 ga oshirish uchun zarur bo‘lgan energiyaning (yoki ana shu yuzani hosil qilish uchun zarur bo‘lgan energiya) J/sm2 larda ifodalangan qiymati 1sm2 yuzaga to‘g‘ri keladigan erkin energiya qiymatini ifodalaydi. Bu qiymat sirt tarangligi ham deyiladi. Bundan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki sirt tarangligi σ 1 sm2 yuzaga to‘g‘ri keladigan erkin energiya qiymatini bildiradi. Geterogen sistemaning erkin sirt energiyasi G sirt taranglik qiymati (σ) bilan fazalarni ajratib turuvchi sirt yuzasi ko‘paytmasiga teng bo‘ladi.
G – erkin energiya, σ –sirt tarangligi, J/sm2 . S – sirt yuzasi, sm2
Fazalar chegarasida moddalar konsentratsiyasining ichkari hajmidagiga nisbatan o‘zgarishiga adsorbsiya deyiladi
Boshqa moddalarni o‘ziga yutish (adsorbsiyalash) qobiliyatiga ega bo‘lgan moddalar adsorbentlar deyiladi. Yutilgan ya’ni adsorbsiyalangan modda adsorbtiv deb yuritiladi. Agarda sirtda boshlangan yutilish adsorbent ichiga tomon davom etsa bunday jarayonga absorbsiya deyiladi. Gazlarning suyuqliklarda erishi absorbsiyaga misol bo‘ladi. Bundan shuni hulosa qilishimiz mumkinki, adsorbsiya - sirt, absorbsiya esa hajm hodisasidir. Agarda yutilish natijasida kimyoviy reaksiya sodir bo‘lsa bunday jarayonga xemosorbsiya deyiladi. Xemosorbsiya sirtda ham, hajm bo‘ylab ham borishi mumkin. Xemosorbsiyaga misol qilib CO2 ni CaO ga yutilishini keltirishimiz mumkin:
Har xil moddalarning eritmada erishi natijasida suyuqlikning sirt tarangligi yoki ortadi, yoki kamayadi. Ayrim moddalar eritmadan adsorbsiyalanib yuza qavatida yig‘iladi va sirt tarangligi qiymatini kamaytiradi. Bunday moddalarga, ya’ni adsorbent sirtida yig‘ilib adsorbsiyalanib sirt taranglikni kamaytiradigan moddalarga sirt faol moddalar deyildi. Bunga misol qilib yog‘ kislotalarini, spirtlarni, ketonlarni, sovunlarni va har xil oqsillarni olishimiz mumkin. Berilgan yuzada adsorbsiyalanmaydigan va suyuqlik sirt taranglik qiymatini oshiruvchi moddalarga sirt nofaol moddalar deyiladi.
Suvga nisbatan sirt faol bo‘lmagan modda sifatida anorganik kislotalar, tuzlar, asoslar, ayrim organik moddalarni keltirishimiz mumkin.Suvli eritmalardan bo‘ladigan adsorbsiyalarda erigan modda tarkibida qutbli (gidrofil) va qutbli bo‘lmagan (gidrofob) guruxalarning bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Bir vaqtning o‘zida ham qutbli ham qutbsiz guruxlar tutgan moddalarga difil moddalar deyiladi.
Difil moddalarga misol qilib amil spirtini keltirishimiz mumkin
Difil moddalarning tuzilishishartli ravishda quyidagi belgi bilan ko‘rsatiladi:
Sirt faol moddalar qutbli yoki qutbsiz erituvchilarda eritilganda erigan moddaga hajmdan sirtga o‘tish energetik jihatdan qulaydir. Ikkita bir-biri bilan aralashmaydigan qutbli va qutbsiz suyuqlikda erigan moddaning joylanishini quyidagicha ifodalashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |