S.M.MASHARIPOV
X. S. TADJIYEVA
Tibbiy kimyodan
amaliy mashg’ulotlar uchun darslik
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun
Toshkent 2021
UDK:61:54
KBK 51ua73
24 ua73
T 465
“Tibbiy kimyodan amaliy mashg’ulotlar uchun darslik” S.M. Masharipov, X.S.Tadjiyeva -Toshkent: 2021й.-270 b.
Retsenzentlar:
Xalikov P.X. - b.f.d., Toshkent tibbiyot akademiyasi, gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi professori
Ixtiyorova G.А. - k.f.d.,professor, Toshkent Davlat Texnika Universiteti umumiy kimyo kafedrasi mudiri .
Darslik Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tibbiy oliy oʼquv yurtlari uchun tasdiqlangan yangi modul dasturi asosida tuzilgan boʼlib, kimyo fanining tibbiyotni, modda almashinuvini oʼrganishda zarur boʼlgan mavzularini bir nechtasini oʼz ichiga olgan. Darslik 32 ta mashgʼulot uchun tuzilgan bo’lib, har bitta bobi mavzuni tibbiyot bilan bogʼlab turib oʼrganilgan. Shuningdek darslikda tibbiy kimyo tarkibiga kiruvchi biologik kimyoning statik qismi ham yoritilgan. Darslik tibbiyot instituti talabalari uchun mo’ljallangan.
So'z boshi
Mazkur darslik tibbiyot institutlari uchun tasdiqlangan modul dasturga asoslangan bo'lib davolash, tibbiy pedagogika tibbiy profilaktika va tibbiy biologiya mutaxassisliklarini o'ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan xolda, shuningdek xorijiy manb'lardan foydalangan xolda tibbiyot institutlari talabalari uchun tuzilgan. Unda kimyoning tibbiyot sohasini o’rganish uchun zarur bo’lgan bo’linmalari yoritilgan. Tibbiyot oliy o’quv yurtlarida tibbiy kimyo fanining o'qitilishidan ko'zda tutilgan maqsad tabbiy bioanorganik va bioorganik birikmalar asosiy sinflarining kimyoviy xossalaridagi qonuniyatlarni ularning tuzilishi bilan bog'liq xolda o'rganish va bu bilimlarni tirik organizmda boradigan jarayonlarning moxiyatini o'rganishda ko'llashdan iborat. Tibbiy kimyo bo'lajak shifokorlarni xayotiy jarayonlarning molekulyar asosi bilan tanishtirishi, ularga kimyoviy tafakkur qilish qobiliyatini va dorivor vositalar vazifasini bajaruvchi ko'p sonli organik birikmalarning tasnifi, tuzilishi, xossalarini, ularni tibbiyotdagi axamiyati to'g'risida axborot beradi. Darslikda muxim reaksiyalar mexanizmiga katta e'tibor qaratilgan, atomlar yoki atomlar guruxi o'zaro ta'sirining elektron mexanizmlari xaqida tushunchalar keltirilgan, organik kimyoning qonuniyatlari, asosan biologik axamiyatga ega bo'lgan moddalar va tabbiy dorilar misolida bayon qilingan, ularni organizmga ta'siri xaqida axborotlar berilgan. Shuningdek darslikda tibbiy kimyo tarkibiga kiruvchi biologik kimyoning statik qismi ham yoritilgan. Aminokislotalar, karbonsuvlar, lipidlar, nuklein kislotalar, fermentlar va vitaminlarning tuzilishi, kimyoviy va biologik xossalari, ularning kasalliklar kelib chiqishi, rivojlanishi va davolanishidagi axamiyati xaqida ma'lumotlar berilgan. Darslikda mutaxassis fanlar bilan integratsiya jarayoniga katta e'tibor qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |