Gamma nurlanish. Gamma-nurlar (γ) – bu yuqori energiyali nur turi boʻlib, beqaror yadroning zarrachalari qayta guruhlanib, barqarorroq, energiyasi pastroq izotop hosil boʻlishida ajralib chiqadi. Gamma nurlar grekcha harf γ bilan belgilanadi va oʻzi energiya boʻlganligi uchun, massasi va zaryadi yoʻq zarracha hisoblanadi. Gamma nurlarini chiqaruvchi manbalar kam. Ammo koʻpchilik alfa- va beta nurlanish vaqtida gamma nurlar ham ajraladi. Rentgenologiyada eng koʻp ishlatiladigan gamma nurini beruvchi izotop – bu texnetsiy (Tc). Beqaror texnetsiy izotopi metaturgʻun izotop deb yoziladi (belgisiga m qoʻshiladi), masalan texnetsiy-99m, Tc-99m, yoki . Bu turdagi parchalanishda energiya gamma nurlar koʻrinishida ajraladi va izotop barqaror izotopga aylanadi.
Gamma nurlari diagnostika ishlari uchun qulay hisoblanadi, chunki ular tana orqali tanib oluvchi moslamalarga oʻtadi.
Pozitron emissiyasi. Pozitronli β+ - beta-zarrachaga oʻhshash, belgisi β+ , zaryadi +1 (z = +1) va massa soni nolga teng (m=0) boʻlib, kuchli oʻtish (singish) xossasiga ega; 0,1 m qalinlikdagi toʻsiqdan oʻta oladi. Pozitron-emissiyasida, turgʻun boʻlmagan yadrodagi proton neytronga aylanadi. Positron – bu elektronning antizarrachasidir. Elektron va pozitron toʻqnashganida, ularning mikroskopik massalari toʻliq gamma-nurlar koʻrinishidagi energiyaga oʻtadi.
Neytron yadroda qolib, pozitron yadrodan chiqib ketadi. Pozitron-emissiyasi boʻlgan yadro reaksiyasida radioaktiv yadroning massa soni yangi yadroning massa soniga teng boʻladi. Shunga qaramay yangi yadroning tartib raqami bir birlikka kamayadi va bu bir element yangi elementga aylanganidan dalolat beradi (transmutatsiya). Masalan, alyuminiy-24 yadrosi pozitron emissiyasiga uchrab magniy-24 yadrosini hosil qiladi. Magniy (12) va pozitron (1+) zaryadining yigʻindisi alyuminiy (13) ning zaryadini beradi.
Radiatsiyaning biologik ta’siri
Radiatsiya oʻtish yoʻlida molekulalar bilan toʻqnashib, ulardan elektron otilib chiqadi va beqaror ionlar hosil boʻladi. Agar shu ionlantiruvchi nurlanish odam tanasi orqali oʻtsa, u suv molekulalari bilan ta’sirlashib, elektronini siqib chiqaradi va H2O+ zarrachalari hosil boʻladi. Bu oʻz navbatida keraksiz kimyoviy jarayonlar sodir boʻlishiga olib keladi. Radiatsiyaga eng sezgir hujayralar qatoriga – orqa miya suyuqligi, teri, jinsiy a’zolar, ichak va oʻsayotgan bolalar hujayralari kiradi.
Kimyogarlar, radioaktiv izotoplar bilan ishlaydigan vrachlar va hamshiralar kerakli darajada radiatsiyadan himoyalanishlari zarur. Alfa zarrachalar eng katta massa va zaryadga ega boʻlganligi uchun ulardan toʻgʻri tanlangan ekran yordamida himoyalanish kerak. Nur zarrachalari havo molekulalari bilan toʻqnashguncha, bir necha santimetr havodan uchib borib, elektronlarni oʻziga qamrab olib, geliy atomiga aylanadi. Alfa zarrachalardan hatto qogʻoz varagʻi, ustki kiyim, teri ham himoya qiladi. Laboratoriya xalati, qoʻlqoplar ham ma’lum darajada radiatsiyadan himoyalaydi. Shunga qaramay alfa nurini ajratuvchi zarrachani yutib yoki hidlab yuborilsa organizmning ichki a’zolari jiddiy darajada shikastlanadi. Beta zarrachalarning zaryadi ham, massasi ham kichik boʻlishiga qaramay, ular ancha tez harakatlanadi va uzoq masofaga ta’sir koʻrsatadi. Ular havoda bir necha metrga uchib oʻtib, qogʻozdan, kiyimdan oʻtib tanaga 4-5 mm ga singib oladi. Beta zarracha ta’siridan teri yuzasi yonishi va kuyishi mumkin, lekin ularning faolligi ichki a’zolarga yetib borish uchun yetarli emas. Ogʻir ustki kiyim, laboratoriya xalati, qoʻlqoplar ma’lum darajada beta nurlardan saqlaydi. Gamma nurlar havodan katta masofalarga uchib oʻtadi, koʻpchilik materiallardan, shu jumladan teri va boshqa toʻqimalardan oʻtib, ichki a’zolarni shikastlaydi. Gamma nurlar juda havfli hisoblanadi. Ulardan himoyalanish uchun zichligi juda yuqori metallardan yoki polimer kompozitlardan yasalgan ekranlar ishlatiladi. Radioaktiv izotoplar bilan ishlagan tibbiyot hodimlari himoyalovchi kiyim, qoʻlqop kiyib, qalqon ortida turib ishlashlari kerak.
Ba'zi bir radioaktiv izotoplar, masalan radiy-226 tabiiy ravishda koʻpchilik yerda mavjuddir. Radiy-226 alfa-zarrachani ajratib radon gaziga aylanadi. Shuning uchun uy sharoitida yer va toshlar oʻzidan radonni ajratib turadi.
Uydan tashqarida radonning havfliligi kamroq, chunki u havoda disperslanib tarqalib ketadi. Ammo radioaktiv manba uy tagida joylashgan boʻlsa, u oyoq ostidagi teshiklardan uyga oʻtib, honalarni zaharlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |