Radioaktivlikni tibbiyotda ishlatilishi
Organizmda biron bir a’zo holatini aniqlash uchun radiolog shu a’zoda toʻplanib qoladigan radioizotoplarni ishlatadi. Organizm hujayralari radioaktiv izotopni radioktiv boʻlmaganidan ajratib oʻtirmaydi, shuning uchun organizmga yuborilgan izotoplar oson qoʻshilib ketadi. Rakni davolash uchun radioaktiv izotop bilan toʻldirilgan urugʻlar organizmga implant qilinadi. Radioaktiv atomlar nur tarqatib turganligi uchun, ularni topib olish oson boʻladi. Tibbiyotda rak kasalligi bilan ogʻrigan bemorlar 60Co-izotopi (γ-nurlari manbai) ta’sirida davolanadi. Jarrohlikda asboblarni sterillashda, nishonlangan atomlar usuli bilan dorilarning organizmga ta’sirini oʻrganishda qoʻllaniladi. Radioizotoplarni tanlashda radioizotoplarni yarim yemirilish davri inobatga olinadi. Tibbiyotda asosan yarim yemirilish davri kichik bo’lgan izotoplar ishlatiladi. Kasallikni turi, bemorni holatiga qarab bir necha soat, hatto bazi hollarda bir necha daqiqada yemirilib organizmni tark etadigan izotoplar ishlatiladi.
Radioizotoplar yordamida skanerlash
Bemor, radioaktiv izotopni qabul qilgandan soʻng, rentgenolog radioaktiv izotop joylashgan yerini va undan chiqarayotgan radioaktivlik darajasini aniqlaydi. Bu moslama skaner deb nomlanadi va u tasvirni chizib berish uchun ishlatiladi. Skaner tana boʻylab, radioaktiv izotop turgan va oʻzidan gamma nurni tarqatayotgan a’zo ustidan sekin-asta oʻtkaziladi. Nur chiqayotgan yuza kattaligini kamayishi yoʻki ortishi a’zolarning kasallanganligini, ya’ni oʻsma oʻsishi, tromblar yoki shishlar hosil boʻlganligini koʻrsatadi. Qalqonsimon bez faoliyatini oʻrganish shundan iboratki, bezga radioaktiv yod yuboriladi. Ogʻiz orqali yuborilgan radioaktiv yod-131 qalqonsimon bez tarkibidagi yod bilan aralashib ketadi. Yigirma soat oʻtgach, qalqonsimon bez tomonidan yutilgan yod miqdori aniqlanadi. Qalqonsimon bezgacha tushirilgan aniqlovchi trubka bezdagi yod-131 chiqarayotgan nurni topadi.
Pozitron-emission tomografiya (PET)
Y
arim yemirilish davri qisqa boʻlgan, uglerog-11, kislorod-15, azot-13, ftor-18 kabi pozitron ajratuvchi izotoplar positron-emission tomografiya (PET) deb nomlanuvchi tasvir shakllantirish usuluda ishlatiladi. Bu usulda ishlatiladigan izotoplar, masalan ftor-18, organizmdagi, masalan glukoza kabi moddalar bilan miya faoliyati, modda almashinuvi va qon aylanishini oʻrganish uchun ishlatiladi.
Ajralayotgan pozitronlar elektronlar bilan birlashib, gamma nurlarni hosil qiladi. Ular oʻz navbatida kompyuter texnikasi yordamida aniqlanib, a’zolarning uch oʻlchamli tasvirini yaratib beradi.
Bu usul ayniqsa onkologiyani barvaqt tashhisida, kardiologiya, nevrologiya kasalliklarini aniqlashda, ayniqsa a’zolar konfiguratsiyasini hosil qilishda, kasallik rivojlanishi va tuzalishi davrida natijalarni kuzatib turishda yahshi samara beradi.
Hozirgi paytda PET usuli bilan yurakning uch oʻlchamli tasviri ham olingan. Bunday usul bilan yurak poroki, uni qon bilan ta’minlanishi kabi kasalliklar diagnostikasi yoʻlga qoʻyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |