Kompyuter tomografiyasi (КT)
Miya, oʻpka, yurak kabi a’zolarni skanerlab, tasvirini hosil qilish uchun ishlatiladigan yana bir usul – bu komputer tomografiyasidir (KT). Kompyuter tekshirilayotgan a’zoning ketma-ket qatlamlariga yoʻnalgan 30000 ta rentgen nurlarini nazorat qiladi. Toʻqimalar va suyuqliklar rentgen nurlarini oʻz zichligiga yarasha turlicha yutadi va shuning asosida a’zolarning bir qator tasvirlari hosil boʻladi. Bu usul miyaga qon quyilishi, oʻsmtalar hosil boʻlishi, atrofiyalarda qulay keladi.
Magnit-rezonansli tomografiya (MRT)
Magnit rezonansli tomografiyа a’zolar tasvirini olish usullari orasida eng kuchlilaridan hisoblanib, rentgen nurlarini ishlatmasligi bilan ajralib turadi. Bu organizm uchun zarari eng kam boʻlgan usul. Bu usulda vodorod atomlarining protonlari kuchli magnit maydoni bilan qoʻzgʻatiladi. Tana atomlarining 63% vodorod atomlariga toʻgʻri keladi. Vodorod atomlarining yadrolarida protonlar oʻzini juda bir kichik negiz sifatida tutadi.Tashqi maydon ta’siri boʻlmaganda ular tasodifiy yoʻnaladi. Shunga qaramay kuchli magnit maydoniga tushirilganda protonlar maydon bilan toʻgʻri keladi. Maydon bilan toʻgʻri kelgan protonlar, maydonga nisbatan tekis joylashganlariga nisbatan kichikroq energiyaga ega boʻladi. MRT oʻtkazish vaqtida energiyaning radiochastotali impulslari ishlatiladi va vodorod yadrolari ma’lum chastotada rezonansga uchraydi. Shunda tezlik bilan radiotoʻlqinlar ishga tushib, protonlar oʻzining boshlangʻich tabiiy magnit maydonida bir tekislikda yotgan holatiga qaytib, boshqa chastotada rezonansga uchraydi. Radiotoʻlqinlardan olingan energiya agralib chiqadi. Shu ikki holatlar oʻrtasidagi energiya farqi elektromagnit signal koʻrinishda skaner yordamida koʻrinadi. Bu signallar komputerga uzatilib, tananing rangli tasviri koʻrinishida namoyon boʻladi. Vodorod atomlari organizmda turli kimyoviy muhitda boʻlganligi uchun, turli miqdordagi energiyani yutadi. MRT usuli ayniqsa, oʻzida vodorod atomlarini suv molekulalari koʻrinishida tutgan yumshoq toʻqimalarni tasvirini olishda qulay keladi
Brahiterapiya – bu radioaktiv izotoplarni organizmga implant sifatida joylashtirishga asoslanib, nur terapiyasining bir turi hisoblanadi. Bu usulda radioaktiv izotoplar implantatsiya qilinadi va u ichki nur terapiyasi deb ham nomlanadi. Braсhis qoʻshimchasi yunoncha tildan kalta masofa degan ma’noni anglatadi. Sogʻlom toʻqimalarga zararni iloji boricha koʻp yetkazmasdan, rak bilan kasallangan a’zolarga radiatsiyaning katta dozasi yuboriladi. Ishlov berish vaqtini kamaytirish uchun, radiatsiya dozasi katta beriladi. Davolash davomiyligi zaruriyatga qarab belgilanadi. Odatda yuzaki davolashning 1 kursi uchun radiatsiyaning kamroq miqdori talab etiladi, ammo davolashga olti-sakkiz hafta vaqt kerak boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |