Amaliy qism
Tajriba №1. Konduktometrik titrlash usuli bilan eritmalar konsentratsiyasini aniqlash
Tajribani bajarish uchun:
1. Elektrolitik yacheykani distillangan suv bilan yuvib tashlab unga elektrodlarni qoplab turish darajasigacha 40-50 ml hlorid kislota eritmasidan quyib oling.
2. Konduktometr yordamida solishtirma elektro’tkazuvchanlikni boshlang’ich qiymatini o’lchab oling.
3. Oldindan tayyorlangan “nol” nuqtagacha to’ldirilgan byuretkadan NaOH ni 0,1 N eritmasidan 1 ml dan titrlash davomida quyib turing va har gal elektro’tkazuvchanlikni o’lchab boring.
4. Titrlashni elektro’tkazuvchanlik o’zgarmay qolguncha olib boring.
5. Olingan natijalarni ish daftarida jadvalda qayd qilib boring.
Olingan natijalar bo’yicha æ – Vishchi eritma koordinatalarida grafik chizib, ekvivalent nuqtani aniqlang.
Eritmani normal konsentratsiyasini formula yordamida hisoblang.:
Jadval. 1.
Tajriba
№
|
VAniqlanayotgan eritma, ml
|
VNaOH,ml
|
æ,
Sм/sм
|
Ekv. nuqtada VNaOH, ml
|
N,
mol/l
|
1
|
HCl
|
0
|
|
|
|
2
|
1
|
|
|
|
3
|
2
|
|
|
|
4
|
3
|
|
|
|
5
|
4
|
|
|
|
6
|
5
|
|
|
|
7
|
6
|
|
|
|
8
|
7
|
|
|
|
Natijalarni ish daftariga kiriting.
Nazorat savollari
Elektr o’tkazuvchanlik va uning turlari
Birinchi va ikkinchi tur elektr o’tkazuvchilarga misollar keltiring
Solishtirma elektr o’tkazuvchanlikni ta'rifini bering va uning ifodalanishini ko’rsating
Molyar elektr o’tkazuvchanlikka ta'rif bering va ifodalanishini ko’rsating
Cheksiz suyultirilgandagi elektro’tkazuvchanlik
Kolraush qonuni
Konduktometrik usul bilan dissotsiatsiyalanish darajasi va konstantasini aniqlash
Konduktometrik titrlash nimaga asoslangan?
Konduktometriyaning tibbiyotdagi ahamiyati
Mashg’ulot № 12
Маvzu: Potensiallar vujudga kelishi. Potensiometriya
Xech bo’maganda bir fazasi suyuqlik bo’lgan fazalar chegarasida qo’sh elektr qavat shakllanadi. Qo’sh elektr qavat mavjud bo’gan yerda zaryadlangan zarrachalar energiya zahirasiga ega bo’ladi. Kimyoviy termodinamik sistemada shu energiya miqdorini belgilovchi termodinamik funksiya eletrkimyoviy potensial deyiladi.
Qanday fazalar chegarasida hosil bo’lishiga qarab potensial turlicha nomlanadi. Agar u bir moddaning ham oksidlangan, ham qaytarilgan shaklini titgan eritma inert metall bilan chegaradosh bo’lsa bunday fazalar chegarasida oksidlanish-qaytarilish potensiali hosil bo’ladi.
Biri faol ikkinchisi nofaol bo’lgan ikki metall chegarasida hosil bo’ladigan potensial kontakt potensiali, bir moddaning turli konsentratsiyali ikki eritmalari o’rtasida hosil bo’ladigan potensial diffuziya potensiali, [ejayra membranasida hosil bo’ladigan potensial membrana potensiali deyiladi. Potensialning qaysi turini ko’rmasak ham u energiya manbayi hisoblanadi.
Elektrod – bu kamida ikki fazadan iborat elektrkimyoviy sistemadir. Elektrodlar qaytar va qaytmas turlarga bolinadi. Elektr tokining yo`nalishi o`zgartirilganda qaytar elektrodlarda teskari tarafga boradigan reaksiyalar vujudga keladi. Bunday elektrodga misol qilib o`z tuzining eritmasiga tushirilgan metallni olishimiz mumkin, masalan Cu/Cu2+.
7.2-rasm. Metall suvga tushirilganda qo`sh elektr qavatning hosil bo`lishi
O‘z tuzining eritmasiga botirilgan metal yuzasida hosil bo‘ladigan potensial elektrod potensial deb ataladi.
Elektrod potensialnig qiymati E harfi bilan belgilanadi va Nernst tenglamasidan hisoblab topiladi:
bu erda: E - standart elektrod potensial (298 K da), R –universal gaz doimiysi; z - metall valentligi; F - Faradey soni (96500 kl); ln a eritmadagi metall ionlari aktiv kosentratsiyasining natural logarifimi.
Berilgan qiymatlar hisobga olinib, natural logarifm o`nli logarifmga o`tkazilganda formula quyidagi ko`rinishga kiradi:
Potensiali eritmadagi ionlar konsentratsiyasiga bog`liq bo`lgan elektrodlar o`lchovchi yoki indikator elekrodlari deyiladi. Ma’lum metall va uning tuzining ma’lum konsentratsiyadagi eritmasidan elektrod yasalsa (yarim element), uning potensiali aniq va doimiy qiymatga ega bo‘ladi. Bunday yarim element potensiali noma’lum bo‘lgan boshqa elektrodlarni taqqoslash uchun standart bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bunday elektrodllar standart yoki solishtirish elektrodlari deyiladi. Ko`pchilik hollarda, standart elektrod potensiali shartli ravishda nol deb qabul qilingan, normal vodorod elektrodi ishlatiladi. Unga boshqa elektrodlarning potensiallari solishtiriladi. Shuningdek, har qanday elektrod, potensialining qiymati aniqlangandan so‘ng, standart elektrod sifatida ishlatilishi mumkin.
Elektrodlar hamma vaqt ham tuz eritmasiga botirilgan metall plastinkadan iborat bo‘lavermaydi. Ba’zan tuz eritmasi o‘rniga tarkibida kerakli tuz bo‘lgan pasta (kalomel elektrod) dan foydalaniladi; metall plastinka vazifasini vodorod yoki kislorod shimdirilgan indifferent metall (oltin, platina)dan yasalgan plastinka bajaradi (bunday elektrod - gazli elektrod deyiladi) va hokazo.
Solishtirish elektrodlari sifatida ko‘pincha normal elektrodlar qo‘llaniladi. Bu tuz eritmasidagi metallga mos keladigan ionlarning aktivligi 1 mol/l ga teng keladiganelektrodlardir.
Oksidlanish-qaytarilish va ionalmashtiruvchi elektrodlar o`lchovchi (indikator) elektrodlari qatoriga kiradi. Oksidlanish-qaytarilish elektrodlari elektron o`tkazish hususuyatiga ega bo`lgan inert metallni bir moddaning ikki hil oksidlanish darajasini tutgan eritmasiga botirilganda hosil bo`ladi. Inert metall sifatida asosan platina yoki oltin olinadi. Bu elektrodlarning potensiali moddaning oksidlangan va qaytarilgan shakllarining konsentratsiyasiga bog`liq bo`ladi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonida vodorod ionlari ham ishtirok etsa, masalan hingidron elektrodida, bu elektrodni pH ni potensiometrik usul bilan o`lchashda ishlatsa bo`ladi.
Ikkita elektroddan tashkil topgan galvanik elementda paydo bo‘ladigan elektr uyrituvchi kuch (E.Yu.K.) ning bog‘lanishi quidagicha ifodalanadi:
bu erda: Ex - E.Yu.K., E1 va E2—elektrodlarning potensiallari.
Do'stlaringiz bilan baham: |