S h. T. T o’qsonov, B. S. U m arov, S. D. A yrapetyan, G. A



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/49
Sana04.04.2022
Hajmi2,2 Mb.
#527241
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
Bog'liq
fayl 722 20210504

T adbirkorlik shakllari
O ’zbekiston R espublikasida «Tadbirkorlik to ’g ’risida»gi qonuninng 5-m oddasiga 
binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:
- yakka tartibdagi tadbirkorlik;
- xususiy tadbirkorlik;
- jam oa tadbirkorligi;
- aralash tadbirkorlik.
Y akka tartibdagi tadbirkorlik - tadbirkorlik faoliyatini am alga oshirishning eng 
oddiy shakli bo Tib, uni tashkil qilish tartibi O ’zbekiston Respublikasi V azirlar 
M ahkam asining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O ’zbekiston 
R espublikasida xususiy tadbirkorlik to ’g ’risidagi N izom » bilan belgilanadi. Ushbu 
nizom ga m uvofiq yakka tadbirkor o ’z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilm ay amalga 
oshirishi m um kin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda m ayda ishlab chiqarish bilan 
shug’ullanadilar.5
Yakka tartibdagi tadbirkorlik o ’z navbatida ikki turga b o ’linadi:
- shaxsiy tadbirkorlik;
- birgalikdagi tadbirkorlik.
Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining 
kafolatlari to ’g ’risida»gi qonunning 15-m oddasida quyidagicha bayon etiladi: «Shaxsiy
5 Qosimova M.S., Xodiev B.Yu., Samadov A.N., Muxildinova U.S. Kichik biznesni boshqarish. O ’quv qo'llanma. -Т .:
O’qimvehi, 2003.


tadbirkorlik 
yakka 
tartibdagi 
tadbirkorlarning 
o ’zi 
tomonidan 
m ulk huquqida, 
shuningdek, m ulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga y o ’l q o ’yadigan o ’zga 
m ulkiy h u q u q tufayli o ’ziga tegishli b o ’lgan m ol-m ulk negizida m ustaqil ravishda 
am alga oshiriladi».
U sh b u qonunning 16-m oddasiga binoan birgalikdagi tadbirkorlikka quyidagilar 
kiradi:
- er-xotinning u m um iy m ol-m ulki negizida am alga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;
- dehqon x o ’jalig in in g um um iy birgalikdagi m ulki negizida am alga oshiriladigan dehqon 
x o ’jalig i;
- o ’zlariga um um iy ulushi m ulk huquqida tegishli b o ’lgan um umiy m ulk negizida yakka 
tartibdagi tadbirkorlikni am alga oshiradigan shirkat x o ’jaligi.
Y uridik shaxs tashkil qilm ay, o ’z faoliyatini am alga oshiradigan tadbirkor sifatida 
ro 'y x a td a n o ’tkazilgan jism oniy shaxsga davlat ro ’yxatidan o ’tkazilganligi haqidagi 
guvoxnom a beriladi va u jism oniy shaxslarni ro ’yxatdan o ’tkazish reestrida qayd qilinadi.
U shbu guvohnom a bankda hisob-kitob varag ’i ochish, soliq organlaridan 
ro ’yxatdan o ’tish, m uhr va b oshqa rekvizitlam i tayyorlash uchun asos b o ’lib hisoblanadi. 
O ’zbekistan R espublikasida «X ususiy tadbirkorlik to ’g ’risidagi N izom »da xususiy 
tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta'rif berilgan:
X ususiy tadbirkorlik - bu fuqarolar (alohida fuqaro) tom onidan o'zlarining 
tavakkalchiliklari va m ulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy darom ad (foyda) olish 
m aqsadida am aldagi qonunchilik asosida am alga oshiriladigan tashabbuskor x o ’jalik 
faoliyatidir.
X u susiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat k o ’rsatayotgan tadbirkorlikdan 
farqi shundaki, bu erda faoliyat k o ’rsatuvchilar o ’z faoliyatini yollanm a ishchi kuchi 
yordam ida olib boradilar. U lar yuridik shaxs sifatida ish k o ’radilar va o ’z korxonalarini 
davlat r o ’yxatidan o ’tkazishga m ajburdirlar.
Jam oa tadbirkorligi - bu bir guruh fuqarolarning o ’zlariga m a'qul b o ’lgan 
m ulkchilik shakllarida jam oalarga birlashib, jam o a korxonalarini tashkil qilishlari va shu 
asosda tadbirkorlik faoliyatini am alga oshirishlaridir.
Jam o a tadbirkorligi faoliyati firm alar faoliyatida o ’z ifodasini topadi. Firm a -
m uayyan turdagi m ahsulot ishlab chiqarishga va xizm at k o ’rsatishga ixtisoslashgan, 
bozordagi talab va taklil'ga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va m ustaqil 
korxonadir.
X ususiy firm a deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli b o ’lgan, yakka xususiy 
m ulkka asoslanib faoliyat k o ’rsatadigan korxona tushuniladi.
S hirkat firm a bir n echa sohibning m ulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan olinadigan 
foydani baham k o ’rishga asoslangan sherikchilik korxonasidir.
Shirkat firm alarining ikki turi m avjud:
- m as'uliyati cheklanm agan jam iyatlar;
- m as'uliyati cheklangan jam iyatlar.
14


M as'uliyati cheklanm agan jam iyatlar ikki yoki undan k o ’proq kishilarning mulki asosida 
yuzaga keladi. Sheriklam ing dastlabki m ulki firm aning ustav kapitali deyiladi. Bu 
kapitalga har b ir sherik o ’z hissasini q o ’shadi. U lar ustav fondiga qancha pul q o ’ysa, shu 
hissaga binoan foyda olishadi. Bordiyu firm a sinsa, sheriklar zaram i ham jihatlikda 
k o ’taradi, ya'ni b ir sherik boshqasining javobgarligini ham zim m asiga oladi.
Shirkat a'zolari o ’rtasida tuzilgan bitim shirkatning huquqiy asosi hisoblanadi. Bu bitim 
quyidagi bandlam i o ’z ichiga oladi:
- har bir ham kom ing vakolatlari;
- bitim ning m uddati;
- har bir vakilning um umiy ishga q o ’shgan ulushi;
- darom adlar va yuz berishi m um kin b o ’lgan zararlarni o ’zaro b o ’lish y o ’l-yo’riqlari;
- uyushm a m ablag’laridan har bir ham kom ing olishi m um kin b o ’lgan aniq va belgilangan 
pul hajmi;
- uyushm ada amalga oshirish zarur b o ’ladigan m oliyaviy ishlar tartibi;
- yangi ham kom i qabul qilish tartibi;
- shirkatni tarqatib yuborish tartibi.
Shirkatga davlat, kooperativ, jam oa va boshqa tashkilotlar, shuningdek, xorijiy 
tashkilotlar va fuqarolar ham qonun y o ’l q o ’ygan hollarda a'zo b o ’lishi mumkin. 
M as'uliyati cheklangan shirkat firm alam ing ustav fondi faqat ta'sischilar m ablag’ 
(aktsiya)lari hisobiga barpo etiladi. Jam iyat qatnashchilari o ’zlarining q o ’shgan ulushlari 
doirasida javobgar bo ’ladi. Shirkat o ’z faoliyati uchun ustav fondi m iqdorida javobgar 
hisoblanadi. M as'uliyati cheklangan shirkat firm alar nom iga «lim ited» so ’zi qo’shiladi, 
bu inglizcha so ’z b o ’lib, «cheklangan» m a'nosini bildiradi.M as'uliyati cheklangan 
firm aning bir qator turlari m avjud. U lam ing eng keng tarqalgan shakli aktsiyadorlik 
jam iyatlari va korporatsiyalardir. A ktsiyadorlik jam iyatlarini tuzish va faoliyatini tashkil 
qilish 
tartibi 
O ’zbekiston 
Respublikasining 
«A ktsiyadorlik 
jam iyatlari 
va 
aktsiyadorlarning huquqlarini him oya qilish to ’g ’risida»gi qonunda ifodalangan. U shbu 
qonunning 2-m oddasiga m uvofiq:
A ktsiyadorlik jam iyati - bu jism oniy shaxslar kapital!arining birlashuvi b o ’lib, u 
aktsiyalar chiqarish y o ’li bilan tashkil etiladi.
Jam iyat jam langan kapitaliga qarab m axsus qimm atli q o g ’oz - aksiya chiqaradi. 
A ksivani sotib olganlar hissadorlarga aylanishadi va foydadan o ’z hissasi - divedendni 
olib turadilar. A ktsiyadorlik jam iyati o ’z m ajburiyatlari b o ’yicha o ’ziga tegishli butun 
m ol-m ulk bilan javobgar hisoblanadi. A ksiyadorlar jam iyati m ajburiyatlari b o ’yicha 
javobgar emas va uning faoliyati bilan b o g ’liq zararlar uchun faqat o ’zlariga tegishli 
aksiyalar qiymati doirasida javobgar hisoblanadi. A ksiyadorlik jam iyatining ustav fondi 
aksiyadorlar sotib olgan aksiyalam ing nom inal qiym atlaridan tashkil topadi. Jam iyat 
chiqaradigan barcha aksiyalam ing nom inal qiymati bir xil b o ’lishi lozim . Aksiya 
b o ’linm as hisoblanadi. A ksiyadorlik jam iyatini ta'sis etishda uning jam i aksiyalari 
ta'sischilar orasida tarqatilishi kerak. A ksiya fond birjalarida m uom alada bo’ladi, bir
15


shaxsdan b o sh q asig a erkin o ’tadi va aksiyalar uchun uning hissasi to ’g ’risidagi hujjat 
hisoblanadi. A k siy ad o rlik jam iyatini:
- ak siyadom ing u m u m iy majlisi;
- kuzatuv kengashi;
- ijro organ i boshqaradi.
A ksiyadorlam ing um um iy m ajlisi oliy boshqaruv organi hisoblanadi. A gar qonun 
h ujjatlarida b o sh q ach a tartib belgilanm agan b o ’lsa, u aksiyadorlik jam iyati faoliyati bilan 
b o g ’liq barcha m asalalam i hal qilish huquqiga ega. A ksiyadorlik jam iyatining kuzatuv 
kengashi jam iy at faoliyatida um um iy rahbarlikni am alga oshiradi. A ksiyadorlik 
jam iy atin in g jo riy (kundalik) faoliyatiga yagona ijro organi (direktor) yoki kollegial 
(m aslahat) ijro organi (boshqaruv, direktsiya) rahbarlik qilishi mumkin.
A ksiyadorlik shaklidagi tadbirkorlikning quyidagi afzalliklari bor:
- aktsiyadorlik jam iy ati - bu biznesning k o ’proq dem okratik shaklidir. U nga xohlagan 
kishi bevosita yoki obuna b o ’lish y o ’li bilan aksiyani sotib olib, a'zo b o ’lishi va m ulk 
egasiga aylanishi m um kin;
- vaqtincha b ekor turgan sarm oyalar m arkazlashuviga erishiladi;
- nisbatan sam arali sohalarga kapital oqim ini tashkil qilish imkoniyati tu g ’iladi;
- davlat m ulkini xususiylashtirish im koniyatlari kengayadi;
- m oliyaviy barqarorlikka erishiladi;
- tadbirkorlikda tavakkalchilik xavfi kam ayadi (hissador o ’z aksiyasi m iqyosida ziyon 
k o 'rsa, korxona egasi butun m ulkidan ajraladi);
- bir vaqtning o ’zid a ishlab chiqaruvchilar, tovar yetkazib beruvchilar, xaridorlar va 
m ahalliy davlat organlari m anfaatlarining o ’zaro m uvofiqlashuviga erishiladi.
A ksiyadorlik jam iy ati ochiq va yopiq turda b o ’lishi mumkin.
O chiq turdagi aksiyadorlik jam iyati - bu aksiyadorlari o ’zlariga tegishli aksiyalam i 
boshqa aksiyadorlam ing roziligisiz erkin tasarruf qila oladigan jam iyat. U chiqaradigan 
aksiyalariga ochiq obutia o ’tkazish va ularni erkin sotish huquqiga ega. Ta'sischilam ing 
eng kam soni h am cheklanm agan. O chiq turdagi AJ uchun ustav fondining eng kichik 
m iqdori A J ro ’yxatidan o ’tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish 
haqi sum m asining ikki yuz barobari m iqdoriga teng b o ’lishi kerak.Y opiq turdagi 
aksiyadorlik jam iyati - bu aksiyalari nom langan (egasi yozilgan) va ular faqat AJ 
ta'sischilari o ’rtasid a taqsim langan jam iyatdir. U ning aksiyalari qimm atli qo g ’ozlar 
bozorida m uom alada b o ’lishi jam iyat N izom iga binoan m an etilgan yoki cheklangan 
b o ’ladi. Y opiq turdagi AJ uchun ustav fondining eng kam miqdori - AJ r o ’yxatdan 
o ’tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi sum m asining kam ida 
yuz barobari m iqdoriga teng bo ’lishi kerak. Ochiq turdagi AJ ni boshqa turdagi 
jam iyatlarga aylantirish m umkin emas. Y opiq turdagi A J esa o ’z aksiyalariga ochiq 
obuna o ’tkazish yoki ularni fond bozorida sotish uchun chiqarish y o ’li bilan ochiq turdagi 
A Jga aylanishi m um kin. B oshqa turdagi jam oa korxonalari va shirkat x o ’jaligi o ’z 
aksiyalarini chiqarish y o ’li bilan ikkala turdagi aksiyadorlik jam iyatlarga ham
aylantirilishi m um kin.
16


O chiq turdagi aksiyadorlik jam iyati bar yili om maviy axborot vositalarida:
- yillik hisobotni;
- buxgalterlik balansini;
- foydalar va zararlar schyotini;
- jam iy at aksiyalari emissiyalari prospektini;
- um um iy m ajlisni o ’tkazish sanasi va joyini m alum qilib turishi shart.
A ksiyadorlik jam iyatini tashkil etish uchun quyidagilar zarur:
- jam iyatni tashkil etish va birgalikda faoliyat k o ’rsatish ham da b ir yoki bir necha 
shaxsga jam iyatni tashkil etish uchun vakolat b erish to ’g ’risida shartnom a tuzish:
- aksiyalarga obuna o ’tkazish;
- ta'sis konferensiyasini o ’tkazish;
- jam iyat va uning aksiyalarini davlat ro ’yxatidan o ’tkazish. Jam iyatni tashkil etishdagi 
xarajatlar shartnom aga im zo chekkan shaxslarga taqsim lanadi. D avlat mulkini 
xususiylashtirish orqali quyidagi usullarda A J tashkil etilishi mumkin:
- oddiy y o ’l bilan, ya'ni bunda fuqarolar yopiq yoki ochiq A J larining ob'ektlarini auksion 
orqali yoki konkurs y o ’li bilan sotib olishadi;
- davlat korxonasi mehnat jam oasi tom onidan yopiq A J ni tashkil etadi va m a'lum yuridik 
shaxs tom onidan korxona sotib olinadi;
- davlat yoki ijara korxonalari ochiq A J lariga aylantiriladi.
B archa jam oa korxonalari uchun quyidagi um um iy jihatlar m avjud:
- nizom k apitalining tegishli b o ’laklarga yoki aksiyalarga m ajburiy b o ’linishi;
- jam iyatning o 'z m ajburiyatlari va faqat o ’zining m ulki b o ’yicha cheklangan 
javobgarligi;
- aksiyador (sherik)lar orasidagi o ’zaro m unosabatlar, daromad va m ulkni taqsim lash, 
korxonani boshqarish b o ’yicha m unosabatlar ulam ing kiritgan ulushlari m iqdoriga qarab 
taqsim lanadi;
- jam iyat a'zolari uning kapitaliga o ’z ulushlarini kiritishlari zarur, am m o o ’z melm atlari 
bilan uning faoliyatida ishtirok etishlari m ajburiy emas.
A ksiyadorlik jam iyatlarini tashkil etish jarayonlari «M ulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish», «H issadorlik jam iyatlari», «K orxonalar to ’g ’risida», 
«Q im m atli q o g ’ozlar bozori va fond birjalari» to ’g ’risidagi qonunlar va boshqa m e'yoriy 
hujjatlar asosida boshqariladi.
K oiporatsiya atamasi lotincha «coiporatio» so ’zidan olingan b o ’lib, birlashm a, 
ham jam iyat ma'nosini beradi. K orporatsiya yirik aksioner jam iy atlar birlashm asi 
hisoblanib, bir xil m ahsulot ishlab chiqaruvchilam i birlashtiradi. N atijada ishlab chiqarish 
m onopollashadi.
Korporasiya investitsiya kapitalining m arkazlashuvini, ilm -fan taraqqiyotini, 
m ahsulotning 
raqobatbardosh 
b o ’lishini 
va 
uzoq 
hayot 
siklini 
ta'm inlaydi. 
K orporatsiyalar tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi aksioner jam iyatlarining xohish- 
ixtiyori bilan paydo b o ’ladi. H ar b ir korxona faoliyatini yurgi«i(A « e k w b o & h o lk h a turli 
funksiyalam i, ya'ni: 

f- -’т.ТН'Лу n o n i f i
|


- xom ashyo, m ateriallar, energiya, uskuna qidirib topish, sotib olish va texnologik 
takom illashtirish;
- m ahsulot sifatini oshirish va ishlab chiqariladigan m ahsulotni yangilash;
- tayyor m ahsulotni sotish b o ’yicha qator ishlam i bajarishi lozim b o ’ladi.
B ir xil m ahsulot ishlab chiqaruvchi bir qancha korxonalar y ig ’ilishib, barcha 
uchun um um iy b o ’lgan korxonalar faoliyatini ta'm inlovchi funksiyalarni ham m a uchun 
bajaradigan bir idora, m uassasa tuzishni rejalashtirganlar. N atijada shunday birlashm a 
yuzaga kelganki, un d a korxonalar o ’z mulki va iqtisodiy m ustaqilligini saqlagan holda 
ham m alari uchun um um iy b o ’lgan funksiyalarni bajarishdan ozod b o ’lganlar va shu 
funksiyalarini bajarganligi uchun um um iy idora-m uassasaga xaq to ’laganlar.
O ’z tarkibidagi aksiyadorlik jam iyatlam i nazorat paketlarini egallash bilan 
k orporatsiyalar xolding kom paniyalariga aylanadi. X olding iborasi inglizcha «holding» 
so ’zidan olingan b o ’lib, “ega” m a'nosini beradi. X olding kom paniya - bu m ulk egalari 
tom onidan bir qancha m ustaqil aksiyadorlik jam iyatlari faoliyatini nazorat qilish 
m aqsadida tashkil etilgan hissadorlik jam iyatidir. X olding kom paniyasi tarkibiga kiruvchi 
aksiyadorlik jam iyatlari «aksiyalarining nazorat paketi» kom paniyaning ixtiyorida 
b o ’ladi. B undan m aqsad aksiyadorlik jam iyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o ’m atish va 
dividendlar k o ’rinishida foyda olishdir. X olding kom paniyalarning m ohiyati shundaki, 
ular biror bir ishlab chiqarish vazifalarini bajarishm aydi. U larning vazifasi - sof 
boshqaruvchilikdan, ya'ni ishonchli m ulk egasi sifatida ularga o ’z aksiyalari yoki 
aksiyalar nazorat paketini beruvchi kom paniyalarning faoliyatiga um um iy x o ’jalik
rahbarligini bajarishdan iboratdir. O ’zbekistan R espublikasida xolding kom paniyalarning 
huquqiy m aqom i V azirlar M ahkam asining 1995 yil 12 oktyabrdagi 398-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan N izom (xoldinglar to ’g ’risidagi N izom) asosida belgilanadi. Bu N izom ga 
m uvofiq aktivlari tarkibiga boshqa korxonalam ing aksiyalar nazorat paketi kiradigan 
ochiq turdagi aksiyadorlik jam iyati xolding hisoblanadi. X olding birlashgan korxonalar, 
ya'ni xolding aktivlari tarkibiga kiradigan, aksiyalar paketini nazorat qiladigan korxonalar 
sh o ’ba korxonalar deb ataladi. U lar m ustaqil yuridik shaxs hisoblanadi. S ho’ba korxona, 
k o ’pincha, korxonaning rivojlanib borishi davom ida bosh korxona (xolding kom paniyasi) 
tom onidan tashkil qilinadi. X oldinglar davlatga qarashli yoki xususiy b o ’lishi mumkin. 
D avlat xoldingida aksiyalar nazorat paketi davlat mulkiga, sh o ’ba korxonalar aksiyalari 
esa bosh 
xolding 
kom paniyasining m ulkiga aylanadi. 
S ho’ba korxonalar o ’z 
m ajburiyatlari b o ’yicha o ’zlariga tegishli m ulk, shu jum ladan, asosiy korxona, ya’ni 
xoldingga tegishli aksiyalar nazorat paketining qiymati bilan ham jav o b beradi. X olding 
sh o ’ba korxona qarzi b o ’yicha uning ta'sis shartnom asida aytilgan shartlarda javobgar 
b o 'ladi.X olding kom paniyalari ikki turda b o ’lishi mumkin:
- m oliyaviy xolding;
- aralash xolding.
M oliyaviy xolding faqat m axsus nazorat va boshqaruv m aqsadlarida tuziladi. 
S arm oyasining 50 foizidan k o ’pini boshqa em itentlarning qimm atli q o g ’ozlari va boshqa 
m oliyaviy aktivlar tashkil qiladigan xolding m oliyaviy xolding hisoblanadi. M oliyaviy
18


xoldinglar avktivlari tarkibiga faqat qimm atli q o g ’ozlar va boshqa m oliyaviy aktivlar, 
shuningdek, xoldingni boshqarish apparatining faoliyatini ta’m inlash uchun bevosita 
zarur b o ’lgan m ol-m ulk kirishi mumkin. M oliyaviy xoldinglar faqat investitsiya faoliyati 
bilan sh u g ’ullanish huquqiga ega, faoliyatining boshqa turlari bilan 
sh u g ’ullanishga 
ruxsat berilm aydi. U lar sho’ba korxonalam ing ishlab chiqarish va tijorat faoliyatlariga 
aralashish huquqiga ega emas. M oliyaviy xolding vakillari faqat sh o ’ba korxonalarning 
aksiyadorlari y ig ’ilishlarida qatnashishi m umkin. U larga kuzatuv kengashi, boshqaruv va 
sho’ba korxonalarini boshqaradigan boshqa organlarga kirishga ruxsat berilm aydi.
M oliyaviy xoldinglar o ’zlariga tegishli aksiyalar bilan faqat tashkil qilingan 
qim m atli q o g ’ozlar bozorida, ya'ni fond birjalarida bitim larni am alga oshiradi. Bu talabni 
bajarm aslik am alga oshirilgan bitim larning bekor qilinishiga sabab b o ’ladi.
Aral ash xolding - nazorat va boshqaruv vazifalari bilan b ir qatorda sanoat, savdo, 
transport, kredit-m oliya va boshqa sohalarda tadbirkorlik faoliyati bilan ham 
shug’ullanish m aqsadlarida tuziladi.(U zbekistan Respublikasi qonunchiligiga binoan xo l­
ding kom paniyalari quyidagi y o ’llar bilan tashkil etiladi:
- yirik korxonalam i qayta tashkil qilishda ulam ing tarkibiy b o ’linm alarini m ustaqil 
yuridik shaxs (sh o ’ba korxonalar) sifatida bunyod etish y o ’li bilan;
- yuridik jihatdan m ustaqil korxonalam ing aksiya paketlarini birlashtirish y o ’li bilan;
- yangi aksiyadorlik jam iyatlarini ta'sis etish y o ’li bilan.
X oldinglar m onopoliyaga qarshi organning ruxsati bilan tashkil etiladi. X oldingni 
tashkil etishga ruxsat olish uchun m onopoliyaga qarshi organga boshqa hujjatlar bilan 
birga:
- nizom loyihasi;
- xoldingni tuzishga xohish haqida bayonnom a yoki ta'sischilar shartnom asi;
- tuziladigan xoldingga kiritish uchun tavsiya qilinayotgan korxonalar r o ’yxati;
- shu korxonalardan har qaysisining x o ’jalik faoliyati turlari va hajm i haqidagi 
m a'lum otlar topshiriladi. A gar xoldingni tuzish biron bir m ahsulot (ishlar, xizm atlar) 
ishlab chiqarish m onopoliyasiga olib keladigan b o ’lsa, bunday xoldingni tuzishga ruxsat 
berilm aydi. D avlat korxonalari - bu davlat m ulki b o ’lgan va uning nazorati ostida 
ishlovchi korxonalar b o ’lib, ular ishlab chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, eng 
m uhim va m as'uliyatli vazifalar (m udofaa, aloqa, energetika, transport va boshqalar)ni 
bajaradi. Q o ’shm a (aralash) korxonalar xususiy, davlat va jam o a m ulkining aralash 
m ablag’lariga tayanadi. A ralash firm alar m illiy va xorijiy kapitalga tayangan hissadorlik 
qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsim lanadi. Q o ’shm a korxona 
tuzishga ham korlarni nim a m ajbur qiladi? A Q Sh olim lari quyidagi om illam i keltiradilar:
- kapital x arajatlar hajm ining qisqaiib ketishi va yangi quvvatlam i barpo etishdagi 
xavotirlik;
- aniq geografik bozorga o ’tish;
- yangi faoliyat sohasiga o ’tish;
- ishlab chiqarish sohasining bazasi yoki xom ashyo m anbaini q o ’lga kiritish;
- ishlayotgan ishlab chiqarish liniyalarining kengayganligi;
19


to v a ry o k i xizm atlam i sotishning yangi tarm oqlari paydo b o ’lganligi;
- m avjud m arketingning sam aradorligi oshganligi;
- takrorlanib turuvchi yoki m avsum iy beqarorlikni bartaraf etish im koniyati;
- q o ’shm a korxonadagi ham korlar yordam ida ishlab chiqarish xarajatlarini kam aytirish 
im koniyati.
Q o ’shm a korxonalar o 'z aro m anfaatdorlik negizida, hukum atlararo shartnom alar 
asosida tashkil qilinib, ilm iy-ishlab chiqarish, ilm iy-texnik va boshqa vazifalarni 
yech ish g a qaratilgan. U lar sanoat, qishloq x o ’jaligi, qurilish, transport, savdo, fan va xalq 
x o ’jalig in in g boshqa sohalarida tarkib topishi m umkin. Q o ’shm a korxonalar, asosan, chet 
el texnikasi va texnologiyasi asosida Ь аф о etilib, m ahalliy xom ashyo va ish kuchi 
hisobiga ishlaydi. K orxona o ’zining m ustaqil balansiga ega b o ’ladi va x o ’jalik hisobi 
asosida faoliyat yuritadi. R espublikam izda A Q Sh, Italiya, Turkiya, Fransiya, G erm aniya, 
A ngliya, K oreya, Y aponiya kabi qator davlatlar kom paniyalari bilan ham korlikda 
q o ’shm a korxonalar qurilib, ishga tushirilgan.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish