O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Nizomiy nomidagi
Toshkent davlat pedagogika universiteti
“Kichik biznes va
tadbirkorlik”
Uslubiy qo ’llanma
Toshkent - 2013
T u zu vch ilar:
S h.T .T o’qsonov, B .S.U m arov, S.D .A yrapetyan, G.A.Akxamova,
S h.A .T oirov, A .M .Jalilov, X .T.Jum anov,Y u.N .M irzaxm edova, G .T.Ibragim ova,
X .X ,S alo x o v , N .X .Isaeva, Z.M .Q osim ova, Sh.X .D oniyorov.
M a s’ul m uharrir:
i.f.n., dots. O .Sh.Ism ailov.
T aqrizchilar:
1. TD IU , “L ogistika va infratuzilm ani rivojlantirish” kafedrasi
i.f.d., professor A .S.K ucharov.
2. N izom iy nom idagi TD PU , “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi
i.f.n., professori Y .Q .Y o’ldoshev.
N izom iy nom idagi T D PU uslubiy kengashining qaroriga k o ’ra nashrga tavsiya etilgan.
(2013 yil 14-fevraldagi 7-sonli bayonnom a).
© N izo m iy nom idagi TD PU
2
Kirish
O ’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgan kundan boshlab o ’z oldiga qo’ygan pirovard
m aqsad - ijtimoiy yo’naltirilgan bozor
iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy
davlatni barpo etish asosida keng ko’lamli islohotlami izchil ravishda amalga oshirib,
salmoqli natijalami qo’lga kiritib kelmoqda. O ’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng
ko’lamli islohotiarning bosh maqsadi - kuchli, raqobatdosh milliy iqtisodiyotni yaratish,
m amlakatimizda barqaror bozor iqtisodiyotini shakllantirishning muhim shartiga aylangan
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida aholi bandligini ta'minlash,
bozorlami tovarlar bilan to ’ldirish, aholi farovonligini muntazam oshirib borishdan iboratdir.
Mamlakatimizda istiqlol yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish
uchun qulay shart-sharoitlar, imtiyoz va prelerentsiyalar yaratish, ularni har tomonlama
qo’llab-quvvatlash ustuvor yo’nalishga aylandi.
2012 yil 14 sentyabr kuni Toshkentda simpoziumlar saroyida Prezidentimiz Islom
Karimovning tashabbusi bilan tashkil etilgan “O ’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni
amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzusida
xalqaro konferentsiya bo’lib o ’tdi.
Xalqaro konferentsiyaning
ochilishida O ’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimov ma'ruza qildi. Prezident o’z ma'ruzasida jahondagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy
vaziyat, xususan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz oqibatlarini oldindan bashorat qilishning
tobora mushkullashib borayotgan davrda O ’zbekiston iqtisodiyotining barqaror va mutanosib
rivojlanishini ta'minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirishda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik imkoniyatlaridan keng foydalanayotganiligini ta'kidlab
o ’tdi.
Mamlakatimiz
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotida
kichik
biznes
va xususiy
tadbirkorlikning mazmun-mohiyatini chuqur o ’rganish, uni yanada rivojlantirish, hayotda
ishbilarmonlik shakllarini keng yo’lga qo’yishning nazariy asoslarini yoritish, talabalarda
tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida ushbu qo’llanm a tayyorlandi.
Maqsad -
bo’lajak
o ’qituvchilarga tadbirkorlik va kichik biznes b o ’yicha
atroflicha tushuncha berish, kelajakdagi ish faoiiyatida amaliy ahamiyat kasb etuvchi
iqtisodiy bilim. ko’nikma va shu soha bo ’yicha kasb-malakalami shakllantirishga yordan
berish, olgan bilimlarini amaliyotda, hayotda qo’llay olishlariga yo’llanma berishdan
iboratdir. Zero, yuqorida nomi zikr etilgan anjumanda Prezidentimizning aytgan quyidagi
fikrlari ham shuni taqozo etadi: “Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy
fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va professional tayyorgarlikka ega bo’lgan yoshlargina
sifatli. jadal va innovatsion taraqqiyotning eng muhim sharti va garovi bo’la olishi, aynan
ular mamlakatning buyuk kelajagini ta'minlashi mumkinligiga kimnidir ishontirish yoki buni
isbotlab berishning hojati yo’q, deb o ’ylayman”. 1
Ushbu qo’llanma 4 ta mavzudan iborat bo’lib, unda tadbirkorlik faoliyatining
mazmuni, hozirgi zamon shakilari va turlari, tadbirkorlik faoliyatini tashkillashtirish,
rejalashtirish va rivojlantirish, kichik korxonalar ishini belgilashning miqdori, sifat
k o ’rsatkichlari hamda tadbirkorlik sohasida menejment va marketing masalalari yoritib
beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |