Bitim shakllari
Bitim shakli - erkni bayon etish usulidan iborat. Erk ogʻzaki, yozma va
boshqa usullarda bayon etilishi mumkin. Shunga koʻra bitim ham tegishli
shakllardan iborat. Bitimni shakli uni haqiqiy deb hisoblash (FKning 354,
366-m. m), taraflar oʻrtasida nizo kelib chiqqan taqdirda, ularning huquq
va burchlarini isbotlash uchun yuridik ahamiyatga ega.
116
Jeton, patta yoki odatda, qabul qilingan boshqa belgi berish bilan
tasdiqlangan bitim, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan
boʻlmasa, ogʻzaki shaklda tuzilgan bitim hisoblanadi. Yozma shaklda
tuzilgan shartnoma bajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonun hujjatlari va
shartnomaga zid boʻlmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq ogʻzaki
tuzilishi mumkin.
Qonunda indamasdan, sukut saqlash orqali ham bitim tuzilishi
mumkinligi nazarda tutiladi. Bu holda xalqimizning qadimdan mavjud
“sukut – rozilik alomati” qoidasi amal qiladi.
Yozma shaklda tuziladigan bitimlar ikki turga:
a) oddiy yozma;
b) notarial idoralarda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda,
boshqa organlarda tasdiqlanadigan bitimlarga boʻlinadi.
Oddiy yozma bitim bitimning shartlarini oʻz ichiga olgan va taraflar
(yoki bir taraf) tomonidan imzolangan hujjatga aytiladi. Bitimlar quyidagi
hollarda oddiy yozma shaklda tuziladi:
1) yuridik shaxslarning oʻzaro va fuqarolar bilan tuziladigan bitimlari
(chunki yuridik shaxslar mavzusida aytganimizdek, yuridik shaxslarning
mulki va mablagʻlari uning balansida aks ettirilishi kerak.
2) fuqarolar oʻrtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining oʻn
baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa
bitim summasidan qat’i nazar boshqa bitimlar.
Tashkilotlar tomonidan tuziladigan yozma bitimlarda mazkur
tashkilot rahbarining imzosi va muhri boʻlishi lozim.
Birja bitimlari
Bitimlar orasida birja bitimlari oʻziga xos xususiyatga ega. Bitimlarni
birja bitimlari deb hisoblash uchun ular maxsus belgilangan joyda tuzilgan
boʻlishi lozim. Birja hududi doirasida tuzilgan bitimlarning joyi birjada
tuzilgan hisoblanadi. Birja bitimlari tuzish vaqti deganda birja
savdolarining boshlanishi va tugatilishi uchun belgilangan vaqt
tushuniladi. Ushbu vaqt davomida taraflar birja aktivlarini sotib olish va
sotish uchun zayavka beradilar. Birjalar Oʻzbekiston Respublikasining
“Birja va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi qonuni talablari asosida faoliyat
yuritadi.
Birja bitimi deb - birjada roʻyhatga olingan birja listingi (savdo
uchun koʻrgazmaga qoʻyilgan tovarlar roʻyxati)dan oʻtkazilgan birja
tovarlari boʻyicha savdo sessiyasi (savdo vaqti) vaqtida birja savdosi
ishtirokchilari oʻrtasida tuzilgan va birja tomonidan roʻyxatga olingan
bitimga aytiladi.
117
Birja bitimlari uning oʻzida roʻyxatga olinadi, shu sababli bunday
bitimlar notarial tasdiqlanmaydi, qonunlarda nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno. Birja bitimlari birja nomidan va hisobidan amalga
oshirilishi mumkin emas
Birja – oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan
qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shaxs. Birjalar
faqat aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etiladi. Birjalar oʻz
faoliyatini tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjasi turida amalga oshiradi.
Birjaning firma nomida “birja” soʻzi boʻlishi kerak.
Birja ustavida birjaning toʻliq va qisqartirilgan firma nomi,
joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili;
birja ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
birja tomonidan chiqariladigan aksiyalarning soni, nominal qiymati,
turlari (oddiy, imtiyozli);
birja boshqaruvining tuzilmasi, birja kuzatuv kengashining, taftish
komissiyasining va ijroiya organining a’zolari soni, ushbu organlarni
shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.
Birja ustavida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham
boʻlishi mumkin.
Birja faoliyati birja tovarlari bozorini tashkil etish va tartibga
solishga hamda talab va taklif asosida birja tovarlarining narxlarini ushbu
bozorda shakllantirishga qaratilgan faoliyatdir.
Birja bitimlarining turlari: birjalarda asosan birja tovarlari (mol, xom
ashyo, agrosanoat tovarlari va mahsulotlari, valyuta, qimmatli qogʻozlar va
hokazo) boʻyicha quyidagi oldi – sotdi shartnomalari tuziladi.
- real (kassali) bitimlar – mavjud boʻlgan tovarlarni topshirish yoki
yetkazib berish yoxud tovarga egalik qilish huquqini oʻtkazish bilan
bogʻliq bitimlar hisoblanadi;
Real bitimlar amaliyotda kassali bitimlar deb ham nomlanadi.
Bunday bitimlar birja bitimlarining eng oddiy turlaridan hisoblanadi. Real
bitimlarga xos xususiyatlardan biri ularni darhol bajarilishi kerak
boʻlishidan iborat, chunki ular mavjud boʻlgan tovarlar boʻyicha tuziladi.
Real bitimning predmeti har doim tovar hisoblanadi, bitim tuzish paytida u
jismonan mavjud va sotuvchining egaligida boʻladi.
- forvard bitimlar – mavjud (bitim tuzilayotgan vaqtda ishlab
chiqarilgan) tovarni yetkazib berishni kechiktirish sharti bilan tuziladigan
oldi – sotdi bitimlari; . Forvard soʻzi inglizcha “Forward transaction”
118
soʻzidan olingan. Bu birja bitimining oʻziga xos xususiyatlaridan biri bitim
tuzishdan koʻzda tutilgan harakat ma’lum bir vaqt oʻtgandan soʻng amalga
oshirilishidir, bundan tashqari sotib oluvchi mavjud tovarni koʻrib yoki
koʻrmasdan (ya’ni kelgusida ishlab chiqariladigan tovarlarni nazarda tutib)
shartnoma tuzishidir.
- fyuchers bitimlar –fyuchers bitimning predmeti fyuchers
kontraktidan iborat boʻlib, u alohida hujjat hisoblanadi. Fyuchers qimmatli
qogʻoz hisoblanmaydi. kelajakda bajarish majburiyati olingan holda
tovarlarga boʻlgan standart kontraktlarni olish va sotish toʻgʻrisidagi
bitimlar; tovarlarga doir standart kontraktlarning oldi-sotdi bitimlaridir.
Fyuchers bitimidagi “standart” tushunchasi faqat birjada belgilangan
shartlarga amal qiluvchi bitimlar bilan savdo qilish mumkinligi (kontrakt
hajmi, yetkazib berish sanasi, bahosi va boshqalar) bilan bogʻliqdir. Ularni
kelgusida ijro etish majburiyatini olgan holda tuziladi. Bu bitimlar
boʻyicha tovarlar, xom-ashyolar, qimmatli qogʻozlar shartnomada
koʻrsatilgan bahoda (tovar qabul qilinayotganda uning narxi oʻzgarsa ham
shartnomadagi baho imperativ xarakterga ega boʻladi va oʻzgarmaydi),
faqat muayyan vaqtdan soʻng ijro etilish sharti bilan sotiladi.
- optsion bitimlar– belgilangan narxda kelgusida sotib olinadigan va
sotiladigan tovarlarga yoki tovarlarni yetkazib berish toʻgʻrisidagi standart
kontraktlarga boʻlgan huquqlarni sotib olish yoki sotish haqidagi bitimlari
hisoblanadi (lotincha optio – tanlash degan ma’noni anglatadi). Optsion
bu-hujjat, bitim taraflaridan birining oʻz kontragentidan cheklangan
muddat davomida kelishilgan narxda muayyan kompaniyaning belgilangan
miqdordagi tovarlarni sotib olish yoki sotish uchun belgilangan huquqidan
iborat. Optsion qimmatli qogʻozning kursi oʻzgarishi bilan foyda chiqarib
olish uchun imkoniyat yaratadi. Optsionning ikkita asosiy turlari mavjud:
optsion koll (call, ya’ni sotib olish huquqi va optsion –put (put) ya’ni
sotish huquqi.
Repo bitimi: qimmatli qogʻozlarni muayyan muddat oʻtgach,
avvaldan belgilangan narx boʻyicha qayta sotib olish sharti bilan
tuziladigan qimmatli qogʻozlarga doir oldi-sotdi bitimlari.
Birjalarda tuzilgan bitimlarda ishtirokchi sifatida birja a’zolari
ishtirok etadilar. Birja a’zolari oʻrtasidagi birja bitimlari birja
savdolarining natijalariga koʻra tuziladi. Birja bitimlari faqat yozma
shaklda tuziladi. Bitim bilan bogʻliq nizolar oldin birjalar hakamlik
(ixtilof) komissiyasida hal etiladi. Qarordan rozi boʻlmagan tomon sudga
murojaat etishga haqli.
119
Bitimning haqiqiy sanalish shartlari
Bitimlar haqiqiy sanalishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi:
birinchidan, bitimlarning mazmuni qonunga va qonun asosida
chiqarilgan aktlarga, umuminsoniy qoidalarga muvofiq boʻlishi;
ikkinchidan, bitimlarni tuzuvchi shaxslar muomala layoqatiga ega
boʻlishlari;
uchinchidan, bitimlar koʻrinish uchungina tuzilmay, balki chindan
ham yuridik oqibat tugʻdirish maqsadida tuzilgan boʻlishi;
toʻrtinchidan, notarial guvohlantirishi yoki davlat roʻyxatidan
oʻtkazilishi lozim boʻlgan bitimlar haqiqiy sanalmasligi xavfi ostida qonun
bilan talab qilingan shaklda rasmiylashtirilishi kerak.
Mutlaq haqiqiy sanalmaydigan bitimlar jumlasiga qonun talablariga
muvofiq boʻlmagan (FK 116-modda), Oʻzbekiston Respublikasining
manfaatlariga xilof ravishda tuzilgan (Oʻzbekiston Respublikasi JKning
175-moddasi), oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxs tomonidan tuzilgan (FK
117-modda), qalbaki va koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitimlar (FK
124-modda) oʻz oʻzidan haqiqiy sanalmaydi.
Nizoli bitimlar jumlasiga oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna
olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan
(FK 121-modda) yanglishish ta’sirida tuzilgan (FK 122-modda), aldash,
zoʻrlik, qoʻrqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda
kelishuvi yoki ogʻir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan (FK 123-modda),
muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan tuzilgan (FK 120-modda),
yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan bitimlar (FK
125-modda) kiradi.
Oʻz-oʻzidan haqiqiy sanalmaydigan bitim turlari va
ularning huquqiy oqibatlari
Qonun hujjatlari talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi
bitim, shuningdek, huquq-tartibot yoxud odob yoki axloq asoslariga atayin
qarshi maqsadda tuzilgan bitim, FKning 116-moddasida koʻrsatilganidek,
oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir.
Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof maqsadlarda
tuzilgan bitim haqiqiy sanalmaydi. Gʻaraz, yomon niyat bilan atayin davlat
va jamiyat manfaatlariga xilof maqsadlarda tuzilgan bitim qonunni jiddiy
ravishda buzish, deb qaraladi.
120
Qalbaki bitim – taraflarning kelishuvi boʻyicha yuridik oqibatlar
tugʻdirmaslik niyati bilan faqat koʻrinish uchungina tuzilgan bitim boʻlib,
u haqiqiy sanalmaydi (FK 124-modda).
Koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitim deb boshqa bir bitimni
yashirish maqsadida tuzilgan bitimga aytiladi. Agar bitim boshqa bir
bitimni yashirish uchun tuzilgan boʻlsa, bu holda taraflar tomonidan
haqiqatda nazarda tutilgan bitimga oid qoidalar qoʻllaniladi.
Koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitim barcha hollarda haqiqiy
sanalmaydi. Bunday bitim bilan yashirilgan bitim qonun talablariga javob
berish-bermasligiga qarab yo haqiqiy boʻladi yoki haqiqiy emas deb
topiladi.
Koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitim ham qalbaki bitim kabi
hech qanday huquq va majburiyatlarni kelib chiqishi uchun asos
boʻlmaydi. Bunday bitim tuzish vositasida taraflar aslida boshqa yuridik
harakatni, ya’ni bitimni yashiradilar. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi
hadya shartnomasi bilan yashiriladi. Bunday maqsad koʻp miqdorda pul
toʻlaganligini oshkor qilmaslikdan iborat. Aholi yashamaydigan binoni
ijaraga berish shartnomasini yashirish uchun birgalikda faoliyat koʻrsatish
toʻgʻrisidagi shartnomalarini tuzish uchrab turadi.
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmaganligi, shuningdek ruhiy kasalligi yoki aqli
zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan
tuzilgan bitimlar haqiqiy sanalmaydi, taraflarning har qaysisi bitim
yuzasidan olgan narsalarining hammasini ikkinchi tarafga qaytarishga
majbur, olingan narsani natura baravarida qaytarishi mumkin boʻlmasa,
uning qiymatini pul bilan toʻlashga majbur.
Umumiy qoidaga muvofiq yashirilgan bitim gʻayriqonuniy
hisoblanadi, chunki u qonuniy ravishda rasmiylashtirilgan emas. Shunday
ekan uni yashirgan koʻz boʻyash uchun tuzilgan bitimni oʻz-oʻzidan
haqiqiy boʻlmagan bitim deyish mumkin. Lekin yashirilgan bitim nizoli
bitimlar turkumiga kirishi ham mumkin.
121
Oʻz-oʻzidan (mutloq) haqiqiy sanalmaydigan bitimlar
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan
oʻsmirlar qisman muomala layoqatiga ega boʻlsalarda, bitimlarni ota-
onalari, farzandlikka olganlar yoki homiylari roziligi bilan tuzadilar. Spirtli
ichimliklarni yoki giyohvand vositalarini suiiste’mol qilish oqibatida
muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan homiysining roziligisiz
tuzilgan bitimni sud haqiqiy emas deb topishi mumkin (FK 120-modda).
Jiddiy yanglishish ta’sirida boʻlib bitim tuzishda, bunday bitim
tuzuvchi shaxs bitimda narsa, xususan, bu narsaning sifati toʻgʻrisida,
bitim tuzuvchi kontragentning (qarshi tarafning) shaxsi haqida notoʻgʻri
tasavvurda boʻladi.
Haqiqiy sanalmaydigan bitim
Qonun hujjatlarining
talablarigamuvofiq boʻlmagan bitim
Qalbaki va koʻzboʻyamachilik uchun
tuzilgan bitim
Muomalaga layoqatsiz fuqaro tuzgan
bitim
Yanglishish ta’sirida tuzilgan bitim
Notarial shakl va davlat roʻyxatidan
oʻtkazish talabiga rioya qilinmasdan
tuzilgan bitim
tomonidan tuzilgan bitim
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxs
Aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf
bilan yomon niyatda kelishish yoki ogʻir holatlar yuz berishi
ta’sirida tuzilgan bitim
122
Aldash, zoʻrlash, qoʻrqitish ta’siri ostida yoki bir taraf vakilining
ikkinchi taraf bilan yomon niyatda yoxud fuqaro uchun ogʻir holatlarning
yuz berishi oqibatida tuzilgan bitim jabrlanuvchining da’vosi boʻyicha
haqiqiy sanalmasligi mumkin. Aldash ta’siri ostida bitim tuzilishida bitim
tuzuvchi ikkinchi tomonni atayin yomon niyat bilan yanglishtiradi. Bu
Amalga oshirilishi
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxs
tomonidan tuzilgan bitim
Muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim
Yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan bitim
Oʻz vakolatlaridan tashqariga chiqqanda
Oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara
olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim
Ta’sir ostida
yanglishish
aldash
zoʻrlik
qoʻrqitish
bir taraf vakilining ikkinchi taraf
bilan yomon niyatda kelishishi
ogʻir holatlar yuz berishi ta’sirida
Nizoli bitimlar
holda aldanuvchi tomon bitimning narsasi yoki uning shartlari toʻgʻrisida
notoʻgʻri tasavvur qiladi.
Qoʻrqitish ta’siri ostida bitim tuzilishida jabrlangan shaxs oʻziga yoki
yaqin kishilariga biror mulkiy yoki shaxsiy zarar yetkazilishidan qoʻrqib,
bitim tuzishga majbur boʻladi.
Zoʻrlik deyilganda boshqa shaxsning erki shu shaxsni bitim tuzishga
majbur qilish maqsadida uning oʻziga yoki yaqin kishilariga jismoniy azob
yetkazishdan iborat boʻlgan gʻayriqonuniy qilmish tushuniladi.
FKning 125-moddasiga asosan, yuridik shaxs tomonidan uning ta’sis
hujjatlarida (ta’sis shartnomasi, nizom, ustavi) aniq chegaralab qoʻyilgan
maqsadlarga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shugʻullanishga
litsenziyasi boʻlmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitim uning
muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organining da’vosi boʻyicha
sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin.
Nazorat uchun savollar:
1. Koʻp hollarda bitim va shartnoma tushunchasi chalkashtiriladi.
Bitim deganda shartnomani tushunish hamda bir tomonlama, ikki
tomonlama va koʻp tomonlama bitimlarga oid qoidalarni toʻliq
shartnomalarni tasniflashga nisbatan qoʻllash mumkinmi?
Muhokama qiling?
2. Qanday bitim turlarini bilasiz, birja bitimlarini boshqa bitim
turlaridan farqi bormi, ular haqida nimalarni bilasiz?
Tushuncha bering?
3. Davlat imtixonida I. Norimonovga davlat va jismoniy shaxs
oʻrtasida tuzilgan bitimlarning mohiyati toʻgʻrisida savol tushadi. Berilgan
savollarga javob berar ekan I. Norimonov bu ikki subyekt oʻrtasida bitim
tuzilishi mumkin emas, buning sababi FKning 101-moddasida davlatning
bitim tuzishga haqli ekanligi toʻgʻrisida tushuncha yoʻq deya javob beradi.
U oʻz savoliga qoʻshimcha ravishda javob berar ekan davlat bilan jismoniy
shaxslar shartnomalar tuzishi mumkin lekin bitim tuza olmaydi, degan
xulosaga keladi
Javobni sharhlang va unga oʻz munosabatingizni bildiring?
FKning 101-moddasi talablaridan kelib chiqib masalaga oydinlik
kiriting?
4. N. Sharipov, G. Xasanov, L. Toʻqliyev va N. Namozovlar
birlashib tadbirkorlikni amalga oshirishga kelishib oladilar. Oʻz
kelishuvlarini yozma ravishda rasmiylashtirish maqsadida huquqshunos S.
124
Karimovga murojaat etadilar. S. Karimov ularning bitimi oddiy shirkat
shartnomasi ekanligini va shartnomani tuzayotgan paytda ularning
shartnomalari tekinga tuzilayotganligini ularda muqobil ijro – yoʻqligini,
ular faqatgina foyda koʻrsa, u foyda teng boʻlinishligini aytadi. Shundan
soʻng shartnomaning baho bilan bogʻliq bandiga tekinga degan yozuvni
kiritadi.
Bu yerda huquqshunosning harakatini baholang? Haq evaziga va
tekinga tuziladigan bitimlarning farqini koʻrsatib bering? Tuzilayotgan
shartnoma haq evaziga tuziladimi yoki tekinga tuziladimi? Ushbu
masalaga oydinlik kiriting?
Do'stlaringiz bilan baham: |