Nazorat savollari Yer tuzish paydo bo'lishining asosiy sabablari nima?
Har qanday jamiyatda yer tuzish maqsadlarining umumiyligi nimalarda namoyon bo'ladi?
Har xil ijtimoiy tizimlarda yer tuzishning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni nimalardan iborat?
4. Rossiyada to'ntarishdan oldingi davrda yer tuzish ishlarining qanday turlari
o'tkazildi va ularning asosiy mazmuni qanday?
5i Yer islohotini amalga oshirish davrida yer tuzishning vazifalari nimalardan iborat? 6. Yer tuzish rivojlanishining qanday asosiy qommiyatlarini uning tarixiy tajribasi tahlilidan kelib chiqib aniqlash mumkin?
84 VI bob YER TUZISHNING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI 1. Yer tuzish ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida. Yer tuzishning tarixiy rivojlanishi jarayonining barcha bosqich-larida hamma vaqt asosiy о'плш davlat o'ynadi. U yer munosabatlarini tartibga soladigan qonunlarni va boshqa bajarilishi majburiy bo'lgan me'yorlarni chiqaradi, yer tuzishning asosiy mazmunini va o'tkazilish tartibini belgilaydi. Davlat o'zining yer siyosatini harakatdagi qo-nunchilikka mos ravishda amalga oshimvchi maxsus organlarni yaratadi. Yer tuzish shuning uchun hamma vaqt u yoki bu darajadagi davlat tadbiri hisoblanadi.
Shu bilan bir qatorda huquqiy me'yorlar oxir-oqibatda jamiyat hayotining moddiy sharoitlarini o'zida namoyon etadi; ular fnavjud ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Demak, yer tuzishga ham faqat majburiy akt, belgili maqsadni amalga oshirishga qaratilib tashkil qilinadigan harakat sifatida qarash mumkin emas; u ijtimoiy ishlab chiqarish talablaridan tug'ilgan obyektiy ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. (С. А. Удачин. Научные основы землеустройства. М.: Колос, 1965. 115 с). Bunday ta'rifni ham berish mumkin: yer tuzish - bu tabiiy resurs sifatida yerdan foydalanishni tashkil etish va ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda jamiyatning ijtimoiy talablarini qondirish maqsadlari uchun hududni tuzishning obyektiv rivojlanadigan jarayonidir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish doimo o'zgarib turadi. Mos ravishda yer tuzishning ham, ishlab chiqarish usullariga (feodal, kapitalistik) hamda uning rivojlanishining aniq bosqichlariga bog'liq holda shakllari "P va usullari o'zgaradi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarishhing ijtimoiy usuli hal qiluvchi darajada yer egaliklari, yerdan foydalanishlar va ' yer tuzishning shakllarini aniqlaydi.
Tarixiy rivojlanishning ayrim bosqichlarida mavjud yer tuzumini tubdan buzish, katta yer massivlarmi qayta taqsimlashning kechiktirib bo'lmaydigan zarurati tug'ilganda, yer tuzish boshqarib bo'lmaydigan, favquloddagi xarakterga ega bo'lishi mumkin (masalan, 30-yillar boshidagi kollektivlashtirish davrida qishloq
85 xo'jalik artellarining tuzilishi). Ammo, bunday davrlar hamma vaqt ham qisqa muddatli bo'ladi; asosan, yer egaliklaridagi, yerdan foyda-lanishlardagi va hududni tashkil etishdagi (ayniqsa, qishloq xo'jaligida, bu yerda yer - ishlab chiqarishning asosiy vositasi) o'zgarishlar maqsadga qarab va tashkillashtirilgan holda., yer tuzuvchi mutaxas-sislar ishtirokida va davlat nazorati ostida amalga oshiriladi. Bunda har qanday o'zgartirishlar ma'lum nazariy va uslubiy asosda, boshqacha aytganda■- ilrniy asosda amalga oshiriladi.
Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, quyidagi asosiy qonuniyat-larni ifodalash murnkin:
v yer tuzish ishlab chiqarish ijtimoiy usulining tarkibiy qismi hisoblanadi,"
yer tuzish davlat maqomiga ega bo'ladi;
yer tuzish iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o'zgaruvchi talablariga mos ravishda o'zgaradi va rivojlanadi;
' w yer tuzishning mazmuni va usullari ilmiy asosda takomillashib boradi; - : Bu qonuniyatlarning har birini kengroq ko'rib chiqish kerak.