S avezbayev, S. N. Volkov



Download 1,05 Mb.
bet33/66
Sana23.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#577965
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66
Bog'liq
Yer tuzilishining ilmiy asoslari

3. Yer tuzishning mazmnni.
Zamonaviy yer tuzishning mazmuni asosan harakatdagi yer qonunchiligi bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi «Yer kodek-si»ga asosan yer tuzish ishlari tarkibiga quyidagilar kiritilgan:
• respublika va uning mintaqalarining yer-suv resurslaridan
foydalanish hamda ularni muhofaza qilish chizmalarini ishlab chiqish;
m tumanlar va viloyatlarning yer tuzilishi chizmalarini ish­lab chiqish;

  • tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog'liq istiqbol rejalarini, respublika miqyosidagi va hududiy dasturlarni ishlab chiqish;

  • alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joylashishi va chegaralari belgilanishini asoslash;

  • joyning o'zida ovullar, qishloqlar, posyolkalar, tumanlar, shaharlar, viloyatlarning chegaralarini belgilash;

  • yerlarning joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etgan holda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarning va mulkdorlarning yangi yer uchastkalarini tashkil etish hamda mavjud yer uchastkalarini tartibga solish loyihalarini tuzish;

© yangi tashkil etiiayotgan, qayta tashkil etilayotgan qishloq xo'jalik korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalarini tuzish;

  • korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yiladigan yerlarni ajratib berish loyihalarini tuzish;

  • yer uchastkalarini naturada Goyning o'zida) ajratib berish, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish, yer uchastkasmi ijaraga olish hamda yer uchastkalanga bo'lgan mulk huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlash;

« yangi yerlarni o'zlashtirish, qishloq xo'jalik yerlarini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, buzilgan yerlarni rekulti-
107
vatsiya qilish, tuproqni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, ko'ch-kilardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qaqrab qolishdan, zarangla-shishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, radioaktiv va kimyoviy mod-dalar bilan iiloslanishdan himoya qilish bo'yicha ishchi loyihalarini ishlab chiqish;

  • barcha yerlarni ro'yxatga olish hamda foydalanilmayotgan, samarasiz foydalanilayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanil­mayotgan yerlarni doimiy aniqlab borish;

  • yerlarni resurs jihatidan baholash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan yer tuzish hujjatlarini ishlab chiqish;

  • yerlarni baholash tadbirlarini o'tkazish.

Yuqorida keltirilgan barcha ishlar yerdan oqilona va samarafi, ilmiy asoslangan tarzda foydalanishga, xalq xo'jaligini rivojlantirish uchun eng yaxshi tashkiliy-hududiy asos yaratishga qaratilgan.
Xohlagan mazmundagi yer tuzishni muvaffatjiyatli o'tkazish uchun yer to'g'risidayetarlik darajada to'la va aniq axborot zarar; uni birinchi navbatda davlat yer kadastri beradi. U o'zida yerlaming soni va sifati, huquqiy maqomi, ularning yer mulkdorlari, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar, yer toifalari bo'yicha taqsimlanishi va xalqxo'jaligidagi ahamiyati to'g'risidagi ma'lumotlar vahujjatlarni mujassamlashtiradi, Kadastr ma'lumotlaridan majburiy tarzda xalq xo'jaligining har xil maqsadlari uchun - yerdan foydalanishni rejalash va uni muhofaza qilishda, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini joylashtirish va ixtisoSlashtirishda, yerlarni melioratsiyalashda, yfcr uchuri; to'lovlarrti asoslash va belgilashda, xo'jalik faoliyatini baholash va boshqa tadbirlarni amalga oshirishda foydalaniladi. Ulaf, ayniqsa, yer tuzishda zarar; bu yerda ular yer tuzish chizmalari va loyihalarini tuzish, yerlardan oqilona foydalanishni va uni muhofaza qilishni tashkil etish, hududni tashkil etish bo'yicha tavsiyalar ishlash uchun boshlang'ich axborot bazasi sifatida xizmat qiladi.
Yer fondining ahvoli to'g'risidagi joriy axborotni yer monito-ringi - uning holatini, yuz beradigan o'zgarishlarni o'z vaqtida aniq-lash, ularni baholash, har xil salbiy jarayonlarning oldini olish va ularni tugatish maqsadidagi kuzatishlar tizimi beradi. Yer tuzish
108
ishlab chiqarishning tashkiliy-hududiy asosi sifatida melioratsiya, madaniy - texnik tadbirlar, yo'l qurilishi, agroo'rmon melioratsiyasi, qishloq aholi yashash joylaririi loyihalash va'boshqa^amalga oshirihshi yerdan foydalanishni tashkil etishga la* sir etadigan tadbirlar bilan ham bog'liq.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish