S avezbayev, S. N. Volkov



Download 1,05 Mb.
bet1/66
Sana23.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#577965
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
Yer tuzilishining ilmiy asoslari


S.AVEZBAYEV, S.N.VOLKOV



YER TUZISHNING ILMIY ASOSLARI
О 'zbekiston Respublikasi Oliy о 'quv yurtlararo ilmiy-uslubiy
birlashmalar faoliyatini Muvofiqtashtiruvchi Kengash
tomonidan darslik sifatida 621500 - «Yer tuzish va yer
kadastri» bakalavrlar yo 'nalishi bo 'yicha ta 'Urn olayotgan
Oliy о 'quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan
(To'ldirilgan ikkinchi nashr)
\ JlXOZOfO (f /tfj
TosEkenf
«IQTISOD-MOLIYA» 2006

65. 32-5 А21
Darslik ushbu nomdagi fanning dasturiga mos tarzda O'zbekiston Respublikasi yer to'g'risidagi qonunchiligida yuz bergan oxirgi o'zgarishlami va yer islohotini hisobga olgan holda tayyorlandi. Unda yer tuzishning umumiy nazariyasi va uslubiy asoslarining rivojlanish qonuniyatlari bayon etilgan. Yer tuzishning maqsadi va vazifalari, uning turlari, amalga oshirilish usullari ochib berilgan. Yer tuzish jara-yonida hisobga olinadigan obyektlarning asosiy tavsiflari, yer tuzish xizmati organlari tizimi keltirilgan.
Oliy o'quv yurtlarining «Yer tuzish va yer kadastri» bakalavrlar tayyorlash yo'naUshi bo'yicha ta'Um olayotgan talabalariga mo'ljallangan.
ty
B.B.Berkinov — iqtisod fanlari doktori, professor. O.R.Ramazonov — TIQXMII tuproqshunoslik va dehqonchilik n; kafedrasi mudiri, qishloq xo'jaUgi fanlari doktori, professor.
ил £г!*жШ? nsgUv;';/
Avezbayev S. va boshqalar.
Yer tuzishning ilmiy asoslari: Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darshk / S. Avezbayev, S.N. Volkov, SH.S. Avezbayev - Т.: 1QTISOD-MOLIYA, 2006. -176b.
BBK 65.32-5я73
♦AYJ.i *. © «IQTISOD-MOLIYA» nashriyoti, 2006
К I R I SH "
Yer tuzishning ilmiy asoslari - bo'lg'usi yer tuzuvchi bakalavrning maxsus bilimlarini shakllantirishga xizmat qiladigan fandir. Unda bizning davlatimizda yer tuzish nazariyasi va amaliyotihing asosiy qoidalari berilgan. Ularni o'zlashtirib, talabalar aniq nazariy, uslubiy va amaliy masalalarga, maxsus yer tuzish fanlariga o'tishlari mumkin. Bu darslikning bosh mavzusi - yerning yer tuzish obyekti sifatidagi tushunchasi, undan ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlar uchun foydalanish sharoiti, yer tuzishning ahamiyati va vazifalari, uning mazmunidir.
Yer - xalqning hayoti va faoliyatining asosi, jamiyat boyligining manbai, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining asosidir. Vatanimiz tabiiy resurslarga boy: u qazilma boyliklar, chuchuk suv va boshqa resurslarning katta zahiralariga ega, biroq, ularning eng ahami-yatlisi yer resurslari, ayniqsa, qishloq xo'jalik yerlari hisoblanadi. Bu boylikdan foydalanishda belgilangan qoidalar va tartib kerak. Butun mamlakatimizda, ayrim mintaqalarda va xo'jaliklarda yerdan oqilona va samarali foydalanish, uni muhofaza qilish yer tuzishning vazifasi hisoblanadi.
O'zbekistondagi katta e'tibor va kuch talab etadigan xo'jalik muammolarining eng muhimlaridan biri oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish muammosi bo'lib qolmoqda. Agrosanoat ishlab chiqarishi hozirgi davrda mulkchilik turlarining, yerga egalik qilish va foydalanishning, yerda xo'jalik yuritish turlarining - qishloq xo'jalik shirkatlari, fermer xo'jaliklari, dehqon xo'jaliklari, ularning shirkatlari va birlashmalari, shaxsiy tomorqa xo'jaliklarining ko'p xilligi asosida rivojlanmoqda. Davlat qishloq xo'jaligi ishlab chiqa­rishining barcha shakllari rivojlanishini qo'llab-quvvatlaydi; ularga bir xil huquqiy va iqtisodiy sharoitlar, xo'jalik yuritishning samaradorligini oshirish uchun tashkiliy asos yaratiladi. Zamonaviy agrar siyosat qishloqlarda ishlab chiqarish munosabatlarini ° zgartinshga, fuqarolarning yerga va boshqa ishlab chiqarish
3
vositalariga bo'lgan mulkiy huquqlarini tiklashga, dehqonni o'z mehnatining yakuniy natijalaridan hayotiy manfaatdor, yerning haqiqiy egasiga aylantirishga qaratilgan. Bu vazifalami bajarish uchun mamlakatimizda yer islohoti o'tkazilmoqda, uni o'tkazish davrida yerlar qayta taqsimlanadi, yer tuzumi mohiyati o'zgaradi. Bu islohotdan ko'zlangan maqsad - yerdan qishloq xo'jaligida asosiy, almashtirib bo'lmaydigan vosita sifatida foydalanishni yaxshilash va uning unumdorligini oshirishdir. Bularsiz qishloqlarning samarali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mumkin emas.
Yerdan nafaqat qishloq xo'jaligida foydalaniladi. U xalq xo'jaligining barcha tarraoqlarini joylashtirish va rivojlantirish uchun, ijtimoiy masalalarni yechish uchun hududiy asos sifatida zarur. Shu sababli, yer doimo tarmoqlararo foydalanishda bo'ladi. Ayrim korxonalarning unga bo'lgan talabi qondiriladi, boshqalariga ajratilgan yerlar maydoni qisqaradi, qishloq xo'jaligi uchun yangi unumdor yerlar o'zlashtiriladi, noqishloq xo'jalik maqsadlari uchun yer uchastkalari olinadi.
«Yer» so'zi har xil ma'noda ishlatiladi; yer tuzish fanida va amaliyotida quyidagi ta'rif qabul qilingan:
Yer bu quruqlikning yuzasi, kengligi, relyefi, tuproq qatlami, o'simliklari, qazilma boyliklari, suvlari bilan tavsiflanuvchi tabiiy resurs; qishloq xo'jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi va xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish uchun kenglik asos (bazis) hisoblangan ijtimoiy - iqtisodiy manfaatlar obyektidir.
Yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza etish - xalq xo'jaligining ahamiyatli vazifasidir. Yerdan o'zining tabiiy xususiyatlari hamda undan bevosita foydalanuvchilarning va umuman jamiyatning manfaatlarini maksimal hisobga olgan holda foydalanish kerak. Bu talabiarni hisobga olgan holda, quyidagi ta'rifni berish mumkin:

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish