Yer tabiiy resurs va ishlab chiqarish vositasi. Suv-sug‘orma dehqonchilikda
asosiy ishlab chiqarish vositasi.
Reja:
1.
Yer - tabiiy resurs.
2.
Yer - ishlab chiqarish vositasi.
3.
Suv - sug‘orma dehqonchilikda asosiy ishlab chiqarish vositasi.
4.
Suvning iqtisodiy ahamiyati.
Tayanch iboralar:
tabiiy resurs, relef, Velyam Petti, Transport tarmoqlari,
ijtimoiy-iqtisodiy, sug‘orma dehqonchilik, GES, mikro organizm, suvning iqtisodiy
ahamiyati.
Foydalanilgan adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, Q1, I1, I2, I3.
Tabiiy resurslar - bu ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining hozirgi darajasi
imkon beradigan, insoniyat moddiy va ma’ishiy talablarini qondirish maqsadida
foydalanlayotgan yoki foydalanilishi mumkin bo‘lgan tabiat elementlaridir (mehnat
predmetlari va vositalari, iste’mol predmetlari).
Tabiatning asosiy tarkibiy qismlaridan biri - yer resurslaridir. Ular o‘zining
hududi, iqlimi, relefi, tuproq qatlami, gidrologik va gidrogeologik sharoitlari,
o‘simlik dunyosi va boshqa belgilari bilan tavsniflanadi, xalq xo‘jaligi tarmoqlarini
va aholini joylashtirish uchun hududiiy asos (bazis), qishloq va o‘rmon
xo‘jaliklarida esa, asosiy ishlab chiqarish vositasi vazifasini ham bajaradi.
Yer resurslaridan samarali, oqilona va ekologik jihatdan havfsiz foydalanish har
bir fuqoroning, tashkilotning va umuman jamiyatning konstitutsion burchidir.
O‘zbekiston konstitutsiyasida yer va boshqa tabiiy resurslardan respublikamiz
hududida yashovchi xalqlar hayot va faoliyati asosi sifatada foydalanish va uni
muhofaza etish zarurligi belgilab qo‘yilgan.
Foydalanish usullariga va oqibatlariga qarab tabiiy resurslar quyidagi turlarga
bo‘linadi; tugaydigan (qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan) va tugamaydigan. Yerga
qayga tiklanishi cheklangan tabiiy resurs sifatida qarash kerak. Sababi, bir tomondan
yerning ustki qatlami -quruqlik kengligi, maydoni, sayyoramizda hususiy tarzda yuz
berayotgan suv va quruqlik nisbatidagi mayda o‘zgarishlarni hisobga olmaganda
kengaymaydi, u cheklangandir; ikkinchi tomondan yer kengaytirilgan takror ishlab
chiqarish jarayonida o‘z unumdorligini qayta tiklash va uni cheksiz oshirib borish
xususiyatiga ega.
Tarixdan ma’lumki ijtimoiy ishlab chiqarish inson mehnati bilan yer va boshqa
tabiiy resurslarga ta’sir etishi natijasida kelib chiqqan. «Mehnat boyliklarning otasi, yer
esa uning onasi» degan edi XVII asr klassik iqtisodiy nazariyasi asoschisi, Angliyalik
iqtisodchi Velyam Petti.
Odamlarning ishlab chiqarish faoliyati va hayoti uchun zarur moddiy sharoitlar
ichida yer asosiy o‘ringa ega. U har qanday ishlab chiqarish jarayonining tabiiy asosi
va zaruriy sharti hisoblanadi.
Bu hamma boyliklarning manbaidir.
Qishloq xo‘jaligida u nafaqat umumiy ishlab chiqarish vositasi va hududiy asos,
balki yana ikkita ahamiyatli vazifani bajaradi: inson mehnati qaratilgan jism (mehnat
predmeti) va mehnat quroli. Odam mehnat quroli (yer) yordamida qishloq xo‘jalik
ekinlarini o‘stiradi. Shuning uchun ham yer qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish
vositasi hisoblanadi. U qishloq ho‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda qatnashadigan
ishlab chiqarishning faol omilidir.
Yer ishlab chiqarish vositasi sifatida boshqa ishlab chiqarish vositalaridan
quyidagi asosiy hususiyatlari bilan farq qiladi:
1.
Yer inson mehnati natijasi emas, balki, tabiat mahsulidir.
2.
Yerning kengligi cheklangan va uning o‘rnini boshqa hech nima bosa olmaydi.
3.
Yerdan foydalanishda uni o‘rnidan qo‘zg‘atib boshqa joyga ko‘chirib bo‘lmaydi
va undan faqat joylashgan o‘rnida foydalanish mumkin.
4.
Yer abadiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lib, undan to‘g‘ri foydalanilganda doimiy
ravishda sifati yahshilanib boradi.
Ma’lum tarixiy jarayon davomida yer tabiat mahsuli bo‘lib, inson hayotining
zaruriy sharti hisoblanadi. Inson mehnati qishloq xo‘jaligida asta sekinlik bilan
yerni ishlab chiqarish vositasiga aylantiradi. Yer va mehnatning o‘zaro
bog‘liqligi o‘zgarmas harakterga ega.
Yer - almashtirib bo‘lmaydigan ishlab chiqarish vositasidir. Ilmiy -texnik
rivojlanish yer shari kengligi - quruqligi cheklanganlign sharoitida boshqa ishlab
chiqarish vositalari sonining o‘sishini va sifatining yaxshilanishini ta’minlaydi.
Yer doimo bir joyda turishi bilan harakterlanadi (bir joydan boshqa joyga
ko‘chmasligi), shuning uchun uning kenglik shakllari va boshqa sifatlari
doimiydir. Ishlab chiqarish jarayonida boshqa ishlab chiqarish vositalarini
(masalan: traktor, kombayn, qishloq ho‘jalik mashinalari) inson yer ustida bir
joydan ikkinchi joyga ko‘chira oladi, yerni esa ko‘chirib bo‘lmaydi.
Boshqa ishlab chiqarish vositalariga nisbatan yer jismoniy va ma’naviy
eskirishga moyil bo‘lmaydi. Yerning hosildorligi o‘ziga yarasha yerning hayot
qobig‘i bo‘lib hisoblangan tuproqning organik qismiga qarab aniqlanadi.
Tuproqda qanchalik ko‘p organik moddalar kiritilsa, yer shunchalik unumdor
bo‘ladi. Shu bilan birga yerdan samarasiz foydalanilsa, u doimiy ishlab chiqarish
vositasi sifatini yo‘qotadi va ishlab chiqarishda foydalanishdan chiqib qolishi
mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonida yer bilan bir qatorda unga ajralmas bog‘langan
ko‘plab ishlab chiqarish vositalari qatnashadi. Ularga quyidagilar kiradi:
1. Ishlab chiqarish binolari, inshootlari;
2. Suv tarmoqlari va ulardagi inshootlar;
3. Transport tarmoqlari va inshootlari;
4. Daraxtzorlar;
5. Boshqa xo‘jalik inshootlari.
Ulardan yer bilan birga qayerda bunyod etilgan bo‘lsa, o‘sha yerda
foydalaniladi. Ularni joydan ko‘chirishning iloji yo‘q. Shuning uchun ham ularni
hududda joylashtirish asoslangan bo‘lishi kerak.
Yer xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida korxonalar, tashkilotlar va
muassasalarni joylashtirish va rivojlantirish uchun zamin vazifasini bajaradi. U kon
sanoat -tarmoqlarida inson mehnati qaratiladigan jism (mehnat predmeti), qayta
ishlash sanoatida esa zamin (asos) vazifasini bajaradi.
Yer ijtimoiy - iqtisodiy manfaatlar va aloqalar manbai hisoblanadi. Yerdan va
boshqa tabiiy resurslardan foydalanish o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ularning biridan
foydalanish boshqasiga albatga ta’sir etadi. Yer tuzishda ishlatiladigan "yer" so‘zini
quyidagicha talqin qilish mumkin.
Yer - bu quruqlikning ustki kengligi, tuproq qatlami, o‘simliklar dunyosi,
qazilma boyliklar va suv manbaalariga ega tabiiy resurs, ijtimoiy-iqtisodiy
manfaatlar va aloqalar manbai, halq ho‘jaligining barcha tarmoqlarini joylashtirish
va rivojlantirish uchun hududiy zamin, hamda qishloq ho‘jaligida asosiy ishlab
chiqarish vositasidir.
Suv yerning ajralmas bo‘lagi hisoblanib, ishlab chiqarishda ikkita vazifani
bajaradi: tabiiy resurs va ishlab chiqarishning umumli sharti, tabiiy resurs sifatida esa
u yana ikkiga muhim vazifani bajaradi: ishlab chiqarish jarayonida odam mehnati
qaratilgan tabiiy jism (mehnat predmeti) va odam uning yordamida qishloq xo‘jalik
ekinlarini o‘stirib, hosil oladigan tabiiy mehnat quroli. U insoniyat moddiy
faoliyatining hamma tarmoqlarida shu tarmoqning hususiyatlariga mos keladigan har
xil shakllarda qatnashadi.
Uning ishlab chiqarish tarmoqlarida bajaradigan vazifasi har hil ishlab
chiqarishning ayrim tarmoqlarida suv nafaqat insonlar hayoti uchun zarur shart
sifatida, balki, odamlarning mehnat qiladigan sohasi (suv transporti, baliqchilik, GES
va boshqalar) va joyi (daryolar, ko‘llar, dengizlar va okeanlar) sifatida xizmat kiladi.
Bundan tashqari, suv havzalari o‘ziga yarasha xazina vazifasini ham bajaradi. Undan
jamiyat uchun zarur boyliklar (baliqlar, dengiz hayvonlari, marvarid chig‘anoqlari,
har hil suv o‘tlari va boshqalar)olinadi.
Sug‘orma dehqonchilikda suv yer bilan birga ishlab chiqarish jarayonining
ichki elementi bo‘lib, tabiiy moddiy ishlab chiqarish kuchlarining bo‘lagi
hisoblanadi. Shuning uchun ham u yer bilan birgalikda sug‘orma dehqonchiliqda
asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Lekin shuni qayd qilish zarurki, u ishlab
chiqarish jarayonida qatnashguncha, o‘z tabiiy havzasida tabiat mahsulidir. Tabiiy
havzasidan olinib, qishlok xo‘jalik ekinlarini sug‘orish uchun yetkazib berilgan suv
ishlab chiqarish vositasiga aylanadi. U tuproq unumdordigidan to‘la foydalanishga
imkoniyat yaratadigan mehnat kuroli sifatida xizmat qila boshlaydi.
Ishlab chiqarnsh vositasi sifatida suv ham o‘ziga xos, o‘sha boshqa ishlab
chiqarish vositalaridan ajratib turuvchi xususiyatlarga ega. Ular:
1. Suv inson mehnati mahsuli emas. U sug‘orish yoki boshqa maqsadlarda
foydalanilganda ishlab chiqarish vositasiga aylanadi.
2. Suvning zaxirasi chegaralangan, uning o‘rnini boshqa ishlab chiqarish
vositalari bosa olmaydi.
3. Uni uzoq masofalarga ko‘chirish juda qiyin, ayrim hollarda esa umuman
mumkin emas.
4. Suvdan foydalanish maxsus suv inshootlari qurishni talab qiladi.
5. Suv foydalanish jarayonida to‘la tuproqqa so‘riladi va boshqa suv turlariga
(yer osti, bug‘langan, gidroskopik, kimyoviy birikkan va boshq.) aylanada.
6. Suvdan oqilona foydalanilgan taqdirdagina u samarali ishlab chiqarish
vositasiga aylanadi.
7. Suvdan samarali foydalanishga hududning tabiiy iqlim sharoiti ta’sir egadi.
Sug‘orma deqqonchilik hududlarida yer tuzishda yerdan va suvdan samarali
foydalanishni tashkil qilish masalalari birgalikda hal qilinishi kerak.
Iqtisodiy nuqtai nazardan qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish o‘simliklar
hosildorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Suv yerdan va boshqa ishlab
chiqarish vositalaridan unumli foydalanish uchun sharoit yaratadi, tuproqdagi
mikro organizmlarning faoliyatini yaxshilaydi tuproqqa ozuqa moddalarini
o‘simliklar o‘zlashtira oladigan holatga keltiradi va mikro iqlimni yaxshilaydi. Suv
va mikro organizmlar ta’sirida tuproqdagi o‘simliklar o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan
ozuqa moddalari birikmalari parchalanib, o‘simliklar yengil hazm qiladigan
turlarga aylanadi. U ma’danli (mineral) va organik o‘simliklar tomonidan
o‘zlashtirilishini yaxshilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |