S avezbayev, S. N. Volkov



Download 1,05 Mb.
bet31/66
Sana23.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#577965
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   66
Bog'liq
Yer tuzilishining ilmiy asoslari

Yer tuzish bu ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va yerdan foydalanish va uni, niuhofaza, qilishni tashkil etish, yer egaliklari, yerdan foydalaijisjila^ ya maxsus yer fondlarini tashkil etish va tartibga solish, qishlpq xo'jalik korxonalari hududlarini tuzish, maqbul ekologik rnuhit yaratish va tabiiy landshaftlarni yaxshilash bo'yicha tadbirlar tizimidir.
Yer tuzish - bu mamlakat xo'jalik mexanizmining tarkibiy qismidir. Uriing asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning oqilona tizimini yaratish va takdmillashtirish;

  • barcha shakldagi yer egaliklari, yerdan foydalanishlar va yerda xo'jalik yiiritishlarning rivojlanishlari uchun teng hudtidiy sharoit yaratish;

  • mulk qilib, egalik qilishga va foydalanishga berilgan yerlardan foydalanish tartibini va sharoitlarni belgilash bo'yicha lavsiyalar ishlash;

\№
• yer solig'i va yer uchun ijara haqini belgilash, qishloq xo'jaligi
ishlab chiqarish ziyonlarini va yer egaliklari hamda yerdan
foydalanishlarning yerlarni olishdagi zararlarini belgilash uchun
ma'lumotlar tayyorlash; . :-
» yer tuzishda belgilangan chegaralarning joylarda belgilaru&hi
aniqligini va so'zsiz tan olinishini ta'minlash; ' :i

  • nieiioratsiyalashning yo'nalishini asoslash va kelajagini belgia^h;

  • qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini oqilona tashkil etish uchun hududiy sharoit yaratish; ■ -f ;:?\

  • tabiiy landshaftlarni saqlash va yaxshilash, tuproqlar unumdorligini tiklash va oshirish, yerlarni rekultivatsiyalash>aiiami eroziyadan himoya qilish va boshqa buzilish jarayonlarini hamda buziigan yerlarni konservatsiyalash bo'yicha tadbirlarni ishlash,

2. Yer tuzisiming iqtisodiy mohiyati, huquqiy asoslari va texnikasi.
Yer tuzish iqtisodiy, huquqiy va texnik harakatlar yigittdisioi o'zida mujassamlashtiradi, lekin uning mohiyati hamma vaqt ham uning tashqi ko'rinishlari orqasidan ko'rinavermaydi. Yer tuzish avvalo iqtisodiy tadbir bo'lib, huquqiy va texnik harakatlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun u ko'pchilik hollarda toza texnik va huquqiy operatsiyalar yig'indisiga o'xshab ko'rinishi mumkih.
Yer tuzish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning yemihg ma'ium uchastkalariga bo'lgan huquqlari paydo bo'lishi yoki o'zgarishi mumkin, u texnik (geodezik) harakatlar yordamida belgilanadigan chegaralarning o'rnatilishi yoki o'zgarishi bilan yakhnlanadi. Yer egaliklari (yerdan foydalanishlar) chegaralari yer egasining (yerdan foydalanuvchining) yerga bo'lgan huquqlarining hududiy chegarasi hisobiangan chiziqning joylardagi aniq o'rnini o'zida ifodalaydi. Yer egaliklari yoki yerdan foydalanishlar ichida, geodezik vositalar yordamida, har xil xo'jalik ahamiyatiga ega (dalalar, yer turlari) yer uchastkalarini bir-biridan ajratib turadigan chegaralar o'tkazilacli. Bu chegaralar qishloq xo'jalik korxonasining, normal faoliyat ko'r-satishi uchun ham zarar. Yer tuzishning tashqi ko'zgatashlanadigan namoyon bo'lish shakli shunday, u o'z-o'zidan juda ahamiyatli bo'lishiga qaramasdan uning mohiyatini aks ettirmaydi.
Yer tuzishning mohiyati uning iqtisodiy mazmuni bilan aniq-lanadi, u awalo, yerdan ishlab chiqarish vositasi va iqtisodiy aloqalar
103
obyekti sifatida foydalanishni va muhofazalashni tashkil etishdan, hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy masalalarni yechish uchun hududni tuzishdan iborat. Yer tuzish qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish bilan organik bog'langan, boshqa tarmoqlarda esa kamroq darajada bog'langan; u ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun hududiy asosni ham yaratadi. Nihoyatj,, har qanday korxona, muassasa, tashkilot, faoliyat ko'rsatishi va o'z vazifalarini bajarishi uchun yer uchastkasi -yerdan foydalanishi zarur, u yer tuzish yordamida tashkil etiladi; shuning uchun yer tuzish iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarishni joylashtirish masalalari bilan chambarchas bog'liq.
Hududni tashkil etishning barcha shakllari va elementlari (chegaralar, maydonlar, shakllar, yer uchastkalarining joylashishi, tarkibi) ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari va talablariga, uning rivojlanishi va samaradorligining oshishiga hamda undan oqilona foydalanishni va uni muhofaza qilishni albatta ta'minlash bilan ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish texnologiyalariga to'la mos kelishi kerak. Shu maqsadda ayrim uchastkalarga ma'lum maydon va shakl beriladi, joylarda qutb tomonlariga nisbatan joylashishi belgilanadi. Btilar hammasi avvalo yerdan foydalanishning turg'un iqtisodiy natijalariga erishish uchun qilinadi.
Yer tuzishnirig ahamiyatli tomonlaridan biri - u hamma vaqt huquqiy mazmunga ega. Yer mulkdorlari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning ma'lurn yer uchastkalariga huquqlari va majburiyatlari hamda bu uchastkalardan foydalanish tartibi va xarakteri, bundan kelib chiqadigan shaxslarning o'zaro majburiyatlari belgilanadi. Qonunda belgilangan tartibda yer uchastkalariga huquq beriladi, bu huquqni tasdiqlovchi hiijjat tayyorlanadi va beriladi. Yer tuzishni o'tkazishning va unga kiradigan ishlar tarkibining belgili tartibi ham mavjud.
Yer tuzishning huquqiy asosi o'ziga qonunlar va qonun asosidagi
aktlarni olgan yer qonunchiligi hisoblanadi. .
Qonun bu mamlakat qonun chiqaruvchi yuqori organi yoki fuqarolaming to'g'ridan-to'g'ri ovoz berishi (referendum) bilan qabul qilingan va eng asosiy ijtimoiy (shu jumladan, yer) munosabatlarini tartibga soluvchi me 'yoriy aktdir. Qonun boshqa me'yoriy aktlarga nisbatan huquqiy kuchga ega, bu quyidagilarda ko'rinadi:
104

  • Barcha qonunni to'ldiravchi aktlar (farmonlar, qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar va boshqalar) mavjud qonunlarga to'la mos bo'lishlari kerak;

  • Qonun faqat oliy qonun chiqaruvchi organ (referendumda qabul qilinganlari - faqat referendum bilan) tomonidan bekor qilinishi, boshqa har qanday me'yoriy akt qonun bilan o'zgartirilishi mumkin;

» Yer munosabatlarini tartibga solish, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarning huquqlarini amalga oshirish bo'yicha barcha organlar faoliyati bu sohada mamlakat qonunlari bilan mos tarzda amalga oshiriladi.
Davlat yer tuzumining asoslarini belgilovchi eng ahamiyatli qoidalar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida keltirilgan. Boshqa qonunlardan yer tuzish uchun birinchi darajali ahamiyatga O'zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi» ega.
Yer kodeksi bu yer munosabatlarini yerdan oqilona foydalanishni у a uni muhofaza qilishni ta'minlash, yerda xo'jalik yuriiishning har xil shakllarini teng rivojlantirish, tuproq unumdorUgini tiklash, tabiiy muhiini saqlash va yaxshilash hamda fuqarblar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning yerga bo'lgan huquqlarini himoya qilish uchun sharoit yaratish maqsadida tartibga soluvchi yer qonunchiligi me'yorlarining tizimlashtirilgan yig'ihdisidir. O'zbekiston Respublikasining harakatdagi «Yer kodeksi» 14 bob, ya 91 moddadan iborat. Uning III bobj (11-15 moddalar) maxsus yer tuzishga bag'ish-langan. Bundan tashqari boshqa qator moddalar (masalan 30, 32, 33, 47, 51, 52, 54 va boshqalar) bevosita yer tuzishga taalluqiidir.
Oliy qonun chiqaruvchi organ tomonidan yer tozishning huquqiy asosi bo'lib xizmat qiladigan boshqa qonunlar ham, chiqarilgan; ularga, xususan, «Fermer xo'jaligi to'g'risida», ;«Dehqpn xo'jaligi to'g'risida», «Qishloq xo'jalik kooperativi to'g'risida»gi kiradi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish