5.Yer tuzishning mazmunini va usullarini ilmiy asosda takomillashtirish.
Mamlakatimiz - maydoni bo'yicha ham, har xil tabiiy mihtaqalarda joylashgan yer egaliklari va yerdan foydalanishlar soni bo'yicha ham katta yer xo'jaligiga ega. Minglab yirik va o'n minglab mayda yerdan foydalanuvchilar mamlakatimizning butun hududi bo'ylab joylashgan. Ular doimiy harakatda, ijtimoiy ishlab chiqarish talablari, ijtimoiy va boshqa omillardan kelib chiqadigan to'xtovsiz rivojlanishda. Bu sharoitda yer tuzish faqat jiddiy ilmiy asosdagina rmivaffaqiyatli rivojlanishi mumkin.
Hozirgi vaqtga kelib yer tuzish uzoq va murakkab yo'ini bosib o'tdi, katta va har tomonlama tajriba to'pladi. U butun yer fondidan va uning ayrim qismlaridan foydalanishni tashkil etish va uni mu-hofaZa qilish bo'yicha tadbirlarning rivojlangan tizimiga ayiandi. Har qanday obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida u o'zining qonu-niyatlariga ega, ular yer tuzish fanining o'rganish obyektlari ham hisoblanadi. Asosan, oxirgi yuz yillikda tarkib topgan bu fan amaliy tajribaga va nazariy umumlashtirishga suyanib, mamlakatimizda yer tuzishning rivojlanishiga yordam beradi.
Yer tuzish fanining oyoqqa turishi yig'ilgan tajribani ijodiy qayta ko'rib chiqish, olingan natijalar va boshqa sharoitlar va vaziyatlar uchun oldinga surilayotgan konsepsiyalardan boshlandi. Asta-sekin yer tuzuvchilar imkoniyatlarini kengaytirib, ular oldida yangi istiqbollarni ochadigan nazariya ishlab chiqildi. Bu nazariya butun, hamma qismlari bir-birlari bilan mantiqiy bog'langan, ichki tabaqalashgan bilimlar tizimini o'zida mujassamlashtiradi. Uning konseptual asosi zamonaviy agrar - iqtisod nazariyasi hisoblanadi.
Yer tuzish to'g'risidagi bilimlar tizimi sifatida yer tuzish fani va uning asosiy o'zagi - yer tuzishni loyihalash fanlararo bilimlar sohasi hisoblanadi. Bunda yerning bir tomondan tabiiy resurs sifatida, ikkinchi tomondan esa ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar manbai si-
94
fatidagi vazifalarini o'rganadigan, bir fanning har xil tomonlari sifatida xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy fanlarning yaqin o'zaro ta'sirlari kuzatiladi. Yerning iqtisodiy vazifasi mehnatning eng ahamiyatli sharti va umumiy ishlab chiqarish vositasi sifatida dehqonchilik va butun qishloq xo'jaligi chegaralaridan ancha uzoqqa chiqadi, sababi, yerda ijtimoiy faoliyatlarning hamma turlari (ishlab chiqarish bilan bog'liq va bog'liq bo'lmagan) amalga oshiriladi.
Yer tuzish nazariyasi va amaliyoti umuman xalq xo'jaligida va ayniqsa, agrosanoat majmuasida ilmiy-texnik taraqqiyot bilan chambarchas bog'liq. Yer tuzish fani o'z rivojlanishida iqtisodiy, tabiiy, texnik, huquqiy, qishloq xo'jalik va boshqa fanlar yutuqlaridan ham foydalanadi. Yer tuzish tabiat va jamiyat qonuniyatlarini qanchalik to'la aks ettirsa, fan va texnikaning oxirgi yutuqlarini, ishlab chiqarish talablari va ijtimoiy sharoitlami yanada yaxshiroq hisobga oladi, yerlardan foydalanish va uni muhofazalash, hududni tashkil etish shakllari maqsadga muvofiqroq bo'ladi.
Yer tuzish chizmalari va loyihalarida aks etdiriladigan, yerdan foydalanishni tashkil etishga o'zgarishlar va yaxshilashlar kiritadi-gan barcha yer tuzish tadbirlari har tomonlama asoslangan bo'lishi kerak. Loyiha fanni ishlab chiqarish bilan bog'laydi. Shuning uchun ham yer tuzish ishlarini loyihalash va asoslashning samarali usullari judayam zarur. Bunday masalalar yechimining ilmiy usullarini ishlab chiqish bilan ilmiy fanlar - yer tuzishni loyihalash, yer tuzishning ilmiy asoslari, yer tuzishda modellashtirish kabi fanlar shug'ullanadi.
O'tkazilgan izlanishlar asosida amaliy ishlar maqsadlari uchun yo'riqnomalar, ko'rsatmalar, qo'llanmalar, me'yorlar, standartlar ishlanadi, ular keyinchalik fan yutuqlariga va ishlab chiqarishning yangi talablariga mos ravishda yangilanadi.
9$
:•?■:- .'•.; mv Nazorat savollari
1. Nima uchun yer tuzishga obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida qarash kerak? 2: Yer tu^shmng asosiy rivojlanish qohumyatlari qanday?
Nirn^ uchiitt yer tuzlish ishlab chiqaiishning har qanday ijtimoiy usulming iit^i-ksbay.qismi hispblanadi? г
X%J;uzishnmg daylat maqpmi nimalarda ko'rinadi?
Yer tuzish b'z rivojlamshida ijtimoiy ishlab chiqarish talablarini qanday aks ettiradi?
Nima sababli yer tiizishhing muvaffaqiyatii rivojknishi uchun yer tuzish fani kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |