4. Yer tuzishning yer islohotini o'tkazish bo'yicha vazifaiari.
Mamlakatimizda samarali ijtimoiy yo'naltiriigan bozor iqtisodiyotini yaratish agrosarioat majmuasida tub o'zgarishlarni o'tkazishni nazarda tutadi, ularmng eng ahamiyatlilari quyidagilar hispblanadi:
• yer islohoti; "'[[
, f ko'p ukladli iqtisodiyotga o'tis'h, ASM da barcha xo'jalik yuritish shaidlarining (jamoa, davlat, xususiy) huquqiy va iqtisodiy tengligi, ular orasidagi kooperatsiya va integratsiya aloqalarining rivojlanishi;
• barcha qishloq xo'jaiik ishlab chiqaravchilariga rejalashtirish,
yetishtirilgan mahsulotni va daromadlarni tasarraf etishda to'la
mustaqillik berish;
agrosanoat ishlab chiqarishini boshqarish organlarining vazifalarini va tashkiliy tarkibini o'zgartirish;
qishloqlarning ijtimoiy rivojlanishini, ASM da ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirishni va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashni ta'minlaydigan yangi investitsiya siyosatiga o'tish.
Ishlab chiqarish vositalariga bo'lgan mulkchilik shakllarining o'zgarishi, bozor tipidagi iqtisodiyotga o'tish hamda bular bilan bog'liq korxonalarni xususiylashtirish, ishlab chiqarishning tarkibini, o'lchamlarini va joylashishlarini o'zgartirish, bozor infratizimining (birjalar, tijorat banklari) paydo bo'lishi, albatta, yirik yer o'zgarishlariga olib keladi, Bu sharoitda yer tuzishning mavjud nazariyasi va usullari, yerdan oqilona foydalanishni va uni muhofaza qilishni tashkil etish tizimi to'la jiddiy qayta ko'rib chiqishni va mazmunan rivojlantirishni talab etadi.
Eng awalo shuni esda tutish kerakki, yer tuzish har qanday
yer islohotini amalga oshirishda asosiy qurol hisoblanadi va shu
boisdan davlat tomonidan nazorat qilinadigan va moliyalanadigan
tamioq boshqa^la^^ feoliyat ko'rsa-
80
tuvchi yer tuzish xizmatini, loyiha va ilmiy - tekshirish institutlarini, jcadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun .. o'quv yurtlarini o'z ichiga oladigan, o'zining xususiy maqsadlariga, vazifalariga ega aniq tashkiliy tizimdan iborat bo'lishi kerak. Faqat shundagina «Yer resurslari» axborot-ma'lumotnoma tizimini yaratib, yer aylanishini ro'yxatga olish va noqonuniy kelishimlarga yo'l qo'ymaslik uchun yerdan foydalanishni nazorat etish ya ekspertizani amalga oshirish, yer tortishuvlarini yechish uchun yer kadastri va yer monitoringini olib borish, yer tuzish ishlarmi yagona texnik va ko'rsatma-uslubiy asosda o'tkazish mumkin. ;
О 'zbekistonda yagona yer siyosati yangi Yer kodeksiga asoslanadi.
Yer tuzish, yer kadastri, yer monitoringi bo'yicha ishlarni bajarish, yer islohoti davrida yer munosabatlarini davlat; tomo-nidan tartibga solish uchun O'zbekiston hukumati tarkibida Davlat yer resurslari qo'mitasi tashkil etildi. 1998— yili yangi Yer kodeksi qabul qilindi.
Xo'jalik yuritishning ko'p ukladli shakliga va bozor munosabat-lariga o'tish natijasida ishlab chiqarishning, ayniqsa, agrosanoat , sohasida, rivojlanishigato'sqinlikqiluvchi, qisMoqxo'jalikmahsulQtini yetishtiruvchini yerdan ajratuvchi yerga bo'lgan davlat rrtulkchiligi yakka hokimligi buzila boshladi.
Fermer xo'jaliklarini tashkil etish jarayoni davom etmoqda.. 2003—yilning oxiriga kelib respublika bo'yicha 80 mingdan ortiq fermer xo'jaligi tashkil etildi. Sanatsiyadan nochor chiqqan, zarar bilan ishlayotgan va kam rentabelli xo'jaliklar tugatilib, ularning yerlarida fermer xo'jaliklari tuzildi.
1992-yildan boshlab xo'jalik yuritishning yangi shakllariga o'tish sababli, kolxozlar va sovxozlarni qayta tashkil etish bo'yicha yer tuzish ishlari boshlab yuborildi. Dastlab bozor iqtisodi sharoitida o'zini oqlamagan davlat xo'jaliklari - sovxozlar tugatilib, ular o'rnida jamoa va fermer xo'jaliklari tashkil etildi. Keyinchalik jamoaxo'jaliMarini qishloq xo'jalik shirkatlariga aylantirish bo'yicha ishlar boshlab yuborildi. Yangi tashkil etilgan xo'jaliklarga ularning yerga■.;bo'lgan. huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni berish ishlari hani olib borildi;^,,
Yer islohoti yer tuzish ishlarining yangi turlari paydo bo'lishiga olib keldii:ularning hajmi sezilarli oshdi, mazmuni o'zgardi. Yer
6-28
81
tuzishga hozir yangi talablar qo'yilmoqda; ularning asosiylari sifatida quyidagilar sanab o'tiladi:
Yer o'zgarishlarini amalga oshirishda vaziyatning nazoratdan chiqishiga, yerlarni asossiz qayta taqsimlash va chegaralashga, hududni tashkil etishda noqulayliklar paydo bo'lishiga, hududiy kamchiliklar kelib chiqishiga yo'l qo'ymaslik uchun qishloq xo'jalik korxonalari va xo'jaliklar yer mulkchiligini yaratish va qayta tashkil etish bo'yicha barcha o'zgarishlar faqat yer tuzish yordamida va ikki bosqichda amalga oshirilishi kerak. Yer tuzish loyihalarini ishiashdan oldin umumiy yechimlarni beradigan, yer tuzish chizmalari shaklidagi Joyiha oldi ishlari, bosh chizmalar va ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning texnik-iqtisodiy asoslari bajarilishi kerak. Yer tuzish ishlarining asosiy turlari albatta davlat tomonidan moliyalanishi va ayrim yer egalari, yerdan foydalanuvchilarning xohishiga bog'liq bo'lmashgi kerak.
Yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning yangi shakllarini yaratish asosiy ishlab chiqarish fondlarining, mehnat va moiiyaviy resurslarining, tabiiy va iqtisodiy sharoitlarning mavjudligini hisobga olib amalga oshirilishi kerak; faqat shunday vaziyatdagina qishloq xo'jaligining ishlab chiqarish salohiyatiga zarar yetkazilmaydi. Hozircha bu talab to'la bajarilmayapti, bu yerlarni paylarga mexanik tartibda bo'lishga, fondlarni nomiga qayta taqsimlashga, ishlab chiqarishning tarkibi va turg'unligi buzilishiga olib keladi.
Masalan, Rossiya Federatsiyasida yer islohotining birinchi bos-qichida tuzilgan dehqon (fermer) xo'jaliklari o'lchamlarini tabJili shuni ko'rsatadiki, bitta xo'jalikka ajratilgan yerning o'rtacha may-doni 42 ga ga teng bo'lib, mintaqalar bo'yicha 1,4 dan 250 ga o'zgarib turadi. Bunda bu maydonning xo'jalik ixtisosligiga, ularning fondlar bilan qurollanish va mehnat resurslari bilan ta'minlanishiga, yerlarning sifatiga bogiiqligi umuman ko'rinmaydi. Bundan tashqari, fermerlar davlat tomonidan yetarlik qo'llab-quwatlanmaganligi va moiiyaviy resurslarning cheklanganligi sababli og'ir iqtisodiy ahvolda qolib, yaqin kelajakda qishloq xo'jalik mahsulotlarining asosiy yetishtiruvchilariga aylana olishmaydi.
Shu sababli, yer tuzish jarayonida kolxoz va sovxozlarni qayta tashkil etishga to'g'ri yondoshish kerak; birinchi navbatda hududning
82
va ishlab chiqarishning tashkil etilishini keskin buzmasdan, ishlab chiqanshni rag'batlantirishning iqlisodiy mexanizmini (baholar, soliqlar, imtiyozli kreditlar va sh.o'.) joriy etish kerak. Davlat manfaatlaridan kelib chiqib, bir martalik katta investitsiyalarni talab etmaydigan shaxsiy tomorqa xo'jaligini, jamoa bog'dbrchiligi va polizchiiigini, ijara korxonalarini, xo'jalik yuritishning boshqa shakllarini rivojlantirish kerak.
3. Bozor mexanizmini joriy etish yer tuzish loyihalarining
axborotlik ahamiyatini keskin oshirdi, ularda yerlarning sifati,
unumdorlik va hududiy xususiyatlari (unumdofligi, joylashgan o'rni,
madaniy-texnik ahvoli va boshqalar) to'g'risidagi ma'lumotlar bo'lishi
kerak. Bu yer munosabatlarini tartibga solishning ta'sirli mexaniz
mini (yer solig'ining va yer uchun ijara haqining tabaqalashtirilgan
me'yorlari, xo'jalikda ichki hisob-kitob uchun baholar) yaratishga
va yer, tabiatni muhofaza qiHsh, o'fmon qqnunchiliklari qismi bo'yicha
xo'jalikka biriktirilgan yerlardan foydalanish tartibini aniqlovchi,
asoslangan talablarni belgilashga yordam beradi.
4. Yangi yer egaliklarini va yerdan foydalanishlarni tashkil etishda
va mavjudlarini tartibga solishda, yer uchastkalarini joylarda ajratishda
va ular chegaralarini chegara belgilari bilan mustahkamlashda, yerga
bo'lgan mulkiy huquqni tasdiqlovchi hujjatlarini berishda, yerni
har xil tasvirga olishlarni, izianish va qidiruvlarni o'tkazishda barcha
me'yoriy texnik sharoitlarga (yagona koordinatalar tizimi, o'lchash
aniqliklari va xatolari bo'yicha talablar) rioya qilinishini ta'minlash
kerak. Faqat shunday vaziyatda o'lchash ma'lumotlari jamlanishi va
axborotlarni EHMda qayta ishlashning avtomatlashgan texnologiyalari
uchun keyinchalik foydalanilishi mumkin.
Bozor sezilarli darajada qishloq xo'jalik korxonalarida yer tuzishni loyihalash usulini ham o'zgartiradi. Agar oldinlari loyihachining asosiy vazifasi davlat buyurtmasini (mahsulot yetishtirish bo'yicha rejasini) aksariyat hollarda, xo'jaliklar bioiqlimiy resurslari va ishlab chiqarish salohiyatlarini hisobga olmasdan yer resurslariga bog'lashdan iborat bo'lsa, hozir umuman boshqacha yondashish zarur. Hududning agroekologik xususiyatlaridan, bozor talabidan, xo'jalikning ishlab chiqarish salohiyati va kelajakdagi rivojlanishidan kelib chiqib, yer tuzish iqtisodiy samaradorlikka, resurslar bo'yicha balanslangan va ekologik xavfsiz ishlab chiqarish dasturiga asoslangan bo'lishi kerak.
83
Mamlakatda ekologik vaziyatning keskinlashishi yer tuzishda loyi-halanadigan hududiy tabiiy-xo'jalik majmualari iste'mol jarayonlari - resurslarni tiklash masalasi bo'yicha balanslangan bo'lishini talab etadi; yana tabiatni muhofaza qilish va ekologik mezonlarning ishlab chiqarish mezonlari ustidan aniq ustivorligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |