qoraqolpoq davlat universiteti yuridika fakulteti 108-guruh talabalari egamberdiyev ulmasbek va maxmudov azizbekning davlat huquqi tarixi fanidan tayyorlagan slaydlari
Mavzu:amerika qo’shma shtatlari davlati va huquqi
AQSH ning hozirgi hududida qadim vaqtlardan buyon indeyestlar va eskimoslar yashab kelgan. Amerikakaning qadimiy tub aholisi indeyestlar bo’lgan.
Ko’pgina tarixchilarning fikricha ularning ajdodlari bundan 20-25 ming yil oldin Yaponiyaning Bering bog’ozi orqali Osiyodan ko’chib borganlar.
1492-yilida kolum tamonidan Amerika kashf qilingach oradan ko’p o’tmay aniqrog’I XV-asrda qit’ani Ispaniya, Fransiya, Angliya, Gollondiya davlatlari o’zlarini mustamlakasiga aylantira boshladilar.
Angilya XVIII- asr o’rtalarida o’lkadagi asosiy raqiblarini chiqarib tashlab, qit’ada o’zining 13 ta mustamlakasini yaratadi.bu mustamlakalar o’z nomiga ega bo’lsalarda ,,Yangi Angilya “ mustamlakalari deb ham atalgan.
Bu mustamlakalarni geografik joylashuvi
Qishloq xo’jaligi va rivojlanish nuqtai nazardan bo’lingan.
Shimoliy
mustamlakalar
Markaziy
mustamlakalar
Janubiy
mustamlakalar
Shimolda mayda va o’rta hol fermerlar hukumronlik qilgan
Markazda yer mayda va o’rta hol fermerlar bilan birga yirik yer egalari qo’lida bo’lgan
Janubda esa faqat yirik yer egalari hukumronlik qilgan
Xo’jalik ishlarida negr qullar va shaxsan ozod oq tanli yonllanma ishchilar mehnatidan foydalanilgan. Jumladan mustaqillik arafasida Shimoliy Amerikaning 2,5 mln aholisidan 500 mingga yaqini negrlar bo’lib ularning 90% ga yaqini qullar endi. Qullar deb qaralib, ular har qanday ijtimoiy va siyosiy huquqlardan mahrum etilgan.
Shimoliy Amerika mustamlakalarida Feodalizm, quldorlik, va majburiy mehnat elementlari qo’shilib ketgan.
Kongress ikki palatadan iborat bo’lgan. Senat va Vakillik palatasi asosida tashkil qiliadi.
Senat har bir shtatning qonun chiqaruvchi majlisi tamonidan 6 yil saylanadigan senatorlardan iborat. Senatning 1/3 qismi har ikki yilda yangilanib turishi kerak.
Vakillar palatasi proporsional saylov tizimi asosida – aholi soniga qarab xalq, ya’ni saylov korpusi tamonidan 2 yil muddatga saylanadi.
Hamma saylovlar juft sonli yillarda o’tkaziladi.
Kongress ikki palata – Senat va Vakillar palatasi asosida tashkil qilinadi. Senat har bir shtatning qonun chiqaruvchi majlisi tomonidan nafardan 6 yil muddatga saylanadigan senatorlardan iborat. Senatning 1/3 qismi har 2 yilda yangilanib turishi kerak. Vakillar palatasi proporsional saylov tizimi asosida – aholi soniga qarab xalq, ya’ni saylov korpusi tomonidan 2 yil muddatga saylanadi. Hamma saylovlar juft sonli yillarda o‘tkaziladi. Qonun avval vakillar palatasida qabul qilinadi va so‘ng senat tomonidan tasdiqlanadi. Senatning roziligisiz birorta ham qonun qabul qilinishi mumkin emas. Qabul qilingan qonun Prezident tomonidan imzo qo‘yilgandan keyin kuchga kiradi. Kongress federal mansabdor shaxslarni, jumladan, prezidentni ham impichment (parlament tomonidan davlat xizmatida turgan mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy javobgarlik qo‘zg‘ash) tartibida sud qilish huquqiga ega. Bunda tergov ishlarini vakillar palatasi olib boradi, senat esa sud qiladi.
Saylov huquqi turli shtatlarda ularning Konstitutsiyalari bo‘yicha turlicha edi. Xotin-qizlar, negrlar va mahalliy indeyetslar saylov huquqlaridan mahrum etilgan. Unda yuqori mulk, o‘troqlik, ma’lumot senzi va boshqa cheklashlar mavjud edi. Konstitutsiyada mulk huquqi qattiq himoya qilingan. Unda qul savdosi va qochoq qullarni qaytarish haqida alohida modda bor edi. Demokratik huquq va erkinliklar, shtatlarning suveren huquqlari haqida hech narsa deyilmagan. Shuning uchun Konstitutsiya ayrim shtatlar tomonidan tasdiqlanishi davrida bu kamchiliklar ko‘rsatiladi. Konstitut siya ko‘pchilik shtatlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa ham 1789-yilda federal Kongress unga «Huquqlar to‘g‘risidagi bill» (qonun) deb ataluvchi birinchi 10 ta tuzatish kiritli va bu tuzatishlar faqat 1791-yilda barcha shtatlar tomonidan tasdiqlangach kuchga kirdi. Konstitutsiyada demokratik xarakterdagi qoidalar aks ettirilmaganligi sababli 1789-yil sentabrda D. Medison tomonidan Konstitutsiyaga kiritiluvchi 10 ta tuzatish qabul qilinadi. Bu tuzatishlar 1791-yil dekabrda shtatlar tomonidan ratifikatsiya qilinadi va kuchga kiradi.
Sud tizimining huquqiy asosi 1789-yil Kongress tomonidan qabul qilingan «Sud tuzilishi haqida»gi qonun bo‘lib qoladi. Ushbu qonunga binoan Oliy sud – bosh sudya va beshta assotsiatsiyalangan sudyalardan iborat tartibda tashkil qilindi (keyinchalik ularning soni bir necha marta o‘zgaradi va 1869-yildan e’tiboran 9 ta sudyadan iborat tartibda o‘zgarmas qilib o‘rnatildi). AQSH 13 ta sud rayonlariga bo‘linib, Men va Kentukidan tashqari uchta sud okrugiga birlashtirildi. Shunday qilib, uch pog‘onali federal sud tizimi ta’sis etilgan. XIX asr boshida «Konstitutsiyaga zid keladigan har qanday qonun ahamiyatsiz» degan prinsip shakllanadi va u konstitutsionalizm uchun asos qilib olinadi. Dastlabki 30 yil ichida federatsiyaning statut huquqi asoslari yaratiladi. Dastlabki 20 yil ichida Konstitutsiyaga XI va XII tuzatishlar kiritiladi. 1795-yilda kiritilgan XI tuzatish shtatlarning boshqa shtat fuqarolari yoki chet elliklar tomonidan sud qilinishidan daxlsizlik huquqini o‘rnatadi. 1804-yildagi XII tuzatish prezident va vitse-prezident nomzodlari uchun alohida-alohida ovoz berishni joriy qilib, prezidentni saylash protsedurasini yangi qoida bilan to‘ldirdi.