S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

Tayanch so’zlar:
Bozor qonunlari, talab va taklif, ishlab chiqarish, rejalashtirish, istemolchi, 
resurs, texnologiya, yaratish, zamonaviy, tamin etilishi, mahsulot, boshqarish, 
potensial, ekspuluatasiya, sifat, ehtiyoj , iqtisodiyot, assortiment .
Takrorlash uchun savollar.
1. Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashdagi asoasiy 4 ta faktorni 
sharxlab bering?
2. Tovarlarni sifatiga qo’yiladigan asosiy talablar?
Tavsiya etilgan adbiyotlar
1.
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni 
bartaraf etishning yo’llari va choralari, I.A.Karimov. - T: O’zbekiston, 2009. - 
56 b.
2.
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish - 
davr talabi. Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy 
dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar 
Maxkamasi majlisidagi ma’ruzasi, Xalq so’zi, 2009 yil 14 fevral.
200


3.
Karimov I.A. Eng asosiy mezon - hayot xaqiqatini aks ettirish. T.: 
O’zbekiston, 2009. - 24 b.
2.7. Tovar va xizmatlarni sertifikatsiya talablari bo’yicha tovarlarni sifat 
ko’rsatgichlariga qo’yiladigan talablari
2.7.1. Tovarlarni bozor iqtisodi sharoitida sifat ko’rsatkichlarini boshqarish.
2.7.2. Tovarlarni ishlab chiqarishni boshqarish. 
2.7.1. Tovarlarni bozor iqtisodi sharoitida sifat ko’rsatkichlarini boshqarish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarish 
umumiqtisodiy qonuniyatlar hamda bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida 
boshqariladi. Mahsulotni sifat ko’rsatkichlari shu mahsulotlar uchun belgilangan 
normativ texnik hujjatlar asosida ularga qo’yiladigan asosiy talablar asosida 
bunyod etilishi kerak. Bozor iqtisodiyotining asosiy qonuni talab va taklif 
bo’lganligi uchun har bir ishlab chiqargan tovarga iste’molchining qo’ygan talabi 
katta ahamiyatga ega. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida 
iste’molchilarning talabi davriga nisbatan doimo o’zgaruvchi bo’lganligi uchun 
ishlab chiqarish korxonalariga doimo yangi takliflar beriladi, shu sababli tovarlarni 
sifat ko’rsatkichlari doimo yaxshilanib borishligiga va ularni bozor iqtisodiyoti 
sharoitida raqobatdoshligi oshib boradi. Shu sababli xalq xojaligida yangi turdagi 
assortimentlar bunyod etiladi. Ishlab chiqargan tovarlarni sifat ko’rsatkichlari 
yaxshilanib ularga bo’lgan talab ortib boradi. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti 
sharoitida ishlab chiqarish strukturasi bilan ishlab chiqarish o’rtasida doimo 
raqobat sodir bo’lishi kuzatiladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar 
ishlab chiqaruvchi korxonalarga kichik va o’rta biznes korxona mahsulotlarni 
ishlab chiqarish davrida ularni sifat ko’rsatkichlariga qo’yiladigan talab doimo 
o’zgaruvchan bo’ladi. Shuning uchun tayyorlangan tovarlarni sifat 
ko’rsatkichlarini har tomonlama tahlil qilib ularni iqtisodiy barqarorligi 
chiqarilayotgan mahsulotlarni miqdori ishlab chiqarish potensialligi, ya’ni 
korxonani yuqori talablarga moyil bo’lgan uskunalarga injener-texnik xodimlarga 
keltirilgan xom-ashyoning sifatiga va ishlab chiqargan tovarlarni sifat 
ko’rsatkichlariga ko’p jihatdan bog’liq.
Korxonalarda sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun mamlakatimizda 
iste’molchilarni o’rganish, bozor infrastrukturasini o’rganish, bozordagi tovarlarni 
assortimentini o’rganish va tahlil qilish va to’plangan axborotlarni zamonaviy 
texnik informasion mashinalarda hal qilinishi va ishlab chiqargan tovarlarga baho 
berilishi bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga katta turtki bo’ladi. Shuning uchun 
mahsulotlarni sifat ko’rsatkichi baholanishi yangi assortiment mahsulotlarni 
yaratish ishlab chiqarishni rivojlanishga, yangi texnika - texnologiyalarni 
yaratilishiga asosiy omil bo’ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish bilan 
iste’molchilarni birligi doimo yuqori ko’rsatkichlarga olib kelib bozor 
muammolarini echishda asosiy faktorlar hisoblanadi. Shunday hollar bo’ladiki 
miqdor jihatdan aholini talablarini qondirmasligi mumkin.
201


Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari past bo’lgani uchun ular iste’molchilar 
tomonidan qabul qilinmaydi. Bunday hollarda birinchidan ishlab chiqarishdagi 
tovarlarni rentabelligi juda past bo’lib, 2-tarafdan ishlab chiqarish uchun yuqori 
mehnat sarfi bo’lishi mumkin. Uchinchidan: ko’p miqdorda xom-ashyo sarf 
bo’lishi mumkin.
To’rtinchidan: ishlab chiqargan mahsulot oluvchining ehtiyojlarini 
qondirimasligi mumkin. Beshinchidan: etkazib berilgan tovarni sotilishi past 
bo’lishi mumkin.
Bu hollar tovarlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ularning rangi, mazasi, ko’rinishi 
aniqlansa, ba’zi bir hollarda ularning yuqori sifatliligi tayyorlangan mahsulotlarni 
assortimentiga ularni qaysi iste’molchiga mo’ljallanganiga qarab turib ham 
baholanadi.
Masalan: yosh bolalar uchun tayyorlangan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichiga 
planlashtirish eng yuqori darajada bo’lishi kerak.
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini nazorat qilish ularni texnik nazoratdan 
o’tqazish alohida nazorat organlari tomonidan boshqariladi. Bu organda xizmat 
qiluvchi xodimlar mahsulotni sifat ko’rsatkichlarini ishlatiladigan asosiy va 
qo’shimcha boshqa korxonalardan kelayotgan xomashyo mahsulotlarni sifat 
ko’rsatkichlarini tekshirish bu kirayotgan xom ashyo, keltirilayotgan mahsulot 
hisoblanadi. Bu holda tayyorlanayotgan mahsulotni sifat ko’rsatkichlari 
keltirilayotgan mahsulotni sifat ko’rsatkichlariga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.
Masalan: Lavlagidagi shakarni miqdori (yoki qandlavlagidagi) shakar olishda 
katta ahamiyatga ega. Shuning uchun boshqa korxonadan keltirilayotgan mahsulot 
standart talabga ega bo’lishi kerak. Hozirgi paytda mahsulotlarni sifat 
ko’rsatkichlarini ta’min etilishida ishlab chiqargan mahsulotlarni sifat 
ko’rsatkichlarini yaxshilash borasidagi qilinadigan doimiy ishlar, ularni 
rejalashtirish, doimo bozor qonunlari asosida iste’molchilarni talabini o’rganib 
borish davlat miqyosida amalga oshirilishi lozim. Ishlab chiqargan tovarlarga 
iste’molchilarni talabi bo’lmasa, bunday tovarlarni ishlab chiqarishdan olish va 
iste’molchilar talabiga mos tovarlarni yaratish, ularni ishlab chiqarishga tatbiq 
etish shu bilan bir qatorda ishlab chiqargan tovarlarni sifatini yaxshilash 
to’g’risidagi ilmiy nazariy va ishlab chiqarish tamoyillarini bir vaqtning o’zida 
amalga oshirilishi lozim bo’ladi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat resurslarini 
taqsimoti va ko’pchilik rivojlangan davlatlardagi yuqori sifat ko’rsatkichlariga 
egaligi bu dunyo miqyosida, texnika-texnologiyani rivojlanishiga yangi 
uskunalarni yaratilishiga ishlab chiqargan mahsulotlarni raqobatbardoshligini 
oshirishga olib kelmoqda. Shu borada rivojlangan mamlakatlar zamonaviy 
uskunalar bilan o’zlarini ishlab chiqarish korxonalarini yangidan ta’min etilishi shu 
mamlakatlardagi mahsulotlarni ishlab chiqarish potensialining oshishiga hamda 
zamonaviy texnikalar orqali ishlab chiqarish mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarni 
yuqori darajaga etkazishga katta xizmat qiladi. Shuning uchun O’zbekistonda 
hozirgi davrda xalq investisiyalarini xalq xojaligiga jalb etish horijiy mamlakatlar 
bilan qo’shma korxonalarning barpo etilishi O’zbekistonda ishlab chiqarish 
mumkin bo’lgan mahsulotni sifat ko’rsatkichlarini boshqarishga ishlab 
chiqariladigan mahsulotlarni raqobatini oshirishga katta xizmat qiladi.
202


Normativ texnik hujjatlarda GOST-15-467-85 mahsulotlarni sifat ko’rsatkichini 
boshqarish deb ishlab chiqarishda texnika-texnologiya bilan ta’min etilishi 
mahsulotni sifat ko’rsatkichini ishlab chiqarishda uni ishlab chiqarishga 
kirgizishda ishlab chiqarish davrida uskuna va mehanizmlarni ekspluatastiya 
potensialini ta’min etishda yoki iste’molchilarini talablarini qondirishda ishlab 
chiqargan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichini boshqarishda ma’lum tomonga 
yunalish uchun olib boriladigan barcha ishlar va ishlab chiqarish uchun ishlab 
chiqarish ta’min etadigan barcha faktorlar mahsulotni sifat ko’rsatkichini ta’min 
etishda asosiy omillar hisoblanadi.
2.7.2. Tovarlarni ishlab chiqarishni boshqarish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot va uning ta’rifi, mahsulot xossasi, sifati, 
belgisi mahsulot sifatining ko’rsatkichi, mahsulotni funksional layoqatligi, 
ishonshligi, estetikligi xavfsizligi, raqobatdoshligi, iste’mol bahosi, mahsulot 
bozori, marketing, sifat xalqasi, sifat tizimi, mahsulot sifati darajasini baholash 
shular jumlasiga kiradi.
Mahsulot deganda mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi 
tushunilib, u foydali xossalarga ega bo’ladi. Aniq ishlab chiqarish jarayonlaridan 
olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy harakterli ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun 
mo’ljallanadi. Mahsulot tayyor holda, aniq bozorda sotilish uchun hamda yaroqli 
yoki tayyorlash jarayonida, ishlashda, etishtirishda, ta’mirlashda va shunga 
o’hshashlarda bo’lishi mumkin. Mahsulot ta’rifi yana boshqa bir hujjat xalqaro 
standartlarda qisqa holda keltirilgan bo’lib, mahsuloti - faoliyat yoki jarayon 
natijasii deb ta’riflangan. Mahsulot moddiylashtirilgan yoki moddiylashtirilmagan 
yoki ularning o’zaro uyg’unlashgan birikmasi bo’lishi mumkin. Mahsulot sifati 
deganda, uning vazifasiga binoan muayyan ehtiyojlarni qanoatlantirishga 
yaroqliligini belgilaydigan xossalar yig’indisi tushuniladi. Mahsulot sifati, uni 
tashkil etuvchi buyum va materiallarning sifatiga bog’liq. Agar mahsulot 
mashinasozlik buyumlaridan tashkil topgan bo’lsa, mahsulotning sifatini 
belgilovchi, uni ayrim buyumlarini hamda bir xillik, o’zaro almashuvchanlik va 
boshqa buyumlarning shunday xossalarining yig’indisidan tashkil topadi. Masalan, 
paxta mashinasining sifati, uni tashkil etuvchi dvigatelning, bolt va gaykalarining, 
turli xil bloklarning sifatiga bog’liq. Mahsulot sifatini oldindan aytib berish 
deganda berilgan vaqtda yoki berilgan vaqt oralig’ida erishilish mumkin bo’lgan 
mahsulot sifat ko’rsatkichlarining imkoniy qiymatlarini aniqlash tushuniladi. 
Mahsulot sifatini yaratishda uning kerakli sifatini ta’minlash va me’yorida bo’lib 
turishi maqsadida amalgam oshiriladigan barcha ishlari tushuniladi. Mahsulot sifati 
jarayonlarining qanday tashkil etilganligi, ularni qanday me’yorda ishlashiga, 
nazorat o’lchash asboblarining naqadar tekis ishlashiga va uch jarayonlarda 
ishlayotgan xodimlarning malakasiga so’zsiz bog’liqdir. Mahsulot sifatini 
boshqarish tizimi deganda boshqarish idoralari va boshqariluvchi ob’ektlarning 
mahsulot sifatiga boshqarishda moddiy-texnika va axborot vositalari yordamida 
o’zaro bog’lanishini majmui tushuniladi. Shuning uchun bu tizim o’zaro 
bog’langan mahsulot sifatini boshqarishni ta’minlaydigan tashkiliy, texnikaviy, 
203


iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarning yig’indisi sifatida ko’zda tutilgan bo’lmog’ligi 
lozim. Boshqarishning asosiy maqsadi esa mahsulot sifatini kerakli darajaga 
erishishligini ta’minlash hisoblanadi. Mahsulot sifatini boshqaruv tizimi o’z 
tarkibiga inson jamoalarini, texnikaviy qurilmalarni, moddiy vositalarni va kuchli 
axborot oqimini oladi. Mahsulot sifatini boshqarish tizimidagi boshqarish 
jarayonlari ikki guruhga bo’linadi:
1) Ishlab chiqarish tizimini deyarli yuqori darajaga o’tkazuvchi (mahsulotning 
deyarli texnikaviy darajasini va sifatini yaratish va o’zlashtirishni ta’minlovshi)
2) Ishlab chiqarish tizimidagi turgunlikni ushlab turish va o’zlashtirilgan 
mahsulot chiqarishini rejalashtiruvshi sifat darajasida ta’minlash.
Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni boshqarishning umumiy nazariyasiga 
binoan quyidagi ishlardan tashkil topadi:
- boshqarish rejasini ishlab chiqish;
- mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish;
- mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi har qanday ob’ekt (buyum, jarayon)ning holati 
haqida axborotlar olish va tahlil qilish;
- sifatni boshqarish bo’yicha qaror qabul qilish va ob’ektni ta’sirlatish usulini 
tayorlash;
- ta’sir etadigan, boshqaruvchi ko’rsatmalar berish natijasida ob’ektdagi 
sifatning o’zgarishi haqidagi axborotni olish va tahlil qilish.
Mahsulot sifatini boshqarish haqidagi axborotni qaerdan olinadi?
Dastavval bunday axborot yuqorida aytilganidek, marketing, sotuv bozorini 
aniqlash va uni o’rganish bo’limining xodimlari tomonidan olinada. Bunda shu 
mahsulotga nisbatan shu mahsulotga munosabati inobatga olinada. Bunday 
ma’lumotlar esa shu sohadagi ilmiy-tadqiqot va loyihalash konstruktorlik ishlarini 
oldindan aytib berish hamda ishlab chiqarish hajmini va mahsulotning sifat 
darajasini rejalashtirish uchun asos bo’ladi. Mahsulotni ishlab chiqarish uchun 
shunga o’xshash buyumlarning sifatini hamda ularni ishlab chiqarish usullari 
ishlatilishi va ta’mirlashni tavsiflovchi axborot kerak. Bu ma’lumotlar qaror qabul 
qilish uchun asos hisoblanib, qaror qabul qilish natijasida boshqaruvchi idoraga 
o’zining muayyan boshqaruvchilik ta’sirini o’tkazadi. Bu tasir mahsulotning har 
qanday bosqichiga ishlab chiqishga, ishlab chiqarishga, ishlatilishga taaluqlidir. 
Katta korxonalarda mahsulot sifatini boshqarish sohasida avtomatlashtirilgan 
tizimlar yaratilgan EHM yordamida mehnat va mahsulot sifati haqidagi 
ma’lumotlarga hamda me’yoriy hujjatlarning hisob kitobiga, mahsulot ishlab 
chiqarishdagi yaroqsizlikni hisob kitobiga va tahliliga, mahsulotni ishlatilishdagi 
va boshqa bosqichlardagi uni sifatini tahliliga ishlov beradi hamma boshqaruvchi 
tizimlarda umumiylik belgilari bo’lib sifat darajasiga beriladigan topshiriq bu 
topshiriqni yaratishi uni amalga oshirshi vaqti-vaqti bilan sifat holatini 
rejalashtirilganiga nisbatan bajarilishini qiyoslashi har qanday sharoitda ham 
bo’lgan o’zgartirishlar bu mahsulotni sifatiga ta’sir ko’rsatadi. Mahsulot ishlab 
chiqarilishida, ayniqsa yangi mahsulot bilan bog’liq bo’lsa, turli xil muammolar 
paydo bo’ladi, bu va bunga o’xshash muammolarni tezkorlik bilan hal qilishda 
204


mahsulot sifatini boshqarish tizimlari va uni boshqaruvchi idoralari hal qiluvchi 
vazifani bajaradi. Mahsulot sifatini oshirishda standartlashtirish faoliyatining roli 
kattadir chunki har qanday texnologik jarayonlarni bir me’yorda ishlashi, ularning 
bir bosqichida me’yoriy hujjatlarning qanchalik rioya qilinishi, jamoaning mehnat 
va texnologik intizomini hal qiluvchi rol o’ynaydi. Vazifa sifatli mahsulot ishlab 
chiqarish, uni sifatini turg’unlashtirish, yangiliklarni tinmay joriy qilish, yangi 
bozorlarni izlab topish va uni o’rganish bularning hammasi mahsulotni dunyo 
bozoriga olib chiqishga uni raqobatdoshlik qobiliyatini oshirishga va korxonaning 
iqtisodiy faoliyati.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish